Gullar çayonga aylanmasin
Şu kunlarda taniqli yozuvçi Xurşid Döstmuhammadning “Çayongul” qissasini mutolaa qildim. Asarni öqirkansiz, erkaklar yaramas, bezbet, “tepsa tebranmas” tönkaday taassurot qoldiradi. Alamzada ayollar (gullar) esa çayonga aylanib borişi, “çayon”larning qölidan köp iş kelişi, ularni heç narsa töxtatolmasligi tasvirlab berilganday. Şu jarayon hayajonimni oşirdi, jamiyatning bir erkagi sifatida ğururimni oşirdi, oxir-oqibat, yorilişga, taassurotlarimni sizlar bilan baham körişga çoğlandim.
Asarning zanjiri tasodiflar asosida qurilgan. Ikki gul – Gulsum va Gulşod Çaman momoning bağrida ösgan. Ularning boğboni – otasi yöq. Biriga aka, biriga uka bölgan Yoqub esa öqişdan, şahardan ortmadi, boğ boğbonsiz qoldi. Qolaversa, bu beşafqat hayotning tasodiflari, asli aççiq qismatlari bor ekanki, ular insonning tinç hayotini alğov-dalğov qilarkan, borini yöqqa çiqararkan. Asar “gul”lari ham ana şu qismat tözonida qoldilar balki. Xullas, öşa biz aytgan tasodif Gulşodni – baloğat yoşidagi, maktab bitiruvçisi bölgan qizni pomidor teriş bahonasida soy böyiga, kimsasiz söqmoqqa yetakladi. Zabardast, qoni qaynoq ösmir Aşurni ham öşa soy böyi öziga çaqirgan edi. Ular tasodifning, yöq, biz tasodif deydigan berahm qismatning qurbonlari edilar. Aşurni qismat irodasizlikka, nomardlikka, jirkançlikka majbur qildi. Gulşod esa nomussizlik, şarmandalik tamğasini böyniga oldi. Öşa soy böyida qizning nomusi yiğladi… Bu voqeaga inson zotidan faqat Aşurning ukasi, aslida nima bölayotganiga umuman tuşunmagan gödak Akbar guvoh bölgan. Hatto qizning soçidan yerga tortib, öziça akasini uning çangalidan ozod qilmoqçi bölgandi. Uni ham bu yerga tasodif olib keldiyu Aşurning “yordamçi”siga aylantirdi-qöydi. Kim uçundir bu fojia emasdir, ammo voqea bu bilan tugamadi, oxiri nikoh bölgan kelişuv va vaʼdalar ham taqdirning allaqaysi şamolida uçdi-ketdi. Aşurning onasi “köçada nomusi buzilgan” qizni kelin qilişni xohlamadi (buzğunçi öz öğli bölsa-da). Aşur toğasinikiga jönatildi, otasi – Adham muallim betob böldi, oila kenjasi Akbar esa har kuni maktabda akasining xatosi bölgan qizni körişga, öşa mudhiş kunni eslaşga, oilasining tölamagan tovonini tölaşga majbur. Qiz ham har kuni Akbarni körarkan, özining qora ötmişi va qoronğu kelajagini öylab ösal böladi. Ikki tomonda ikki oila parokanda. Hammasiga aybdor – “taqdir”, hammasiga sababçi – tasodif! Ha… tasodif insonlar umrini yakunlaşga, gullarni söldirişga qodir. Gulşod söldi. Sölmasligi, hali uzoq yaşnaşi mumkin edi, ammo, tasodif-da, yolğiz ona ğaflatda qoldi. U hovlida zinğillab işlab yurgan qizini körib şod böldi, dunyoga qaytdi, özini topdi, deya köngilxotirjam qöşnining töyiga çiqdi. Şu payt tasodif govmiş sigir şaklida Gulşodni oğilxona tomon olib bordi. Gulning söliq tanasini öşa yerdan topişdi…
Öşa tasodif endi gullarning sardori – Gulgunning hayotiga rahna sola boşladi. Nomus dardi negadir ukani – Yoqubni esa qözğatib ham qöymadi. Aşurni vijdon azobi qiynamadi. Jinoyat işiga masʼul prokuror ham qimir etmadi. Uningça, hamma narsaga ayol zoti aybdor, ular öz buzuqliklari bilan qolganlar hayotini ham buzadilar, ne-ne “mardlar” ayol makriga qurbon bölmaganmi?! Bor iztirobni çekkanlar esa Çaman va uning bağridagi Gulgun böldi. Qasos ötida tört tomon çopgan ham Gulgun böldi. Bu yuguriklarning oxiri prokuror Zobitovdan “Ölgan öldi, u yoğiga tinç yaşanglar-da endi” degan javobni oliş bilan bitdi. Javoblar esa uning çayonga evrilişiga sabab böldi. Gul çayon böldi. Erkak zotiga, ha, benaf, befahm, berahm erkak zotiga qiron keltirmoqçi edi u çayon. Şu on ukasini topolmadi, yöqsa uni ham böynidan böğardi. Zanglagan piçoq esa Gulgunning qölida Adham domlanikiga bordi. Qölda piçoq, dilda alam va qasos olovi bilan bir mahalla oşgan bu qizni töxtatgani odam topilmadi, zotan u kimdir töxtatişini iç-iç xohlagan, birov “şoşma, qayt bu şaştingdan” deyişini kutgandi. Biz bot-bot takrorlayotgan şum tasodif bunga ham izn bermagandir. Qasoskorning qotilligi sodir böldi. Gulgun hovliga kirdi, baqirdi, dod soldi, oldidan çiqqan birinçi erkak zotiga qölidagi piçoqni qayta-qayta sançdi. Gulgunning alam pardasi qoplagan közlari yölak qonga belangandagina oçilib, Akbarning jasadini bazör tanidi. Aşur emas, Akbar edi bu. Tasodif Akbarni Gulgunning köziga Aşur qilib körsatdi.
Asarni öqib tugatarkansiz, inson umri naqadar ötkinçiligiga amin bölasiz. Tasodifdan boşlangan qora qismat ikki oilani tözitib, ikki yoş jonning ölimiga sabab böldi, axir. Aybsiz aybdorga aylangan (balki biroz aybdordir) Akbar ham erkak, ammo uni asardagi boşqa “erkaklar” bilan bir safda körişni istamaysiz. Butun boşli erkaklar bir tomon, yoş bola Akbar va uning qalbidagi keçinmalar bir tomon. Yana bir xulosa şuki, mardlik, jasurlik, nomuslilik jins tanlamaydi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgan, buni men yozuvçining özidan uçraşuvlarning birida eşitganman. U davrda ayollar, umuman qora xalq ölib ketaverar, adolatsizlikka qarşi kuraşguvçi çayonlar topilmas, bori böğilar, qamalar va otilar edi. Isyonkor ruh yöq edi. Yozuvçi şuni ham uqtirmoqçi, tuzumning xalqqa keltirgan jafolarini körsatmoqçi bölgandir. Hajman kiçik, maʼnan ulkan bu asar meni yangi-yangi savollar girdobiga taşlayveradi. Har bir erkak şu qissani bir öqisa, örnak olsa, deyman! Zero, özbekning gullari boşqa çayon bölmasin.
Muhammadali PÖLATOV
Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil topganing beş yilligi munosabati bilan uşbu oliy öquv dargohida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning maqolalari — izlaniş namunalaridan eʼlon qilmoqdamiz. Ularni öqib, tanişib yoş ijodkorlarning öy-keçinmalari, til va uslubi, mahoratini baholaş qiyin emas.
Qolaversa, ular misolida ertangi matbuotning egalarini tasavvur qiliş, ularning tafakkur tarzini anglaş imkoni ham mavjud.
Quyida bölajak jurnalistlar qalamga olgan lavhalar bilan tanişing:
Ayol faqat turmuş quriş uçun yaratilganmi?
“Öqimagan”larning “öqigan” bolalari
Sahifani ÖzJOKU öqituvçisi Öktam MIRZAYOROV tayyorladi.
