Qölyozmalar xazinasidagi dur
Ota-bobolarimizdan qolgan ulkan ilmiy merosni çuqur örganiş XXI asr boşidan keng kölamda davom etdi. Ana şunday ilmiy meros qoldirgan uluğlardan biri Bositxon ibn Zohidxon Şoşiy bölib, ular ham mohir tabib, ham şoir, ham mohir tarjimon, ham xattot, ham rassom Toşkent şahri “Sebzor” mahallasida köpçilikka taniş bölgan, tabiblikda nom çiqargan otasi Zohidxon hakim ibn Muhammad Sodiqxon oilasida 1878 yilda yoki bugundan 145 yil avval tavallud topadi va 81 yil umr körib, 1959 yilda Toşkentda vafot etadi…
Hajm jihatidan kiçik bölgan bu maqolamizda buyuk insonning ijodi haqida qisman töxtalişni lozim topdik. Ular ijodiga xayrli yöl oçgan katta asarlari bölmiş “Qonuni Bositiy yoki Qonun al-mabsut” (1-jild bölib, özbekça nomi “Kengaytirilgan qonun kitobi”) 1942 yili va “Farhang al-mabsut yoki istilohot ul-atibbo fi-intifoot il-ahibbo” (2-jild bölib, uning nomi “Döstlarning foydalanişlari uçun tuzilgan tibbiy istilohlar luğati”) kitoblari eski özbek adabiy tilida yozilgan bölib, ulardan birinçisi 1942 yili, ikkinçi kitob esa 1944 yili yozib tugatiladi. Bu kitoblar eski özbek tilida naşr qilinadi. Ilm ahllarining iltimosi bilan hozirgi özbek tiliga ögiriladi va undagi uslub qisman saqlanib qolganini hamda kitob söngida luğat ilova qilinganini taniqli tarixçi olim Mahmud Hasaniy aytib ötadi. Uçala kitobning hajmi 125 bosma taboqdan ortiqroq.
Bositxon tabib nomi bilan maşhur bölgan arab va fors tillarini mukammal bilgan bu alloma şaxsiy kitobxonasida mavjud bölgan arab va fors tilida yozilgan kitoblardan foydalangan holda törtinçi kitobini yoza boşlaydi. Özbekiston FAning buyurtmasi bilan 1950 yilda qölyozma tayyor böladi va unga “Favoid ul-adviya va mavoid ul-ağziya” nomi berilib, bunda muallif dorilarning foydalari va ovqatlar dasturxonining manfaatlari haqidagi fikrlarini bayon etadi. Kitob eski özbek adabiy tilida yozilgan bölib, öquvçilar tuşunişi uçun kitob oxirida luğat ham berilgan. Kitob 2004 yilda “Yangi asr avlodi” naşriyotida 2 ming nusxada çop etiladi.
Yuqorida aytilganidek, Bositxon ibn Zohidxon Şoşiy şoirlik ham qilib, Hariqiy imzosi bilan ğazallar ijod qilgan va “Devoni Hariqiy” kitobi naşr etilgan. Kitob “Fan va texnoIogiya” naşriyotida 2009 yilda çop etilgan.
Allomaning “Qonuni Bositiy” (“Davo tadbirlari”) kitobi esa özbek tilida yozilgan bölib, u “Turon Zamin Ziyo” naşriyotida 2011 yilda 1000 nusxada çop etildi.
“Amali handasa” (“Geometriya amallari”) kitobi esa 1916 yillar atrofida yozilgan bölib, u eski özbek tilidan hozirgi özbek tiliga aylantirilgan holda 2012 yili “O`qituvchi” naşriyotida kam adadda – 500 nusxada çop qilindi.
Bositxon ibn Zohidxon Şoşiyning “Misbohul anvar” (“Nurlar çiroği”), “Manbaul maorif” (“Bilimlar manbai”), “Muqaddimai ilmi faroiz” (“Faroiz faniga kiriş”) tarjima asarlari eski özbek tilidan hozirgi özbek tiliga ögirilib, 2016 yilda 1000 nusxada Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi naşriyotida çop etildi.
Xullasi kalom, bu alloma hayoti davomida özi aytganidek, 13 dona kitob yozgan, şulardan 8 tasi öz vaqtida çop etilgan. Beştasi esa keyin çop etilgan. “Asomiy ul-amroz va-la- adviya” (“Kasalliklar va dorilarning nomlari”) tabibning soğligi yomonlaşuvi va vafoti sababli tugallanmay qoladi. Lekin Bositxon ibn Zohidxon Şoşiy sermahsul ijodkor bölgan edi.
Özbek kitobxoniga bu ijodkorni taniştirgan qalam ahli haqida ham, albatta, köplar rahmatlar aytib, ularning nomlarini faxr bilan eslaş savobli işdir. Özbekiston olimlari M.Xayrullayev, A.Usmonxöjayev, S.Karimova, Mahkam Mahmud, R.Xudoyberganov, Z.Islomov, A.Habibullayev, M.Razzoqova, B.Abduhalimov, Şayx Abdulaziz Mansur, Najmiddin Komilov va allomaning nevaralari Tohirjon Şokirjonoviç buvalari bölmiş Bositxon ibn Zohidxon Şoşiy nomini xalqqa taniştirişda körsatgan fidoyiliklari tahsinga sazovor böldi.
Uluğ olim va ijodkorning kitoblari naşrida öta fidoyilik körsatgan yana ikki jasoratli kişini alohida aytib ötiş lozim. Birinçisi, tarixçi olim, tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy domlaga katta rahmatlar aytib, döstimiz, allomaning nevarasi — kitoblarning çop etilişida moliyaviy yordami uçun Tohir Şokirjonoviç Bositxonovga (qabri nurli bölsin) alohida boş egib duolar qilamiz.
Özbek xalqi içida hassos olimlarimiz, iqtidorli yoşlar bor ekan, yaqin kelajakda Özbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutining Qölyozmalar xazinasida saqlanayotgan 60 mingdan ortiq qölyozmalar jasoratli olimlarimiz tomonidan örganilişiga va ular kitob şaklida xalqimizga yetkazilişiga umidvormiz.
Tölqin MUHIDDIN,
yozuvçi.
