Mening “Ötkan kunlar”im

Har bir öquvçi-kitobxonning öziga yaraşa, özi yoqtirgan yozuvçisi va uning kitobi böladi. Kitob inson yaratgan bebaho neʼmatki, u insonning dösti, sirdoşi, eng yaqin qadrdoni hamdir. Şu sababli ham inson özi suygan kitobiga qayta-qayta yuzlanadi, kerak bölsa, öziga maʼnaviy ozuqa, maslahat oladi. Işonçim komilki, Sizning ham şunday kitobingiz bor.

Endi özim haqimda ham aytsam. Yoşlik çoğimdan boşlab avval qölimga tuşgan, söngra esa özimning dilimga yaqin kitob­larni öqiy boşladim. Dilimdagi kitoblar köp, lekin şularning içida eng yaqini bu özbekning maşhur yozuvçisi Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanidir. Nima uçun, deysizmi? Asar mavzusi, tili, jozibasi, qahramonlarning içki va taşqi dunyosi, millat va Vatan taqdirining oddiy, şirali tilda ifodalanişi meni öziga rom etgan. Töğrisini aytganda, uni töliq ifodalaş uçun söz boyligim yetmaydi. Öylaymanki, bu kitobni Siz ham öqigansiz. Yana töğrisini aytsam, bir vaqtlar asarning asosiy qahramoni Otabekka öxşamoqçi bölganim ham rost. Bolalik çoğimda asardagi asosiy qahramonlar – Kumuş va Zaynabning taqdirini öylab, Otabekni yomon körganim ham bor gap. Öşa paytdagi fikrimni qarang. Ikki suluv, ikki xotinning egasi – heç narsadan kamçiligi yöq boyning bolasi Otabek yallo qilib yuraversa bölmasmidi? Kumuş ham ölmasdi, Zaynabni ham heç kim yomon körmasdi.

Ammo keyinçalik yoşim ulğayib bildimki, köngilga, sevgiga, otaşin muhabbatga qarşi borib bölmas ekan. Balki, yuqoridagi fikrlarim sizga ğalatiroq tuyular.

“Oğir tabiatlik, uluğ gavdalik, körkam va oq yuzlik, kelişgan qora közlik, mutanosib qora qoşlik…” Otabek, “… qop-qora kamon, ötib ketkan nafis, qiyiğ qoş… tölgan oydek ğuborsiz, oq yuz… oq nozik qöl…, latif burnining öng tomonida… qora xol”li Kumuş.

Yozuvçi bu ikki sevişgan qalbni ana şunday aniq va jozibali tasvirlaydiki, ularning jamolini bir öqişdayoq köz oldingizga keltira olasiz. Yozuvçi Otabekning mardligi va jasurligini, Kumuşning odobi, andişasi hamda Şarq ayollari (yaʼni, özbek)gagina xos bölgan nazokatini asar mazmuniga singdirib yuborganki, öquvçi unga kitobni öqigan sari duç kela boşlaydi.

Abdulla Qodiriy Kumuşning jamoli tavsifiga kelganda, mehrini aslo dariğ tutmaydi… “Ariqning musaffo suvi… Kumuşbibining qarşisiga yetkanda göyoki uning taʼzimi uçun sekingina bir çarx urib qöyar, öz ustida ölturgan sohira (sehrçi qiz)ning sihriga musaxxar (sehrlangan) bölgan kabi taği bir kattaroq doirada aylangaç, ohistagina köprik ostiga oqib ketar edi… Uning yuzini öpib tuşkan suv tomçilari bilan ariq harakatga kelib çayqaldi, göyoki suv içida bir fitna yuz bergan edi…”

Dunyo adabiyotida ayol kişining jamoli tavsifiga bölgan bu darajadagi ehtiromni uçratmaganman. Men uçratmaganman. Balki, bordir. Qodiriyning özi aytgandek, “qalam öqloği, adabiyot ketmon bozori emas”. Yozuvçi tasvir çizişda ötkir qalamini va bor mahoratini işga soladi. Natijada öquvçi Kumuşning  tabiiy gözalligiga işonadi. Asar tilining jozibasi va sehri ham şunda yaqqol namoyon böladi.

Qodiriy “Ötkan kunlar” muqaddimasida, “Moziyga qaytib iş köriş xayrlik”, deydi va yozgan romanini: “Yangi zamon römonçiligi bilan tanişiş yölida kiçkina bir tajriba, yana töğrisi bir havasdir”, deb yozadi. Men bu gapni qayta-qayta öqir ekanman, “havaskor yozuvçi” bunça jozibani qayerdan oldi ekan, deb hayron bölaman-da, yana yozuvçining özi yozgan fikriga quloq tutaman: “Yozuvçi turmuşni har taraflama puxta örganişi, buning uçun uning har sohalaridan xabardor bölişi kerak”. Bu gapga ortiqça izoh şart bölmasa kerak. Qodiriy şunga amal qildi va özbek romançiligi dunyoga keldi, natijada bizning adabiyotimizdagi romançilik maktabi dunyoning közga köringan yozuvçilari tomonidan tan olindi.

Ota-ona, ayniqsa, ona orzusi tufayli ikki pokiza qalb orasiga Zaynab tuşadi. Yozuvçi Zaynabni Kumuşçalik tasvirlab ötirmaydi. Nazarimda, Qodiriy Zay­nabni Kumuşçalik xuş körmaydi va romanning “Xuşröybibi va Zaynab” degan bölimida uni quyidagiça taʼriflaydi: “Zaynab qisqa böy, göştdor va oq tanlik edi…, lappos va önta sözga arang bitta javob qaytaradirğon edi, … öz yaqinlaridan “pismiq” deya ism olgan, onasi bölsa aççiği çiqqanda “minğaymay ölgur” derdi”. Mana sizga Zaynabning asl qiyofasi. Qodiriyning işlatgan sözlari: “qisqaböy”, “pismiq”, “lappos”, “minğaymas” Zaynabning qanday ayol ekanligini yaqqol körsatib beradi. Qodiriyning tiliga qoyil qolişimning yana bir tomoni, asar qahramonlariga şunday ismlar beradiki, hayratda qolmaslikning iloji yöq. Ana şundaylardan biri “uzun böylik, qotmaroq… közi öynab, har lahzada közi ön yoqqa alanglay”digan Xuşröy (yoşligida Xuşra deb ataşgan) bibidir. U Zaynabning tuğişgan opasi. Asosiy salbiy qahramonlardan biri. “Ul yerdan biçib olingandek pak-pakana, burni yuzi bilan barobar, deyarlik tep-tekis, közi qoqqon qoziq örnidek çup-çuqur, oğzi quloği bilan qoşiq solişar darajada juda katta. Yuzi qirq yillik oğriqlarnikidek sap-sariq. Bu dahşatlik “xotin”ning ismi – Jannat”. Ha, Jannat! Qodiriyning yozuvçilik mahoratiga, uning özi yoqtirmagan ayollarga berayotgan taʼriflariga hamda telba-teskari nomlariga ofarinlar aytasiz.

Bu qahramonlar köz oldingizda şunday yaqqol namoyon böladiki, beixtiyor etingiz junjikib ketadi. Men har safar “Ötkan kunlar”ni öqiganimda şunday holatga tuşaman va bu “oç arvoh”ga ming martalab laʼnat öqiyman. Aytmoqçimanki, Otabekni, Kumuşni, Usta Alimni qançalar yaxşi körsam, Homid, Zaynab, Xuşröy, Jannatni şunçalar yomon köraman va “Duşanba kun keçasi” bölimini şodlanib qayta va qayta öqiyman. Çunki Otabek şu kuni duşmanlaridan mardlarça qasos oladi va xiyonatni supurib taşlaydi. Yuqorida yozganimdek, Otabekning jasorati, mardligi şu kuni yana bir bor namoyon böladi, buni yozuvçi Usta Alim tilidan taʼriflaydi:

“… arslon yuraklik Otabek… badbaxtni şunday yançib taşladi”. Qutidor söraydi:

– … Otabekning yonida neça kişi bölgan?

– Otabekning tanho özi…

– Uç kişiga tanho özi…

– Azamatning yolğiz özi.

Oila şaʼni, ğururi, or-nomusi uçun Otabekning yolğiz özi uçta olçoq, ğaddor, iblislarga qarşi kuraşadi va yengib çiqadi. Otabekning mardligi, çin insonligi, haqiqiy erligi asarning fojiaviy sahnasida yana bir bor namoyon böladi. Kumuşga zahar bergan kimsa kimligini bilmoqçi bölgan Otabekka tabib: “…özingiz öylab köring-çi… — dedi. – Bildim, bildim! – dedi beçora Otabek. – Zay­nab, Zaynab, Zaynab…

— Ket… ket! Taloqsan, taloq!

Otabek uni urmaydi, sökmaydi. Bundan ortiqça gap ham aytmaydi. Holbuki, er sifatida haqqi bor edi. Endi Kumuşning holatini öqing: “… begim, – deya ing­radi. Erining yuzini yuziga qöydi, uyalgansumon közini yumdi…” Birgina şu “uyalgansimon” degan sözning öziyoq Kumuşning qançalik oqila ayol ekanligini oşkor etadi.

Kumuşning odobiga, aqlli ayol ekanligiga yana qanday taʼrif kerak? Bilmadim!.. Hayratimning çegarasi yöq!

Har gal “Ötkan kunlar” romanining oxirgi bölimini yuragimda alam, içki iztirob va hayrat, aniqroği, çeksiz muhab­bat bilan öqiyman va iç-içimdan bosib kelayotgan köz yoşlarimni gohida töxtatolmay qolaman. Abdulla Qodiriyning özi ham yiğlaganiga hamda uyida yolğiz behuş ötirganiga, “gap”ga kelgan döstlari asarning oxirgi bölimini öqigaç şohona taom – norinni ham yeya olmay, yiğlab-yiğlab uylariga ketib qolganlariga işonaman! Bu esa yozuvçining ulkan mahorati, qalb keçinmalari ifodasining zargari ekanligidan dalolat beradi.

Men “Ötkan kunlar”ni faxrlanib meniki dedim, aslida, u Sizniki hamdir. Yana ham aniqroği, u millatimizni mus­taqillikka, hurlikka undagan otaşin romanidir. U özini anglaşni, özligini tuşunişni istagan har bir kitobxon qalbida sevgi va muhabbat, Vatan, millat şaʼni-şavkatiga qöyilgan ölmas va bebaho haykal ramzi kabi yana asrlar oşa yaşayverişiga işonaman. Zero, Abdulla Qodiriy va uning şoh asari “Ötkan kunlar” bunga arziydi.

Bahrom AKBAROV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan