Xalqaro hamkorlik — rivojlaniş asosi

Buyuk maʼrifatparvar Abdulla Avloniy aytganidek “Tarbiya biz uçun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasi” bölib turgan vaqtda dunyoviy zamonaviy universitet qanday bölişi kerak? Global oliy taʼlim böyiça yetakçi mutaxassis Jamil Salmi: “Dunyoviy nufuzga ega zamonaviy universitet, bu — möl-köl moliyalaştirilgan, isteʼdodlar bir nuqtaga töplangan va qulay boşqaruv tizimiga ega dargohdir”, deb taʼrif beradi. Bu dunyoviy nufuzga ega oliy taʼlim muassasasining modeli hisoblanadi. 2017 yilda Davlatimiz rahbarining qarori bilan taşkil topgan, 89 nafar professor-öqituvçi va 800 nafar talaba bilan iş boşlagan Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali jamoasi yuqorida taʼriflangan dunyoviy universitet maqomiga erişiş yölida butun bir jamoa birgalikda bir kuç bölib mehnat qilmoqda.

Ilm-fanni muntazam isloh qilib boriş, buning natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantiriş, ilmiy-intellektual resurslarni töliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalaniş oliy taʼlim tizimiga maʼlum va aniq vazifalarni qöymoqda. Taşkil etilganiga olti yil bölgan oliy taʼlim muassasamiz ilmiy salohiyatni yuksaltiriş, ilmiy iş himoyalari sonini oşiriş maqsadida belgilangan reja asosida samarali iş olib boryapti.

Professor-öqituvçilar, ilmiy izlanuvçilarning yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda çop etilgan maqolalari va ularda iqtiboslik körsatkiçlarining oşişi har bir tadqiqotlarning ilmiy, innovatsion va dolzarb maʼlumotlarga asoslangan bölişini talab etadi.

2023 yilda xalqaro körsatkiçlarga köra TDTU Olmaliq filiali professor-öqituvçilarining ilmiy izlanişlariga (“Web of Sciense”, “Scopus”, “Google Scholar” yoki boşqa xalqaro eʼtirof etilgan bazalarda mavjud bölgan jurnallar böyiça) körsatilgan iqtiboslar soni — 3751tani, “Web of Sciense”, “Scopus” va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi röyxatiga kiritilgan jurnallarda çop etilgan ilmiy maqolalar soni 240, 201 tani taşkil etganini eʼtirof etişni istardik.

Şuningdek, ötgan yili davomida TDTU Olmaliq filiali professor-öqituvçilari tomonidan 3 ta darslik, 14 ta öquv qöllanma yaratildi.

Ilmiy-öquv laboratoriyalari akademik muhitning rivojlaniş markazi bölib, öqituvçi, tadqiqotçi, doktorant va talabalarning turli xil yönalişda yaratadigan ixtirolarining boşlaniş nuqtasidir.

TDTU Olmaliq filialida taʼlim yönalişlari böyiça 21 ta laboratoriya faoliyat yuritadi. Uç yil avval Jahon banki kömagida 1 mlrd. 859 ming sömga xarid qilingan laboratoriya jihozlari bugungi kunda köplab tadqiqotlar uçun xizmat qilmoqda. 2023 yilda metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti uçun yangi laboratoriya binosi qurilib, foydalanişga topşirildi. Mavjud 21 ta laboratoriyada ilmiy-tadqiqot işlari olib boriş bilan birga öquv jarayonida ham keng foydalanilyapti.

Yana quvonçlisi, Toşkent viloyati Qiziltoğ şaharçasida joylaşgan TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyning 44 nafar bitiruvçisidan 38 nafari oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindi. Muntazam ikki yil mobaynida mazkur litsey öquvçilari res­publika örta-maxsus va professional taʼlim muassasalari örtasida ötkazilayotgan “Zakovat” turnirida peşqadamlikni qöldan bermay, gran-pri sohibi bölmoqda.

Konçilik işi fakulteti talabalari uçun 400 öringa möljallangan talabalar turar-joyi qurilişi yakunlaniş arafasida. Qişki taʼtildan söng metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti oşxonasi iş boşladi. Abdulla Qahhor nomidagi mahalla fuqarolar yiğini hududidan 6 gektar maydon ajratilib, yangi maʼmuriyat va öquv binosi hamda yopiq suv havzasi qurilişi rejalaştirilgan.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan sönggi yillarda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarning boş maqsadi — malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlaşda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, şu orqali yurtimizdagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik taj­ribasini orttirişiga imkoniyat yaratiş işlariga katta ahamiyat qaratilmoqda.

TDTU Olmaliq filiali bugungi kunda 6 ta xorijiy davlat — Rossiya Federa­siyasi, Belarus Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozoğiston, Tojikis­ton va Qirğiziston Respublikalaridagi 17 ta oliy taʼlim muassasalari bilan özaro hamkorlik olib bormoqda.

Yirik hamkorimiz Rossiya Federa­siyasining yetakçi oliy öquv yurti — Ural federal universiteti Yangi material va texnologiyalar instituti bilan ilmiy, öquv, amaliy hamkorlik faoliyati yölga qöyilgan. UrFU delegatsiyasining taʼlim maskanimizga taşrifi davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş orqali aniq tizim asosida magistrant, yoş öqituvçi va ilmiy xodimlarning stajirovka ötaşi, professor-öqituvçilarni qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil qiliş, şuningdek, respublikamizning yetakçi metallurgiya korxonasi “Olmaliq KMK” AJ bazasidagi mavjud toğ-kon sanoati muammolarini uç tomonlama hamkorlik asosida örganiş işlarini amalga oşiriş rejalaştirildi.

Yaqinda Germaniya davlatining Frayberg Konçilik akademiyasi Toğ-kon ins­titutining direktori, Saksoniya Fanlar akademiyasi va boşqa xalqaro ilmiy akademiyalar aʼzosi, professor Karsten Drebenştedt boşçiligidagi bir guruh professor, aspirant va talabalardan iborat delegatsiya taşrif buyurdi.

Qozoğiston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti yirik va köp tarmoqli oliy taʼlim muassasasi bölib, ilmiy-taʼlimiy, intellektual, madaniy markaz hisob­lanadi. TDTU Olmaliq filiali mazkur OTM bilan uzviy hamkorlik doirasida akademik mobillikni yölga qöygan. Universitet olimlari filialimiz talabalariga maʼruzalar öqiş bilan birga, yoş tadqiqotçilarga mahorat dars­larini ham ötişdi.

Öquv va ilmiy laboratoriyalar, OTM moddiy-texnik bazasi bilan tanişiş maqsadida Jahon Xitoy investitsiya fondining Markaziy Osiyo böyiça mutaxassislari Çen Çen va Vuu Yang Kiu filialga taşrif buyurdi. Mazkur xalqaro fondning maqsadi Özbekistonda istiqbolli sanoat loyihalarini örganiş, qöllab-quvvatlaş, moliyaviy sarmoya kiritiş bölib, mutaxassislar sanoatning metallurgiya işlab çiqariş korxonalari hamda taʼlim tizimi bilan tanişdilar.

Xalqaro hamkorlik har bir oliy taʼlim muassasasining maqsadidir. Bu orqali ular özaro tajriba almaşiş bilan birga, juda köp narsalarni örganiş imkoniga ega böladi. Xitoy Xalq Respub­likasining “Beijing International Chinese College” tomonidan oliy taʼlim yönaliş­larida faoliyat yurituvçi rahbar-kadrlar uçun xitoy taʼlim tizimini örganiş va tajriba almaşiş bö­yiça taşkil etilgan seminar-treningda filial direktorining Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça örinbosari ham iştirok etdi. Xitoyning Gendan instituti bilan kelgusida tegişli sohalar kesimida hamkorlik qiliş böyiça memorandum imzolandi. Pekin xalqaro Xitoy kolleji bilan kelgusida xitoy tilini öqitiş, taʼlim sohasida hamkorlik qilişga kelişib olindi.

2023 yilning 6-10 fevral kunlari Hindistonning Bangalor şahrida ŞHT Yoş olimlarining ikkinçi konklavi bölib ötdi. Konklavda Özbekistondan 6 nafar yoş olim iştirok etdi, ular qatorida TDTU Olmaliq filiali professor-öqituvçisi ham yirik xalqaro ilmiy anjumanda qatnaşdi.

Bundan taşqari, Tomsk politexnika universiteti Energetika injenerlik maktabi dotsenti (Ufa) TDTU Olmaliq filiali talabalari uçun öquv maşğuloti olib borib, özi faoliyat yuritayotgan universitet hayoti, ilmiy işlar, universitet nufuzi va bugunda erişilayotgan yutuqlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Şuningdek, xalqaro xorijiy mutaxassislardan şri-lankalik olim, falsafa fanlari doktori, professor Muhammed Rifki filial faoliyati hamda ilmiy va öquv laboratoriyalari bilan tanişdi. Talabalar hamda professor-öqituvçilarga Muhammed Rifki tomonidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” mavzusida ingliz tilida maʼruza öqildi.

Iqtidorli talabalar jamiyatning, har bir oilaning faxri, kelajagi hisoblanadi. Professor-öqituvçilarimizning bar­­­­­­­­ça saʼy-harakatlari talabalarga çu­qur bilim beriş va iqtidorli yoşlarni saralaş, ilm-fan yöliga yönaltirişga qaratilgan. Buning natijasida 2023-2024 öquv yilida 1 nafar talaba Prezident stipendiyasi va 3 nafar talaba nomdor davlat stipendiyalarini olişga sazovor bölişdi.

TDTU Olmaliq filiali öz qadriyatlariga ega bölgan ilm-fan dargohidir. Professor-öqituvçilar, talabalar bilan amalga oşirilayotgan şunday loyihalar borki, uning mazmun-mohiyati inson qadrini uluğlaşga qaratilgan. “Maʼrifatga baxşida umr”, “Talaba öqigan maktab”, “Men bir kunlik talabaman” loyihalari ana şunday keng qamrovli tadbirlardandir.

Maqsadimiz tadqiqotçilik salohiyatiga, öz ustida işlaş va liderlik qobiliyatiga ega, kasbiy çegaralardan taşqarida ham bemalol faoliyat olib bora oladigan, özgaruvçan dunyo talablariga javob bera oluvçi, öz ustida işlaşga intiluvçi, har tomonlama rivojlangan barkamol şaxsni şakllantirişdir. Jamoamizning har bir aʼzosi bugun davlatimiz tomonidan oliy taʼlim tizimi oldiga qöyilayotgan vazifalarni çuqur anglagan holda, masʼuliyat bilan islohotlarni amalga oşirişga hissa qöşişni öz burçi deb biladi.

Alişer SAMADOV,

Islom Karimov nomidagi TDTU

Olmaliq filiali direktori,

texnika fanlari doktori,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan