“Oq qarğalar” — ularga yöl oçilgani çin bölsin!
“Hurriyat”, “Maʼrifat”, “Işonç” — har hafta orziqib kutib öqiydigan naşrlarim. Bu naşrlarda mulohaza etişga undaydigan maqolalar, sevimli ijodkorlarimizning ijodidan namunalar beriladi, dolzarb mavzulardagi muammoli materiallar jasorat bilan yoritiladi.
“Hurriyat” gazetasining şu yil 31 may sonidagi jurnalist, yurist Habibulla Olimjonovning “Oq qarğalar yoxud general Abduğaniyevning kundaliklar kitobini öqib” maqolasini qayta-qayta öqib çiqdim.
Yuqori mansablarda işlagan generalning xalq hayotini örganiş uçun eski çopon kiyib “beçora dehqon” qiyofasida kartoşka sotgani, korjoma kiyib eski “Jiguli”da taksiçilik qilişi, “öğirlangan” maşinasida şahar kezib, davlat avtomobil inspeksiyasining faoliyatini örganişi, bojxona qömitasi binosini taʼmirlaş, obodonlaştiriş işlarini yuzga yaqin xodimlar bilan böş vaqtlarda bajarganlari — bari uning vijdonli, jasoratli inson ekaniga yaqqol misol. Ayniqsa, 130 ta temir pannolarga mumtoz şoir, allomalarning şeʼr va hikmatlarini bojxona qömitasi binosi kiraverişiga yozdirib qöygani esa generalning yuksak maʼnaviyat egasi bölganini körsatib turibdi.
Maqolani mutolaa qiliş jarayonida köz oldimga akademik, Qölyozmalar institutining rahbari, rahmatli Aziz Qayumov xonadonlari keldi. Hurmatli olimimiz xonadonlarida bir neça bor bölganmiz va hayratga tuşgandik. Kiçkinagina hovlida uçta xona: kutubxona, yotoqxona va oşxona bölib, biror yaltiroq buyumga közim tuşmagan. Uy devoriga ham Hazrat Navoiy va Abdurahmon Jomiy surati tikilgan gilamça ilingan, javonda esa qator kitoblar taxlangan edi. Şunday taniqli akademik nihoyatda sodda, kamtarona yaşab ötganlari hammamizga ibrat emasmi? Yoki generalning qadim zamonlardagi kabi hukmdorlarning oddiy kiyimda yurib “xalqim nima deyapti, qanday yaşayapti” deb keçalari aylanib yurişlaridan örnak olgani hozirgi ayrim rahbarlarga namuna böla olmaydimi?
Muallif töğri taʼkidlagan: hozirgi kunda oliy öquv yurtlariga kiriş şaffoflaşyapti. Birgina misol. Yaqinda nevaram Aslzoda Bahodirova fransuz tilidan fan olimpiadasining respublika bosqiçida birinçi örinni egallab oliy öquv yurtiga imtihonlarsiz byudjet asosida öqişga kirdi. Heç kim orqasidan yugurmadi. Bundan ön-ön beş yillar avval olimpiadalarda ğoliblik uçun ehh-ye, taniş-bilişlik avj olgan edi. Hatto, olimpiada ğolibi böliş uçun tört yillik öqişning şartnoma puli miqdorida pora söralişlari ham haqiqat edi. Mana, şunday kunlar keldiki, öqigan qoqilmaydi, niyatiga yetadi.
Burgut yelkasiga minib olib böynini çöqilayotgan qora qarğa örnini burgut atrofidagi oq qarğalar egallasin.
Bu maqolani har bir rahbar, hokim va gazetxonlar öqib, xulosa çiqarişini xohlardim.
Mahmuda VALIYEVA,
Yunusobod tumanidagi 274-maktabning
ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi
