Qizilqumlik bunyodkorlar

Avgust oyining ikkinçi yakşanbasi —

Özbekiston Respublikasi quriliş sohasi

xodimlari kuni

Jonajon Özbekistonimizning yangi qiyofasini barpo etayotgan quruvçilar xalqimizning hayot sifati va darajasini oşirişga bevosita xizmat qilmoqda. Bu boradagi ezgu işlari haqida söz borar ekan, işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilma obʼyektlari, uy-joy, turli bino va inşootlar, savdo şaxobçalari, taʼlim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, istirohat boğlari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonçalari va sport maskanlari jadal surʼatlar bilan bunyod etilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlaş lozim.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining işlab çiqariş körsatkiçlarini oşirişni yangi sanoat obʼyektlarini quriş va kengaytiriş, modernizatsiya qiliş işlarisiz tasavvur qilib bölmaydi. Bu vazifalar birinçi nav­batda kombinat quruvçilari zimmasiga yuklatilgan. Taʼkidlaş joizki, kombinat taşkil topgandan buyon ötgan 65 yil korxona uçun jadal rivojlaniş davri böldi. Korxona mehnatkaşlari, şu jumladan, quruvçilarining mehnatsevarligi, fidoyiligi va matonatlari evaziga asriy sahroda şaharlar barpo etildi, uning bağridagi boyliklar xalqimizga xizmat qilmoqda.

Kombinat quriliş majmuasi korxona rivojlaniş bosqiçlarida salmoqli örin tutib kelayapti. Bugungi kunda rivojlangan infratuzilmaga ega bu ulkan majmua bir-biridan yuzlab kilometr uzoqlikda joylaşgan, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida barpo etilgan yirik obʼyektlarni özida mujassam etgan. Respublikamiz mustaqilligi davrida kombinat tomonidan qurib bitkazilib foydalanişga topşirilgan 3,4,5,6,7-gid­rometallurgiya zavodlari, Qizilqum fosfarit kombinati, “Muruntov” konidagi KNK-270 tik qiya konveyeri, “Zarmitan”, “Qoraqöton”, “Aristantov”, “Meylisay”, “Şimoliy Konimex”, “Sugrali” konlari, Qönğirot soda zavodi, “Navoiy” EIZ, şuning­dek, Navoiy xalqaro aeroporti, Navoiy davlat konçilik ins­tituti, Zomindagi “NKMK” sanatoriysi, “Nurobod” sanatoriy-profilaktoriyasi va boşqa işlab çiqariş hamda ijtimoiy obʼyektlarni şular sirasiga kiritiş mumkin.

— Quruvçilari oldidagi eng asosiy vazifa Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi PQ–2806-sonli qaroriga muvofiq amalga oşirilayotgan 27 ta investitsiya lo­yihasini muddatidan oldin 2025 yilgaça töliq foydalanişga topşiriş va 2025 yildan korxonada qimmatbaho metallar işlab çiqarişni 30 foizga ösişini taʼminlaşdan iboratdir, – dedi “NKMK” AJ Kapital quriliş boşqarmasi boşliği Mirzaboy Alkarov. – Ana şu ezgu maqsadlarni röyobga çiqariş uçun zarur çora-tadbirlar işlab çiqilgan. 2023 yilda kombinat Investitsiya das­turi doirasida jami qiymati 513,5 million AQŞ dollarlik 12 ta investitsiya lo­yiha amalga oşirilmoqda, şundan 155,8 mln. AQŞ dollari quriliş-montaj işlariga töğri keladi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 255 million dollar kapital qöyilmalar özlaştirildi va “Pis­tali” koni negizida 6-gidrometallurgiya zavodining 1-tegirmon bloki, kon sanoat obʼyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaş, Nurota hududida va “Pistali” konida taşqi elektr energiyasining tarmoq inşootlarini quriş va rekonstruksiya qiliş singari 3 ta loyiha foydalanişga topşirildi. Yil yakunigaça 6-gidrometallurgiya zavodini töliq işga tuşiriş bö­yiça keng kölamli işlar olib borilmoqda. Zavod töliq quvvatda foydalanişga topşirilgaç, bu yerda yiliga 4 mln.tonna maʼdan qayta işlanadi va 2100 ta yangi iş örinlari yaratiladi.

Bundan taşqari, Investitsiya das­turi doirasida “Muruntov” konining 5-bosqiçi, “Balpantov” va “Tomdibuloq” konlari negizida qazib oliş karyerlarni quriş”, “Turbay” konlarini özlaştiriş uçun qazib oliş va qayta işlaş quvvatlarini kengaytiriş”, “Zarmitan” konining quyi gorizontlarini özlaştiriş”, “Amudaryo-Zarafşon suv quvurining 3-liniyasini quriş va nasos stansiyalarini rekons­truksiya qiliş”, “Çuqurquduq koni zaxiralarini qazib oliş” loyihalari böyiça ham yumuşlar rejaga muvofiq davom ettirilmoqda.

“Turbay” konlarini özlaştiriş uçun qazib oliş va qayta işlaş quvvatlarini   kengaytiriş” loyihasi doirasida joriy yilning may oyida “Turbay” konidan 5-GMZga maʼdanlarni taşiş uçun uzunligi 45,3 km bölgan temir yöl qurib foydalanişga topşirildi.

Bu uluğvor işlarni amalga oşirişda kombinatning Zarafşon quriliş boşqarmasi, Kapital quriliş boşqarmasi, tarkibiy bölinmalarning kapital quriliş bölimlari, Investitsiyalar boşqarmasi, Markaziy loyiha byurosi, Moddiy-texnika taʼminoti boşqarmalari jamoalari ham qizğin faoliyat körsatib, quriliş obʼyektlarining belgilangan muddatda foydalanişga topşirilişida arzigulik hissa qöşmoqdalar. Bunyodkorlik işlarida quruvçilar bilan bir safda turgan kombinat transportçilari, mexaniklari, energetiklari, konçilari, texnologlari, iqtisod sohasi xodimlarining ham munosib xizmatlari bölayapti.

Bunyodkorlik haqida söz borganda, kelajak avlodning maʼnaviy salohiyatini oşirişga xizmat qilişi közda tutilgan inşootlar haqida ham töxtalib ötiş örinlidir. Bunda Zarafşon quriliş boşqarmasi jamoasining şijoatli mehnati natijasida Tomdi tumanida 504 öquv örinli maxsus maktab-internat hamda Qiziltepa tumani “Tödaköl” dam oliş bazasi hududida 100 örinli Xalqaro şaxmat maktabi qurilişi nihoyasiga yetkazilmoqda.

Boşqarmaning 4-sonli avtobazasida 80dan ortiq, turli xil rusumdagi maşina va mexanizmlari “Pistali” konida oltin tarkibli maʼdanlarni qazib oliş va qayta işlaş majmuasi qurilişiga jalb qilingan. Temir-beton mahsulotlari zavodida işlab çiqarilgan yuqori markali beton mahsulotlari, armatura buyumlari, metallkonstruksiyalari, duradgorlik va PFX profil mahsulotlari işlab çiqarilib, zavod qurilişidagi obʼyeklariga öz vaqtida yetkazilib berilmoqda.

— Quriliş boşqarmasi tarkibidagi “Navoiy”, “Zarafşon”, “Zarmitan” quriliş-montaj boşqarmalari, “Sanoatelektrmontaj” montaj-quriliş tresti, 4-sonli avtobaza, Işlab çiqariş-texnik butlaş boşqarmasi jamoalarida ikki ming yetti yuz nafardan ortiq malakali işçilar, muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar jonbozlik körsatib mehnat qilişyapti, — dedi Zarafşon quriliş boşqarmasi boşliği Ali Eşonqulov. — Jamoamizning maşaqqatli mehnati evaziga boşqarma yillik rejalarni ortiği bilan bajaryapti. Jumladan, bir trillion sömlik quriliş montaj işlari bajarildi.

Özlarining kasb bayramlarini nişonlaşga taraddudlanayotgan kombinat quruvçilari halol va fidokorona mehnatlari bilan korxona tarixida şonli sahifalarni yaratmoqda deb bemalol aytiş mumkin. Negaki, buning uçun kombinat quriliş majmuasida kuç va imkoniyatlar, texnika vositalari, xomaşyo va materiallar yetarli. Eng muhimi, sohada öz kasbining ustalari bölgan yetuk mutaxassislar mehnat qilişayapti.

Azamat ZARIPOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan