SURXON HAQIDA KATTA DOSTON
Xuşboq Rahim cözi ötkir, didi baland ijodkorlardan. Mamlakatimiz mustaqilligi şoirga öziga xos ilhom manbai böldi. U özining “Surxondaryo” dostonini yozdi.
Ha, denovlik isteʼdodli ijodkor Xuşboq Rahimning “Surxondaryo” dostonini öqigan kişi şoirning ijtimoiy hayotni, ilm-fan, texnika yutuqlari-yu tarix va falsafani çuqur örganganiga amin böladi. Maxsus könikmaga ega bölmaganlar uning satrlari qaʼridagi teran mohiyatni, işoralarni dafʼatan tölaqonli ilğamasligi mumkin.
Mustaqil ölkasan, erkin tafakkur
Tarixni tuyaning juniday titdi.
Quyoş ham tojiga tirnoqdoş Xuşboq
Şonu şuhratingga qasida bitdi, –
deydi u kindik qoni tomgan göşa haqida. Çuqurroq razm solinsa, ona Vatanning har bir qariç yeri yurakday yagona kurrai zamindan qoyaday mustahkam örin olgan Özbekistonning ajralmas qismidir. Xuşboq Rahim Teşiktoş ğori, Boysun, Bobotoğ manzaralarini tasvirlaş barobarida, vohaning har bir zarrasini sinçiklab tafakkur qiladi. Vatan timsoli bölgan har bir zarrani kitobday öqiydi, u bilan dardlaşadi. Çunki şoir yurt, koinot, inson qadri, bel va belboğni bir butunlikda köradi. Ha, Xuşboq Rahimning ijodkor sifatidagi asosiy ğoyasi birlik va jipslikdir, Vatan, odamlar va ularning olam bilan bir butunligidir. Şoir uçun koinot bir butun – kurrai zamin, Vatan va uning manfaatlari bir butun. Oila, mahalla, tuman, viloyat, Özbekiston bir butun. Butunlik bor joyda esa eng katta boyligimiz – tinçlik-osoyiştalik, va albatta, obodlik, tökinlik ham böladi.
Zarrani kitobday öqidim, bugun
Qaddimda Dunyo ham, öşa mador, öq.
Belboğ ham belimda mulki koinot,
Tinçligu soğlikdan katta boylik yöq,
Surxondaryo.
Maʼlumki, Surxondaryo xuddi insoniyat tamaddunining dastlabki beşiklaridan biridir. Arxeologlarning aniqlaşiça, qadimgi Baqtriya, Kuşonlar davlati va uning poytaxti şu zaminda joylaşgan. Eng qadimgi şaharlar örni, mahalla, arki aʼlo, mudofaa devorlari, jahondagi eng eski qabriston, sopol idişlar, sopol siyohdon, omoç, turli taqinçoqlar, davlat muhrlari, jun, paxta, ipak, töqima qoldiqlari, buğdoy doni, ğöza çigiti, dastlabki metall ustaxonalarning örni, şişa, pişiq ğişt, zargarlik aşyolari, naqşinkor yoğoç siniqlari va boşqa topilgan osori atiqalar şulardan dalolat beradi. Şoir “Surxondaryo” dostonida mazkur topildiqlarni sinçiklab öqişga, har bir aşyo zamiridagi butun insoniyatga tegişli madaniyat belgilarini ilğaşga undaydi.
Hunar keksarmaydi, köngil qarimas,
Mehnatning ortidan yutuqlar bari.
Oromiy yozuvi, raqam ham çiziq
Boru bir, bahru bar kitob, daftari.
Şoir “Surxondaryo” sözini metafora darajasiga kötarib, uni daryo, vaqt maʼnosida ham, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari, odamzod va jamiki munosabatlarning hammabop aloqa boğlanişlarini bilişu bildiriş, tahlilu tadqiq etuvçi dialektik metod maʼnosida ham qöllaydi. Daryo suviga ikki marta tuşib bölmaydi, ötgan vaqt iziga qaytmaydi, deydilar. Bugungi yutuqlarning qusuri ertaga körinadi, ijtimoiy hodisalarning qanday yuz berişi mavjud şart-şaroitga, öringa va vaqtga boğliq. Ularni bir xil mezon, toşu tarozi bilan ölçaş, bir xil böyoq bilan böyaş, bir qolipga joylaş dialektika tabiatiga zid. Şu maʼnoda şoir Xuşboq Rahim munosabatlarning şart-şaroit va zamon talabiga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratadi.
Temir yöl, avto yöl, osmonda ham yöl,
Kundalik haqiqat, tarixiy yumuş.
Döstlarga sarflangan ezgu
fursatning
Örnini bosolmas na oltin, kumuş.
Döstlik tuyğusi – qadimiy, maʼnaviy qadriyatlardandir. Jahonda ziddiyatli, özaro boğlanmaydigan, manfaatli munosabatda bölmaydigan davlat, oila, odam yöq. Insonning nainki qiyofasi, içki olami ham bir-biridan individualligi bilan tubdan farq qiladi. Özini anglagan odam boşqalarni ham tuşunadi. Özining kimligi va nimalarga qodirligini anglagan maʼnaviyatli odamgina boşqalar uçun ham yaşay oladi.
Xuşboq Rahim zamonaviy texnologiya va ilm-fan yutuqlarini puxta egallagan yoş avlod şohi sözanada yamoqday yaqqol közga taşlanib turgan illatlarning birdan-bir davosi deb biladi. Şoir nazarida ötmiş yoki ötiş davri teşa zarbidan kökargan tirnoqqa öxşaydi. Xasta tirnoqni yangi, soğlom tirnoq surib çiqaradi. Soğlom tirnoq – şoirini ğururlantiruvçi mustaqil Vatanning bilimdon, kelajagi porloq öğil-qizlaridir.
Xuşboq Rahimning öz iborasi bilan aytganda, “Töq mağiz çigitday ixçam xulosa” şuki, haqiqiy şeʼr şeʼrxonni suvdan olib ötga, ötdan olib suvga taşlaydi. Undagi dardning zalvori yiğlaganni yupatadi, ğamdan yiroq kaslarni yiğlatadi. Ommaning ruhini kötaradi. Çunki, çinakam şeʼr maʼnaviy kaşfiyotdir. Oqsoç dunyo bir kaşfiyot uçun minglab tajriba, sinovlarni ötkazgan olimlarni körgan. Yaxşi şeʼr ham şoirdan, heç bölmaganda, öşa kaşfiyotçining izlanişlarini talab qiladi.
Tabiiy pişiq şeʼr köngillarni yayratadi, qalblarni quvontiradi. Kitobxonni suvdan olib ötga, ötdan olib suvga taşlaydi. Şeʼrlardagi dardning zalvori yiğlaganlarni yupatadi, ğamdan yiroq basirlarni yiğlatadi. Ommaning baland ruhini osmonlarga kötaradi, belini yanada baquvvat qiladi. Urvoq ham ummon, gard ham gul, zar ham zargar vujudidagi yopiq, lekin yaşirin yulduzlarni oşkor aylaydi. Şeʼr – maʼnaviy kaşfiyot deganlari bejiz emas-da.
Toştemir TURDIYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
