Özbek milliy raqs sanʼati: Yangilanayotgan taʼlim va istiqbolli loyihalar
Mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini hamda yangi jamiyat asoslarini barpo etişning eng muhim tarkibiy qismi — maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat va sanʼat sohasida şaxsni muntazam kamol toptiriş borasida uzluksiz iş olib boriş va bunday tarbiyaviy tizim markazida xalqimizning azaliy qadriyatlariga sadoqat ruhini şakllantiriş ustuvor masalaga aylandi. Mustaqillikni mustahkamlaş, integratsiya va globallaşuv jarayonida madaniy meros haqidagi tarix haqiqatlari yuzaga çiqmoqda. Yoşlar ertangi kuniga işonç bilan yaşaşi, milliy madaniyat muhitida özini erkin his qilişi uçun Vatan tarixini, uluğ allomalardan qolgan madaniy merosni bilişi şart. Özbek xalqining qadimiy madaniyati juda boy anʼanalarga ega. U öz ildizlari bilan uzoq asrlar tarixiga tutaşgan.
Istiqlol şarofati bilan tarix haqiqatlari tiklandi. Madaniy meros — ota makonning şonli ötmişi, millat va xalqning hayot falsafasidir. Buyuk ipak yöli ustida joylaşgan Özbekistonimiz qadim zamonlardan buyon Şarq bilan Ğarb xalqlari örtasida savdo va madaniy aloqalar ravnaqida muhim ahamiyat kasb etgan.
Muhtaram Prezidentimiz ötgan yili 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişida “Yoş avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob beryaptimi?” degan dolzarb savolni kun tartibiga qöydi. Darhaqiqat, tafakkuri yuksak, qalbi maʼnaviyat va maʼrifat nurlari bilan yoğdulangan yoşlar faqat yaratuvçilikka, yaşnatuvçilikka, bunyodkorlikka intiladi. Sanʼat esa inson qalbida ezgulik va gözallik tuyğularini uyğotadi, jamiyat voqeliklari va hayot mazmunini çuqurroq anglaşga örgatadi.
Maʼlumingizki, köp asrlik boy anʼanalarga ega bölgan özbek milliy raqs sanʼati özining milliy qadriyatlar bilan uyğunlaşgan çuqur mazmundorligi, harakat va holatlarning nafisligi, nozikligi, içki keçinmalar hamda gözal his-tuyğularga boyligi, şarqona fazilatlar zamirida yuzaga kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda dunyo yangilanmoqda. Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Markaziy Osiyodagi eng yaqin hamkori Qozoğiston Respublikasi Jumabek Taşenev nomli universitetdir. Ötgan 2023 yilda mazkur universitet bilan uçta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, ikkita xalqaro ilmiy seminar, ikkita olimpiada, öndan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi. Xususan, ikkala oliy öquv yurtining taşabbusi bilan Qozoğiston xalqi Assambleyasi, Qozoğiston özbeklari etnomadaniy birlaşmalarining “Döstlik” hamjamiyati hamkorligida 2023 yil 18 noyabr kuni Çimkent şahrida “Ilm-fan, taʼlim va sanʼat integratsiyasi: istiqbolli rejalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjuman doirasida Özbekiston xalq artisti, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs körik-tanlovi ötkazildi. Ilmiy anjumanda Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi prorektori, professor N.Qosimov, “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi mudiri, dotsent v. b. Ş.Umarov hamda sanʼatşunoslik yönalişi talabalari S.Ismatova, R.Karamova, Z.Öroqov, R.Hojiyev, J.Mirsoliyev, Ş.Qodirovlar öz maʼruzalari bilan iştirok etişdi.
Özbekiston xalq artisti, Amerika Qöşma ştatlaridagi Yevroosiyo raqs akademiyasining akademigi, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs körik-tanlovida ÖzDXA xoreografiya yönalişi kunduzgi bölim talabasi Islom Haydarov, sirtqi bölim talabalari Dilnoza Mavlonova, Dilnoza Artiqovalar özlarining jozibali raqslari bilan tomoşabinlarning muhabbati va eʼtirofiga sazovor bölişdi. Xalqaro tanlovning Gran-pri sovrini J.Taşenev nomli universitetning 1-kurs talabasi D.Atajonovaga, 1-örin ÖzDXA Urganç filiali 2-kurs talabasi R.Sapayevaga nasib qildi. Xalqaro anjuman yakunida ğoliblar “Alğыs xati”, festival statuetkalari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ilmiy anjuman doirasida kitoblar körgazmasi va konferensiya ilmiy töplamining taqdimoti ham ötkazildi. Töplamdan ÖzDXA professor-öqituvçilari va talabalarining maqolalari örin olgan.
Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oşirilayotgan “Musiqa va sanʼat öquv muassasalari uçun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv öquv-metodik qöllanmalar yaratiş” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida 2023 yilning yanvar va noyabr oylarida Agradagi J.Siti kolleji, Dehli şahridagi Javoharlaʼl Neru, Mirzo Ğolib universitetlari bilan hamkorlikda “Özbekiston va Hindiston: yangi ilmiy-madaniy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Unda sanʼat va madaniyat tarixi, milliy raqs, hind-özbek xalqlari hamkorligini mustahkamlaş, yangi aloqalar örnatiş kabi mavzular kötarildi. Konferensiya materiallari ingliz va hind tillarida çop etildi. Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori, Özbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning hind va ingliz tillarida çop etilgan “Xorazm “Lazgi” raqsining tarixi”, H.Hamroyevaning “Özbek bolalar folklor raqslari: anʼanaviylik va zamonaviylik” nomli monografiyasining taqdimoti ötkazildi. Monografiya Nyu-Dehli universiteti ilmiy kengaşining qarori bilan naşrga tavsiya etilgan. Ularni ingliz tiliga A.Allayorov, hind tiliga doktor Şamenaz tarjima qilgan. Professor H.Hamroyeva J.Neru universiteti hamda Jamiya milliy islomiya universiteti talabalari uçun özbek tilidan mahorat darsi ötdi, özbek va hind xalqlari madaniyatining muştarak jihatlari haqida maʼruza qildi. Konferensiya, ijodiy uçraşuvlar va kitob taqdimotlari Hindiston matbuotida keng yoritildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda “Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari madaniyat va sanʼat taraqqiyotida öziga xos tarixiy voqea böldi va xoreografiya taʼlimida asosiy dasturilamal vazifasini ötamoqda. Ayni qarorlar asosida Toşkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy taʼlim muassasasi şaklida Madaniyat vazirligi tizimida Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda xoreografiya maktabi negizida Respublika xoreografiyaga ixtisoslaştirilgan maktab-internati taşkil etildi. Buxoro, Qarşi, Namangan va Urganç şaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslaştirilgan boşlanğiç raqs sanʼati maktab-internatlari iş boşladi. Öquv jarayonini samarali taşkil etiş maqsadida, akademiyaga yangi bino ajratilib, bu yerda talabalarning ijod qilişi va qulay şaroitlarda yaşaşi uçun barça imkoniyatlar yaratildi.
Xoreografiya taʼlim tizimini takomillaştiriş, malakali kadrlar tayyorlaşga bölgan ehtiyojni töla qamrab oliş, yangi avlod darsliklarini hamda milliy raqs sanʼati sohasida “Ustoz-şogird” anʼanalariga asoslangan raqs maktablarini yaratiş, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlarni jadal rivojlantiriş masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu maqsadlarga erişiş uçun öqitişning zamonaviy va ilğor uslublaridan keng foydalaniş, öquvçilar iqtidorini har tomonlama rivojlantiriş taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va sanʼat sohasida ilm-fan böyiça erişilgan ilğor yutuqlarni tatbiq etiş hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari böyiça maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlaş va naşr qiliş bugungi kunning muhim masalalari sanaladi.
2021-2023 yillarda akademiyada “Musiqa va sanʼat öquv muassasalari uçun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv öquv-metodik qöllanmalar yaratiş” mavzusida amaliy loyiha amalga oşirildi. Loyiha doirasida “Özbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinçoqlari nomlarining özbekça-rusça-inglizça-fransuzça qisqaça izohli luğati”, “Özbek bolalar folklor raqslari” nomli kitob-albom, 7 ta ilmiy maqolalar töplami, 2 ta monografiya, 193 ta ilmiy maqola eʼlon qilindi, 5 ta dasturiy mahsulot yaratildi va Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan guvohnoma olindi. “Özbek bolalar folklor raqslari” öquv qöllanmasida (mualliflar H.Hamroyeva, Ş.Toxtasimov) birinçi marta 35 ta bolalar raqslarining xoreografik tavsifi yaratildi. Şuningdek, Turkiya, Rossiya, Misr, Hindiston, Qozoğiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Tailand davlatlarining TOP mingtalikka kirgan nufuzli oliy öquv yurtlari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar ötkazildi, anjuman materiallarining ilmiy töplami naşr qilindi. Bolalar folklor raqslarini töplaş maqsadida Surxondaryo, Qaşqadaryo, Xorazm, Farğona, Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga ilmiy ekspeditsiyalar uyuştirildi. Mazkur anjumanlar va ilmiy ekspeditsiyalarda talabalar ham faol iştirok etdi. Amalga oşirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni, “Mahorat darslari”ni, xorijdagi özbek bolalar raqs markazlari bilan hamkorlikni keng kölamda tarğib qiliş maqsadida loyihaning rasmiy veb-sayti hamda telegram kanali yaratildi. Loyiha rahbari, filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyevaning “Özbek bolalar folklor raqs sanʼati: anʼanaviylik va zamonaviylik” nomli monografiyasi Indoneziyada indonez va ingliz, Hindistonda hind va ingliz tillarida çop etildi.
Şuningdek, “Xoreografiya sanʼati orqali imkoniyati çeklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oşirişga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratiş” mavzusidagi ikkinçi loyiha (rahbari Ş.Xudoynazarova) doirasida respublikamizdagi inklyuziv taʼlim maktablarida amaliy maşğulotlar, öquv seminarlar va madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi. Ommaviy axborot vositalarida imkoniyati çeklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oşirişda raqs sanʼatining örni mavzusida çiqişlar qilindi. 93 ta ilmiy maqola, “Inklyuziv taʼlimda xoreografiya” nomli öquv-uslubiy qöllanma naşr etildi.
Bakalavriat taʼlim yönalişlarida “Xoreografiya jamoalari rahbari”, “Xoreograf-pedagog”, “Baletmeyster-rejissyor”, “Zamonaviy raqs” hamda “Sanʼatşunoslik (xoreografiya)” böyiça oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi. 2023 — 2024 öquv yilidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uçun “Raqs sanʼati” ixtisosligi böyiça akademiyada doktorantura oçildi.
Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi taşkil etilganining birinçi kunlaridanoq, uning oldidagi asosiy vazifalardan biri — xoreografiya sanʼati sohasida xalqaro almaşuvni yanada kengaytiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Xoreografiya taʼlimi sohasidagi xalqaro tajribani özlaştiriş, innovatsion uslublarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini zamonaviy talablarga mos darajada oşiriş maqsadida, Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Rossiya Federatsiyasining Moskva şahridagi davlat xoreografiya akademiyasi, Sankt-Peterburg şahridagi A.Ya.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi, şuningdek, Astana şahridagi Qozoğiston milliy xoreografiya akademiyasi, Xitoydagi Pekin xoreografiya akademiyasi bilan ilmiy-madaniy-maʼrifiy aloqalarimiz mustahkamlanib bormoqda. Hamkorlik şartnomalarida Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining professor-öqituvçilari malakasini oşiriş hamda stajirovkaga yuboriş, xoreografiya sohasida mutaxassislar almaşuvini taşkil etiş, qöşma ijodiy loyihalarni amalga oşiriş, birga ilmiy-amaliy konferensiyalar taşkil etiş kabi bir qator muhim vazifalar belgilangan. Akademiya professor-öqituvçilari tomonidan 2023 yilda 5 ta öquv qöllanma, 10 dan ortiq monografiya, 263 ta ilmiy maqola eʼlon qilindi. Şulardan xalqaro jurnallarda 27 ta, yuqori “impact factor” (“Web of Science”, “Scopus”) jurnallarida 7 ta maqolaning çop etilişi ilmiy salohiyatning kuçayişi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Sönggi beş yil mobaynida akademiyaning yigirmadan ortiq yoş öqituvçilari Moskva davlat xoreografiya akademiyasida öz malakalarini oşirib, nazariy bilim va amaliy tajribalarini boyitib keldilar. Şuningdek, mazkur oliy dargohda har yili taşkil etiladigan “Xoreografiya taʼlimi va balet sanʼati rivojlanişining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyalarda akademiyamiz professor-öqituvçilari, yoş olimlar va talabalar iştirok etib kelişmoqda.
Akademiyamizning iqtidorli talabalari milliy raqs sanʼatini xorijiy mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan namoyiş etmoqdalar. Moskva, Sankt-Peterburg, Soçi, Astraxan, Ufa, Astana, Olmaota, Duşanbe, Çimkent kabi şaharlarda ötkazilgan nufuzli xalqaro festival va körik-tanlovlarda iştirok etib, sovrinli örinlarni egallaşdi. “Zamonaviy raqs” yönalişi talabalari Tohirjon Abbosov, Sergey Kazinlar Qozoğistonda ötkazilgan xalqaro raqslar tanlovida oliy örinlarni egallaşdi. “Xoreografiya jamoalari rahbari” taʼlim yönalişi 4-kurs talabasi Elçin Yusupovning 2023–2024 öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, 3-kurs talabamiz Ruxşona Rasulovaning Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bölganligi ilm maskanimiz uçun quvonçli natija, albatta.
Taʼkidlaş joizki, akademiyamiz talabalari uçun xorijiy mamlakatlardan kelgan raqs ustalari, mohir xoreograf-pedagoglar bilan ijodiy uçraşuvlar taşkil etiş özining ijobiy samaralarini bermoqda. Yoşlarimiz kelajakda milliy raqs sanʼati rivojiga öz hissalarini qöşib, özbek sanʼatini yangi ijodiy yutuqlar, ilmiy tadqiqotlar bilan boyitib, yangi Özbekistonning haqiqiy fidoyilari bölib kamol topsinlar!
Şuhrat TOXTASIMOV,
Özbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi rektori,
professor.
