Mehr — dunyoning oftobi

Bolalik inson hayotining eng gözal, pokiza davri. Bola dunyoga butunlay boşqa nigoh bilan qaraydi. U dunyoni örganar ekan, eng avvalo mehr, ezgulik, yaxşilik va gözallikka qiziqadi. Şu bois bola kattalar mehriga, eʼtiboriga, eʼzoziga juda muhtoj!

Bolalarning sevimli adibasi Dilfuza Şomalikovaning “Zağizğonning arğimçoği” töplamidan joy olgan köp­lab hikoyalarida bolalik hayotining ana şu jihatlariga alohida eʼtibor berilgan. Muallif kiçkintoylarning maʼnaviy salohiyatini östirişda, qalbida Vatanga, oilaga, tabiatga muhabbat tuyğularini uyğotişda katta odamning neçoğli örni borligini bugungi özbek oilasi misolida körsatgan. Oiladagi kattalar va kiçiklar, xususan, ona, buvi va bola munosabatlarini yangi yönalişda yoritişga intilgan. Yaʼni, oiladagi kattalar bolaga haddan ortiq mehribon, örgatişdan, pand-nasihat qilişdan çarçamaydigan kişi sifatida emas, balki bola şaxsini hurmatlovçi dono ustoz, uni qöllab-quvvatlovçi samimiy döst, dilkaş suhbatdoş, mehribon inson qiyofasida namoyon böladi.

Vatan içra kiçik Vatan bölmiş — oila har bir inson uçun aziz va muqaddas joy. Xalqimiz qadim-qadimdan oilaga, bola tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Kattalar kiçiklarga mehr körsatib, özaro izzatda, hurmatda yaşaganlar. Farzandlar bolaligidanoq oilaga — ota-onasiga, buviyu bobosiga, jigarlariga mehr qöyib ulğaygan.

Şu maʼnoda uning “Osmondagi quşlar uyasi”, “Qiş keltirgan bolalik”, “Közimning içidagi çiroq”, “Özimizning qaldirğoçlar” hikoyalari diqqatga molik. Ularda tinç-totuv oilalarda kamol topayotgan bolalarning olamni bilişga qiziqişlari, bir olam quvonçu şodlik­lari, beğubor orzulari yorqin lavhalarda talqin etiladi. “Közimning içidagi çiroq” hikoyasida oiladagi özbekona muhit, buvining nevarasiga mehri, bolaning ruhiyatidagi özgarişlar, köngliga osudalik bermayotgan soğinç tuyğusi işonarli tasvirlangan. Hikoyada bola öz oilasi haqida sözlab berar ekan, Buvijonisiga alohida töxtaladi… Buvijon nabirasini “çiroğim” deb erkalaydi, “Sen közimning içidagi çiroqsan, bolam” deydi. Nabirani bağriga bosib, açomlaydi. “Qalbingdagi mehr… dunyoning oftobidan ham ravşanroq” ekanligini singdiradi, nabirasining qalbini mehr-muhabbatning toza nuri bilan nurlantiradi. Nabira bu sözlarning çin maʼnosini uyidan uzoqda, oromgohda, soğinç hissini tuyganidagina tuşunadi. Muallif hikoya davomida bu soğinç aynan oilaga, jondan aziz jigarlaringga bölgan ulkan muhabbat ekanligini yoş kitobxonga anglatib boradi. Ona yurtga muhabbat oilaga bölgan muhabbatdan boşlanadi. Bolalik qalbiga sepilgan bu sof, pokiza his keyinçalik ösib, ona-Vatanga muhabbat bilan çambarças boğlanadi. Inson qayerda, qaysi göşada bölmasin, u heç qaçon umrbod sönmaydi, hamişa olovlanib turadi.

Töplamdan joy olgan “Gulning onasi çiroylimi?” hikoyasining sarlavhasiyoq öquvçini zavqlantiradi, diqqatini tortib, tasavvurini uyğotadi. Muhimi, hi­koyada muallif bola tilidan yolğon savollar töqimaydi, balki hammasi tabiiy va işonarli beriladi:

“— Oyijon, kampirlarning ham onasi böladimi?

— Ha, bolam.

— Daraxtlarniyam, quşlarniyammi?

— Albatta, jamiki jonivorlarniyam. Yaralgan hamma mavjudotlarning onasi böladi…

— Eng çiroyli kimning oyisi?

— Bilmasam, bolam.

— Gulniyam onasi bormi?

— Ha, bolam, bor-da onasi.

— U juda-juda çiroylimi?

— Judayam.

— Sizdan hammi?”

Keltirilgan parçada kiçkintoylar olamidagi bitmas-tuganmas qiziquvçanlik, dunyoni bilişga bölgan intiliş, oddiylik tubidagi jiddiylik va ayni payt­­da bolaning toza, beğubor qalbi, hayrati yaqqol körinadi. Qanaqasiga, axir u onajonisi hammadan gözal ekanligini aniq biladi-ku!.. “Yöq, işonmayman… eng çiroylisiyam sizdek emas… Sizdan keyin… ikkinçi, uçinçi, törtinçi ular… Birinçi faqat — Siz… siz!..”

Muallif şu tarzda hikoya qahramonining onasiga bölgan çeksiz muhabbatini, mehrini gözal ifodalaydi. Şubhasiz, bu sözlar dunyodagi barça bolajonlarning dil izhori kabi eşitiladi.

Töplamdan maktab hayoti, döstlik, örtoqçilik haqidagi hikoyalar ham örin olgan. Jumladan, “Tört örtoq” hikoyasi örtoqçilik haqida. Hikoya birinçi şaxs tilidan bayon qilinadi… Unda törtta mahalladoş örtoq birinçi sinfga çiqadi. Hamma xursand! Ammo Komilning tabiatidagi ayrim bolalarda uçraydigan dimoğdorlik, kib­ru ğururga beriliş kabi qusurlar uning örtoqlaridan ajralib, yakkalanib qolişiga sabab böladi. Baxt­­ga qarşi, Komillarning oilasi şaharga köçib ketadi. Oradan vaqt ötib, uç örtoq yozgi oromgohda Komil bilan uçraşib qoladi. Eski ginalar unutiladi. Har kuni birga çoy içadilar, “buvilari, onalari pişirib bergan narsalar bilan” Komilni mehmon qiladilar. “U heç narsa olib kelmagan, şekilli…” deb öylaydilar.

Komil oromgoh işlarida faol, unga havas bilan qaraydilar. Lekin bir kuni yotoqxonada qandaydir noxuş hid tarqaladi. Qidirib körilsa, Komilning karavoti tagidan ikkita katta xaltada hidlanib qolgan yeguliklar çiqadi… Xonada Komil bölmaganligi uçun, hamma ögirilib, uning örtoqlariga qaraydi. Ular esa nima deyişni bilolmay lol qoladilar! Tasavvur qiling, örtoqçilikning masʼuliyati qançalik katta! Örtoğing qilgan yomon iş uni şarmanda qilişi bilan birga, seni ham mulzam holatga soladi, boşing egiladi…

Yozuvçi hikoya tagmatnida örtoqlik, döstlikning ham şartlari va qoidalari borligi, döstlar bir-birlarini hurmat qilsalar, qöllab-quvvatlasalar, xudbinlikdan, kibru ğururdan voz keçib, samimiy bölsalargina mustahkam va bardavom böladi. Xudbinlik, kibr, qizğançiqlik, xasislik kabi yomon sifatlar döstlikka, örtoqçilikka putur yetkazişi haqida yoş kitobxonga saboq beradi.

D.Şomalikova hikoya va ertaklarida bizni örab turgan tabiatni, birin-ketin keladigan yil fasllarini butun jozibasi, latofati bilan tasvirlaydi. Yoş kitobxonni ona-tabiat bilan uyğunlikda yaşaşga, gullarga, daraxtlarga, “qanotli döstlarimiz”ga eʼtiborli bölişga, yordam berişga, asrab-avaylaşga, gözallikdan zavqlanişga undaydi. Töplamdan joy olgan “Zağizğonning arğimçoği”, “Quyoş bilan salomlaşaman”, “Osmondagi quşlar uyasi”, “Tuproq öynayotgan bola”, “Men bahorni kördim”, “Tabib quşlar”, “Quşlarning katta onasi”, “Köklamning ovozi” va boşqa qator asarlarda bu boqiy mavzular taʼsirli voqealar, dilbar suhbatlar, ibratlarda körsatiladi.

Lekin yana şuni alohida aytiş joizki, bir qaraganda oddiy köringan voqealarga kengroq nazar taşlansa, oiladagi kattalarning tabiatga bölgan ongli munosabati kiçkintoylar şuuriga, qalbiga çuqur taʼsir qiladi. Tabiat bilan yonma-yon, dös­tona yaşaş sirlarini yengilroq özlaştirişlariga zamin böladi.

Dilfuza Şomalikovaning bolalar uçun yozgan gözal badialari ham diqqatga sazovor. “Tuproq öynayotgan bola”, “Mening aziz vatanim”, “Bizning buyuk bobolarimiz”, “Maktub yozayotgan bola”, “Men bahorni kördim”, “Köklamning ovozi” kabi badialari juda gözal, badiiy tilda, sanʼatkorona yozilgan. Badialar şoirona ruh, nafis tasvir, bolalar dunyosiga, didiga mos, ular tuşunadigan (yoki… tuşunmaydigan) darajadagi falsafiy fikrlar bilan yöğrilgan. Badialardagi serjilo ohang, fikrning öziga xos ifodasi bola ongiga yetib bormasligi mumkin, ammo qalbiga, yuragiga şubhasiz yetib boradi. Eng muhimi, mahoratli bolalar adibasi Dilfuza Şomalikovaning yangi töplamidan joy olgan asarlar bolalar qalbida Vatanga, ota-onaga, tabiatga, milliy qadriyatlarimizga muhabbat uyğotadi, gözallikka, yaxşilikka, ezgulikka işonib ulğayişiga kömak beradi.

Zamira IBROHIMOVA,

filologiya fanlari nomzodi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan