Özbekiston Fanlar Akademiyasi 80 yoşda

Ayni kunlarda Özbekiston ilm-fanida muhim sana – Özbekiston Fanlar akademiyasi taşkil topganining 80 yillik yubileyi keng nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan keça — 12 dekabr kuni “Özbekis­ton” xalqaro anjumanlar saroyida bayram tantanasi bölib ötdi.

Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 80 yilligi munosabati bilan yöllagan tabrigi öqib eşittirildi.

80 yil mobaynida ğoyat murakkab va şarafli yölni bosib ötgan Özbekiston Fanlar akademiyasi yurtimizda yuzlab atoqli olim va akademiklarni tarbiyalab, ilm-fan sohalari böyiça nufuzli ilmiy maktablar yaratişga katta hissa qöşdi.

Mustaqillik davrida, ayniqsa, keyingi yillarda Akademiyaning ilmiy tarkibi yutuqlarni buyuk ajdodlarimiz asos solgan şonli anʼanalarga uyğun holda boyitib, mamlakatimizda ilm-fan rivojini yangi bosqiçga olib çiqmoqda.

Akademiya tizimida tub islohotlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, uning tarkibida yangi ilmiy taşkilotlar oçilib, tizimdagi muassasalar soni qariyb 1,5 barobar köpaydi. Ularni töğridan-töğri davlat byudjetidan moliyalaştiriş tartibi yölga qöyildi.

Yetakçi olimlar, isteʼdodli yoş ilmiy xodimlarning faoliyati va ilmiy tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaş, jamiyatda ilm-fan namoyandalarining obrö-eʼtibori va nufuzini oşiriş doimo davlatimiz eʼtibori markazida bölib kelmoqda. Soha vakillarining iş haqi hamda doktorantlarning stipendiyasi 3 barobar, akademiklarning gonorari 2 martadan ziyod oşirilgani, ilmiy darajaga ega ilmiy xodimlarning maoşiga 60 foizgaça ustama haq tölaş tizimi joriy etilgani buni tasdiqlaydi.

Fanlar akademiyasi aʼzolarining ijtimoiy-maişiy şaroitini yaxşilaş, soğliğini tiklaş bö­yiça ham tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Tizimda faoliyat körsatayotgan tadqiqotçilar uçun imtiyozli asosda kvartiralar ajratildi, oilali yoş doktorantlar bepul uy-joylar bilan taʼminlandi.

Akademiyaning nufuzli xalqaro taşkilotlar va rivojlangan davlatlardagi ilmiy markazlar bilan hamkorligi kuçayib, ular bilan birgalikda amalga oşirilayotgan ilmiy tadqiqotlar kölami ikki-uç barobar kengaydi.

Stajyor-tadqiqotçilik institu­­ti qayta tiklanib, isteʼdodli yoş tadqiqotçilarni tayyorlaş sifati yaxşilandi. Hozirgi paytda Özbekistonda ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotçilarning yarmidan ortiğini aynan yoşlar taşkil etayotgani sohaning kelajagi işonçli qöllarda ekanidan dalolat beradi.

Tadbirda faxriy mehmonlar, xalqaro miqyosdagi nufuzli olimlar, xorijiy davlatlar fanlar akademiyalari prezidentlari sözga çiqdi.

– 80 yil mobaynida Fanlar akademiyasi katta va murakkab yölni bosib ötdi, – deydi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev. – Şu davr mobaynida Fanlar akademiyasi umumeʼtirof etilgan, jahon ilmiy jamoatçiligining nufuzi hamda hurmatini qozongan ilm-fan markaziga aylandi.

Özbekiston ilm-fani uzoq yillik tarixga ega bölib, bu zaminda Xorazmiy, Farğoniy, Forobiy, Mahmud Zamaxşariy, Beruniy, ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Bobur singari buyuk mutafakkir va olimlar jahon fani va madaniyati tarixidan abadiy örin oldi.

Şu boisdan Ikkinçi jahon uruşi avji qizigan kezlarda – 1943 yilning 4 noyabrida Özbekiston Fanlar akademiyasining barpo etilişi ming yilliklarga daxldor özbek ilm-fanida yangi bir davrning boş­lanişi böldi.

Fanlar akademiyasining buguni haqida söz yuritadigan bölsak, yurtimizda tom maʼnoda dunyoga maşhur allomalarning izdoşlari yetişib çiqmoqda. Xususan, ilm yölida izlanayotgan yoşlarimizning bir qançasi TWAS (Jahon fanlar akademiyasi) akademiyasining qator mukofotlarini qölga kiritgan. Jumladan, özbek matematiklaridan 4 nafari Jahon fanlar akademiyasi akademigi, 6 nafari TWASning yoş olimlar bölimi aʼzosi sanaladi.

Akademiya olimlari safiga tirişqoq yoşlar qöşilişda davom etmoqda. Ular özbek ilm-fanining kelajagidir. Qolaversa, yoşlarning ilmiy tadqiqotini qöllab-quvvatlaş, ularga kömaklaşişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoşlarning ilmiy izlanişi asosida mahalliy xomaşyodan import örnini bosuvçi, eksportbop köplab mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Jumladan, olimlarimiz monosilan va polikristall kremniy olişning yangi texnologiyasini yaratişga muvaffaq böldi. Mazkur işlanma Özbekiston, AQŞ, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida patent bilan himoyalangan.

Tadbir davomida Fanlar akademiyasi taşkil etilişi va rivojlanişi hamda mustaqillik yillarida fanning davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillaştirişga bağişlangan “Uçinçi Renessans poydevori” nomli hujjatli film hamda Özbekiston sanʼat ustalarining konsert dasturi namoyiş etildi.

Nigora RAHMONOVA,

ÖzA muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan