Hamkorlikda hikmat bor
yoxud “Özsanoatqurilişbank” kömagida el nazariga tuşayotgan Urganç şahridagi zamonaviy taʼlim maskani haqida muxtasar söz
Çindan ham bank bilan hamkorlik qilganning qöli baland, oşiği olçi, omadi bisyor. Xorazm viloyatida faoliyat körsatayotgan “DATA UNION” masʼuliyati çeklangan jamiyati mamlakatimizning ana şunday omadli jamoalari sirasidan sanaladi. Asosan yoşlardan tarkib topgan mazkur jamiyat mana 4 yildirki, navqiron avlod vakillariga zamonaviy axborot texnologiyalari, web va kompyuter dasturlaş, möyqalam va meʼmorçilik dizayni, videosurat, buxgalteriya hisobi, ingliz tili sir-asrorlarini örgatiş sohasida samarali faoliyat körsatib kelayapti. Bilasiz, raqamli iqtisodiyot, elektron va kompyuter texnologiyalari zamonasida bu singari kasb-korlarga bölgan talab nihoyatda yuqori. Uşbu jabhada ilgarilagan, ilğor jamiyatning istiqboli porloq, baxti barkamol. Elning nazari ham şu kabi zamonaviy taʼlim maskanlariga qaratilgan. Bu borada “DATA UNION”ning faoliyati ibratli. Jamoa hali-hamon Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 31 mart sanʼasida mazkur taʼlim maskaniga qilgan taşrifi bois yuzaga kelgan kötarinki kayfiyat oğuşida yaşayapti.
Şahzod Sobirov, masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbari:
— Mamlakatimiz rahbarining öquv markazimizga taşrifi kuç-ğayratimizni yanada yuqori marraga kötardi. Yurt istiqboli biz singari yoşlar qölida ekanligini u kişining qimmatli maslahat va yöl-yöriqlari bois yanada yorqin angladik. Prezidentimizga söz berdik: faoliyat kölamlarini kengaytiriş bilan çeklanmaymiz, izlanuvçanlik miqyoslarini ham keskin oşiramiz, dedik. Buning natijasi ölaroq, zamonaviy texnologiya vositalarini boşqariş sir-asrorlarinigina emas, balki uni yaratiş jarayonlarini ham özlaştirmoqdamiz. Uşbu sohaga asosan örta maktablarning yoşi 15 gaça bölgan zehnli, isteʼdodli va iqtidorli öquvçilarini çorladik.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti uçun asqotadigan kasb-korlarning egalarini raqamli texnologiyaning mohir ustalari qilib kamolga yetakaziş ayni kundagi asosiy vazifamizdir. Faoliyatimiz katta yölga çiqqan. 2019 yildan buyon 3 mingdan ziyod yoşlar öquv markazimizda raqamli texnologiya sohasida malakali mutaxassis bölib yetişdilar. Ularning bariga malaka sertifikatlari topşirildi. Prezidentimizning taşrifidan söng faoliyatimiz miqyosini ança kengaytiriş çoralari xususida jiddiy boş qotirdik. Imkoniyatlarimiz ança katta bölib çiqdi. Har yili örtaça 3 ming nafar yoşni zamonaviy kasb-korlarning sohiblari qilib yetiştirişni özimizga maqsad qilib belgiladik.
Darhaqiqat, yoşlar jamoasining yetakçisi bu boradagi rejalarni aniq fakt va dalillarga suyangan holda tilga oldi. Maʼlum bölişiça, “DATA UNION” masʼuliyati çeklangan jamiyati va “Özsanoatqurilişbank”ning Xorazm viloyat hududiy boşqarmasi örtasidagi hamkorlik esa yutuq va qölga kiritilişi rejalangan galdagi marralarning çinakam kafolati desak xato bölmas. Negaki, faoliyat kölamlarini kengaytirişda bankning madad va uslubiy yöl-yöriqlari alohida muhim ahamiyat kasb etayapti. Yangidan-yangi imkoniyatlar yöli ana şu yangliğ ibratli hamkorliklar bois oçilayapti. Jamiyat qoşidagi öquv markazi hozirda sahni 1,5 ming kvadrat metrga teng bölgan mahobatli sinfxonalarda faoliyat körsatayapti. Maşğulotlar jami 16 ta sinfxonada olib borilayotir. Keyingi bir yil içida yana 20 ta xona qayta taʼmirlanib, öquv maşğulotlari uçun taxt etildi. Yangi iş örinlari soni yana 50 taga oşirildi.
Hozirda markaz faoliyatiga daxldor jarayonlarning bari “Raqamli Özbekiston-2030” strategiyasi asosida olib borilayapti. Amaliy va taşkilotçilik işlari, uslubiy yordam tadbirlari esa taʼkidlaganimizdek, “Özsanoatqurilişbank”ning faol kömagida röyobga çiqarilayapti. Bemaqsad rejaning özi yöq. Zamonaviy texnologiya ilmi va amaliyoti ustalari davr talabi hamda taqozolariga binoan tayyorlab yetiştirilayapti. Bunda bandlikka kömaklaşuvçi markazlarning talab va buyurtmalariga alohida örin ajratilgan. Eʼtiborning alohida jihati imkoniyati çeklangan va kamxarj oilalarning farzandlariga qaratilayotgani va kasb-hunar egallaş borasida ularga alohida imtiyozlar joriy etilgani esa tahsinga loyiq.
Jamoa ustoz-muallimlari, bu yerda kasb-hunar egallayotgan yoşlarning bilim, iqtidori, izlanuvçanlik salohiyatiga tan berasiz. Jamoa şu paytgaça Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan uyuştirilgan grant tanlovlarida 2 bora ğoliblik huquqini qölga kiritdi va jami 1 milliard sömdan ziyod mablağning sohibiga aylandi.
Şerzod Döstçonov, kompyuter meʼmorligi taʼlimi ustasi:
— Mazkur yönaliş böyiça taʼlim olayotgan şogirdlarimizning izlanmalari asosida yaratilgan meʼmoriy yeçimlar amaliyotçi bunyodkorlar, mutaxassis va yetakçilar tarafidan yuqori baholanayapti. Yaratilgan bir qança loyihalar hozirning özidayoq amaliy bunyodkorliklar uçun asos qilib olindi. Bu kabi holatlar nafaqat uni yaratganlar, balki butun öquv markazimiz jamoasi qalbiga jöşqin ilhom va kuç-ğayrat bağişlaydi.
Markazda öquv va kasb-hunar örganiş uçun namunali şart-şaroitlar yaratilgan. Öquv va taʼlim-tarbiya jarayonlarining bari elektron vositalar kömagida amalga oşiriladi. Faoliyatimizni atigi 10 ta kompyuter jamlanmasi bilan boşlagan edik. Faqatgina keyingi bir yilning özida yana 200 ta kompyuter öquv vositalari işga solindi. Ayni kezda birgina robot texnologiyasi böyiça 4 ta öquv sinfi faoliyat körsatayapti. Öquv dargohimizda maşğulotlar 2 oydan 7 oygaça davom etadi. Bu yerda har yili yuzlab yoşlar zamonaviy kasb, mutaxassisliklarni mukammal egallab, mustaqil faoliyat yuritişyapti. Işimizni bunday kasb egalariga nisbatan talab ançayin katta ekanligini nazarda tutgan holda taşkil etayapmiz.
Ha, davlatimiz rahbarining ğamxörlik va rahnamoligi, bankning esa doimiy eʼtibori heç şubhasiz istiqboldagi yutuq va marralar garovi. Zamon esa intilgan, izlangan va uddalaganniki. Bunday marralarga yetişmoq uçun barça imkonlar jamoaning ilkida ekaniga şubha yöq.
“Özsanoatqurilişbank” boşqaruvi taşabbusiga asosan kuni keça mazkur masʼuliyati çeklangan jamiyatning Urganç şahridagi öquv markazida uyuştirilgan press-tur uning qatnaşçilari qalbida şu yangliğ iliq taassurotlarni uyğotdi. Matbuot anjumani iştirokçilari bu yerdagi taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Öquv dargohi mutasaddilari, ustoz-muallimlar, tahsil olayotgan yoş avlod vakillarining dil sözlarini tingladilar, özaro muloqot va qiziqarli savol-javoblar qalam ahillari uçun yaxşigina ilhom manbaiga döndi. Hozirgi zamon elektron texnologiyasi jihozlari, bejirim mebellar, ixçam va qulay öquv vositalari mazkur dargohning yuqori salohiyatidan darak beradi.
Bankning viloyat hududiy boşqarmasida uyuştirilgan suhbat bank va mijoz hamkorligining yana bir haqiqiy namunasi böldi. Bankning Xorazm viloyat boşqarmasi boşliği A.Qöşçonov uşbu jabha faoliyatiga keng töxtaldi. Uning aytişiça, keyingi yillar mazkur hududiy bank tizimi uçun taraqqiyotning yanada unumli fasliga aylanibdi. Amaldagi yilning boşiga kelib, muassasaning kredit portfeli miqdori 1 trillion sömga, yuridik şaxslar uçun ajratilgan kredit mablağlari hajmi 933,2 milliard, jismoniy şaxslarga yönaltirilgan mablağlar hajmi 132 milliard sömga, aholi omonatlari miqdori 206,8 milliard sömga, mijozlarning umumiy soni esa 46 mingga yetibdi.
Zargul Ernazarova, “Özsanoatqurilişbank” matbuot xizmati xodimi:
— Yurtimizda keçayotgan ibratli yaratuvçilik jarayonlaridan köngil ösadi. Uni xalqimiz ong-tafakkuriga joylamoq farzi biz — qalamkaşlarning zimmamizda. Bank boşqaruvi va matbuot xizmatimiz hozirgaça Respublikamizning deyarli barça hududlari böylab maxsus press-turlarni uyuştirdi. Uning yakunlari böyiça köplab maqolalar, oçerk va lavhalar, körsatuv va eşittirişlar xalqimiz hukmiga havola etildi. Bu kabi çiqişlar beiz ketmaydi. Bunday tadbirlarni muntazam uyuştirişga qarata alohida loyiha yaratilgan. Bu singari saʼy-harakatlarning ahamiyati beqiyos.
Rivojlangan ellar tajribasi ilğor bank tizimi barqaror, bağri hamişa gavjum yurtlarnigina yöqlab borişini körsatadi. Şunday ekan, u taraqqiyotning ham elçisi.
Qolaversa, bugunning mijozi öziga xizmat körsatuvçi bankni tanlaş imkoniga ega. “DATA UNION” masʼuliyati çeklangan jamiyati ham öz bankiga yuzlangan va minnatdor mijozlar safida. Fikri-ojizimizça, bank mijozni qöllagan, mijoz esa bankka işongan va suyangan joyda şu kabi körkam natijalarga erişiladi.
Abdulla SOBIROV,
jurnalist.
Reklama huquqi asosida.
