Örikning sönggi himmati

Muhabbat HAMIDOVA

 

Muallif haqida:

Muhabbat Hamidova — 1955 yilning 20 martida Qibray tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

“Asabingizni asrang”, “Izingizdan boramiz”, “Qora jöja”, “Sehrgar bola”, “Kokilli ilon” kabi nasriy kitoblari çop etilgan.

Uning “Yangi uç oğayni botirlarning sarguzaştlari” nomli  jajji qissasi 2000 yilda “Eng yaxşi kitob” Respublika tanlovining “Bolalar uçun yozilgan eng yaxşi kitob” nominatsiyasi ğolibi bölgan.

Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.  II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni va “Şuhrat” medali sohibasi.

Muhabbat Hamidova “Gulxan” jurnali boş muharriri örinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

Örikning  sönggi  himmati

(Hikoya)

 

Surʼat akaning  hovlisida    örik daraxti bor… uni  dadasi  Isfaradan  olib kelgan. Mevasi unçalik  yirik ham emas, biroq judayam çiroyli. Bir tomoni qahraboday  sap-sariq, yarmi yoqutday qip-qizil. Öşa keksa örik  bu yil şunaqangi  möl hosil qildiki, uning zalvoridan şoxlari larzon-larzon  egildi.

— Voy-bö, işqilib özini boşini  yesin, örik jonivor  qariganda ham  meva beraverarkan-da.  Toğa, örik qalamçasidan ham kökaraveradimi, olib borib ekardim, — dedi  mehmonga kelgan jiyani hovliqib.

— Men ham şunga hayronman.   Qurib qolgan şoxlariga  ham  bu yil jon kirdi. Barça  şoxi birday gulladi.  Körib turganing hosilni yarmi. Yarmini  dovçaligidayoq  qöni qöşni bilan baham  kördik, — jilmaydi Surʼat aka mamnun. —  Mana bir haftadirki mahalladoşlarga çelak-çelak örik tarqatyapmiz.  Jonivor bir pişsa  baravar pişadi. Vaqtida terib olmasang tökilib uvol böladi. Örikni yegan  borki,   meni, uni ekkan  otamni  duo qil­yapti.

— Ammo özi  juda qari-a, toğa. Men esimni taniganimdan  bilaman.  Balki vaqti soati bitgandir.  Şam ham öçiş oldidan bir öçib yonadi-ku, — jiyan  qölidagi örikni danagidan ajratib yarmini oğziga soldi. Şu danak  undan esdalik, olib borib  ekib qöyaman.

— E, nafasingni issiq qil, jiyan. Şukr qilaylik. Alloh nasibamizni yetkazib, qari  örikka  kuç berganiga.  Şahardagi    hamma hovlida ham bunaqa  mevali  daraxt  ösavermaydi. Örigim hali veri qurimaydi. Elning duosini oldi u, — jiyanining  öylamay  gapirganidan Surʼat akaning dili ğaşlandi.

— Aytdim qöydim-da, toğa. Suyaksiz til har nima deyaveradi-da, — uzrli  ohangda dedi jiyan.

Bu suhbat  unutilib ham ketgandi. Biroq kuzga yaqin mahalla örtasidan  katta yöl tuşişi munosabati bilan  köça yuzidagi uylar  buziladigan böldi. Surʼat akaning hovisi ham ana şu loyihada bor ekan. Ularga  şahar çekkasidagi  köp qavatli uylardan  joy berişdi. Ammo  Surʼat aka  juma namozini  eski mahallasidagi  qadrdon Suzuk ota masjidida  öqişni kanda qilmadi. Qiş oyoqlab qolganda Surʼat akaning negadir  hovlisiga  ötgisi kelib qoldi. Borsa, bu yerda quriliş jadal ketayotgan ekan. Tusmollab  hovlisini topdi.  Topgandayam  munğayib qolgan  örik daraxtidan topdi. U bir umr soya solib ötgan oşxona ham buzilib ketibdi. Daraxt yonida ikki yigit gap­laşib turgan ekan. Yugurib kelib  Surʼat aka bilan  söraşişdi. Yonlarida elektr arra. Hovlilarda qolgan daraxtlarni  ötin qilamiz deb  kesib  olişayotgan ekan. Ular  özlarini,  oltiariqlikmiz, deb taniştirişdi.

— Juda azamat daraxt ekan. Tanasi ham zarang bölib ketibdi öziyam. Kamida  bir oy uyimizni isitadi.  Örikning çöği  oyoqdagi  oğriqlarga  şifo. Buvimning sandaliga  solib bersam, joni kiradi”, — dedi yigitlardan biri.  Surʼat akaning yuragi ğalati bölib ketdi. Asta örik yoniga keldi. Qadrdoni bilan körişganday quçoqladi. Tanasini siladi. Negadir uning tanasidan suv oqardi.

Nega yiğlayapsan, qadrdon, —  dedi Surʼat aka uni silab. – Sen juda yaxşi yaşading. Odamlarga  nafing köp tegdi. Biz sendan rozimiz. Sen ham rozi böl. Qara  sönggi damlaringda ham odamlarga yaxşilik qilişga yarabsan. Şu çoq daraxtning tepasidagi şoxda qolib ketgan bir dona turşak tap etib oyoği ostiga tuşdi. Şoxni silkitgan qarğa esa çöçib havoga kötarildi. Keyin qönarga şox topolmay uzoqqa  uçib ketdi. Yigitlarni arrani işga solişga şaylanganini körgan Surʼat  aka jadal yurib  bu yerdan   uzoqlaşdi. Biroq  bir  maromda ğirillayotgan elektr arraning ovozi quloğiga qadrdon örigining  vidolaşuv nolasi bölib eşitildi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan