Quvon, xalqim

Rivoj O'TAR,

qoraqalpoq shoiri

Prezidentimiz Shavkat MIRZIYOYEV tashabbusi bilan shu yilning 29 fevral kuni Amudaryo uzra bunyod etilgan yangi ko'prikning ochilishiga bag'ishlov

Quvon, xalqim, Yurtboshimiz yoningda,

Quvon, xalqim, birlik azal qoningda,

Quvon, xalqim, barokat bor, fayz bor,

Osoyishta otgan har bir tongingda.

 

Quvon, xalqim, quyosh balqqan kun uchun,

Quvon, xalqim, yulduz taqqan tun uchun,

Quvon, xalqim, husningga husn qo'shgan

Aqling, naqling ham baxting butun uchun.

 

Quvon, xalqim, yaqin bo'ldi yo'llaring,

Quvonaver, uzun bo'ldi qo'llaring,

Yangi ko'prik – yangi hayot nishoni,

Do'stlar ila obod o'ngu so'llaring.

 

Quvon, xalqim, suzgay daryo, dengizing,

Yorug' bo'lar endi kecha-kunduzing,

Quvon, xalqim, Yangi O'zbekistonda

Abadiyan mustahkamdir negizing.

Salim AShUR tarjimasi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 × two =