Bir ipdagi uçta dur

Milliy özlikni anglaş mavzusida yozilgan asarlar bisyor. Ammo keyingi yillarda ayni şu borada bir-birini töldirib, turli davrlarda yaşagan özbek yoşlarining Vatanga va millatga fidoyiligini yorituvçi umumiy ğoya, umumiy syujet tizimi bilan özaro boğlangan uçta kitob bor. Men ularni bir ipga tizilgan uç marvaridga öxşataman.   Ayni şu asarlarga doir ayrim mulohazalarimni siz bilan bölişmoqçiman. Gap boşidayoq aytib qöya qolay: şu uç kitobi bor odam yillar ötişi bilan “Menda uç javohir bor” deb ğururlansa arziydi.

Tilga olmoqçi bölganim — birinçi asar “Özbek yoşlari va xorijiy taʼlim” kitobi bölib, muallif Bahrom Irzayev mutolaa ahliga ilmiy-adabiy xazina tuhfa etgan, degan fikr­damiz. Kitob “Akademnaşr”da 2018 yil çop etilgan. Umumiy hajmi 208 bet. Asar rea­listik voqealar, haqqoniy tarix oşuftalariga nihoyatda manzur kelişi şubhasiz. Ayni fikr dalili sifatida undan bir neça köçirmalarni eʼtiboringizga havola etamiz:

“1909 yil 18 iyulda Buxoro şahrida tuzilgan “Tarbiyai atfol” jamiyati şu yilning özida Fitrat, Usmonxöja Pölatxöja öğli, Ato Xöja, Mazhar Burxonov kabi köpgina yoşlarni Istanbulga öqişga yöllagan edi. Buxorodan çet elga tahsil oliş uçun yuboriladigan talabalar soni 1911 yili 15 nafarga, 1912 yili 30 nafarga yetgan.

Toşkentda sovet tuzumi örnatilgaç, 1918 yil 21 aprelda Toşkentning Yangi şahar qismida A.V. Popov rahbarligida Turkiston davlat universiteti oçildi. Bu oliy taʼlim dargohining pedagogik jamoasi ham, talabalari ham, asosan, yevropalik millat vakillaridan iborat edi. Mahalliy millatlar farzandlari uçun 1918 yil 12 mayda Munavvarqori Abduraşidxonov rahbarligida Turkiston musulmon xalq dorilfununi oçildi. Samarqandda Mahmudxöja Behbudiy ham mazkur dorilfunun şöʼbasini oçişga kirişdi. Biroq bolşeviklar hukumati tomonidan ruxsat berilmadi. Sovetlar öz hokimiyatini mustahkamlaşga ulgurgan 1920 yildayoq Turkiston xalq dorilfununi ham yopildi.(8-9 betlar).

“Elbek talabalarni   xorijda öqitiş masalasida quyidagilarni maʼlum qiladi: Turkistondan çetga borib öqiş uçun 1921 yili “Özbek bilim hayʼati” tomonidan loyiha tuzilib, boşida student Sayidalixöja bölgani holda bir neça öquvçilarning röyxati olinib hukumatga topşirilgan edi. “Hukumatimizning moddiy kömak bera olmasligi bilingaç, bu masala töxtaldi. Lekin öquvçilarning orasida kötarilgan çetga ketib öqiş havasi buning bilan bitmadi. Öquvçilardan öziga töqroqlari (garçi narsalarini sotib bölsa-da) çetga ketmak orzusida böldilar.

Bularning özaro taşabbusini körgan “Özbek bilim hayʼati” çetdan tomoşaçi bölib tura olmadi. Bölsa-bölmasa umid bilan işga kirişdi va çetga ketuvçi studentlarning özidan bir komissiya tuzib va bunga öz aʼzosi bölgan Sayidalixöjani boşliq etib, “Kömak” otida bir uyuşma tuzdi. Uyuşma keça-kunduz işlab turli yoqdan gadoylik qilib bölsa-da bir kişini çetga jönata oldi (Bu, bizningça, Abduvahhob Murodiy – B.I., (10-bet).

Kitobda çet elga öqişga borgan jadidçi yoşlarga qilingan tuhmatlar va qatağonlar haqida muayyan maʼlumotlar jamlangan bölib, hammasi öşa davr tuzumining asl mohiyatini yoritib körsatişga xizmat qiladi.

Demakki, biz kitobxonlarga tavsiya etayotgan birinçi kitob — hujjatli, tarixiy edi, keyingisi esa badiiy asar, roman. Roman bölgandayam poetik asar, proza bilan bitilgan poeziya, desak xato bölmaydi. Yuz yil avval Germaniyaga öqiş uçun ketgan yoşlar uçragan muammolarni muallif çin köngildan iztirob bilan yozgan, yiğlab-yiğlab yozgan, qahrlanib-qahrlanib yozgan, ammo bironta masalaga loqayd bölmagan. Hamma vaziyatga öz sözini aytgan. Şundan bölsa kerak, baʼzi örinlarda asosiy mavzudan çetga çiqib ketgandek tuyuladi. Ammo millatni rivojlantiriş, milliy özlikni anglaş va şu yölda kuraşiş muammolari har bir satrda sezilib turadi. Tasvirlari ajoyib, sözlari qizitilgan çildirmadek jaranglaydi, qöşiq bölib eşitiladi. Gap yoş, taʼbir joiz bölsa, zabardast yozuvçi Javlon Jovliyevning “Qörqma” romani haqida boryapti. Asar “Asaxiy books” naşriyoti tomonidan 2020 yilda naşr etilgan edi.

“Qörqma” — “ilm, kasb örganib kelib, xalqimga, yurtimga xizmat qilaman”, deb Germaniyaga ketgan yigit-qizlar pirovardida sovet hukumati tomonidan qatağonga uçraganlari haqida hujjatlar asosida badiiy til vositasida yozilgan gözal asar!

Uşbu roman Roman Bahrom Irzayevning yuqorida keltirilgan “Özbek yoşlari va xorijiy taʼlim” kitobi asosida yozilgani bilinadi. Unda nomlari tilga olingan tarixiy şaxslar, romanda ham tilga olinadi. Bu – tabiiy bir hol va asar obrösiga putur yetkazmaydi. “Nima uçun asar nomi “Qörqma” degan savol öquvçiga tinçlik bermaydi, çunki birov birovga döq-pöpisa qilmayapti, taʼqib qilmayapti… Gap şundaki, asar söngida muallif öquvçiga, millatiga qarata “Qörqma!”, deya xitob qiladi. Sinçiklab öqigan kişi asarning içida ham şunday xitoblar borligini sezadi. “Qörquv saltanatida” yaşagan odamlar ne-ne holatlarga tuşganiga guvoh bölib boradi.

Asardagi ayrim jumlalar jon tomirimizgaça yetib boradi, qalbimizni larzaga soladi: “Onalar, siz kimlarni tuğayotibsiz?! Qörqoqni tuğmoqlik hali onalik emas. Mardlarning onasigina onadir faqat”.

“— Bobo, — dedim bir kuni suruvni suvga haydab, — hammaning tarixi bor degansiz. Mening tarixim-çi? Otam bilan yonib ketganmi?

— Ey, ahmoq bola! Hammaniki bor, suv yonadi, ammo tarix yonmaydi. Uni heç kim öziga moslab ololmaydi. Sening tarixing ham, mening tarixim bor, joyida turibdi.

— Mana bu qöylarning ham tarixi bormi?

— Bor, bolam. Qöylarning tarixi, qöylik, qullik…

— Qanday qilib qöylarda tarix böladi? Axir ular hayvon-ku!

— Özligini bilgan odamning tarixi böladi, kimligini biladi. Bilmasa, hayvon böladi, hayvoniy tarix böladi.

— Mening tarixim ham yöq, çunki yetimman?

— Sening tarixing bor, bolam…. Sening tarixing otang, men! Tarixni otam deb örgan, bolam. Tarix jigitning otasi, til esa onasidir…. Jigit tarixini va tilini ota-onasidek körişi kerak. Sening tarixing otang, bolam!

Men öşa kuni qöylarimizga öz tarixini tuşuntirmoqçi bölganman. Bobom singari, ularning qaysi qörada tuğilgani, qanday qözilagani, nima yegani, qayerdan suvlagani, enasini qanday emganini… ammo qöylar tarixgamas, köproq yemişga, birovning çiroyli kökarib turgan bedazoriga qiziqadi. Qöylarga öt bölsa böldi, ketaveradi… Qöylarga tarix aziz emas”.

Uşbu jumlalar kitobxonni çuqur öyga toldiradi, özi haqida, tarixi haqida öylaşga majbur etadi…

Biz fikr bildirmoqçi bölgan uçinçi asar — “Mezon – fidoyilik” kitobi bölib, mualliflar Neʼmatilla Möminov, Abdusapi Ğaniyevdir. “Fan va Texnologiyalar nashriyot matbaa uyi” tomonidan 2022 yilda çop etilgan. 436 sahifadan iborat.

Şunisi eʼtiborga molikki asarga taniqli adabiyotşunos olim, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov “Sözboşi” yozgan. U kişi, jumladan, quyidagi fikrlarini bildirgan:

“XX asrning 50-80 yillarida zamon va siyo­sat taqozosi bilan Rossiyada, ayniqsa, Mos­k­va, Leningrad şaharlarida oliy texnik taʼlim oliş, zamonaviy ilmiy – texnik mutaxassis bölib yetişiş, yurtiga xizmat qilişga ahd qilgan öşa davr özbek ziyolilarining xotiralari   mustaqillik uçun intiliş­larning juda qimmatli tarixiy, madaniy, ijtimoiy – siyosiy, maişiy qirralarini yoritadi va davr hodisalari haqida tuşunçalarni kengaytiradi, çuqurlaştiradi.

Bu kitob aşaddiy tuzumning turli qamrovlarini oçadi, unga qaram millatlarning mustaqillik niyatini kuçaytiradi va soxta tasavvurlardan qutulib, oşirib-toşirib söylaş, taʼriflaşdan batamom xalos böliş ibratini beradi. Şu bilan birga tarixda juda qimmatli insoniy munosabatlar jamuljam bölganiga yana bir karra işontiradi.

Maʼnaviy – ruhiy, madaniy, ijtimoiy – siyo­siy qaramlikning yaqin tarixidagi noxuş maqomlar, nizomlar, temirdan ham qattiq manfur qonun – qoidalarning ğayriinsoniy mohiyatini oçadi va tubdan anglaşga xizmat qiladi”.

Kitob bir qança kiçik-kiçik bölimlarga bölingan bölib, ulardagi har bir voqea, har bir jarayon öquvçini befarq qoldirmaydi. “Özbek tilim” deb nomlangan hikoyadan keltirayotgan iqtiboslarimiz sizga asar haqida tasavvur uyğotsa, ajab emas:

“1964 yil, 27 oktyabr Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi taşkil etilganining 40 yillik kuni edi. Şu sanaga bağiş­lab Özbekiston Vakolatxonasida Moskva oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarning köpçiligini yiğişga muvaffaq böldik.

Rasmiy tus olgan bu yiğilişda Özbekis­tonning Moskvadagi Doimiy Vakili Qosim Rahimov yiğilişni oçib nutqni rus tilida boşladilar.

Katta majlislar zali talabalar bilan liq töla edi. Şunda zalning örtasidan Moskva davlat universitetining Bahrom ismli talabasi örnidan tik turib, menda savol bor, degandek qöl kötardi va ruxsat tekkaç: “Şu zalda yiğilganlarning barçasi özbeklar-ku, nega özbek tilida nutq qilinmay, rus tilida qilinayapti?” – dedi.

Zalga suv quygandek jimlik çökdi! Hamma javobni kutayapti. Nihoyat, savoldan hayron bölgan Qosim Rahimov biroz sukutdan söng javob berişga ötdi va “Bu yerda ötirganlar rusçani tuşunadi-ku, kim qaysi tilda xohlasa, şu tilda sözlayversin” dedilar.

Qosim Rahimov öz nutqlarini rus tilida tugatdilar, talabalar orasidan faollari öz fikrlari bilan minbarga kötarilişdi. Neʼmatilla Möminov va Rixsiboy Jörayev Vakolatxona tomonidan talabalarga körsatilayotgan eʼtibor, yordam uçun minnatdorçilik bildirib, “Yaxşi öqib, yetuk mutaxassis bölib, Özbekiston ravnaqiga xizmat qilamiz, — degan fikrlarni özbek tilida bayon qilişdi.

Şu kunlarda Moskvada Özbekiston sanʼati va adabiyoti dekadasi bölayotgan edi. Vakolatxonaning taklifiga köra dekada iştirokçilaridan bir guruhi öşa yiğilişga taklif qilingan edilar. Bular orasida navoiyşunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Aziz Qayumov ham bor edilar. Talabalar Alişer Navoiyning hikmatli sözlari bilan boyitilgan, özbek tilida sözlangan nutqni quvonç bilan qabul qilişdi”.

Asardagi yana bir voqea bugungi avlod uçun ham qiziqarli bölsa kerak, degan fikrda havola etmoqçimiz. Xotira-hikoya 1966 yil. Zilzila. Moskvadan “Toşkent” nomli talabalar otryadi” degan sarlavha ostida berilgan:

“1966 yilning 26 aprel kuni Toşkentda dahşatli yer qimirlaş hodisasi röy berdi. Talabalar Kengaşi yer qimirlaş oqibatlarini tugatiş jarayonida hamma taşkilotçilik qobiliyatini işga solib, ona Vatan uçun qöldan kelgança yordam berişga otlandi.

Moskva energetika instituti talabalari Abdusapi Ğaniyev, Qahramon Allayev, Şavkat Rahimov, Moskva aloqa texnologiyalar institutining talabalari Muxsin Muhitdinov, Öktam Nazarov va boşqalar yeng şimarib özbekistonlik talabalardan iborat otryad taşkil qilişga kirişib ketdilar. Ikki-uç kun içida Moskvadagi özbekistonlik talabalardan 200 kişi Toşkentdagi zilzila oqibatlarini bartaraf qilişda öz hissasini qöşiş niyatida otryad röyxatiga yozilişdi. Neʼmatilla Möminov, Rixsiboy Jörayev va Abdusapi Ğaniyev Vakolatxonaga borib talabalar taşabbusini bayon qilişdi, Vakolatxona rahbarlari bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşdi. Moskvadagi turli oliy öquv yurtlaridan yiğilgan özbek talabalaridan   taşkil topgan, jami 135 nafarli otryadga Abdusapi Ğaniyev otryad komandiri etib tayinlandi va uşbu otryadga   “Toşkent” deb nom berildi. Bu otryad VLKSMning Butunittifoq “Drujba” otryadi tarkibiga kiritildi.

Yozgi imtihonlar sessiyasini navbatdan ilga¬riroq topşirib, otryad aʼzolari Toşkentga yöl oldi…”

Xulosa örnida aytiş joizki, yaxşi kitob inson qalbini yoritadi, ruhiyatiga ozuqa beradi, dil mulkini boyitadi. Biz baholi qudrat tahlil etgan uşbu uç ajoyib kitob ham xonadoningizdagi javon javohirlari qatorida turişga arziydi. Eng muhimi, mutolaaga oşuftalik, çin sözga, gözal asarlarga taşnalik har birimizga yor bölsin.

Qudrat DÖSTMUHAMMAD

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan