“Sözana”dagi doğlar
yoxud davlat tiliga eʼtibor qaçon amalda böladi?
Ertalab telefon qattiq jiringladi. Qarasam Arabboy, maktabda birga öqigan sinfdoş döstim. U öquvçilik paytlarimizdayoq yuzingda közing bormi demay tiliga kelgan gapni şartta-şartta yuzingga aytaveradigan odati bor edi.
— Men Toşkentga keldim, işlarim köp, oqşom körişamiz, — dedi u.
Keçki payt körişdik. Lekin uning qovoğidan qor yoğayotganidan, nimadandir qattiq norozi ekanligini sezib söradim.
— Nima böldi, işing hal bölmadimi?
— Işim hal böldi. Toşkent yanada körkamlaşibdi, uni kelinçaklar uyini bezaydigan şohi sözanaga qiyoslaş mumkin. — Arabboy çoydan bir xöpladi-da, sözida davom etdi. — Lekin Özbekistonning poytaxti bölmiş Toşkentday şahri azimda qayoqqa qarama idora va taşkilotlarning nomlari faqat ajnabiy tilda yozib qöyilganligi menga yoqmadi. Toşkent köçalarida yursang baʼzi joylarda özingni xorij davlatda yurgandek his qiladigan bölib qolibdi. Mayli, inglizça yozadimi, nemis va ispan tilida yozadimi yozaversin, ammo uning yoniga özbekçasini ham yozib qöysa asakasi ketadimi?
— Mana qara, — u şunday deb telefonini menga uzatdi, — ensam qotgani uçun eşiklar peştoqiga yozib qöyilgan bir-ikkita ajnabiy tildagi lavhalarning rasmini tuşirib olgandim. Mana kör?!
Telefonda bir qança idora va taşkilotlarning nomlari faqat ajnabiy tilda yozib qöyilganini körib döstimning bekorga jiği-biyroni çiqmaganini tuşundim.
— Menga qara, — dedi u yana jahl bilan, — Sen bilan men ham, şu bilan birga öttiz olti millionlik aholi ham Özbekistonda yaşaydi, töğrimi? Bozor iqtisodiyoti şarofati bilan yurtimizga çet ellik tadbirkorlar ham kelib öz faoliyatlarini yuritmoqda. Xorijdagi katta-katta taşkilotlar Özbekistonda öz vakilliklarini, korxonalarini, dökonlarini ham oçmoqdalar. Biz bundan juda xursandmiz. Ular qança köp bölsa şunça yaxşi. Çunki buning orqasida iş örinlari yaratiladi, yurtimiz farovonlaşadi, tökin-soçinlik böladi. Ammo Toşkentga turli viloyatlardan kimdir bir yumuş bilan kelsa biron bir idoraning oldiga kelib, “Bu qanaqa joy, u nima bilan şuğullanadi” deb ötgan-ketgandan sörab suriştirib yurişi kerakmi? Yöq, yurişi kerak emas. Odamlarni qiynamaslik uçun ajnabiy tilda yozilgan lavhaning yoniga özbek tilida yozilgani qöyilsa bas, olam guliston. Sen jurnalistsan, matbuotda bu haqda qator-qator maqolalar yozib, bu muammoni kötarişing kerak. Şunda mutasaddi şaxslar maqolalaringning birontasini öqib, işxonasining nomini mahalliy tilda ham körsatiş lozim ekanligini tuşunib qolarmikin deb öylayman-da!
Arabboyning gaplari meni ham öziga torta boşladi va şundan keyin qayerga borsam u yoki bu taşkilotning nomlari yozilgan joyda uning özbekçasi ham bormikan, deb qaraydigan böldim. Mana qarang: Mirobod tumanida Afrosiyob va Şahrisabz köçalari çorrahasining şundoqqina biqinida köp qavatli bino bor, unga “Angels Drive” deb katta-katta harflar bilan yozib qöyilgan. Bu sözning maʼnosi nima? Binodagilar qanday yumuş bilan şuğullanişini ham aniqlab bölmadi. Sababi “Angels Drive” deb yozilgan joy atrofida uning özbekça nomi yöq edi. Yana şu binoning boşqa tomonida INTER NATION degan yozuvni kördik. Uning tagidagi ENGLISH SCHOOL yozuvni öqiganimizdan keyingina bu yer ingliz tilini örgatadigan joy ekanligini har xolda tuşuniş mumkin böldi.
Şu bino yonidagi kiçik köça böylab kun botiş tomonga ozgina yursangiz köp qavatli, qoramtir kök rangli, nihoyatda körkam bir bino savlat tökib turganini körasiz. Binoning eng tepasiga ham, binoga kiraverişga ham “DMAAR PLAZA” deb yozib qöyilgan. Bu nomdan bino mehmonxonami yoki boşqami bilib bölmadi, qança qaramaylik bino özbekçasiga qanday nomlanişini bilib bölmadi. Ayni şu “DMAAR PLAZA”ning şundoqqina qarama-qarşisida ham qator tuşgan köp qavatli binolarning birinçi qavatida bir qator idora va taşkilotlar faoliyat yuritadi. Ularning biriga “WARPOINT” deb katta-katta harflar bilan şu yerda faoliyat yuritayotgan taşkilotning nomi yozilgan. U qanday taşkilot? Nima bilan şuğullanadi bilişning imkoniyati yöq edi. Uning yonginasidagi binoda MIMSAN degan yozuv bor. Bu qanday taşkilot, qanaqa işlar bilan şuğullanadi biliş muammo. Nomlarning aksariyati faqat xorijiy tilda yozilgan, özbekçasini yoziş esa butunlay “unutilgan” edi.
Endi Şahrisabz köçasi böylab yuramiz. Çap qöl tomondagi töqqiz qavatli binoning birinçi qavatida Rent a Car, uning yonginasida esa JAMS degan nomga közingiz tuşadi. Ularning birinçisi yengil maşinalarni ijaraga beradigan korxona bölsa, ikkinçisi atir-upa dökoni ekan.
Yana ozgina yursangiz tört qavatli bino oldiga kelasiz. Bu binoning birinçi qavatiga boşdan-oyoq dökonlar joylaşgan. Ularning nomlari ham faqat ajnabiy tilda yozilgan edi. Bir joyda “VigBoss”, yana bir joyda “WHITE SHARK TRAVEL”, “store.uz” kabi yozuvlarga közingiz tuşadi. Ularning birontasida yozuvlarning özbekçasi berilmagan. Şahrisabz köçasi böylab bir oz yursangiz bino tamom bölgan joyda oynavand oşxona işlab turibdi. Uning nomi — WILDBERRIES. Bu yozuv qanday maʼno anglatadi biliş qiyin.
Afrosiyob köçasi böylab kun çiqiş tomonga yuramiz. Bir-biriga tutaşib ketgan yoki bir-biriga yaqin qurilgan binolarning yonidan ötişga töğri keladi.Ulardan birining eng tepasiga “MAJOR” deb, uning yonidagi binoning yuza qismiga ingliz tilida tört qator jumla katta-katta harflar bilan yozib qöyilgan, ammo xorijiy tildan uzoq bölgan odam uçun ular qanday maʼno berişini anglab olişning iloji yöq edi.
Biz tilga olgan binolardagi nomlar faqat ajnabiy tilda yozilganligining bitta sababi bor: ular kimningdir xususiy mulki. Balki şuning uçun ham mulk egasi öziga yoqqan nomni, özi xohlagan tilda yozgan bölişi mumkin. Kim biladi, ehtimol u şu yöl bilan Özbekistonga taşrif buyurgan çet ellik mehmonlarning eʼtiborini özining dökoniga jalb qilmoqçi bölgandir? Aslida buning heç yomon jihatlari yöq. Agar dökonning inglizça nomi yozilgan joyning yoniga özbekçasi ham çiroyli qilib yozib qöyilguday bölsa dökonga qadam ranjida qilgan xorijlik qadrli mehmon iziga qaytib ketmasa kerak…
Lekin nima bölganda ham Toşkent Özbekistonning poytaxti, şunday ekan, binoning egasi kim bölişidan qatʼi nazar davlat tili hisoblangan özbek tilini bir çetga surib taşlab, dökon, idora va taşkilotlarning nomlarini faqat ajnabiy tilda yozişga zör berişlik, yumşoq qilib aytganda, öz ona tilimizga hurmatsizlikdan boşqa narsa emas! Axir xalqimizda tilga eʼtibor — elga eʼtibor deb bejiz aytilmaydi. Elga eʼtibor qilmaslikka esa heç kimning haqi yöq bölsa kerak.
Bu holat Toşkent şahar rahbarlarini jiddiy bezovta qilişi lozim. Agar biz gözal Toşkentimizni döstim aytganidek, yoş kelinçakning şohi sözanasiga qiyoslaydigan bölsak, yuqorida biz tilga olgan til bilan boğliq nuqsonlar şohi sözanaga doğ bölib tuşmasin deymiz, xolos.
Ş. Akbarov
