Sportda taʼlimning örni beqiyos

(Çirçiq davlat pedagogika universitetining iqtidorli yoşlari qölga kiritayotgan muvaffaqiyatlar haqida)

 

Xalqimizda ajoyib maqol bor: “Bilagi zör birni yiqar, bilimi zör mingni”. Haq gap. Ammo bilak ham, bilim ham zör bölsa-çi? Ana endi bu odamzodning orzusi bölgan barkamollik belgisi-da. Har tomonlama barkamol inson esa jamiyatning ildam rivoj­lanişi, jahon miqyosida tan olinişi, qolaversa, öziday komil avlodlarning tarbiyalanişida bekamu köst xizmat qila oladi. Şu bois ham, ayniqsa, sport bilan şuğullanayotgan yoşlarning bilim saviyalarini yanada oşiriş muhim masala hisoblanadi.  

Bundan beş yil avval Prezidentimizning taşabbusi va qöllab-quvvatlovi bilan taşkil etilgan Çirçiq davlat pedagogika instituti keyinçalik universitetga aylantirildi va ana şunday ezgu maqsadda faoliyat yuritmoqda.  Jumladan, universitetning Sport va çaqiriqqaça harbiy taʼlim fakulteti va uning tarkibiga kiruvçi “Jismoniy madaniyat nazariyasi”, “Texnologik taʼlim” hamda “Jismoniy madaniyat metodikasi” kafedralarida mehnat qilayotgan professor-öqituvçilarning xizmati bugungi kunda öz samarasini bera boşladi.

Avvalo, fakultet haqida ikki oğiz maʼlumot: Fakultetimiz Çirçiq davlat pedagogika universiteti Kengaşining qaroriga köra 2019 yil 18 avgustda taşkil topgan. “Jismoniy madaniyat nazariyasi” kafedrasi mudiri vazifasida dotsent F.Nurmatov faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Şuningdek, kafedraning asosiy ştatida 14 nafar, örindoş sifatida 5 nafar professor-öqituvçilar mehnat qilişadi. “Texnologik taʼlim” kafedrasida esa 2019 yilning sentyabridan hozirgi kungaça dotsent R.Şermuhamedov kafedra mudiri lavozimida işlaydi. Asosiy ştatda 12 nafar, örindoş sifatida 4 nafar professor-öqituvçilar pedagogik faoliyat yuritişmoqda. “Jismoniy madaniyat metodikasi” kafedrasining ham fakultetda öz örni bor. Bu yerda dotsent A.Abdulaxatov kafedra mudiri lavozimida işlayotgan bölsa, asosiy ştatda 10 nafar, örindoş sifatida 5 nafar professor-öqituvçilar bor.

Bizda bir neça yönalişlar böyiça iş va öquv jarayoni taşkillaştirilgan. Jumladan, yurtimiz, qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlari içida umumiy örta taʼlim maktablari uçun ilmiy, metodik jihatdan yetuk jismoniy tarbiya va texnologiya öqituvçilarini tarbiyalab beriş birinçi vazifamiz hisoblanadi. Qolaversa,  “Jismoniy madaniyat va sport”, “Çaqiriqqaça harbiy taʼlim” hamda “Texnologik taʼlim” fanlari sohasida çuqur tadqiqotlar olib borayotgan iqtidorli olimlar jamoasini şakllantirib, ilmiy işlardagi uzviylikni taʼminlab kelmoqdamiz. Bundan taşqari, sohaga zarur bölgan öquv adabiyotlarning, meʼyoriy hujjatlarning tayyorlanilişida ijodiy markaz vazifasini bajariş ham zimmamizda. Respublikamizdagi jismoniy tarbiya, çaqiriqqaça harbiy taʼlim va texnologiya fanlari öqituvçilarining mahoratini oşiriş, ularning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalaştiriş, malakalarini oşirişda  ham fakultetimizning hissasi katta. Eng muhimi esa yoş avlodni soğlom hamda aqlan teran, komil inson qilib östirişdek oliyjanob maqsadimiz bor.

Hozirda fakultetimizda uçta bakalavriat yönalişlari mavjud. Yaʼni, “Jismoniy madaniyat”, “Xotin-qizlar sporti” va “Texnologik taʼlim” yönalişlarida bugungi kunda jami 750 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Har yili fakultetimizni 180 dan ortiq yoşlar bitirib çiqadi. Bundan taşqari, magistratura bosqiçimizda “Jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi böyiça taʼlim berib kelinmoqda.

Şu örinda faxr bilan taʼkidlaş joizki, talabalarimiz jahon va yurtimiz miqyosidagi turli sport musobaqalarida munosib qatnaşib kelişmoqda. Birgina jismoniy madaniyat taʼlim yönalişida turli sport turlari böyiça 40 dan ortiq respublika çempioni bölgan talabalarimiz tahsil olişadi. Faxrlanişimizga yana bir sabab borki, fakultetimiz talabalari orasida paraolimpiya terma jamoasi aʼzolari ham bölib, ularning yutuqlari bizni nihoyatda quvontiradi. Xabaringiz bor: şu yilning 26 aprelidan 30 apreligaça Samarqand viloyatida “Baydarka va kanoeda eşkak eşiş” sport turidan Osiyo çempionati bölib ötdi. Uşbu musobaqada Sport va çaqiriqqaça  harbiy taʼlim fakultetining 2 nafar talabalari qatnaşişdi va ğolib bölişdi. Törtinçi bosqiç talabamiz Hasan Qöldaşev 500 metr va 200 metr masofalarda 3-örinni qölga kiritib bronza medali sohibi böldi. Ikkinçi bosqiç talabamiz Törabek Nazarqulov esa 500 metrlik musobaqada 2-örinni, 200 metr masofada 3-örinni egallab, kumuş va bronza medallariga erişdi.

Jahon arenalarida ham ğoliblikni qölga kiritgan talabalarimiz köp. Misol uçun, şu yil 16-19 mart kunlari Tayekwon-do  ITF sport turi böyiça Markaziy Osiyo çempionati bölib ötgan edi. Mazkur musobaqada fakultetimiz talabasi Feruza Suvonova ham qatnaşdi.  U Tayekwon-do ITF sport turining 3 ta yönalişi böyiça va uççalasi böyiça ham yuqori natija körsatdi. Yaʼni, Sparing Woman böyiça 18-39 yoşli va 62 kg. vazngaça bölganlar orasida 1-örinni, Team sparing böyiça ham 1-örinni, Pattern sparing böyiça esa 3-örinni qölga kiritib, jahon çempionatiga yöllanma sohibasiga aylandi.

Agarda biroz avvalgi yillarga qaytsak, 2021 yilning 1-8 sentyabr kunlari Aljir davlatida ötkazilgan 7-xalqaro ARMI-GAMEC-2021 (Armiya musobaqalari)da mamlakatimiz şarafini munosib himoya qilib, faxrli 1-2-örinlarni egallagan Özbekiston terma jamoasi aʼzolari orasida fakultetimizning Jismoniy madaniyat taʼlim yönalişi talabasi Bibimaryam Suyunova ham bor edi.

Bunday iqtidorli, ham aqlan, ham jismonan barkamol talabalarimiz hamişa bizning faxr-iftixorimiz, ğururimiz bölib qolişadi. Yana şuni ham alohida taʼkidlamoqçimizki, fakultetimiz talabalari orasida çempionlar soni yildan-yilga oşmoqda. Şu yil 29 yanvar va 1 fevral kunlari sportning dzyudo turi böyiça yoşlar örtasida Özbekiston çempionati ötkazildi. Uşbu musobaqa ğoliblari orasida Çirçiq davlat pedagogika universiteti Sport va çaqiriqqaça harbiy taʼlim fakulteti talabasi Muhibiddinov Samariddin ham borligi bizni quvontirdi. U 81 kg. vazn toifasida qatnaşib, faxrli 2-örinni qölga kiritdi.

Xabaringiz bölgandir: şu yil 8 fevralda sportning Kuraş turi böyiça erkaklar va ayollar örtasidagi Toşkent viloyati çempionati musobaqasi bölib ötgan edi. Uşbu musobaqada fakultetimizning Jismoniy madaniyat yönalişi talabalari ham faol iştirok etişdi. Musobaqa natijasiga köra, Dilfuza Rustamova 87 kg. bilan 1-örin, Husan Tursunov 60 kg. vaznda 1-örin, Zuxraxon Nömonova 70 kg. vaznlilar orasida 2-örinni egallaşdi.

Qolaversa, fakultetimiz talabalari Universiada sport musobaqalarida ham doimo qatnaşib kelişmoqda. Jumladan, ötgan yili Sport va çaqiriqqaça harbiy taʼlim fakultetining talaba qizlari, yaʼni Dilnoza Fozilova, Madina Qiliçova, Surayyo Polvonovalar Qöl töpi sport turidan respublika bosqiçida faxrli 1- örinni egallaşdi.

Fakultetimizning 3-bosqiç talabasi Akmal Latipov “Universiada-2022” musobaqalarida sportning basketbol turi böyiça res­publika bosqiçida Toşkent viloyati terma jamoasi tarkibida iştirok etib, 2-örinni qölga kiritdi, kumuş medal sohibi böldi. Yoki 1-bosqiç talabasi Umarova Odina Baxtiyor qizi voleybol böyiça respublika final bosqiçida uşbu viloyat terma jamoasi tarkibida qatnaşib, xuddi şunday 2-örinni egalladi, kumuş medal sohibi böldi.

Fakultetimizda bunday iqtidorlar kam emas. 3-bosqiç talabasi Surayyo Polvonova gandbol sport turi böyiça viloyat terma jamoasi tarkibida faxrli 1-örinni egallab, oltin medali bilan taqdirlandi. 4-bosqiçda öqiydigan talabamiz Dilnoza Fozilova ham gandbol böyiça 1-örin sohibi, oltin medalni qölga kiritgan yoşlarimizdan biridir.

Madina Qiliçova esa 2-bosqiçda öqiydi. U ham 1-örinni egallagan, oltin medal sohibasi.

Vadjiyev Bobur, Husanov Omadbek, Raʼno Imonqulova, Muhammadali Asanov, Rolan Raimqulov, Bekzadbek Israilov, Ruslan Mirzaliyev, Aziz Saparbayev va boşqa bizning faxrimiz bölgan yoşlarimiz nafaqat mamlakatimizda, balki AQŞ, Liviya, Rossiya kabi davlatlarda bölib ötgan xalqaro musobaqalarda, butun jahon öyinlarida faxrli 1-örinlarni egallagan iqtidorli sportçilardir. Ular haqida va ularning boşqa tengdoş­lari haqida köp gapirişimiz mumkin. Çunki ular dorilfununimiz şaʼni, obrösigina emas, butun Özbekistonimiz sporti şarafini baland kötarişmoqda. Kelajakda hali yana köpdan-köp yutuqlarni qölga kiritişlariga şubha qilmaymiz.

Sözimiz avvalida biz bejiz jismoniy quvvat va aql-zakovat, bilim muştarakligi haqida fikr bildirmadik. Zotan, ham aqlan, ham jismonan baquvvat insonlargina çinakam muvaffaqiyatlarga erişa olişadi. Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, bizning taʼlim dargohimizda taʼlim oliş, bilimni mustahkamlaş uçun talabalarimizga zarur barça şaroitlar yaratilgan. Ustoz-murabbiylarimiz ham ularning tafakkurlari bo­yişi yölida öz maslahat va tavsiyalarini ayamaydilar. Şundan bölsa kerak, ilm-salohiyati kuçli şogirdlarimiz ham köp. Jumladan, Jahongirmirzo Abdurasulov  Alişer Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi böldi. Bu ilmli yigit fakultetimizning Çaqiriqqaça harbiy taʼlim yönalişi 4-bosqiç talabasidir. Qolaversa, şu yönaliş 4-bosqiç talabasi Olimjon Ozodqulov esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga munosib körildi.

Darhaqiqat, bugungi yoşlar — ertangi kunimiz egalari. Ayniqsa, bölğusi pedagoglarning har tomonlama puxta bilim olişlari kelajak avlodning komil insonlar bölib yetişuvida muhim rol öynaydi. Şu bois Çirçiq davlat pedagogika universitetining Sport va çaqiriqqaça harbiy taʼlim fakulteti jamoasi talaba-yoşlarning ham jismonan, ham maʼnan mukammal darajada tarbiya topişlari yölida astoydil xizmat qilib kelişmoqda. Ötgan beş yillik fursat, albatta, juda katta vaqt emas. Ammo kelgusida bizda bilim, taʼlim-tarbiya olayotgan şogirdlarimiz jahon arenalarida davlatimiz bayroğini yanada yuqoriga kötarişlari, pedagogik faoliyatlari davomida esa yurt şaʼnini yuksaltiruvçi bolalarni tarbiyalaşlariga şubha yöq. Zero, barkamol avlodlar uluğ kelajagimiz garovidirlar.

Telman AÇILOV,

Çirçiq davlat pedagogika

universitetining

Sport va çaqiriqqaça

harbiy taʼlim fakulteti

dekani, dotsent

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan