Savol — nişonni közlab otilgan öq
Rasul Hamzatov tavalludining 100 yilligi
Yurtimizda ham deyarli har kuni matbuot anjumani ötkaziladi. Ular haqida OAVda “Matbuot anjumani bölib ötdi…” degan xabar çiqadi va bu tezda unutiladi. Biroq bundan oltmiş yil ilgari Maxaçqalʼada bölib ötgan matbuot anjumani haqidagi maqola hamon sevib öqiladi va ibrat olinadi. Biz atoqli avar şoiri Rasul Hamzatov yozgan va uni özining maşhur “Mening Doğistonim” asariga kiritgan uşbu maqolani eʼtiboringizga havola qilişni lozim topdik. Negaki… sababini uşbu maqolani öqigan muştariy, albatta bilib oladi.
…Şu örinda Maxaçqalʼada bölib ötgan matbuot anjumani yodimga tuşadi. Yigirma töqqiz davlatdan kelgan öttiz sakkiz nafar muxbir Moskvada rasman röyxatdan ötib, Doğistonga taşrif buyurişdi. Avval ular ovullarda bölişdi, toğlik kişilar bilan uçraşişdi, tarjimonlar yordamida ular bilan suhbatlaşişdi. Keyin matbuot anjumaniga töplanişdi. Fotoapparatlar çiroqlari yaltilladi. Telekameralar u yoq-bu yoqqa surildi. Muxbirlar ruçka-qalamlarini olişib, oldilariga oppoq qoğoz yo daftarlarini qöyişdi.
Biz minbardagi uzun stol yoniga qatorlaşib ötirdik. Içimizdagi yoşi uluğimiz Abutolib edi va unga matbuot anjumanini oçiş topşirildi. Abutolib örnidan turib dedi:
— Xonimlar va janoblar, örtoqlar! (Biz matbuot anjumanini şunday sözlar bilan oçiş kerakligini örgatgandik. Keyin u özi xohlaganday gapirdi). Kelinglar, tanişib olaylik. Mana bizning uyimiz. Mana bizning özimiz. Mana bizning taniqli şoirlarimiz…
Abutolib devordagi portretlarga işora qildi. Mehmonlar Batiray, Kazak, Mahmud, Sulaymon, Hamzat, Effendi portretlariga nazar taşladi.
Bu vaqtda Abutolib har bir şoirning ism-şarifini aytib, qaysi millatga mansubligi, qaysi tilda yozganligi, qanday mavzularda ijod qilgani va qanday asarlari bilan xalq eʼtiborini qozongani töğrisida qisqaça sözlab berdi. Navbat özining portretiga kelganda, Abutolib öşa ohangda davom ettirdi:
— Bu men. Siz portretlar orasidan kelib stol atrofidagi davraga qöşilibdi deb öylamang. Aksinça, men stol atrofidagi davradan çiqib portretlar orasidan joy olganman.
Şundan keyin Abutolib stol atrofida ötirgan şoir-yozuvçilarni taniştira boşladi va qöşimça qildi:
— Ularning portretlari ham şu devorga yaraşib turgan bölardi. Tanişing: Ahmedxon Abubakr – kubaçinlik söz zargari, Doğiston xalq yozuvçisi.
Muso va Fazu. Er va xotin. Bir oilada ikki yozuvçi, ikki romançi, ikki şoir, ikki dramaturg. Baʼzan hamkorlikda, köpinça alohida-alohida yozişadi.
Mutolib Mitarov – avarlar kuyovi, tabasaran şoiri.
Şoh Emir Murodov – “tinçlik kabutari”, lezgin şoiri, köproq kabutarlar haqida yozadi.
Jamidin – bizning hajvçimiz, bizning Mark Tvenimiz, bizning Adabiyot jamğarmamiz.
Anvar – Doğiston xalq şoiri, beş tilda çiqadigan adabiy bayoz boş muharriri.
Trunov – Doğistonda yaşab ijod qilayotgan rus yozuvçisi.
Xizgil Avşalumov – tat yozuvçisi, öz ona tili va rus tilida ijod qiladi.
Doğistonlik şoir-yozuvçilarni taniştirar ekan Abutolib yana Badaviy, Sulaymon, Saşa Graç, Ibragim, Alirizo, Majid, Aşug Ratulskiydan örnidan turişini söradi. Keyin adabiy almanaxlar muharrirlarini taniştirdi va dedi:
— Mehmondorçilik taomilimizga binoan biz heç qaçon mehmonlarimizning ism-şarifini söramaymiz…
Mehmon muxbirlar navbatma-navbat turib özlarini taniştirişdi: qaysi davlatdan, qaysi gazeta-jurnaldan kelganliklarini aytişdi.
Şundan keyin barça matbuot anjumanlarida bölgani kabi savol-javob boşlandi.
SAVOL: Sizda juda köp millat va til bor ekan. Xuddi qadimiy Bobil bozorlariga öxşaş holat deyiş mumkin. Qanday qilib bir-birlaringizni tuşunasizlar?
ABUTOLIB javob qaytardi: — Tilimizdagi sözlar har xil, lekin şu sözlarni aytayotgan oğzimizdagi tillar bir xil (Qölini yuragi ustiga qöydi). Bu hammasini yaxşi tuşunadi. (Qöli bilan quloğini uşladi). Faqat bular yomon eşitadi.
SAVOL: — Men Bolgariya gazetasi muxbiriman. Ayting-çi, Doğistondagi tillar örtasida rus va bolgar tillari kabi qandaydir öxşaşliklar bormi?
ABUTOLIB: — Rus va bolgar tillari – tuğişgan aka-uka. Bizning tillarimiz tört avlod narisidagi qarindoş. Bir xil sözlarimiz kam uçraydi. Yozuvçilar örtasida guruhlar bordir, lekin tillar örtasida guruhbozlik yöq. Har biri alohida-alohida.
SAVOL: — Sizdagi tillar qaysi boşqa tillarga öxşaş, qaysi tillar guruhiga kiradi?
ABUTOLIB: — Tatlar aytişadi, ular fors tilini tuşunişadi va Hofiz ğazallarini bemalol öqişadi. Men ulardan sörayman, agar siz Saʼdiy va Xayyomni tuşunar ekansizlar, nega ularga öxşab yozmayapsizlar?
Ilgari sovçilar kelişganda, kuyovni şunday maqtaşardi: “U qömiq tilini biladi”. Bu kuyov bölmiş hamma narsani biladi, qizingizni unga bersangiz kuyib qolmaysiz, degan maʼnoni anglatardi. Çindan ham qömiq tilini bilgan odam turk, ozarbayjon, tatar, bolqor, özbek, qozoq, qirğiz, boşqird va şu guruhdagi boşqa tillarni tuşunadi. Tarjimasiz Nozim Hikmat, Qaysin Quliyev, Mustay Karim şeʼrlarini tuşuna oladi.
Ammo mening ona tilim haqida bunday deyiş mumkin emas. Lak tili xususiyatlarini uzoq yillar örganib, doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan olimning xulosalari fikrimni tasdiqlaydi. Bir vaqtlar taniqli lak farzandi butun dunyoni kezib çiqib, oxiri Efiopiyada töxtaydi va şu mamlakatda vazir lavozimiga kötariladi. Uning taʼkidlaşiça, safarda yurgan vaqtida dunyoning heç joyida lak tiliga öxşaydigan tilni uçratmagan.
UMAR HOJI: Bizning avar tili ham boşqa tillarga öxşamaydi.
ABUTOLIB: — Dargin, lezgin, tabasaran tillariga öxşaydigan tillarni ham aytiş qiyin.
SAVOL: — Siz özingiz bir-biriga öxşamaydigan tillarni qanday örgangansiz?
ABUTOLIB: — Öz vaqtida Doğiston ovullari böylab kezişga majbur bölganman. Odamlarga qöşiq tinglaş, menga esa non topiş kerak edi. Özga ovulga qadam qöyganingda, ularning tilini bilmasang, hatto itlari ham senga qattiqroq huradi. Hayotiy ehtiyoj Doğiston tillarini örganişimga sababçi bölgan.
SAVOL: — Baribir iltimos qilardim, Doğiston tillarining öxşaş va farqli jihatlariga batafsil töxtalsangiz. Nima uçun Doğistonda şunça köp til bor?
ABUTOLIB: — Tillarimizning öxşaş va farqli jihatlari töğrisida juda köp kitob yozilgan. Men olim emasman, tillar paydo bölişini özim tuşunganimça aytib beraman. Mana biz şu joyda birga ötiribmiz. Ayrimlarimiz toğda, boşqalarimiz tekislikda tuğilib voyaga yetganmiz. Birimiz sovuqroq joyda, ikkinçimiz issiqroq makonda, uçinçimiz daryo qirğoğida, törtinçimiz dengiz sohilida. Ayrimlarimiz hökiz bor, dala yöq joyda, boşqalarimiz dala bor, hökiz yöq joyda yaşaganmiz. Ayrimlarimiz olov bor, suv yöq joyda, boşqalarimiz suv bor, olov yöq joyda. Bir joyda göşt, bir joyda ğalla, bir joyda meva bor. Pişloq saqlangan joylarda kalamuşlar, qöylar ötlatiladigan yaylovlarda börilar paydo böladi. Bundan taşqari, tariximizda bölgan uruşlar, har xil qöşnilarimiz, geografik joylaşuv, tabiat ham öz taʼsirini ötkazgan.
“Tabiat” sözi bizda ikki maʼnoni anglatadi. Birinçi maʼnosi – yer, suv, maysa, daraxt, toğlar. Ikkinçi maʼnosi – insonning feʼl-atvori. Har bir joyning tabiati öziga xos nomlarni, urf-odatlarni, tartib-qoidalarni vujudga keltiradi.
Har xil joydagi odamlar uylarini har xil qurişadi, börklarini har xil kiyişadi. Belançaklar boşida har xil alla aytiladi. Mahmud ikki torli pandur çalib qöşiq aytgan. Irçi Kazakning pandurida uçta tor bor edi. Sulaymon Stalskiy qöşiqlarini tor jörligida ijro etgan. Kimningdir sozidagi tor eçkining içagidan, boşqasining sozidagi tor metalldan qilingan.
Xalqlar köp, har birining öz odati bor. Çaqaloq tuğilganda bitta xalqda çöqintiriladi, boşqasida sunnat qilinadi, uçinçisida tuğilgani töğrisida guvohnoma olinadi. Bola ulğaygan sayin boşqa odatlarga amal qila boşlaydi. Öğilga qizni unaştirib kelişadi. Darvoqe, bu ham odat. Aytmoqçimanki, odam turmuş qurgandan keyin odatlarning navbatdagi bosqiçiga qadam qöyadi. Doğistondagi töylarning rasm-rusumlari töğrisida aytadigan bölsam, gapim tugamaydi. Agar bunga kim qiziqsa, unga “Doğiston xalqlarining rasm-rusumlari” degan kitob sovğa qilamiz.
SAVOL: — Urf-odatlar, tillaringiz har xil bölsa, unda sizlarni nima birlaştiradi?
ABUTOLIB: — Doğiston!
SAVOL: — Doğiston… Bizga aytişlariça, bu söz “Toğlar mamlakati” degan maʼnoni anglatar ekan. Demak, Doğiston geografik joyning nomi, xolos.
ABUTOLIB: — Bu joy nomigina emas, bu – Vatan, bu – Respublika nomi! Bu söz toğlarda yaşayotganlar uçun ham, vodiyda istiqomat qilayotganlar uçun ham birday aziz. Doğistonning öz qiyofasi, öz maqsadi, öz orzusi bor. Uning quçoğida yaşayotgan xalqlarning tarixi, taqdiri, muammolari, bayramlari bitta. Axir bitta barmoqdagi oğriq boşqalariga sezilmaydimi? Bizning umumiy sözlarimiz ham bor: Maxaçqalʼa, Doğiston… Bu sözlarni tarjima qilişmasa ham, hamma tuşunadi. Bizda şoir-yozuvçilar köp, har xil bahslar ham bölib turadi. Lekin yuqoridagi uçta söz böyiça bizda heç qaçon bahs bölmagan. Sizga tuşuntira oldim deb öylayman.
SAVOL: — Bu bizga tuşunarli. Men bir narsani söramoqçi edim. Bugun bitta gazetada Adallo Aliyevning şeʼrini öqidim. Uni rus tiliga Anatoliy Zayats tarjima qilibdi. Şeʼrning tagiga “Doğiston tilidan tarjima qilindi”, deb yozilibdi. Bu qanday til?
ABUTOLIB: — Bunday tilni men ham bilmayman. Keça Adallo Aliyev bilan uçraşgandik, suhbatlaşdik. U avar edi. Bir keçada nima bölganidan bexabarman. Ammo siz xavotir olmang, bu gazetaçilarning oddiy xatosi.
SAVOL: — Bizning Amerikada ham köp millatlar yaşaydi va ularning tillari ham har xil. Ammo davlat tili sifatida ingliz tili qabul qilingan. Şu tilda hujjatlar töldiriladi, iş yuritiladi. Sizda qaysi til asosiy hisoblanadi?
ABUTOLIB: — Har bir odam uçun asosiy til ona tilidir. Kimki öz toğlarini sevmasa, özgalarning tekisliklarini seva olmaydi. Öz uyidan baxtini topmagan odam uni köçadan izlasa ovora böladi. Kim öz onasining yuziga tupursa, özga ayollarning ham yuziga tupuradi. Döstlarning qölini qisganda, qiliçni mahkam tutganda qöldagi barça barmoqlar asosiy hisoblanadi.
SAVOL: — Men Mutolib Mitarovning dostonini öqigandim. U bu asarida men avar ham, tat ham, tabasaran ham emasman, men doğistonlikman deya taʼkidlabdi. Siz bunga nima deysiz?
ABUTOLIB (nigoh taşlab Mitarovni izladi): — Mitarov, eşityapsanmi? Sening avar ham, qömiq ham, tat ham, nöğoy ham, lezgin ham emasligingni oldindan bilaman. Ammo sening tabasaran emasligingni birinçi marta eşityapman. Unda sen kimsan? Balki ertaga men Mutolib ham, Mitarov ham emasman deb yozarsan. Masalan, men Abutolib Ğafurovman, birinçi navbatda lakman, ikkinçidan, doğistonlikman, uçinçidan, şu mamlakat şoiriman. Buni teskarisiga ham aytişim mumkin: birinçidan, şu mamlakat şoiriman, ikkinçidan, Doğistonda yaşayman, uçinçidan, millatim lak va lak tilida ijod qilaman. Men bulardan özimni ayro tasavvur qila olmayman. Bular mening bebaho boyligim. Bularning heç qaysisidan heç qaçon tonmayman. Aksinça, ular uçun olovga ham tik borişga tayyorman.
SAVOL: — Mening qölimdagi tibbiyot fanlari nomzodi Alikişiyevning kitobi. Nomi – “Doğistondagi uzoq umrguzaronlik”. U kitobida yuz yoşdan oşgan odamlar töğrisida yozib, Doğiston uzoq umr köriş böyiça dunyoda yetakçi örinni egallaşi taʼkidlangan. Keyin esa millatlar quda-andaçilik orqali tobora yaqinlaşib borayotgani, bu ketişda yaqin kelajakda Doğistonda yagona millat vujudga keladi deya faraz qilinadi. Yillar ötib avar ham, dargin ham, nöğoy ham özini doğistonlik hisoblaydi va pasportida şunday deb yozdiradi kabi fikrlar bildiriladi. Boşqa bir olimingizning maqolasini öqigandim. Unda adabiyot millatlar örtasidagi çegaralardan ötib, Doğiston umumiy adabiyotiga aylanayotganligi yozilgan. Fan nomzodlari va doktorlari bu masalada yozişayotgan ekan, demak bu masala teran yondaşişni taqozo etadi.
ABUTOLIB: — Alikişiyevni yaxşi bilaman. U bizning tumanimizda tuğilgan. Çindan ham u köplab oqsoqollarimiz huzurlarida bölib, hayot yöllarini yozib olgan. Ammo hamma millatlardan bitta millat paydo böladi degan gapni, işonçim komil, hurmatli oqsoqollarimizdan heç qaysisi unga aytmagan. Bu fikr uning özidan çiqqan. Men bunday “miçurin”larni köp körganman, ular quyonlar ustida tajriba ötkazişganday, öz “laboratoriya”larida har xil tillarni çatiştirib, gibrid hosil qilişmoqçi bölişadi. Ular yettita milliy teatrni qöşib, bitta teatr qilişga urinişgandi. Beşta tilda çiqib turgan gazetani bitta qilişga ham urinib körişgandi. Yozuvçilar uyuşmamizdagi milliy seksiyalarni qöşib yuborişni istaşgandi. Holbuki, bu serşox daraxtning novdalarini qirqib taşlab, faqat poyasini qoldirişday bir işdir.
SAVOL: — Men Hindiston gazetasining muxbiriman. Bizning Hindistonda ham tillar köp: hind, urdu, bengal… Ayrim millatlar öz ona tilining davlat tili bölişini istaşdi. Natijada qança bahslar, töqnaşuvlar yuz berdi. Sizda şunga öxşaş voqealar röy berganmi?
ABUTOLIB: — Bizda şunga öxşaş voqea ikki bola örtasida bölgan. Ikki bola – avar va qömiq bitta eşakka mingaşib yölga çiqişadi. Yölda avar bola “Xia! Xia! Xiama!” deb aytsa, qömiq bola “Eş! Eş! Eşek!” deb aytadi. Holbuki, ikkalasi ham “Eşak” deyişgan. Ammo bolalar tortişib qolişadi, bir-birini siltab eşakdan qulab tuşişadi, avar bola xiamasiz, qömiq bola eşeksiz qoladi. Menimça, bu bolalarga xos bahslar. Biz tillarimizni bir-biriga tişini qayraydigan börilarga aylantirmoqçi emasmiz. Bizda şunday ajoyib naql bor: “Uydagi ahmoq qöşnilar bilan aloqani buzadi, ovuldagi ahmoq ovullar örtasiga raxna soladi, millat içidagi ahmoq boşqa mamlakatlar tinçligini buzadi”. Kim boşqa til töğrisida yomon gap aytsa, bizda uni odam qatoriga qöşişmaydi.
SAVOL: — Demak, siz bu masalada bizda heç qanday bahs, tuşunmovçiliklar bölmagan demoqçimisiz?
ABUTOLIB: — Bahslar bölgan. Lekin ular jiddiy tus olib, kimningdir yo biron tilning şaʼniga tegmagan. Mayli, kim qanday tilda xohlasa, öşa tilda gapirsin, yozsin, öqisin va kuylasin. Qaysidir tilning yaxşi yo yomonligini, töğri yo notöğriligini, gözal yo yoqimsizligini isbotlab bahslaşiş mumkindir. Lekin butun bir millat yomon, yoqimsiz bölişi mumkinmas! Agar şunday bahs boşlansa, bilib qöyinglar, bunday bahsda ğolib ham, mağlub ham bölmaydi.
SAVOL: — Doğistonda bitta millat va bitta til bölgani yaxşi emasmi?
ABUTOLIB: — “O, bizda bitta til bölsaydi”, deb köplar gapirişadi. Oqsoq Rajbadin qöqqisdan Gruziya tomonga yölini burganda, şoh Irakliyga şunday degan ekan: “Biz bir-birimizni tuşunmaganimiz uçun bu balo boşimizga tuşdi”. Hojimuroddan arz qilib Xaydak va Tabasarandan imomga şunday maktub kelgan: “Biz bir-birimizning tilimizni tuşunmadik”.
Albatta, odamlar bir-birlarini birinçi sözdanoq tuşungani yaxşi. Şunda oz kuç sarflab, köp narsalarga erişgan bölardi. Ammo oilada köp bola bölişining yomon tomoni yöq. Ota-ona borki, har bir bolasiga birday ğamxörlik körsatadi. Köp bolali ota-onalar keyinçalik bundan afsuslanişi deyarli uçramaydi.
Ayrimlar aytişadi: “Darbanddan narida bizning tilimiz kimga kerak? Baribir tuşunişmaydi”.
Boşqalari aytişadi: “Bizning tilimiz Arakin dovonidan ötgandan keyin heç narsaga yaramaydi”.
Uçinçilar nolişadi: “Bizning qöşiqlarimiz dengizgaça ham uçib bora olmaydi”.
Ammo ular öz ona tillarini arxivga topşirişga şoşilişmayaptimi?!
SAVOL: — Siz konsolidatsiya haqida nima deysiz?
ABUTOLIB: — Bir-birini bilmaydigan, begona millatlar uçun konsolidatsiya kerak. Ammo aka-uka millatlarga konsolidatsiyaning hojati yöq.
SAVOL: — Men Rasul Hamzatovning ikki jildlik kitobini öqib çiqdim. U birinçi jilddagi “Ona tilim” şeʼrida avar tilini şaraflagan. Ikkinçi jilddagi şunday sarlavhali şeʼrida esa rus tilini şaraflagan. Nahotki bir vaqtning özida ikkita otga miniş mumkin bölsa? Biz qaysi Hamzatovga işonaylik? Birinçi jilddagi Hamzatovgami yoki ikkinçi jilddagigami?
ABUTOLIB: — Bu savolga Rasulning özi javob beradi.
RASUL: — Men ham bir vaqtning özida ikki otga ötiriş mumkin emasligini bilaman. Ammo ikki otni bitta aravaga qöşiş mumkin. Mayli, ikki ot – ikki til Doğistonni oldinga qiynalmay tortsin. Ulardan biri rus tili, ikkinçisi bizning til: avarlar uçun avar, laklar uçun lak tili… Men uçun ona tilim aziz. Menga ikkinçi ona tilim ham aziz, çunki u meni şu toğ söqmoqlaridan keng dunyoga olib çiqdi. Aziz narsani aziz deyman, boşqaça ayta olmayman.
SAVOL: — Men Rasul Hamzatovdan yana bir narsani söramoqçi edim. Bitta şeʼringizda şunday yozgansiz: “Erta ona tilim agar yöqolsa, men bugun ölimga bölurman rizo”. Ammo sizning xalqingizda şunday naql bor: “Katta odam kelganda, kiçik örnidan turişi kerak”. Mana, rus tili keldi. Mahalliy tillar örnidan turib, unga joy berişi kerak emasmi? Sizning taʼbiringiz bilan aytganda, boşga ikkita börk kiyib bölmaydi. Yoki labga ikkita sigareta qistiriş şart emas.
ABUTOLIB: — Toşni yerdan bir qölda kötargan osonmi yoki ikki qölda?
SAVOL: — Baribir toğliklar onasi çiroq yoqqan uylarini tark etişib tekislikka köçib ötişyapti-ku?
ABUTOLIB: — Ammo ular köçişganda öz tili, öz nomini olib ketişyapti. Börkini ham olişni unutişmayapti. Yangi uyining tokçasida öşa çiroq yonayapti.
SAVOL: — Yangi joyda yigitlar köproq boşqa mil¬lat qizlariga uylanişyapti. Ular uyda qaysi tilda sözlaşişadi? Keyinçalik ularning farzandlari qaysi tilda gaplaşişadi?
ABUTOLIB: — Bizda şunday hikoyat bor. Boşqa-boşqa millatdan bölgan yigit-qiz bir-birini sevib qolişadi, turmuş qurişga ahd qilişadi. Qiz şart qöyadi: “Agar men uçun yuzta aytgan işimni qilsangiz, sizga turmuşga çiqaman”. Yigit qizning xuşiga kelgan işlarni bajara boşlaydi. Qoyaga tirmaşib çiqişni aytdi, qoyaga kötarildi. Qoyadan sakraşni aytdi, qoyadan sakradi va oyoğini qayirib oldi. Oqsoqlanmay yurişni aytdi, oqsoqlanmay yurdi. Qiz yana daryodan suzib ötayotganda xurjunini höl qilmaslikni, çopib borayotgan otni töxtatişni, keyin asov otni tizzalatişni, hatto özining kökragi ustiga olma qöyib, uni qiliç bilan çopib bölişni aytdi. Xullas, yigit qizning töqson töqqiz şartini bajardi. Bitta şart qoldi. Şunda qiz özining oxirgi şartini aytdi: “Endi tuqqan onangni, öz otangni, ona tilingni unut”. Yigit otiga sakrab minib, ketma-ket qamçi bosdi va qaytmas bölib közdan yöqoldi.
SAVOL: — Bu yaxşi ertak ekan. Aslida, hayotda qanday böladi?
ABUTOLIB: — Hayotda yigit-qiz birga turmuş qurar ekanlar, zimmalariga köplab majburiyatlarni olişadi. Ammo heç biri boşqasidan ona tilini unutişni talab qilmaydi. Aksinça, har biri boşqasining tilini mumkin qadar örganişga kirişadi.
Hayotda öz ona tilini örganmay voyaga yetayotgan bolalarni körsak, ularga tanbeh beramiz. Tez orada bunday bolalarning özlari ota-onasidan öz tilini örgatişmagani uçun ranjib yurişadi. Ota-onalar esa özlarining beğamliklaridan puşaymon bölişadi.
Hayotda qanday bölişini sörayapsizmi? Mana, biz qarşingizda ötiribmiz. (Qöllari bilan işora qildi). Mana bizning şeʼrlarimiz, hikoyalarimiz, qissalarimiz, kitoblarimiz. Mana bizning gazeta-jurnallarimiz. Ular har xil tilda. Ular yil sayin köproq nusxada çop etilyapti. Ulkan mamlakat tili ona tilimizni isteʼmoldan siqib çiqargani yöq. Aksinça, qonun yöli bilan himoya qiladi. Endi tillarimiz yulduzlar kabi keng osmonda çaraqlab turibdi. “Yulduzlar yulduzlarga qarab sözlaydi”. Biz dunyoni, dunyo esa bizni körayapti. Agar şunday bölmaganda, siz biz haqimizda heç narsa bilmasdingiz. Tabiiyki, bizning hayotimizga qiziqmasdingiz, bu uçraşuvimiz ham bölmasdi. Mana bu bizning bugungi hayotimiz…
Savollar – javoblar, savollar – javoblar. Agar vaqt belgilanmaganda, bu matbuot anjumani uzoq davom etgan bölardi. Çunki hamma zamonda, hamma xalqda til masalasi muhokama qilinadi va bu masala muhokamasi heç qaçon tugamasa kerak.
— Matbuot anjumani bizning savol-javob öyinlarimizga öxşab ketar ekan, bir tomon faqat savol beradi, ikkinçi tomon faqat javob qaytaradi, – dedi Abutolib öziga yuklatilgan noodatiy vazifani nihoyasiga yetkazgandan keyin.
Savol – nişonni közlab otilgan öq. Javob – nişonga tekkan öq.
Savol – javob. Söroq belgisi – undov belgisi. Savol – ötmiş, javob – bugungi kun.
Qadim Doğiston toşda bukçayib ötirgan kampirga öxşaydi. Göyo u söroq belgisi. Hozirgi Doğiston undov belgisi. U – qiliç, qinidan çiqarilib havoga kötarilgan.
Asror MÖMIN tarjimasi.
