Hamon töylarimiz obröimizmi?
Töy va taʼziyağa sarf qilinaturğon oqçalarimizni biz turoniylar ilm va din yöliğa sarf etsak, anqarib övrupoyilaridek taraqqiy etarmiz va özimizda obröy va rivoj toparmiz. Yöq hozirgi holimizğa davom etsak, din va dunyoğa zillat va miskinatdan boşqa nasibamiz bölmaydir.
Mahmudxöja BEHBUDIY
Töy — ikki yoşning hayotini nikoh bilan boğlaş va özidan nasl qoldiriş uçun qilinadigan anʼanaviy marosim. Ammo “orzu-havas” qurboniga aylanayotgan baʼzi yurtdoşlarimiz xatti-harakatlari kişini öyga toldiradi. Yuqorida Mahmudxöja Behbudiy hazratlarining şu xususda bildirgan fikrlarini bejiz keltirmadim. Demak, töydagi ortiqça dabdababozliklar keça yoki bugun kirib kelmagan. Qariyb bir asr muqaddam bildirilgan bu fikrlar hozirgi zamon töylariga ham “qolipdek” mos keladi.
Töyni hamma öz şaroitidan kelib çiqib ötkazadi. Ammo “Körpasiga qarab oyoq uzatmaydiganlar” ham talaygina. “Odamlardan bolamning nima kami bor?”. “Ertaga el nima deydi?” deya qarz-quvala kötarib, kredit olib, bor-budini sotib bölsa-da, töy qilayotganlarni ham körib-bilib turibmiz. Qançadan-qança tanbehlar berilyapti, keksayu yoş bu haqda bong urmoqda. Ammo ahvol juda sekin özgaryapti. Omma orasida kamxarj töylar boşlanganday böldiyu “orzu havas” qurğur yana hakalak ota boşladi. Qator-qator maşinalar karvoni, kimoşar bazmu jamşidlar takrorlanmoqda.
Ota-onalar tomonidan farzandini “qöşnining bolasi” bilan tenglaşlar, “Sen tengining bolalari maktabga çiqayapti” kabi taʼnayu malomatlar yoki bölmasa, töşakdagi bobo-buvining “Közim oçiqligida töyingni körsam armonim yöq edi” kabi orzulari orqasidan ön beş kunda yoşlarning hayotlari hal bölmoqda. “Oila qurmoqçi bölgan inson turmuşga tayyormikan?” deyiş yöq! “Jismonan va ruhan OILA atalmiş kiçik, ammo katta masʼuliyati bor qörğonning past va balandliklariga könikib keta olişarmikan?” deya muşohada qiliş yöq!
Yaqin bir dugonam bilan özaro suhbat çoğida gapdan-gap çiqib, mavzu töyga taqaldi. U orzu qilayotgan töyini taʼriflaganida, töğrisi, men lol qoldim. Qaniydi, hamma qizlar şunday fikrlasa…
U dediki:
“Men umrimda biron marta körmagan, sinalmagan insonga turmuşga çiqmayman. Sovçilarning maqtovini eşitib, vaqtimni bekorga sarflamayman. “Non sindiriş” kabi kiçik, ahamiyati u darajada yuqori bölmagan marosimlar uçun yuzdan ortiq mehmon kutib, bir jonliq söyib, taniş, notaniş odamlarni mehmon qiliş uçun dadam beçoraning kira qilib topgan pulini köklarda sovurişniyam xohlamayman. “Fotiha töyi” deb ataluvçi kiçik odat uçun million-million sarflaşni, “turetskiy sarpo”lardan biratölasiga neççidir yillarga yetadigan qilib kiyim-keçak yiğişni, soç yuviş vositasidan tortib nam soçiqlargaça odamlarga körgazma qilib, yana buni danğura-dunğur bilan olib kelinişini istamayman. Nimaga endi birvarakayiga neççidir yillar uçun kiyim oliş kerak? Axir töydan söng ham vaziyatga qarab, tanlab libos oliş mumkinku! Zamon özgarmaydimi, urflar özgarmaydimi? Ortiqça dabdababozlikning nima keragi bor? Töyimda keraksiz “toğoralar” ikki quda taraf örtasida aylanmaydi. Biror odamga naf keltirmaydigan, kiyilmaydigan matolar, bundan 20 yil avval maşhur bölgan, haligaça “oldi-berdi”ga işlatilayotgan römolu erkaklar köylaklari almaşinilmaydi. Men orzu-havas qurboni emasman! Bir kunlik yuz pardozi uçun 200 dollar sarflaydigan, bir martalik ijaraga oladigan töy libosimga 1000 dollar sarflaydigan axmoq ham emasman. Töy ötgaç, yuzlar yuviladi, köylak egasiga beriladi. Libosim qimmat yoki arzonligi ertangi hayotim baxtli böliş-bölmasligini kafolatlamaydiku. Töyimda 20 ta “Inomarka” kelsin deb xarxaşa qiladigan “qöğirçoq”lardan ham emasman. Bir kunlik ijara maşinalari uçun 1000, 2000 dollar sarflagandan köra, öşa pulga kelgusida şaxsiy maşina xarid qilişi yoki rözğor uçun maişiy texnika sotib olgani maʼqul. Albatta, bu mening şaxsiy fikrlarim. Töyimda kelin dugonalar bir xil köylak kiymasa ham mayli. Topganini kiysin. Töyimda dugonalarimning libosi nima ahamiyat kasb eta olardi? Qolaversa, falon pulga antiqadan-antiqa taklifnomalar çiqartirib nima qilaman? Töyga tarqatilgan taklifnomalarni kimdir ardoqlab, sandiğiga solib qöyarmidi? Umuman bunda qoğozni uvol qilişning nima keragi bor? Hozir zamon juda rivojlangan. Hammaning qölida smartfonlar, menga qolsa, elektron taklifnoma yasatardim, juda könglim bölmasa, şaxsan taklif qilaman. Yana, töyim “birrovçilar” uçun sahnaga aylanmaydi. Fonogrammada oğzini ikki marta qimirlatib turadiganlarni çaqirib, “Gala konsert” uyuştirilmaydi. Töy oqşomida yarim yalanğoç raqqosalar erkak mehmonlarga xirom aylab, çöntagidagi pulni şilmaydi. Töyxona tungi klub emasku?! Oqşom bazmida erkin bölişni xohlayman. Tasvirçining kamerasi tunu kun men bilan bölib, har bir harakatimni örgatib turişining nima keragi bor? Hammasi tabiiy bölsin. Axir, töy filmni tasvirga oliş jarayoni emasku. Mening orzuimdagi töy — oddiygina. Oila aʼzolarim va yaqin insonlarim bu baxtli kunimda yonimda bölsa, otam va onam könglida ming öy, taşvişsiz, sidqidildan oq fotiha bersa va özimni erkin tutib, oq libosda juftim istiqboliga çiqsam, bas! Yonimda men işona oladigan, munosabatimiz muhabbat va özaro hurmat asosida qurilgan, eng muhimi, men qilgan mebelga ehtiyoj sezmaydigan insonim bölsa, şuning özi yetarli! Asosiy mazmun töyning qanday ötişida emas, qanday umr yöldoş bilan hayot yöli boğlanişida deb bilaman. Gap sarpoda emas, gap ikki tomon bir-birini tuşunişida. Men mana şu fikrlarim va orzularimni hurmat qiladigan inson bilan, Alloh nasib etsa, taqdir yölimni boğlayman”.
Ammo tan oliş kerak, bunday fikrlovçilar barmoq bilan sanarli. Lekin haqiqatan ham, dabdabali töysiz ham inson baxtli yaşay oladi. Xulosa örnida şuni aytiş joizki, har bir inson özi xohlagandek va vijdoni buyurgandek yaşaşga haqli. Töydagi urf-odatlarni bajarişni istamaslik yoki bajarmaslik insonning baxtli yoki baxtsizligini hal qiladigan omil emas, heç qaçon!
Men bu borada tengdoşlarimning fikrini ham bilişni istardim. Keling, döstlar, öz taqdirimizni odob-axloq doirasida özimiz hal qilaylik, munis va mehribon ota-onamizga tirgak bölaylik. Bugun biz bu borada ham dadil qadam taşlab, özgarmasak, jamiyat özgarmaydi. Töydagi isrofgarçiliklar mavzusi keyingi asrlarda ham dolzarbligiça qolaveradi.
Dildora DÖSMATOVA
Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil topganing beş yilligi munosabati bilan uşbu oliy öquv dargohida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning maqolalari — izlaniş namunalaridan eʼlon qilmoqdamiz. Ularni öqib, tanişib yoş ijodkorlarning öy-keçinmalari, til va uslubi, mahoratini baholaş qiyin emas.
Qolaversa, ular misolida ertangi matbuotning egalarini tasavvur qiliş, ularning tafakkur tarzini anglaş imkoni ham mavjud.
Quyida bölajak jurnalistlar qalamga olgan lavhalar bilan tanişing:
Ayol faqat turmuş quriş uçun yaratilganmi?
“Öqimagan”larning “öqigan” bolalari
Sahifani ÖzJOKU öqituvçisi Öktam MIRZAYOROV tayyorladi.
