Nahotki, nahotki, nahotki…
Yoxud ayrim xususiy telekanallardagi baçkana loyihalardan maqsad nima?
Tan olmoq kerak, bugun yurtimizda OAVda, şu jumladan, televideniye sohasida ança ijobiy özgarişlar közga taşlanmoqda. Xöş, bu ijobiy özgarişlar nimalardan iborat deyilsa, şubhasizki matbuotimizning erkin va mustaqil ovoziga egaligi, mavzularning rang-barang ekanligini aytişimiz örinli. Yana aytiş mumkinki, bugun bir paytlardagidek respublikamizda bir-ikkita emas, balki önlab telekanallarning faoliyat olib borayotgani xalqimizga tanlaş yaʼni öziga maʼqul bölgan efir namoyişlarini tomoşa qiliş imkoniyatini bermoqda.
Bugun “Milliy”, “Uzreport TV”, “Mening Yurtim”, “Sevimli”, “Renesans TV” singari telekanallar reytingi yildan-yilga oşib borayotganini eʼtirof etiş joiz, albatta.
Çunki yuqoridagi telekanallar aslo davlat telekanallaridan öz nufuzi, rang-barangligi va tezkorligi bilan orqada emas.
Ammo şuni aytiş kerakki, xalqimizga bir qança maʼnaviy-maʼrifiy, tarixiy mavzulardagi tele loyihalari, axborot-yangiliklar dasturlarini uzatib ança-munça tomoşabinlar eʼtiborini qozongan tahririyatlarning borgan sari yuzaki va baçkana mavzularga qöl urayotgani taajjublidir. Quyida xolis sözimiz telekanallardagi ana şunday sayoz va siyqa “şou”lar xususidadir.
“Zo’r TV” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Yor-yor” şousi köplab tanqidiy muhokamalarga sabab bölgani, xalqimiz ziyolilari va köplab andişali odamlar tomonidan uning faoliyati qattiq qoralangani, hamon salbiy fikrlar bildirilib turilişi heç kimga sir emas.
Ayrimlar bu körsatuvni azaliy urf-odatlarimizga oyoq bosiş, ularning ustidan oçiqçasiga kuliş, şuningdek, ğarb madaniyatiga monand, axloqsizlik va odobsizlikni zamonaviylik deya talqin qiliş hamda buni xalqimizga keng yoyiş, deya baholagani ham bor gap. Körsatuv jarayonida turli hududlardan kelgan ayrim iştirokçilar tomonidan aytilgan “ğayrioddiy” gap-sözlarning qisqa videolari ijtimoiy tarmoqlar orqali nafaqat butun yurtimizga, balki boşqa davlatlarga ham tarqalgani, buning natijasida esa köplab millat vakillari örtasida ham kalaka vositasiga aylangani esa uşbu körsatuvga berilgan “baho” desak xato bölmaydi. Ammo buni qarangki, qança gapirilmasin, qança qoralanmasin baʼzi toifadigi kişilar tomonidan bu “körsatuv” – “sovçilik”ning zamonaviy körinişi, öz baxtiga erişa olmagan insonlar uçun baxtga erişişning bir imkoniyati degan kaltabin vajlar bilan “Yor-yor” heç narsa bölmagandek, hamon va eson-omon öz faoliyatini davom ettirmoqda.
Kuyinadigan jihati yana şundaki, “Zo’r TV” telekanali orqali efirga uzatilayotgan mazkur loyihadan andoza olgandek yoki “qovun qovundan rang oladi” deganlaridek, “Sevimli” telekanalida ham yana xuddi şunga öxşaş, fikr-u yodi soğlom bölgan har qanday odamni ranjituvçi, uyaltiruvçi hatto ğazabini qözğatuvçi, yana bir teleşou – “Ilk uçraşuv” nomi bilan efirga uzatila boşlangan!
Qirq yoşgaça bölgan odamlarni öz studiyasiga çorlab, göyoki yetişa olmayotgan baxtiga eriştirişga yordam beruvçi uşbu namoyiş ayrim jihatlari bilan “Yor-yor” şousini ham ortda qoldirmoqda, desak inonavering.
Bir öylab köring-a, sizga begona emas bölğusi turmuş örtoğingizning oila aʼzolari oldida yoki öz ota-onangizning oldida “ilk uçraşuv”ni taşkillab berişsa-da, sizlarning oğzingizdan çiqayotgan har bir gap-sözni kiprik qoqmay kuzatib turişsa, qanday ahvolga tuşasiz? Bu ham yetmaganidek böylaringiz bir-biringizga mos tuşiş-tuşmasligini biliş uçun oyoq kiyimlaringizni yeçtirib, yonma-yon holda soliştirib körişsa, oqmisiz-qoramisiz, semizmisiz yoki tirriq va hatto yuzingizdagi har bir dona xolingizgaça köpçiliklaşib muhokama qilişsa-da, “sizlarning keyingi hayotingizdagi “romantik” holatlarni özimizça tasavvur qilyapmiz” deb tuşuniş qiyin bölgan maʼnoda jilmayib turişsa, ayniqsa, …ana şunda özingizni qanday his qilgan bölardingiz?!
Har qanday oriyatli erkak kişi ham bunday “şaroit”ga könmay, buni bemaʼnilik deb bilişi tabiiy xol emasmi? Axir bizning özbek erkaklari öz ahli-ayolini boşqa erkaklar nigohidan saqlaşga örgangan, uning barça yaxşi-yomon jihatlari haqida kimga bölsa oğiz köpirtirib gapiraverişni özlariga or bilib kelişgan-ku.
Bu ham yetmaganidek “yana qandaydir gap-sözingiz bölsa, köpçilikning nazaridan uyalayotgan bölsangiz, bemalol bizlar tayyorlab qöygan romantik joyga(?!) ötib işni puxta qilib(??!) kelişib olsangizlar ham böladi” deb bir burçakni körsatişsa, kimning nafsoniyati buni qabul qiladi?
Şoşmang, peşonangizning tomirlari çiqib, vujudingizni nomus hissi qiynaşini boşlagan bölsa ham sözlarimning davomini diqqat bilan kuzating. Biz bularni özimizça töqib çiqarayotganimiz yoki mavjud holatni ortiqça köpirtiriş bilan sizga yetkazayotganimiz yöq.
“Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Ilk uçraşuv” körsatuvining deyarli har bir soni aynan mana şunday talqinda tasvirga olinadi. Xalqimizning içidan esa neajabki, özini mana şunday şarmandalikka loyiq köradigan odamlar yetarliça topilyapti. Yaʼni şu baçkana “körsatuv”ga çiqişga oşiqayotganlar bisyor.
Men ham avvaliga bir-ikki tanişlarimdan bu haqda eşitib, oçiği televideniye xodimlari bunçalikka borişmagandir deb köp ham işonmagandim. Ammo öz közim bilan körgaç “lol qoldim” – işonavering.
Körsatuvda bir böydoq yigit bilan, bir qiz millionlab odamlarning oldida tanişar, fikr almaşişar ekan. Yana ular ota-ona rizoligi, rost gapirişi, ajoyib ovqatlar qiliş-yu, töyni qanday ötkaziş böyiça özlarining “qimmatli” fikrlarini, öz qaraşlarini oçiq-oydin bildirişarkan. Kuyov bölmiş öz navbatida agar qiz unga turmuşga çiqişga rozi bölsa, öz şartlarini bayon qiladi. Körsatuvning birinçi sonida iştirok etgan kuyovlikka nomzod yigit boşlovçilarning “siz şu qizga uylansangiz uning işlaşiga ruxsat berasizmi? Axir bu qizimiz oliygoh talabasi ekanlar. Olam-olam orzu-umidlar bilan öqiyotgan bölsalar kerak” degan savollariga “albatta, agar işlaşni istasalar bunga qarşiligim yöq”, deb aqlli javob qaytaradi. Körsatuv “qahramoni”ga aylangan bölğusi kelin ham öz talablarini bildirar ekan, bölğusi kuyovga aytgan şartlari nihoyasida “iloji bölsa, agar siz bilan birga yaşasak meni işlatmasangiz, uyda öz xobbilarim bilan erkin şuğullanişimga imkon qilib bersangiz yaxşi bölar edi”, deb nozu karaşma qilişgada urinadi.
Eh, nima deb izoh berişga ham hayronsan. Beixtiyor, özi bizga nima bölyapti!, deb dod solging keladi-ya!
Ammo naçora, yer qattiq, osmon yiroq, dermidi. Xalqimizga, ayniqsa, yoşlarimizga “kerakli” tele-şouni kuzatişda davom etamiz.
Qoyil, buni qarangki, ikki yoş örtasiga “odob yuzasidan” bir “devor”—parda ham örnatilar ekan. Kelinlikka nomzod bölgan qizning gözalligini har ikkala boşlovçi (erkagi ham, ayoli ham) oğzidan bol tomib maqtaşar ekan, erkak boşlovçi öz maqtovini oşiriş uçun qizga tikilib “uylangingiz kelib ketadi-ya”, deb yoqimsiz irjayadi. Yo alhazar, qani endi bu bölğusi “kuyovxontöra”ga zarraça taʼsir qilsa, ğururiga tegsa deysiz! Qaytanga u quvonganidan özining mamnun ekanligini boşqalarga ham bildiriş uçun turli harakatlar qilib qöyadi.
U bölib, bu bölib körsatuvning kulminatsion nuqtasida ikki iştirokçini ham körsatuv boşlovçilari örtadagi “devor”ni yaʼni pardani olib taşlaylikmi, bir-biringizni körişga qiziqyapsizlarmi, deb qonni qaynatadigan qilib söroqqa tutişadi. Iştirokçilar esa öz ehtiroslarini sezdirib “ha”, “ha”,— deya baralla javob berişadi. Örtadagi devor — parda kötarilgaç esa ular bir-biriga şunaqangi tikilişadiki, ularni körib turgan boşqa odam ham uyatdan qizarib, ölay deydi. “Ofarin!”
Yemay yedirib, içmay içdirib, kiymay kiydirib, oq yuvib, oq tarab ne-ne maşaqqatlar bilan voyaga yetkazgan öğil-qizini mana şunday tomoşalarga yuborib, öziga juft tanlaşga qöyib berayotgan ota-onalarga “ofarin”lar aytmay bölarkanmi?! Million-million odamlarning içida yuzidagi nomus pardasini sidirib taşlab öziga er qidirayotgan qizlarga, şu qizga uylansam böladimi deb yigitlik ğurur va andişasini ham bir çetga surib qöyayotgan öğlonlarga ham “qoyil”, albatta!
Avvallari internet orqali tanişgan odami bilan oila quribdi degan gapni bizning millat qabul qila olmas edi. Vaqti kelib farzandlarimga, qizlarimga “qanday tanişgansizlar” deb savol berişsa nima deb javob beraman? Ularni nimaga daʼvat qilaman deb öylaş, nomus qiliş bölardi. Mana endi bölsa butun boşli mamlakatga buni oşkor qilişga, köz-köz qilişdan ham nomus qilmaydigan darajaga yetib keldik! Buning uçun yuqoridagidek “körsatuv”larning mualliflariga, ularning efir yuzini körişiga şaroit yaratib, qöllab-quvvatlayotganlarga nima desak bölarkin?
Yanglişmasam, bu körsatuvga boşlovçilik qilayotgan insonlar allaqaçon qirqni urib qöygan erkak va ayol bunday hayajonli lahzalarni elga namoyiş etişayotganlaridan masrur, hammani bu yoşlarni olqişlaşga undaşayotganidan çeksiz quvonçda. Özlariça kimlarningdir baxtli bölişiga xizmat qilayotgandek özlarini yaxşi inson deb hisoblaşayotgan bölişsa kerak. Har qalay sabrsizlik bilan körsatuvning har bir iştirokçisi bölgan yigit va qizdan bir-birlariga yoqqan-yoqmaganini bilişni istab: “Mana, bir-birlaringizni yaqindan kördingiz, yuraklaringiz “jiz” etdimi, yöqmi, ozgina bölsa ham”, deya söraşlaridan şunday xulosaga keliş mumkin-da.
Qani endi şu yerning özida dangur-dungur qilib töyni boşlab yuborişning imkoni bölsa, deng-a!
Şunça beʼmani gap-sözlari, savollari yetmaganidek, boşlovçilar kelinlikka nomzodlardan töyingizda qaysi xonandalar xizmat qilişini istaysiz, qanday töyxonalarda, qanday qamrovda ötkazilişini istaysiz, singari baçkanadan-baçkana savollarni berişlariga kuyasizmi, yiğlaysizmi?
Qança-qança tadbirlarda, siyosiy yiğilişlarda xalqimiz örtasida töy-haşamlardagi ortiqça dabdabavozliklarni, isrofgarçiliklarni kamaytiriş, yoşlarni faqatgina töyni qanday ötkaziş haqida emas, keyingi hayotini qanday ötkazişlari, baxtli yaşab mustahkam oilalardan biriga aylanişlari uçun çuqurroq mulohaza yuritişga daʼvat qilinayotgan bir pallada ularning bu kabi söroq-savollariga qanday baho berişga ham öylanib qolasan kişi.
Eng açinarlisi bunaqa, millatimizga yot sahnalar namoyişida yaʼni studiyada yoşlarga özlarining ham diniy, ham dunyoviy maslahatlarini beradigan keksa onaxon-u, otaxonlar ham qatnaşişi taşkil qilingan. Ular ham bunday öta baçkana körsatuvlarning oldini oliş, yoşlarni bunday şarmandagarçiliklardan qaytariş örniga iştirokçilarga “bir kelib qolibsizlar, baxtli bölinglar” deganga öxşaş tilaklar bildirişib, özlariça “oq fotiha” berişlari naştar kabi yurakka sançiladi.
Oçiği, bunaqa qöştirnoq içidagi “körsatuv”larni batamom yöq qiliş kerak!
Butun xalq esa mana şunday baçkanalikning kuppa-kunduzi namoyiş etilişi, özligimizning bu qadar yerga urilişiga özimiz tomoşabinmiz.
Öylab qolasan, axir… oila, nikoh, yoşlar masalasida qanday yonar mavzular bor. Nahotki ana şular haqida efirlar taşkil qilişning iloji bölmasa?!
Bu “körsatuv”ni butunlay boşqa mezonga burib yuboriş ham mumkin-ku, axir. Maqsad yaxşilik, yaxşi niyat, deyişlari turgan gap. Agar rostdan ham şunday bölsa, bugungi yoşlarning oila, nikoh, ota-onaga hurmat, elu yurtga xizmat qilişga oid xayollari, bahsli öy-keçinmalarini ham olib çiqiş muammomi? Şunda bir barkamol, foydali maʼnaviy-maʼrifiy ruhdagi körsatuv bölmasmidi?
Şu kabi mulohazalarimizni eşitgan baʼzi bir telekanallarning maʼmurlaridan biri esa: “Odamlar gazeta va jurnalni nega öqimay qöydi? Çunki odamlarga tafakkur qiladigan narsalar yoqmayapti. Xususiy kanallarda har kunlik tahlil bor, ming afsuski, bugun faqat yengil-yelpi narsalarni körişyapti. Şuning uçun biz programmamizni (“dasturimizni” deya olişmaydi!) şu tahlillar asosida tuzişga majburmiz”, deya javob berib tursa, bizlarning qaytariqlarimiz, kuyunçaklik bilan aytayotgan gaplarimiz ularning bir tukiga ham baribir taʼsir qilmas ekan degan xayolga borişdan özga ilojimiz yöq!
Bunday mavzularda kimgadir gapirişning özi insonga oğir, azob. Ammo naçora, şaroit şunday qilişni taqozo qilmoqda. Bu böyiça bir qator yurtdoşlarimizning ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlari yuqoridagi mulohazalarimizni qöllab-quvvatlaydi.
Najmiddin IKROMIY:
— “Sevimli”dami, boşqadami – men körsatuvlarning birortasini körmayman. Berilayotgan köplab körsatuvlar, hatto aksariyat milliy kinofilmlar ham juda sayoz! Töğrisi, özidan “jurnalist” yasab olgan “tik-tok”çi yoşlarning yomon tuş körişidek gap…
Men bu kabi körsatuvlarni qörqmasdan missionerlik va prozelitizm harakatiga daxldor, deya ayta olaman! Zero, ularga bundan ortiq “baho” berib bölmaydi. Sababi ularning hammasi bizlarning şarqona tarbiyamizni ağdarib, özlarining beodobliklarini keng yoymoqqa urinişga öxşaydi.
Özbek xalqi maʼnaviyatini öldirişga xizmat qilarkan, har bir körsatuv, kinofilm missionerlarning kömoçiga kul tortadi.
Bizda ilgari filmlarda yotoqxona körsatilmasdi… Endi körsatişyapti. Film qahramonlari öpişmasdi. Buyam bölyapti. Efirga berilayotgan kino qahramonlariga öxşamoq ilinjida ayrimlar – ular kimligini aytişim ham şartmas! (Sababi kim nima qilayotganini hamma körib, bilib turibdi.) Hatto yotoqxonadan kino yo klip olişni boşlaşdi. Ertaga… bundan battarini körsatişsa ham ajablanmayman…
Töxtamurod HASANBOYEV:
— “Ilk uçraşuv” körsatuvida yigit va qiz bir-biriga yoqsa, örtadagi parda olinarmiş. Aslida telekanallarning köp körsatuvlarida allaqaçon pardalar olinib bölgan. Körsatuvlarimiz avvalgidek “pardali” bölişi uçun uni tayyorlayotganlar “zardali”, yaʼni talabçan, saviyali, maʼnaviyatli va öz işining professionallari bölişi zarur. Nahot telekanallarda yaxşi-yomonni farqlaydigan, uzoqni köra biladigan haqiqiy mutaxassislar qolmagan bölsa…
Dilfuza NARZIQULOVA:
— Televizorda nima körişni ham bilmay qoldi odam. Bir-biridan saviyasi past, jurnalist-u, boşlovçilar. Hozirda özbek adabiy tilida umuman gaplaşmay qöyişgan. “Devotti”, “qivotti”, “ketvotti”, “anaqa”, “manaqa”, “aşinaqa” singari “çistыy” şevadagi sözlarini eşitib oğzingiz oçiladi. Ilgari boşlovçilarni körsak, ularga har tomonlama havas qilardik. Ovozi, kiyimi, özini tutişini farzandlarimizga ibrat qilib körsatar edik. Hozirgilar öylamay-netmay, töxtalmasdan biron narsa desam böldi-da qabilida iş qiladigan bölib qolişgan. Biri-birini sirini oçadimi-yey, masxara qiladimi-yey, kiyimini-yu, boteksini köz-köz qiladimi-yey. Gapirsang gap köp-u, foyda baribir – nol. Undan köra körmayin ham, kuymayin ham deydigan bölib qoldik.
Uşbu maqolani yoziş, oçiğini aytsam oson bölmadi. Negaki, bunday yengil-yelpi “şoular”ni köriş, tahlil qilişning özi bölmas ekan. Unda nima zaril deysizmi? Eng qiynayotgani millionlab yoşlarimiz, qizlar, yigitlar kaminaning tengqurlari. Ha ular millionlarni taşkil etadi. Quloqlarida quloqçin, hatto ovqatlanayotganlarida ham telefonlaridan köz uzolmaydigan yoşlarning ertasi qanday böladi? Bu “şou”lar nima beradi? Battarni battar qiladi-ku! Şuni öyladim, ertangi kunimiz ğami, “oh” çekmay iloj topolmadim.
Bir könglim mana şunday “körsatuvlar”da tanişgan yigit-qizlar rostdan ham bir-biri bilan oila qurib, baxtli bölib ketişarmikan deb öylasa, bir könglim ular körinişi tuppa-tuzuk, aql-zakovati soğlom böla turib nahot öziga umr yöldoşni boşqalar singari topişga közi yetmasa degan xayolga tortadi.
Balki bu tarzda özini köz-köz qilişning boşqa foydali tomoni ham bordir deb öylanaman baʼzida.
Bu mavzuga qöl urişdan avval mana şunday körsatuvlarda oldinroq iştirok etib, özining noodatiy sözlari bilan köpçilikni hayratda qoldirgan va aynan şu tufayli ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylangan bir neça odamlarni kuzatdim. Tuşunib yetdimki, ayrim şaxslar bunday körsatuvlarga sira ham öz juftini topiş uçun emas, balki yöriğini qilib qandaydir ahmoqona qiliq qilsa-yu, biror söz aytsa-yu, (mayli hamma ustidan kulsa ham) mana şu qiliği orqali internetni “zabt etsa”. Uyoğiga kuzatuvçilarning özi ularni tarmoqlar orqali topib olişadi. Qarabsizki, turli ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvçilari soni ança yuqori bölgan bu şovvozlarning “ketmoni uçadi”. Soxta obrö, quruq piar uçun bularning barisi.
Eng qiziği, şarmanda bölib tanilişdan or qilmaslikning özi şarmandalik emasmi?!
Mana yuqoridagidek “baxtga eriştiruvçi” körsatuvlar köproq nimaga xizmat qilyapti. Nahotki heç kimni jamiyatning qay tomon ketayotgani, yoşlar tarbiyasining buzilib borayotgani, baçkanalik avj olayotgani taşvişga solmasa.
Oçiği, “Oynai jahon” deb atalmiş uluğ minbarda körganlarimizga işongimiz kelmayapti. Şu narsalar Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, At-Termiziy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek singari, Alişer Navoiy, Bobur Mirzo kabi uluğ zotlarni bergan özbek xalqimizga tegişli telekanallarda berilmoqdami? Yo qaysidir xorij kanallaridami?
Ha, ming afsuski özimizda! Eng yomoni, bu narsalarni ozgina bölsa-da, tartibga, epaqaga soladigan manba qolmayotgani taşvişli. Baribir, “E, nima bu özi?”, deb sörab turiş kerak ekan-da. Bugun yurtimizda OAV erkin. Töğri, bu kabi körsatuvlarni namoyiş qilayotgan telekanallar xususiy. Ular byudjetdan moliyalaştirilmaydi. Ammo turli taşkilotlarning reklamasidan keladigan mablağ böladimi, yoki fondlar hisobidagi mablağlarmi, homiylik yöllari orqali keladigan pullarmi, nima bölsa ham xalqning soliqlari evaziga jamğarilgan mablağlar-ku bular. Şunday ekan, nima uçun xalqimizga maʼnaviy ozuqa beradigan, estetik zavq ulaşa oladigan maʼlum bir tartib-qoidalar asosida qurilgan körsatuvlarni namoyiş etişmaydi. Mayli, mablağ masalasini ham bir çetga surib turaylik, xususiy telekanal degani saviya, maʼnaviyat, madaniyat begona bölişi kerak, butun efirni xohlagan narsasi bilan töldiraversin, heç kim ularning “muşugini pişt” demaydi degani emas-ku axir. Nahotki, ular bunday mezonlarni unutgan bölişsa? Nahotki, televideniyedek möʼtabar dargohni ziyo ulaşuvçi emas, balki faqatgina zerikkanda köngil yoziş uçun köriladigan oyna deb hisoblaydigan bölişgan? Bunday savollarni davom ettiradigan bölsak, bir maşhur yoş xonanda ijro etgan qöşiğidagi “nahotki, nahotki, nahotki” degan savolli sözlari sira tugamaydi.
Xulosani va munosabatni esa aziz muştariy, doimgidek özingizga qoldiramiz.
Kamoliddin RÖZIMATOV
