Jonli tarix maskani

18 may – Xalqaro muzeylar kuni

 

Har  yurtning moziy  tilsimotlari,  milliy, maʼnaviy-madaniy,   tarixiy qadriyatlaridan sözlovçi jonli  kitobi  muzeylaridir. Xuddi şunday mamlakatimizdagi qadim madaniyat dargohlaridan biri  Termiz şahridagi  “Tarix  va  madaniyat  muzeyi”  töqson yildan  buyon faoliyat  yuritib keladi. Ötgan yillar mobaynida  bir neça nomlar bilan atalgan  va muqim  qönim  top­masdan,  binodan binoga köçirilib kelingan   muassasa,  nihoyat, muhtaram  Prezidentimiz taşabbuslari  bilan 2019  yildan   muhtaşam  imoratga  ega  böldi.

Tarixga nazar solsak, özining  jonbozligi bilan  G.Parfyonov Surxon  vohasida birinçi muzeyni taşkil etişga kirişgan. U yoniga beş nafar maslakdoşlarini olib, faoliyatini ilmiy-tekşiriş, eksponatlar töplaş va ommaviy-maʼrifiy işlar tarğibotidan boşlaydi. 1933 yilda tabiatga oid 239 ta, tarixga oid 701 ta, voha xalq xöjaligini aks ettiruvçi  56 ta eksponat yiğib, moslaşmagan binoda  doimiy körgazma taşkil etadi. Bir  yil içida   muzey qoşida jonli burçak oçib, voha ta­biati, ösimliklar va hayvonot dunyosini örganişni  boşlaydi.  Tabiat bölimini şakllantirib,  hayvonot turlaridan namunalar töplaydi. Olimning  bu  zahmatlari   besamar ketmaydi, albatta. Keyinçalik,  yaʼni 1939 yil boşida Termiz hayvonot boği muzeydan mus­taqil taşkilot bölib, ajralib çiqadi.

Viloyatning bu maʼnaviy, ilmiy-madaniy markazi keyinçalik ölkaşunoslik  muzeyi  deb  atalgan va  10 nafar ilmiy xodim  faoliyat yuritgan. Ular taniqli olimlar, maşhur muzeyşunoslar M.Masson, V.Şişkin, B.Petrovskiy, G.Pugaçenkova, V.Simonova, V.Kozlovskiy, R.Fayozov, B.Turğunov, Ş.Pidayev, T.Annayev, Ş.Şaydullayev, I.Ismoilov, X.Saidov, I.Botirov va S.Meyliboyevalar  tajribasidan foydalanib katta ilmiy-amaliy manba  yaratişga  erişganlar.

Bugungi kunda Surxondaryodagi “Tarix va madaniyat” muzeyi samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Şu kunga qadar xodimlardan 22 nafari ibratli mehnatlari uçun munosib  taqdirlangan. Jumladan, G.Parfyonov, V.Kozlovskiy, S.Meyliboyevalar “Özbekis­tonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi”  faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Uşbu maskanning aholini madaniy va maʼrifiy tarbiyalaşdagi xizmatlari hisobga olinib,  10 nafar xodim  xalqaro nufuzli taşkilotlar diplomi, 12  nafari vazirlik faxriy yorliqlariga  sazovor böldi.

Ayni paytda Termiz şahridagi “Barkamol avlod” köçasidagi  3 qavatli muhtaşam binoda  faoliyat  olib borayotgan maskanda tabiat, arxeologiya,  xalq  xöjaligi, tasviriy sanʼat,  mustaqillik davri, Rözi  Çoriyev  galereyasi, etnografiya   bölimlari bölib,   ularda  80 nafardan ortiq  xodim   iş  yuritmoqda. Hozirda muzeyimizda 16 ta yönaliş   bölib, ular  fondida 61 ming  325 ta eksponat mavjud. Şundan noyob  kolleksiyalar  3150 tani taşkil etadi.

Tariximiz közgusi bölgan muzeylar milliy maʼnaviy qadriyatlarimiz bölgan eksponatlarni xalqimizga namoyiş  etadigan  maskangina bölmasdan, moziyning tilsimli  sahifalaridan  sözlovçi  ulkan  va  tirik    qomusiy  kitob   hamdir.

Xurşida  SATTOROVA,

Termiz  şahridagi

“Tarix  va madaniyat” muzeyi

ilmiy  xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan