Zarifboy Ibodullayev: “Ruhiyatida nogironlik bor şaxslar öta xavflidir”

Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot voyaga yetmaganlarga nisbatan tajovuzlar sodir etilayotgani haqida xabarlar tarqalyapti. Hatto, bu voqealarning ayrimlari bolalarning ölimi bilan tugamoqda. Kengroq miqyosda qaralganda, nafaqat bizda, balki butun dunyo böylab pedofiliya bilan boğliq jinoyatlar soni oşayotganini kuzatiş mumkin. Xöş, muammoning ildizi qayerda? Bu turdagi jinoyatlarni kamaytiriş, butunlay yöqotiş uçun qanday çoralar köriş kerak? Ayni masala yuzasidan neyropsixolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy IBODULLAYEV bilan suhbatlaşdik.

— Zarifboy aka, pedofillikning ildizini ayrim mutaxassislar ruhiy noqislik, yaʼni kasallikdan emas, balki ijtimoiy sabablardan izlaşadi. Sizningça bu hodisaning omillari qayerda? Sizningça, bu illat nega urçib ketyapti?

— Insonlar bir xil bölmagani kabi ularning ruhiyati ham turliçadir.   Kişilar ruhiy soğlomligi böyiça 3 toifaga ajratiladi: ruhiyati mustahkam şaxslar, ruhiyati beqaror insonlar va ruhiy nogironlar.

Ruhiyatida beqarorlik ustun kişilarning 50 foizi xavflidir. Bulardagi xavflilik ruhiyatidagi öta taʼsirçanlik, biror voqea-hodisaga tez berilib ketuvçanlik sababdir. Ular ijtimoiy tarmoqda mavjud axloqan buzuq tasvirlarga ham yoki işxonasidagi maʼnan buzuq kimsalarga ham oson ergaşib ketaveradi. Bundaylardan turli nomaʼqulçiliklarni ham kutiş mumkin. Ruhiyatida özgaruvçanlik sababli bundaylar soğlom mikromuhitda yaxşi tomonga özgarişi mumkin.

— Ikkinçi toifadagi insonlar şunçalik xavfli bölsa, siz boya sanab ötgan uçinçi toifaga mansublar haqida nima deyiş mumkin?

— Hamma balo mana şu uçinçi toifadan kelib çiqadi-da. Uçinçi toifa odamlar jamiyatning içida heç qanday taşqi belgilarsiz turli lavozimlarda, turli korxona va taşkilotlarda işlab yuraverişi mumkin. Ammo ruhiyatida nogironlik borligi bois aynan ularda pedofillikka moyillik kuçli böladi. Bundaylardan eriga jahl qilib uç nafar dilbandini 8 qavatdan pastga irğitib yuboradigan yoki xotiniga aççiq qilib, sokin uyquda yotgan 3 nafar begunoh farzandining umriga zomin böladigan yoki hali jinoyati böyniga qöyilmagan kişini heç qanday sudlarsiz mahkamada urib öldiradiganlar ham çiqişi mumkin. Ulardan har narsa kutiş mumkin!

— Fikr-mulohazalaringizdan şu narsa ayon bölayapdiki, pedofiliya nosoğlom muhit mahsulidir. Şundaymi?

— Yana bir tomoni: pedofiliyani faqat ruhan nosoğlom qişilarning xatti-harakatiga boğlab qöyiş notöğri. Körinişidan soğlom, gapi-sözi joyida bölgan odam ham bu jirkançlikni qilişi mumkin. Bolalikda boşidan keçirgan zulmlar, har xil ruhiy bosimlar ham bu illatga sabab bölgan holatlar bor. Öşa oğir ruhiy keçinmalar hayotdagi axloqsizlik, ijtimoiy tarmoqlardagi nomaqbul videomahsulotlar taʼsirida rivojlanib boradi.

Ha, pedofiliya nosoğlom jamiyat mahsulidir. Qoğozga öramay gapiraman: jamiyat maʼnaviy hayoti kundan-kunga öpirilib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda körsatilayotgan ayançli, noaxloqiy voqealar hayotimizda sodir bölayotganlarining taxminan 25 foizi, xolos. Jamoatçilik xabar topmayotganlari qança?! Bolalikda katta yoşlilar tomonidan zöravonlikka uçragan bölsa, bundaylarning aksariyati ulğaygaç pedofillikka moyil bölişadi. Bu holat ilmda ham, hayotda ham öz isbotini topgan.

— Pedofiliya qurboni bölganlarning ruhan soğlom bölib ketişiga umid bormi?

— Albatta bor. Biroq, psixoreabilitatsiya jarayoni uzoq davom etadi. Bunday ruhiy jarohat olganlarning tezroq tuzalişida oiladagi yaxşi muhit va soğlom jamiyat ham muhim rol öynaydi.

— Pedofillarning psixikasi töliq davolanib ketişiga umid bölmasa, ular jamiyatga xavf-xatar tuğdirişi turgan gap. Bu kabi jinsiy zöravonlikka turli davlatlarda jazo turliça. Masalan, Xitoyda ölim jazosi, Rossiyada jarrohlik yöli bilan kastratsiya qiliş va umrbod ozodlikdan mahrum etiş, AQŞda kimyoviy kastratsiya va uzoq muddatli qamoq jazosi, Yevropaning köplab davlatlarida kimyoviy kastratsiya va qamoq jazosi tayinlanadi…

— Men pedofillarning kastratsiya qilinişi va köp yillik qamoq jazosini maʼqullayman. Çunki bu jirkançlikni qilgan kimsa yana va yana bu qilmişini takrorlaşi mumkin. Yana qayta aytişni istardim: bu jinoyatga jazoni kuçaytiriş kerak!

— Jamiyatimizda bu illatning oldini oliş uçun nimalarni tavsiya qilasiz?

— Men har doim suhbatlarimda aytib kelaman: maktablarda tarbiya masalasiga ham jiddiy qaraş kerak! Nafaqat taʼlim, balki tarbiya ham yonma-yon olib borilişi lozim. Oilada boşqa gap, maktabda boşqa gap bölmasligi kerak. Tizimli tarbiyada köp muammolarning yeçimi bor. Bular – salom-alikdan boşlab iymon, eʼtiqod, kattaga hurmat, kiçikka izzat, halollik, or-nomus, vijdon, diyonat, madrlik, poklik, rostgöylik, ilm oliş va mehnatga muhabbat, diniy va dunyoviy ilmlarga hurmat va h.k.

Mana şu fazilatlar boğça va maktablarda, bolalikning ilk davrida şakllantirilsa, yuqorida tilga olingan beʼmani illatlar bölmaydi yoki keskin kamayadi. Men buni inson psixologiyasini 35 yildan buyon örganib kelayotgan neyropsixolog olim sifatida işonç bilan ayta olaman!

Yana bir taklifim borki, joylardagi maʼnaviyat-maʼrifat markazlarini “Aholiga tibbiy-psixologik yordam körsatiş markaz”lariga aylantiriş lozim. Bizga, jamiyatimizga tibbiyot psixologlari kerak. Aynan tibbiy psixologlar jamiyatni ham, odamlarni ham ruhan davolay olişi mumkin.

Umida XUDOYBERGANOVA

suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan