Bobolarimiz qanday salomlaşgan?

Biz — turkiylar qadimda bir-birimizni yoki boşqa bir kişini körganda qanday salomlaşganmiz? Öz tariximizni yoritişdan oldin boşqa xalqlarda bu odat, udum qanday körinişlarda bölgan va hozirda qanday holatdaligiga biroz töxtalaylik. Misol uçun, maori xalqi körişganda burunlarini bir-birining burniga tekkizib körişişadi. Tibetlik­larda bir paytlar salomlaşiş udumi bir-biriga tilini çiqarib körsatiş bölgan ekan (buning alohida tarixiy sababi ham bor). Tualilar (turkiy tuvalar emas) körişganda yuzlariga yuzlarini tekkizib körişişadi. Yaponlar haligaça böynini egib, katta hurmat yuzasidan esa beligaça egilib, salomlaşadi. Xuddi şunday egilib körişiş xitoyliklarga ham xos. Tailand, filippin, hindlarda ikki qölni qovuştirib, oldinga çözgança va qançalik baland kötarilsa, şunçalik hurmat körsatiş holatida salomlaşiladi.

Bizda-çi? Hozirça aytişimiz mumkinki, (quyida batafsil töxtalamiz) öng qölini yoki ikkala qöllarini köksiga qöyib, egilib salomlaşiş bizda eng qadimiy odatlarimizdan biridir. Bunga misollarni devor va qoyatoşlarda qolgan ming yillik suratlarda körişimiz mumkin. Demak, bu yönalişda bizning öz udumimiz bölganiga dalillar bor.

Körişganda xalqlar orasida işlatiladigan sözlar öta tarixiy ahamiyatga egaligi maʼlum. Masalan, birgina bizning turkiy tillarda “Omonmisiz?”, “Yaxşimisan?”,  sözlarining özi firʼavnlardagi yaratguvçi Omonga borib taqalişini faqat katta tasavvur egalarigina biladi, xolos. Bu örinda bu sözni tarixiy aloqalarni körsatuvçi qadimiy qadriyat sifatida ham tuşuniş mumkindir. Söz etimologiyasi bilan şuğullanuvçilar uçun keng maydon bu aslida. Yaʼni, “omon” sözi aslida Tavrot va Injilda ham uçraydi. U Misr firʼavnlari paytidagi, yahudiylardagi eradan avvalgi VII asrda topinilgan iloh. Firʼavnlar uni “Qoronği kökning yaratguvçisi” deb, Tangri darajasida tuşunişgan. Ke­yinçalik ularning özlari “Men yerdagi Omon”, deya daʼvo qilişgan. Bu muqaddas kitoblarda ham aytib ötilgan.

Demak, bizdagi har bir kişini, insonni hurmat qilib, söraşiş “omonmisan?” sözida jamlangandek. Qolaversa, bu söz bizning nafaqat misrliklar bilan aloqamizni, qolaversa, maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan bir paytlar muştarak bölganimizni ham körsatadi. Xuddi şu holatni hindlar va Hindiston bilan aloqalarimizda ham köramiz. Öşa davrlardan bizga körişiş va söraşişdagi “Omonmisiz?” yetib kelgan bölsa, hindlar bilan aloqalarimizni körsatadigan söz va birikmalar bölişi ham bor. “Namaste” sözi alohida “namas” – taʼzim va “te” – senga maʼnolarida keladi. Bu — insonga körsatilgan hurmat, uni ilohiy darajaga kötariş, unga qut, baraka, soğlik omonlik tilaş, hurmat körsatiş belgisidir. Bizdagi udumga aylangan “Omonmisiz?” sözi kabi.

Şu örinda bu borada “Bizda umumturkiy alohida bir udum, Islom dini kirib kelgungaça davrga taalluqli biror söz  bormi?” degan savol yuzaga keladi. Bu savolga oçiqçasiga “Yöq” deb mulohazaga nuqta qöysa böladi. Ammo borligini va saqlanib qolganini ham isbotlasa böladigan holatlar mavjud. Bunga, albatta, hozirgi qozoq tilida saqlanib qolgan “Armansan”, “Armanmisan?” va boşqalarni misol qiliş mumkin. Öylaymanki, bunga öxşaş qadimiy söraşiş udumi va sözlari boşqa turkiy xalqlarda ham saqlanib qolgan bölişi kerak. Ança avval boşqirdis­tonlik bir olimning mavzuga oid maqolasi bilan tanişgan edim. Bu maqola meni öşa payt nihoyatda haya­jonlantirgan va özimizning tariximizni izlaş va tiklaş uçun qalbimga olov solgan edi.

Bizda — özbeklarda ham, qozoq, qirğiz, turkmanlarda va boşqa turkiylarning köpida ham, asosan, “omon, esonlik” sözlari va uning sinonimlari işlatiladi. Ammo qozoqlarda yana bir söz “Armansan”ning ming yillardan beri işlatilib kelinişini aytişimiz mumkin. Bu sözning özak qismidagi  maʼnosi Er, Ar, Ariy, Men va Sen ermiz, armiz. Yaʼni, ular “Men erman, sen ham er san” maʼnosini mingyilliklar masofasidan yetaklab kelişmoqda.

Şunday ekan, xalqlar orasida körişiş va salomlaşiş ham yillar va asrlar davomida yangilanib kelganligini köriş mumkin. Oxirgi ming­yillikda Markaziy Osiyo turkiylarida, hatto undan sal nariroqlarda, aniqroq qilib aytadigan bölsak, islom yetib borgan joylarda “Assalomu aleykum” sözi “Men sizga tinçlik tilayman” iborasi kirib, örnaşib qolgan. Şunga qaramasdan, turkiy xalqlar oilaviy davralarida, yaqinlari orasida özlariga taniş bölgan “omonlik, esonlik, tani-joni soğligini, mol-jonlarning soğligini, uyida oqlik, sut-qatiğing bormi-yöqligi”ni aytib söraşişni unutmay kelayapti. Axir biz uyda odatda “Kel, bolam, omon-eson yuribsanmi, bola çaqang soğ-omonmi?” deymiz-ku. Mening bu fikrlarimga kimlardir qarşi ham çiqişi mumkin. Ammo asl holat mana şunday. Bu joydagi “omon” sözi ham asli firʼavn Omondan qolganligini köplar öylab ham körmagandir.

Bu bilan salomlaşiş urf-odatidagi namunalar ham abadiy örnatilgan udum emas va bu ham özgarib turişi mumkinligini taʼkidlaş joiz. Şunday ekan, yana öşa savolga qaytamiz: “Biz turkiylar islomgaça qaysi rasmiy salomlaşiş udumini qöllaganmiz?” Bu joyda rasmiy, deb keng rasmiy doiralarda qöllanilgan udumni ayt­moqçimiz. Çunki xalq orasidagi omon-esonlik va erman, armanlik haqida töxtalib ötdik. X asrgaça turkiylar orasida hozirgi qozoq tili vositasida bizgaça yetib kelgan “Armisan?” sözi amalda bölganligi fikrimizça haqiqatga yaqinroq. Şu örinda aytiş kerakki, bu sözning özagidagi ar qozoqlarda uçraydigan Arman ismidagi özak bilan bir. Ammo bu söz özbek tilidagi “armon”ga aloqasizdir. Baʼzi qozoq söz talqinçilari arman sözining özbeklardagi “hormang” yoki “armon va orzu” sözlari bilan yaqinligini misol sifatida keltirgan. Bunga qarşi xulosa şuki, hormang sözidagi H tovuşi bu bizga aslida hind tilidan kirib kelgan va bu esa qiyoslaşning noörinligini körsatadi.

Eng asosli manba şuki, Mahmud Qaşğariy bobomiz turkiylarda söraşiş uçun qöllaniladigan söz sifatida “Şi” iborasini yozgan (Mahmud Qaşğariy “Devonu luğati turk” 3 j. 228 bet., Öşa luğat Indeksi 338 bet.). Bu bizni “Şi” sözining tarixini va maʼnosini izlaşga undaydi. Oldindan aytib ötişimiz mumkin: bu söz sanskritdagi Şakti, Şiva, Şivas, Sivas, svastika, şakyamuna sözlaridagi umumiy va maʼnodoş qismdir: Şakti – şivaning quvvati. Şiva – qut, baxt, yaxşilik, ezgulik keltiruvçi. Şivas – ezgulik, qut baraka. Şi(v)ast qut baraka, ast – bor sözi bölib, u qadimiy  sanskrit tilidan. Ana endi svastika söziga kelsak, bu sözning asl maʼnosi quvvat va baxt beruvçi sifatida yuqorida berildi. Çunki qadimiy hind, sanskrit adabiy tilida svasti (svastika) omad, qut, ezgulik va muruvvat, omad keltiruvçi maʼnolarida keladi. Ayni şu maʼnolari uçun bu belgidan hinduizmda, buddizmda va jaynizmda keng foydalanilgan. Bir vaqtlar bizning turkiy bobolarimiz buddizmni ixtiro qilişgandan keyin bu belgidan keng foydalanişgandir. Bunday deyişimning sababi qadimiy bitikçilardan biri bölmiş eradan avvalgi uçinçi asrda ijod qilgan Aşvagxoşa ismli kişi “Buddaning tuğulişi” asarida keltirişiça, Buddaning vatani aynan mana şu bizning Surxon-Xorazm vohalari bölgan. Demak, Şi va Si bizlar uçun qadimiy özimizning söz va atamalarimiz desak ham böladi. Çunki, tilçilarning aytişiga qaraganda, hamma tillar öz indallosini aynan mana şu sanskritçadan oladi. Demak, Şi — qadimiy salomimizdir.

Şu joyda “şakti” sözi haqida ham bir oğiz: şakti va sakti sözlari asl maʼnoda bizning tillarda “s” va “ş” ning talaffuzda turli şeva variantlarida kelişi va asl maʼnoda birligini körsatadi. Ana şu joyda yana bir sözni keltiraman, bu ham bölsa Şakyamuna sözi. Bu söz özagi Saklarni ham eslatadi. “Muna” qismi esa hindlarda avliyo maʼnosini beradi. Endi qarang, buddizmning bizning vohalarda yuzaga kelişi va şakyamunaning Saklardan kelgan avliyo maʼnosini berişi xalqlarimizning tarixiy birligini körsatmaydimi?!

Qiziği şundaki, 1908 yili arxeologlar hozirgi Ukrainaning Çernigov viloyati Mizin qişloği atrofidan bir mamont muguziga  işlangan quşning rasmini topişadi. Quşning suratiga esa öta mahorat bilan aynan mana şu “Şi, Si-vastika” tasviri tuşirilgan edi. Maʼlumki, bu joylarda qadimiy turkiylar yaşagan va ular, albatta, mana şu quvvat va baxt keltiruvçi belgini saqlab kelişgan. Bu mingyillik arxeologik manbaning yoşi 15 ming yil ekanligi aniqlanib, u dunyodagi eng qadimiy yodgorliklardan biri hisoblanadi. Qolaversa, Şi va svastika belgisi Yevropaning boşqa joylaridan ham topilgan va ularning yoşi 6-7 mingyillik deb aniqlanadi.

Hozirgi Sibir va uzoq Şarq tomonlarda buryat, mongol, qolmiq, tuva, xokos va boşqalar Mendi sözining işlatilişini köramiz. Mendi sözining maʼnosi ham soğlik, omonlik, qut, baraka va baxt tilaşga borib taqaladi. Amalda bu salomlaşiş jarayonida kişi öz tanişi bilan “Mendi” degan söz bilan birgalikda öng qölini balandga kötarib, kaftlari oçiq holda salom beradi va alik ham şunday qabul qilinadi. Biz ham bu holatni baʼzan qöllaymiz va söraşayotganlar bir-biriga “salom” degan holda öng qölini kafti oçiq holda kötarib qöyganini uçratamiz. Aynan mana şu öng qölini kötarib turgan kişi tasvirini qadimiy qoyatoşlarda ham uçratişimiz mumkin va ularni biz köpinça bir-birini körib salomlaşayotganlar sifatida qabul qilamiz.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, aytiş joizki, qadimiy bobolarimizda salomlaşiş madaniyati azaldan yuqori bölgan. Bu esa bizning maʼnaviyatimiz ham qadim ildizlardan suv içganini isbotlaydi.

Mahmud YÖLDOŞEV,

psixologiya fanlari nomzodi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan