Yuragimga aylanadi Özbekiston!

AXTAMQULI

Muallif haqida:

Axtamquli (Axtamqul Karim) — 1964  yili Sariosiyo tumanidagi Şotiröd qiş­loğida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti qoşidagi Oliy Adabiyot  kursida  tahsil olgan.

“Bodomginam”, “Qoraçiqda asraganimsan”,  “Bahorimdan keçikkan gul”, “Qirq ğazal”, “Boşimda osmon aylanar”, “Qaroğimda gullaydi Vatan”, “Söz çamani”, “Ismingni yurakka yaşirdim” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.

U jahon adabiyotidan  Şayx Saʼdiy,  Loyiq Şerali, Muhammad bin Roşid  Ol Maktum  kabi şoirlarning asarlaridan namunalarni özbek tiliga ögirgan.

Hozirda “Tong yulduzi” gazetasida bölim muharriri bölib işlaydi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

* * *

Davru davroning ötar hayronliging kelgan kuni,

Ahli olam nazdida nodonliging kelgan kuni.

 

Közlaring osmonidan öçgay quyoşning şuʼlasi,

Ğamlaring töfonida giryonliging kelgan kuni.

 

Boyligingda yaşnagan koşonalar qolgay ğarib,

Xastadillar bazmida vayronliging kelgan kuni.

 

Sarğayib köngling aro dil ovlasa pinhona kuz,

Ixtiyoring qolmagay sarsonliging kelgan kuni.

 

Keçmasa kibru havo, tuproq muroding hosili,

Sarhisob dunyosida insonliging kelgan kuni.

 

Titragay dil köprigi işqdan özib ketgan mahal,

Xotirangda lafzi yöq, şaytonliging kelgan kuni.

 

Anglamay Axtamquli, sölsa agar qalbing guli,

Qolmagin ğaflat aro naysonliging kelgan kuni.

 

* * *

Maşrabi devonaga dildoş bölib ketmoqdaman,

Közlarimda qatra-qatra yoş bölib ketmoqdaman.

 

Etagimdan tutdi hijron, ayriliqning qotili,

Bağrixun işq ahliga yöldoş bölib ketmoqdaman.

 

Qismatimni toğu toşlar köksiga bitgan Xudo,

Qança Oriflar bilan izdoş bölib ketmoqdaman.

 

Ey hayot, bor bölsa çiqsin, mardu maydoning qani?!

Nokasu nodonni körsam, toş bölib ketmoqdaman.

 

Men ğazal xirmonida xirmonçi böldim oxiri,

Sözni qalqon aylamasdan, çoş bölib ketmoqdaman.

 

Yonmagay qöllaş bilan işqi ado bölgan ulus,

Moyçilarning nazdida farroş bölib ketmoqdaman.

 

Voh, mening qonim içib, tunlar tirilgan baytlarim,

Yoziğimda bor ekansiz, yoş bölib ketmoqdaman.

 

Qöyni qöy, Axtamquli, şeʼr jangida şer topmasang,

Iztirobning çöğida beboş bölib ketmoqdaman.

* * *

Dilimni toğu toşlarga ado qilgan bolangdirman,

Yiqilgan maysaga mehrimni jo qilgan bolangdirman.

 

Hayot köksimga ot qöygan, yoniq baytu bayot qöygan,

Mislsiz kulliyot qöygan, navo qilgan bolangdirman.

 

Topolmay lolazorimni, yöqotsam ixtiyorimni,

Olib qöysang-da borimni, duo qilgan bolangdirman.

 

Omon bölgin, Omontoğim, dilimda dardu qiynoğim,

Soğinçdan sel bölar çoğim nido qilgan bolangdirman.

 

Kuyib ketmoqda böstonim, rahm qilgin, Nigohbonim,

U xarsangzor aro jonim fido qilgan bolangdirman.

 

Otam toş öynatib ketdi, keyin boş öynatib ketdi,

Közim yoş öynatib ketdi, vafo qilgan bolangdirman.

 

Onamdek yiğlagay daryo, yuribman bunda beparvo,

Meni uyğotmading, dunyo, jafo qilgan bolangdirman.

 

Kezar Axtamquli rangsiz, dili öt içra ohangsiz,

Jahonni söz bilan jangsiz, daʼvo qilgan bolangdirman

 

* * *

Neçun odamni körganda talaysan, norizo odam?!

Bu olamga muhabbatsiz qaraysan, norizo odam.

 

Amalning doği bor senda, ilonning yoği bor senda,

Hasadning toği bor senda, malaysan, norizo odam!

 

Yuribsan ne yumuş birlan, adaşgan vaqti xuş birlan,

Yurakni qora tuş birlan silaysan, norizo odam?

 

Ulus dil yozdi hikmatga, umidvor böldi ibratga,

Nuqul sözingni ğiybatga ulaysan, norizo odam.

 

Yorişmas yulduzing tunsiz, bino bölmaydi ustunsiz,

Közimning yoğini unsiz yalaysan, norizo odam.

 

Körişgaymiz omonlikka, yöliqma notavonlikka,

Axir bir kun yomonlikka yaraysan, norizo odam.

 

Ötar ötkinçi karvonim, tutib yurma giribonim,

Mening buzğunçi mehmonim, qalaysan, norizo odam?!

Sariosiyo

 

Sariosiyo — yuragimning boğlaridir,

Yoşligimning yaşnagan hur çoğlaridir.

Dalalarning quçoğida qolib ketgan,

Bolalikning yuvilmagan doğlaridir.

 

Sariosiyo — quvonçimni quçgan makon,

Uni bilar hatto bugun röyi jahon.

Bahodirning Alpomişdek muştlaridan,

Huşdan ketdi dunyodagi köp pahlavon.

 

Sariosiyo, toğlaringga jonim fido,

Ohularing közlarimdan bölmas judo.

Çöqqilarning ardoğida yangrayapti,

“Kuydim” deya dilni örtar bir iltijo.

 

Sariosiyo — Sirojiddin Sayyid yurti,

Yuragining bayroğini kökka tutdi.

Tuproğining xoru xasin közga surtib,

Otasining sörisida mehmon kutdi.

 

Sariosiyo, Nosirxondek tabarruk zot,

Lalmi qirda bunyod etdi yangi hayot.

Suv örnida mehr bergan boğlaridan,

Kuzda kelib, hosil yiğdi haddan ziyod.

 

Sariosiyo, Sangardakda topdim qaror,

U tuproqni suygan aziz farzandi bor.

Şarşaraning kokillarin silagan qöl

Olqişlaydi öğlonlarin beixtiyor…

 

Sariosiyo, olimi köp, Olim Davlat,

Muhsindek zör polvonlarim tökar savlat.

Tuproğimda yana qança şerlarim bor,

Men ularning bir qismini yozdim faqat.

 

“Sariosiyo”, adolatli qozi ekan,

Yuragimning yangrayotgan sozi ekan.

Eldoşlarin umr böyi olqişlagan,

Abdurayim Rahmonovdan rozi ekan.

 

Sariosiyo, bobolarim jonu dili,

Soğinçlarim bahorining sönmas guli.

Burgutlarning parvoziga havas qilib,

Çöqqilarga dil boğlagan Axtamquli.

 

Sariosiyo, beşigimdir ona Surxon,

U beşikda tebranadi davru zamon.

Tinçligimning bayroğini qölga olsam,

Yuragimga aylanadi Özbekiston!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan