Ayol faqat turmuş quriş uçun yaratilganmi?

Özbekiston Jurnalis­tika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil top­ganing beş yilligi munosabati bilan uşbu oliy öquv dargohida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning maqolalari — izlaniş namunalaridan eʼlon qilmoqdamiz. Ularni öqib, tanişib yoş ijodkorlarning öy-keçinmalari, til va uslubi, mahoratini baholaş qiyin emas.

Qolaversa, ular misolida ertangi matbuotning egalarini tasavvur qiliş, ularning tafakkur tarzini anglaş imkoni ham mavjud.

Quyida bölajak jurnalistlar qalamga olgan lavhalar bilan tanişing.

Tahririyat.

 

Ayol faqat turmuş quriş uçun yaratilganmi?

 

Ança avvalroq yaratilgan kinofilmlarga heç eʼtibor qilganmisiz? Men ularni juda qiziqib kuzataman.  Ötmişdagi ayollarimiz  qismatiga açinib ketaman. Çunki ular  tasavvurimda bir xil turmuş tarziga ega odamlar, yaʼni uy bekasi, dala işçisi, bir etak farzandlarni dunyoga keltiruvçi ona qiyofasida gavdalanaveradi. Ularning oldilarida bitta muhim vazifa bor, u ham bölsa, uy işlaridir. Misol uçun, Şarof Boş­bekovning “Temir xotin” asari asosida rejissyor Isamat Ergaşev 1990 yilda suratga olgan kinofilmidagi Qöçqor akaning xotini Qumri obrazi. Qumri tunu kun paxta dalasida ming çanoqqa ming martalab egilib paxta terişi, 50-60 kg. yukni kötarib xirmonga olib borişi, non yopib, uy-rözğor işlarini bajarişi kerak. Bu işlar muştakkina jussali özbek ayoliga oğirlik qilmaydimi?!

Ammo u  yugurib, yelib bölsa ham, işlarini eplaydi. Bundan taşqari, sigir-buzoqlarga ham qaraydi. Bunday işlarni sanasang sanoği yöq. Bitta  özbek ayolining qiladigan işi şunçalar köpki, natijada öşa davrlarda aksariyat qizlar öqimagan, oliy öquv yurtlarida tahsil olmagan. Men bu bilan öşa kinoni tanqid qilmoqçi emasman. Haqiqatan ham, bu film qoyilmaqom tarzda işlangan. Unda öşa davr  ruhi, muhiti aynan yoritilgan. Ammo hozir ham çekka-çekka hududlarda bu kabi holatlar  yöq emas-da. Eng yomoni ham mana şunda.

Bugungi kun teleseriallariga  ham razm solaylik, tahlil qilaylik. Ulardagi asosiy mazmun faqat oiladagi mojarolar, kelinlik vazifalari, ikkinçi xotin qismati, qaynona va turmuş örtoq bilan munosabatlardagi kelişmovçiliklar…  Ayolning körgani ğalva! Bundan boşqaça hayot bormi özi?  Ayol zoti faqat şu vazifalarni  bajariş uçun yaratilmaganku. Nega davr mavzusi faqat şulardangina iborat? Uy yumuşidan ortmagan, öqimagan kelin qiyofasi jamiyatning yuzimi?!  Ellik yil keyin bu seriallarni körgan avlodlarimiz bugungi hayot haqida qanday tasavvurga ega bölişadi?!

Hozirda yoşim yigirmadan oşyapti, atrofimda bu yoşda turmuşga çiqmagan qizlarni kam uçrataman. Uçratganlarim ham qayerdadir öqişadi, kelajakdan  umidi, maqsadi bor qizlar. Metroda, köça-köyda erta turmuş qurgan qizlarni körganimda, ular bilan suhbatlaşib qolsam, “Sizga havasim keladi”, deb meni hayron qoldirişadi. “Axir, özingiz şu hayotni tanlamaganmidingiz?” degan savolni bersam, “Ota-onam turmuşga berib yuborişdi” degan javobni olaman. “Qiz bola böyiga yetdimi, böldi, joyi çiqsa, erga beriş kerak”, degan aqida hamon ustuvor.  Afsuski, jamiyatimizda hali hanuz ayollarga past nazar bilan qaraş mavjud. Hattoki, ularga nisbatan zöravonliklar haqida tez-tez eşityapmiz. Keyingi paytda röy bergan voqealar, yaʼni oilaviy mehribonlik uyidagi voyaga yetmagan qizlarga nisbatan tajavvuzlarni eslang. Internet tarmoqlari  “Voya­­ga yetmagan qiz tahqirlanibdi” kabi maʼlumotlardan böşamaydi, sabab nimada? Ayollar faqat oğir mehnat, zöravonlik qurboni böliş uçun yaratilganmi?

Hayot faqat şunday voqeliklardan iborat emas aslida. Şukrki, xotin-qizlar himoyasi davlatimiz qonunçiligida takomillaştirilib borilmoqda. Ularni  qöllab-quvvatlaydigan,  haq-huquqlarini himoya qiladigan qonunlar yaratilmoqda, yangi çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda. Bugun jamiyat hayotida öz örniga ega xotin-qizlarimiz talaygina. Sportçi qizlarimiz jahon arenalarida, musobaqa maydonlarida kuç sinaşyapti. Masalan, Polşaning Kelse şahrida boks böyiça 54 kg. vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan yurtimizning mard qizi Nigina Öktamova jahon çempioni böldi. Nozimaxon Qayumova ayollar örtasida para-yengil atletikaning nayza uloqtiriş turnirida eng zör natija bilan nom taratdi. Mohigul Hamdamova disk uloqtiriş bahsida ğoliblikni qölga kiritib, Özbekiston bayroğini baland kötardi. Yaqin ötmişga qaytsak, Oksana Çusovitina va Lina Çeryazovalar qölga kiritgan yutuqlari sabab ismlari tarixga muhrlandi. Qolaversa, qançadan-qança olimayu senatorlarimiz, şoirayu pedagoglarimiz, qöli yengil şifokorlarimiz elning duosini olib yaşaşmoqda. Ular bugun ösib kelayotgan qizaloqlarimiz uçun örnak bölişlari, Zuhro yulduzi kabi yöl körsatuvçilari bölişlari kerak. Demakki, ayollarimiz faqat uy-rözğor uçun yaratilmagan ekan. Harakat qilsalar, maqsad sari intilsalar, öqib, örgansalar, intilganga tole yor deganlari çin. Hamonki, insonga hayot bir marta berilgan ekan, xotin-qizlar ham jamiyatda öz mav­qeiga, öz örniga ega bölişi kerak. Agar ayol bilimli bölsa, undan ilmli farzand dunyoga keladi va yurt rivojlanadi, xalqimiz maʼnaviyati yuksaladi.

Dildora ŞODIQULOVA

 

Özbekiston Jurnalis­tika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil top­ganing beş yilligi munosabati bilan uşbu oliy öquv dargohida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning maqolalari — izlaniş namunalaridan eʼlon qilmoqdamiz. Ularni öqib, tanişib yoş ijodkorlarning öy-keçinmalari, til va uslubi, mahoratini baholaş qiyin emas.

Qolaversa, ular misolida ertangi matbuotning egalarini tasavvur qiliş, ularning tafakkur tarzini anglaş imkoni ham mavjud.

Quyida bölajak jurnalistlar qalamga olgan lavhalar bilan tanişing:

 

Ayol faqat turmuş quriş uçun yaratilganmi?

 

Hamon töylarimiz obröimizmi?

 

“Öqimagan”larning “öqigan” bolalari

 

Gullar çayonga aylanmasin

 

Sahifani  ÖzJOKU öqituvçisi Öktam MIRZAYOROV  tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan