Mamlakatimizda muhandislik salohiyatining istiqbollari

Muhandislar eng ilğor texnologiyalar yaratuvçilari bölib, ular innovatsiya, ijodkorlik va özgariş orqali bizning xavfsizligimiz, soğliğimiz, farovonligimizni taʼminlaydi. Muhandislar — yangi texnologiyalarni yaratiş, tasavvur qiliş va amalga oşiriş bilan şuğullanadigan mutaxassislar. Muhandislik jamiyat oldida turgan muammolarga javob topiş va özgarişlarni amalga oşirişni taqozo etadi.

Marsga uçuvçi kosmik kemani yaratgan ham yoki uzoq mintaqaga toza suv tizimini qurganlar ham ular. Bugungi kunda soha bir neça yönalişlarga bölingan: mexanik-muhandis, gid­rotexnik-muhandis, kon muhandisi, harbiy-muhandis, lo­yihalovçi-muhandis, fizik-muhandis, texnolog-muhandis, quruvçi-muhandis, irrigator-muhandis va hokazo.

Zamonaviy yönalişlardan biri — bu atrof-muhit muhandisligidir. Atrof-muhit muhandisligi — bu atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaxşilaş uçun ilmiy muhandislik tamoyillarini qöllaşga qaratilgan taʼlim sohasi. Uşbu soha kadrlari energiya tejamkor dizayn, qayta tiklanadigan energiya tizimlari va yaşil infratuzilmani öz içiga olgan barqaror muhandislik ilmini puxta egallagan bölişi kerak.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) maʼlumotlariga köra, 2030 yilga borib, jahon energetika balansining 30 foizdan ortiği qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobiga taʼminlanadi. Bu maqsadni amalga oşiriş uçun sanoatga kiritilgan sarmoyalar kamida 400 milliard AQŞ dollarini taşkil etişi kerak.

Yaşil energetika atmosferaga çiqadigan zararli çiqindilarni kamaytiriş uçun qayta tiklanadigan manbalardan energiya işlab çiqariş hajmini bosqiçma-bosqiç oşiriş zarur. Şuningdek, uglevodorod yoqilğisini qayta işlaş natijasida atmosferaga çiqadigan issiqxona gazlari 1,1 milliard tonnaga kamaytirilişini taʼminlaş zarur. Bu juda muhim, çunki u atmosfera harorati kötarilişining oldini olişga yordam beradi va Yerdagi iqlim özgarişiga ijobiy taʼsir qiladi. Bundan taşqari, uglerod yoqilğisi isteʼmolini kamaytirişga yordam beradi, ularning zaxiralari hozirgi işlab çiqariş surʼatlarida faqat 50-60 yil davom etadi va energiya inqirozining oldini oladi. Bugungi kunda Xitoy jahon energetika sohasida muqobil resurs­larga sarmoya kiritiş hajmi böyiça yetakçi. Uşbu sanoat Hindiston, Braziliya va Meksikada faol rivojlanmoqda.

Özbekiston Respublikasida qayta tiklanadigan energiya resurslari zaxiralari juda katta. Bu, ayniqsa, quyoş energiyasiga tegişli. U qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy texnik salohiyatining kamida 98 foizini qoplaşi mumkin. Özbekiston Respublikasi ajoyib iqlim va geografik zonada joylaşgan. Bu yerda quyoş energiyasidan sanoat miqyosida foydalaniş mumkin. Özbekistonda jami quyoş energiyasi körsatkiçlari uglevodorod yoqilğilarining yillik işlab çiqariş hajmidan uç baravar köproqdir. Mintaqaviy şamol energiyasi salohiyati nisbatan kiçik va geografik jihatdan çeklangan. Eng töğri yondaşuv har xil turdagi qayta tiklanadigan energiya manbalarini, quyoş va şamolni birlaştirişdir. Faqat şamoldan foydalaniş iqtisodiy jihatdan juda xavfli. Respublikamizda issiqlik energiyasining umumiy zaxirasi juda katta. Bu quyoşning energiya salohiyatidan bir neça baravar yuqori. Texnik salohiyati uçun oddiy va tejamkor texnologiyalar kerak. Şuningdek, iqtisodiy jihatdan foydali qayta tiklanadigan energiya manbalariga maişiy çiqindilarni qayta işlaş kiradi. Bir tonna qattiq çiqindidan taxminan 250 kubometr biologik gaz (metan) oliş mumkin. Bu gazdan elektr energiyasi va issiqlik manbai sifatida foydalaniş mumkin.

Makroiqtisodiy boşqaruvning oqilona yölga qöyilişi, qulay savdo şartlari va moliya tizimining çeklangan global integratsiyasi mamlakat iqtisodiyotining jahon moliyaviy inqiroziga bardoşini taʼminladi. 2004 yildan boşlab esa YAIM ösişi yiliga örtaça 8 foizni taşkil etdi. Uşbu barqaror makroiqtisodiy körsatkiçlar milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan, energetika sohasini nafaqat qöllab-quvvatlaş, balki rivojlantirişga ham sarmoya kiritiş imkonini berdi. 2030 yilga kelib, qayta tiklanadigan energiya manbalari böyiça 55 foizga köproq kapital xarajatlarni talab qiladi, ammo tizimni saqlaş xarajatlari 50 foizga kam böladi.

Jumladan, “Özbekenergo” DAK tomonidan amalga oşirilgan Özbekiston Respublikasida qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça germaniyalik olimlar tomonidan olib borilgan qöşma loyiha doirasida Özbekistonning şamol energetikasi salohiyati 520 GVt dan ortiq ekanligi va 17 000 kvadrat kilometr maydonda örnatilişi mumkinligi aniqlangan. Uşbu hududlarda yiliga 1,07 mlrd kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati mavjud. Bundan taşqari, respublikamizdagi olimlar boşçiligidagi ilmiy izlanişlarda Özbekistonda şamol energiyasidan foydalaniş böyiça istiqbolli hududlar aniqlangan. Uşbu hududlarga Qoraqalpoğiston Respublikasi janubidan — Navoiy viloyati va Buxoro viloyatining Ğijduvon va Peşku tumanlarigaça bölgan maydonlar kiradi. Buxoro va Navoiy viloyatida elektr energiyasi isteʼmolçilari tanlangan hududlarga yaqin joylaşganini inobatga olsak, aynan uşbu viloyatlarda şamol energetikasidan foydalaniş istiqboli oşadi.

Buxoro viloyatida yaşil energetikani rivojlantiriş uçun Peşku va Ğijduvon tumanlarida har birining qiymati 650 million AQŞ dollariga teng bölgan şamol elektr stansiyalarini loyihalaştiriş va quriş işlari boşlangan. Mazkur loyihalar Prezidentimizning 2021 yil 23 fevraldagi “Buxoro viloyatining Peşku tumanida quvvati 300 — 500 MVt bölgan şamol elektr stansiyasini quriş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda “Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida quvvati 500 MVt bölgan şamol elektr stansiyasini quriş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlariga muvofiq Saudiya Arabistoni Qirolligining “International Company for water and power projects” kompaniyasi kömagida Özbekistonda taşkil etilgan “ACWA Power Bash Wind” MÇJ sarmoyasi asosida amalga oşirilmoqda. Lo­yihani amalga oşiriş uçun Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida şamol elektr stansiyasi va havo elektr uzatiş tarmoqlarining tayanç qurilmalarini quriş uçun yer uçastkalari ajratiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş va yuqori ösiş surʼatlarini taʼminlaş uçun barça sohalarda “yaşil iqtisodiyot” texnologiyalarini faol joriy etiş — 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning Taraqqiyot strategiyasi vazifalari doirasidagi maqsadlardan biri. Uşbu maqsadga erişiş bir vaqtning özida “yaşil iqtisodiyot” uçun kadrlar tayyorlaş zaruratini ham köndalang qöyadi. Oliy öquv yurtlarida “yaşil iqtisodiyot”ga ötiş uçun eng zarur mutaxassislik­lar böyiça kadrlar tayyorlaş, jumladan, biotexnologlar, muqobil (quyoş va şamol) energetika, şuningdek, suv va yer resurslaridan samarali foydalaniş böyiça muhandislar, iqlim xavfini baholaş, bioiqtisodiyot böyiça malakali kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş muhim hisoblanadi. Şu bilan birga, energiya tejamkor inşootlar va texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellektni loyihalaş, foydalaniş va işlab çiqariş böyiça kadrlarni zamon va jahon talabi darajasida tayyorlaş bugunning ustuvor maqsadidir.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham yaşil energetikani rivojlantiriş maqsadida quyoş panellari örnatiş böyiça Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan, 2023 yilda quvvati 315 kVt bölgan quyoş panellarini örnatiş rejalaştirilgan edi. Hozirgi kunda 320 kVt quvvatga ega quyoş panellari institut tom qismining 2020 kvadrat metr maydoniga örnatilgan bölib, 60 foizga yaqin elektr energiyasini tejaş imkoniyatini bermoqda. Şuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarmoqlariga ulanib, belgilangan tartibda şartnoma tuzilgan hamda örnatilgan quyoş panellari Bojxona qömitasining “Yaşil energiya” platformasiga kiritilgan.

Bundan taşqari, institutda yaşil energetikani rivojlantiriş maqsadida bir qator ilmiy işlar olib borilmoqda. Jumladan, energetik samaradorlikni nazorat qiliş va boşqarişning axborot-dasturiy taʼminoti va qurilmalari, Buxoro viloyatining iqlimiy şaroitlariga moslaştirilgan samarador şamol energetik qurilmasini yaratiş, muqobil energiya manbalaridan foydalanib, kiçik quvvatli isteʼmolçilarning elektr taʼminoti işonçliligini oşiriş, past bosimli suv oqimlariga moslaştirilgan samarador mikro-gidroelektr stansiyasini işlab çiqiş, boşqariluvçi elektr yuritmalar asosida sinxron motorlarning energiya tejamkor iş rejimlari tadqiqoti, donni qayta işlaş korxonalarining energiya samaradorligini oşiriş mavzularida ilmiy işlar va işlanmalar yaratilgan.

Şu bilan birga, “Elektr taʼminoti tizimiga ruxsatsiz ulanişlarni, uzilişlar va izolyatsiya körsatkiçlarini raqamli monitoring qiliş qurilmasi”, “Smart Wind-Solar Hybrid Power System”, “Past bosimli suv oqimlariga moslaştirilgan samarador vertikal öqli mikro-gidroelektr stansiyasini yaratiş”, “Suv sathi özgaruvçan suğoriş kanallari uçun ikki rotorli mikro-gidroelektr stansiyasini yaratiş”, “Smart solar panel cleaning machine” — energiya ölçaş vositalari va boşqariş tizimlarini işlab çiqiş böyiça ilmiy izlanişlar olib borilyapti. Korxona va taşkilotlarda energetik tekşiruvlarni ötkaziş, mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya miqdorini meʼyorlaş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini loyihalaş, örnatiş va xizmat körsatiş, yaşil energetika sohasi böyiça mutaxassislar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş borasida ilmiy-amaliy loyihalar işlab çiqilmoqda.

Sadoqat SIDDIQOVA,

Buxoro muhandislik-texnologiya

instituti rektori.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan