Qalblarga muhrlangan adib

Talabaman… Öqişdan böş vaqtlarimni, asosan, til örganiş hamda mutolaaga qaratganman. Rostiyam şu-da, hozir öqimasam, qaçon öqiyman? Yaqinda uluğ qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovning ikki asarini: “Jamila” va “Bötaköz” kitoblarini öqib tugatdim. Aytmatovni tanimagan, bilmagan odam bölmasa kerak. Uning asarlari öquvçini öziga rom qilib, ipsiz boğlaydi. Undagi voqealar şunçalar betakrorki, beixtiyor asar qahramonlari bilan birga yaşaysan kişi: kulsa, qöşilib kulasan, yiğlasa, dardkaşdek yiğlaysan. Yozuvçi uslubining yana bir özga xos tomoni şundaki, köpgina asarlarida beğubor va asl sevgi kuylanadi. Buni “Jamila” qissasi misolida köriş mumkin.

“Jamila” qissasida Ikkinçi Jahon uruşi davrida qirğiz xalqining oğir ahvoli oddiy bir kolxoz hayoti misolida yoritiladi. Şuni ham aytib ötiş joizki, Çingiz Aytmatovning deyarli barça asarlarida qirğiz xalqining urf-odatlari, anʼanalari, odamlar tilidagi afsonalar hozirgi zamonaviy hayot bilan uyğunlaşadi. Xususan, “Jamila” qissasida ham ularning yetti avlodi kim va qanday inson bölişganini, qarindoşlik riştalarini uzmaslik kerakligi boş qahramonlardan biri Seit obrazi tilidan aytiladi.

Jamila va Doniyor sevişib, birga u yerlardan boş olib ketişganini köpgina muxlislar qoralaşsa-da, ularni oqlovçilar ham topiladi. Ayniqsa, men ular tomonidaman. Jamila va Doniyor qoçib ketib töğri qilişdi, deb öylayman. Sevişganlar, agar ularning sevgisi çin bölsa, har doim kuraşişlari kerak, yigit ham, qiz ham özida jurʼat topişi kerak, nazarimda…

Yozuvçining “Bötaköz” qissasi ham boşqalaridan qolişmaydi. Asarda hayot qiyinçiligi, hamkasblar bilan bölgan ziddiyatlar işga, kasbga bölgan mehrdan ustun kelolmaydi. Boş qahramon Kamol katta orzular bilan Anorxoy daştiga “Traktorçi bölaman” deb keladi. Ammo hammasi ham u öylagandek bölmaydi. Kamol qisqa vaqt içida köp qiyinçiliklarni boşidan keçiradi. Abubakirning qöpol xatti-harakatlariga çidaydi, çunki Kamolda kasbiga bölgan muhabbat ustun edi. Aytmatov Kamol obrazi misolida qirğiz yigitlarining sabrini, matonatini körsatib ötadi. Kamolga bir jihat yetişmaydi, menimça: bu — qatʼiyat. Abubakirga qarşi qatʼiy bir qaror qabul qilolmaydi, hatto sevgisi uçun kuraşmagani ham eʼtiborimni tortdi.

Menimça, Kamol sevgisi uçun kuraşib, Abubakirga qarşi turişi kerak edi. Ammo u diqqat-eʼtiborini boşqa tomonga qaratdi: Anorxoy daştini kökalamzorga aylantiriş. Ehtimol, qizga bölgan sevgisidan köra, Vatanga, kasbiga bölgan sevgi ustunlik qilgan bölsa ne ajab…

Ha, Çingiz Aytmatov qirğiz xalqining uluğ yozuvçisi edi. Hamon şunday. Uning nomi XX asrda xalqaro miqyosda tan olingan jahon adabiyotining buyuk vakillari bilan bir safda turişi ham bejiz emas. Ayni vaqtda köpdan-köp taniqli adabiyotşunos olimlar uni L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, Folkner kabi adiblar qatoriga qöyadilar. Şu maʼnoda u hayotlik çoğidayoq mumtoz adib degan yozuvçi uçun nihoyatda şarafli eʼtirofga munosib bölgan söz ustasidir. Uning betakror asarlari, maʼnaviy ozuqa ulaşuvçi kitoblari uzoq yillar, davrlar ötsa-da, kitobxonlar tomonidan sevib öqilaveradi.

Asilbek JALOLOV,

ÖzJOKU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan