Navoiyşunoslikda ham aniqlik kerak!

“Mantiq ut-tayr”ni neça yoşida yodlagan?

“Lison ut-tayr” dostonida şoirning özi maktabda öqib yurgan kezlari ota-onasi Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini öqişga haddan taşqari berilib ketganidan hadiksirab, yaʼni bu ketişda telba bölib qolişidan qörqib, kitobni undan olib, yaşirib qöyganini, lekin buning befoydaligini, çunki uni yodlab olganini bitadi. Mana öşa baytlar:

 

Bölmağaykim, dast bergay telbalik,

Çekkulik bölğay salohidin ilik.

Yoşurub, daftarni maʼdum ettilar,

Şuğlidin könglumni mahrum ettilar.

… Lek çun yodimda erdi ul kalom,

Yoşurun takror etar erdim mudom.

 

Bölajak şoirning “Mantiq ut-tayr”ni yodlagani haqida boşqa biron-bir manbada maʼlumot yöq. Lekin navoiyşunoslarning biri yoş Alişer Attor dostonini 5, ikkinçisi 7, uçinçisi esa 10 yoşida… yodlaganini qayd etaveradi. Axir heç yerda şoir öşanda neça yoşda ekanini bildirmagan-ku!

“Foniy” — şoirning ham forsiy, ham turkiy taxallusi

Şöro davridagi özbek navoiyşunosligida: “Alişer Navoiy turkiy tilda yozgan şeʼrlariga “Navoiy”, forsiy tildagi şeʼrlariga “Foniy” deb taxallus qöygan”, — degan qaraş qatʼiylaşgan edi. Töğri, şoirning forsiy şeʼrlar töplami “Devoni Foniy” deb nomlangan. Lekin maşhur akademik Yevgeniy Eduardoviç Bertels bundan bir asr burun yozgan “Navoiy va Attor” maqolasida “Lison ut-tayr” dos­toni turkiy tilda bitilgan bölsa ham, unda “Foniy” taxallusi qöllanganini alohida qayd etgan edi. Uşbu satrlar muallifining 1992 yili “Fan” naşriyotida çop etilgan “Işq, oşiq va maʼşuq” risolasida esa şoir nega bu dostonida aynan forsiy şeʼrlaridagi taxallusini qöllagani sabablarini tahlil etib bergan, şu tariqa “Foniy” uning ham forsiy, ham turkiy taxallusi ekanini batafsil isbotlagan edi. Axir “Lison ut-tayr” hajman qariyb şoirning fors-tojik tilida bitilgan lirik şeʼrlari jamlangan “Devoni Foniy”iga teng keladi ham.

Yöq-da! Manbasini keltirib ötirmaylik, lekin yaqin-yaqinlarda ham matbuotda ayrim çala mutaxassislar: “Foniy” — şoirning forsiy taxallusi”, deb yozaverdi-da.

Bu ketişda xatolarni qaçon tuzatamiz? Ilm qaçon yangilanadi?

Navoiy neçta janrda ijod qilgan?

Ustoz navoiyşunos Yoqubjon Ishoqov Navoiy lirik xazinasi bölmiş “Xazoyin ul-maoniy”da 16 janr­dan foydalanilganini yozgan. Böldi-ku. Matbuotda unda-bunda: “Navoiy 16 janrda ijod qilgan”, — degan qaydlarga duç kelaveramiz-da.

“Vey, baraka topkurlar, axir Yoqubjon Ishoqovning bu maʼlumoti Navoiyning faqat lirikasi haqida aytilgan, uning barça asarlariga tegişli emas-ku!” deydigan mard yöq.

Holbuki, janrlarni sanaş u qadar qiyin iş emas-ku. Axir Navoiyning “Mukammal asarlar töp­lami” çop etilgan bölsa. Lekin heç kim şu paytgaça sanamagan ekan. Oxiri şu masalaga aniqlik kiritilib, buyuk sohibi qalam jami 32 janrda ijod qilgani qayd etildi (qarang: Adabiyot ziyosi, 2020 yil, 6 fevral).

Ana, körasiz, hali yana köp yillar ayrimlar şoir qöllagan janrlar haqida öylamay-netmay yana “16 ta” deb aytişaveradi.

Uluğ şoir neçta asar yaratgan?

Adabiyotşunoslikda bor-yöği ikki qatordangina iborat fard ham bir asar hisoblanadi. Şundan kelib çiqilsa, umridan öta barakali foydalangan Navoiy qança asar yaratib ketdi ekan?

Bu savolga 2020 yilga qadar eʼlon qilingan navoiyşunoslikka oid kitob va maqolalardan javob qidirib ötirmang. Ovora bölasiz. Çunki aksar manbalarda uning “30 ta asar bitgani” qayd etilaveradi. Kimdir qay bir zamonda muallifning kitoblari nomidan kelib çiqib, şu raqamni qayd etgan. Böldi, endi buni hamma takrorlayveradi. Şuni takrorlayotganlarning deyarli hammasi şoir turkiyda bitgan ğazallarining özidan “Xazoyin ul-maoniy”ga 2 ming 600 tasini joylaganini juda-juda yaxşi biladi.

…Yaqinda bir özbek oşpazi oşga sabzi töğraşning oddiygina qurilmasini yaratib, ijtimoiy tarmoqlarga qöyibdi. U xuddi bir paytlar qişloqlardagi har bir hovlida böladigan yerostidan suv tortadigan quduqning özginasi. Faqat bunday quduq uçun işlatiladigan quvur diametri 10 santimetr bölgan bölsa, sabzitöğragiçning quvuri diametri 5 santimetrça keladi. Tagiga teşiklardan iborat metall payvandlangan. Arçilgan sabzini solasiz, ustidan öng qöl bilan anorning suvini siqadigandek porşenni bosasiz, tappa-tayyor maydalangan sabzini çiqarib beraveradi.

Şundan zavqlanib, telegram kanalimga şu videoni qöydim-da, tagiga: “Biz — özbeklar ham ixtiroçi bölyapmiz. Şukur!” deb yozdim. Naq baloga qoldim-ku. Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist ukamizning jon-poni çiqib ketibdi-ku: “Ustoz: “Biz — özbeklar ham ixtiroçi bölyapmiz”, debsiz. Bu nima deganingiz? Biz azaldan kaşfiyotçimiz-ku!” deb yozibdi. Kamina ham qöymadim: “Azalda-da faqat! Hozir dunyo qaysi kaşfiyotimiz mahsulini işlat­yapti? Biz işlatayotgan narsalarning hammasini Yevropa ixtiro qilgan. Hatto butun Osiyoning biror ixtirosi mahsuli Yer yuzi böylab işlatilayotgani yöq. Bitta roltonni yaponlar ixtiro qilgan ekan, yevropaliklar uning ham rakka olib kelişini isbotlab berişdi”.

Axir uyingizda işlatayotgan narsalarni — velosiped, skuter, televizor, isitiş tizimi, oşxonangizgaça oqizib kelingan gaz, maşina, telefon, xolodilnik, elektr toki, kir yuviş maşinasi, mikrovolnovka, soç quritkiç, tiş pastasi, tiş çötkasi, ustara, drel, kompyuter, közoynak, skaner apparati, printer, vanna, rakovina, jömrak, darvozangiz tepasidagi videokamera… Ehhe, yana nimani sanay?

Aynan şuning uçun ham Özbekiston Respub­likasi Prezidenti — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi raisi Şavkat Mirziyoyev ötgan yilning 22 dekabridagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan majlisida: “Çindan ham, mamlakatimiz öz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqiçiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi Ğarb ilm-fani yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”, — dedi.

Hammamiz har kuni yon-verimizda Ğarb ilm-fanining bizdan neçoğli oldinlab ketganini körib-bilib turibmiz-u: “Biz azaldan buyuklar yetişib çiqqan xalqmiz”, — deb ötiribmiz. Hamma gap şundaki, bu gap miyamizga qayta-qayta aytilaverib, quyilib qolgan. Lekin şu paytgaça: “Ğarbdan juda-juda orqadamiz”, deb heç kim aytmagan.

Navoiyşunoslikda ham şunday hodisa yuz beryapti. Şoirning ming-ming asari borligini bilganlar ham “30 ta asar yozgan” deyapti. Oxiri, buni ham erinmay sanaşga töğri keldi. Hozirça uning 4 ming 585 ta asar (!) yozgani aniqlandi (Qarang: Adabiyot ziyosi, 2020 yil, 6 fevral). Ammo bunda nasriy-şeʼriy aralaş bitilgan asarlaridagi şeʼrlar alohida asarlar sifatida sanalmadi. Bu — tadqiqotçisini kutib yotgan vazifa. Ulardagi fard, ruboiy, qitʼa va boşqa janrlarga mansub şeʼriy asarlar ham sanalsa, bu raqam yana ham kattalaşadi, albatta.

Navoiy neça şayx haqida tazkira bitgan?

“Nasoyim ul-muhabbat min şamoyim ul-futuvvat” asari Navoiyning ustozi va piri Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds” tazkirasidan ayrim qöşimça va qisqartirişlar bilan qilgan tarjimasi hisoblanadi. Çunki tazkiraning 1968 yili çop etilgan qisqargan variantida bor-yöği 153 nafar şayx haqida maʼlumot qoldirilgan edi, xolos. 2001 yilga kelibgina bu asar töliq holda naşr etildi. Unda islom olamida XV asr oxirlarigaça ötgan şayxlar haqida maʼlumotlar beriladi.

Xöş, tazkirada neça nafar şayx töğrisida maʼlumot mavjud?

Bu savolga javob topiş uçun, avvalo, şu naşrning öziga murojaat etamiz. “Institutdan” deb berilgan qisqa muqaddimada şunday sözlarni öqiymiz: “…Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda böladi va uning asaridagi maʼlumotlarni töldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta şayxlar sonini 770 taga yetkazadi” (Alişer Navoiy. Mukammal asarlar töplami. 20 tomlik. T. 17. — Toşkent: Fan, 2001. — B. 5).

Haqiqatan ham, kitobda şayxlar haqidagi maʼlumotlar bir-biridan ajratilib, raqamlab borilgan va asar Bibiçayi Munajjima haqidagi 770-fiqra bilan tugaydi.

Lekin aslo bunga işonmang!

Nega?

Çunki tazkirani öqib çiqsangiz, raqamlaşda juda katta xatoliklarga yöl qöyilganiga amin bölasiz.

Xöş, qayerlarda xatoga yöl qöyilgan?

411-raqam bilan berilgan fiqra sarlavhasida: “Şayx Ahmad Çiştiy va inisi Xoja Ahmad Ismoil quddusa sirruhu” (B. 234) deb aniq-tiniq bitilgan. Demak, bu parçada ikki kişi — aka-uka şayxlar haqida gap boryapti. Raqamni ham bu yerga: “411-412” deb qöyiş talab etilar edi.

544-raqamli fiqraga Navoiy: “Qirq abdol quddusa sirruhu” (B. 364) degan sarlavha bitgan. Körga hassa kabi maʼlumki, bu parçada 40 nafar şayx haqida söz boryapti. Demak, raqamni ham şunga moslab, yuqoridagini ham qöşganda: “545-584” deb belgilaş şart edi.

552-raqamli fiqra sarlavhasida: “Mir Buzurg va Mir Xurd Maʼruf b-is-Sodoti Nuhqa quddusa sirruhu” (B. 366) deb belgilangan. Demak, bu fiqra ham ikki şayx haqida. Buni: “592-593” raqamlaşdan boşqa iloj yöq edi.

556-raqamli fiqra sarlavhasiga Navoiy: “Şayx Abubakr Tusiy va Şayx Malikyor Parron quddusa sirruhu” (B. 369) deb yozgan. Buni ham: “597-598” deb belgilaş zarur edi.

596-raqamli fiqra boşida: “Şayx Saʼd Haddod va aning muridi Şayx Javhar rahmatullohi” (B. 405) degan sözlarni öqiymiz. Buni ham ikki raqam bilan: “639-640” tarzida ifodalaşga töğri kelar edi.

Çunki axir şayxlar soniga köra raqamlanyaptimi yoxud fiqralar soniga körami? Agar fiqralarga suyanilgan bölsa, nega unda muqaddimada 770 nafar şayx tilga olindi?

Xulosa qilamizki, “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida 770 emas, 813 şayx haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Bitta-ikkitaga xato qiliş mumkindir, lekin naq 43 ta şayx töğrisidagi maʼlumotlar berilgan böla turib, ularni sanoqda aks ettirmaslik eʼtiborsizlikdan, öta jiddiy bölgan işni qöl uçida bajarişdan boşqa narsa emas, albatta.

Yomonligi, şu tazkirani qayta-qayta öqiyotganlar ham öşa muqaddimadagi 770 raqamiga işonib ketaveradi-da.

Bu xuddi uyida faqat va faqat yevropaliklar ixtiro qilgan narsalardan foydalanib turib ham: “Yigitning sözi bitta böladi: özbeklarimiz ixtiroçi bölgan!” deb turaveriş bilan bab-barobar.

Sultonmurod OLIM,

filologiya fanlari doktori,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan