Maqsad — malakali mutaxassislar tayyorlaş
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ötgan yilgi taʼlim natijalariga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari milliy reytingida kuçli beşlikdan örin egalladi. Ayni kunda mazkur reytingdan izçil yuqorilaş maqsad qilingan. Buning uçun tibbiyot sohasidagi taʼlimning barça jabhasida samarali faoliyat yuritiş taqozo qilinmoqda.
Birgina institutimizning ötgan yil davomida xalqaro hamkorlik borasida amalga oşirgan işlariga nazar solsak, qator yangilaniş va xorijiy hamkasblar bilan uzviy aloqalar yölga qöyilganini köriş mumkin. Zero, bugun institut taʼlim sifatini yanada yaxşilaş, mamlakatda röyobga çiqarilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirok etayotgan zamonaviy kampusga ega yetakçi tibbiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Taʼkidlaş joizki, institutning xalqaro hamkorligi taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasida özaro aloqalarni rivojlantiriş, talabalarni xorijiy universitetlarga öqişga yuboriş va xorijlik professor-öqituvçilar bilan birgalikda tadqiqotlar olib borişga asoslangan. Şu nuqtai nazardan, 2023 yilda xorijiy hamkorlar bilan özaro ilmiy-amaliy faoliyatga doir tajriba almaşiş böyiça AQŞ, Rossiya, Xitoy, Belarus, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Malayziya va boşqa qator davlatlar örtasidagi aloqalarni eʼtirof etiş mumkin. Ayni kunda dunyoning 40 dan ortiq oliy taʼlim dargohlari, universitet, klinika va taşkilotlari bilan özaro memorandum va şartnomalar imzolangan. Ötgan yil davomida tibbiyot institutiga 170 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi professor-öqituvçilari, tibbiyot klinikalari, ilmiy markazlar yuqori malakali mutaxassislari dars jarayonlariga jalb etilgan bölib, pirovardida bu taʼlim sifatini oşirişga, malakali mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qiladi.
Bugunga kelib institutning 191 nafar professor-öqituvçisi va 90 nafar talabasi — ayni paytda magistratura va klinik ordinatura rezidentlari, doktorantlar xorijiy oliy taʼlim dargohlarida, tibbiyot klinikalari va ilmiy markazlarida akademik mobillik dasturi doirasida maʼruza darslarini ötiş, turli loyihalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, olimpiadalarda iştirok etiş maqsadida xizmat safarida bölib, xorijiy hamkasblardan tibbiy davo muolajalariga doir tajriba örganib qaytdi.
Jumladan, Italiyaning “Luigi Vanvitelli” universiteti, Hindistonning “GD Goenka” universiteti, Turkiyaning Soğliq bilimlari universiteti, Polşaning “Wyższa Szkoła Biznesu — National Louis” universiteti, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining N.I. Pirogov nomidagi milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, Doğiston davlat tibbiyot universiteti, Petrozavodsk davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti, Kursk davlat tibbiyot universiteti, Qozon federal universiteti, Orenburg davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Qozoğistonning Janubiy Qozoğiston tibbiyot akademiyasi, Boltiq federal universiteti kabi nufuzli taʼlim maskanlari bilan qöşma taʼlim dasturlari asosida hamkorlik faoliyatini olib bormoqda. Bu tizimda jami qöşma taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan talabalar soni ayni kunda 897 nafarga yetgan bölib, şundan 181 nafari xorijiy hamkor oliy taʼlim öçoqlarida öqişni davom ettirmoqda.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bugunga kelib bitiruvçilar bilan birga 16 ta xorijiy davlatdan jami 1 ming 500 nafardan ortiq talaba davolaş işi, stomatologiya va boşqa taʼlim yönalişlarida tahsil oliş imkoniyatiga ega.
Xalqaro hamkorlik aloqalari ayni kunda ham ravnaq topmoqda. Jumladan, joriy yil boşidan Janubiy Koreyaning “Daegu Haany” universiteti bilan hamkorlikda “King Sejong”, yaʼni “Qirol Sejong” institutining Koreys tili markazini Buxoro davlat tibbiyot institutida oçiş hamda xalq tabobatiga asoslangan farmatsevtik klasterni taşkil etiş böyiça amaliy saʼy-harakat boşlangan. Şuningdek, institutimizning “Jöyzar tibbiyot markazi”da hududiy reabilitatsiya markazini taşkil etişga qaror qilindi. Institutning yangi taşkil etilgan hududida esa tibbiy yadro markazini taşkil etiş böyiça amaliy iş allaqaçon start olgan.
Xalqaro hamkorlik loyihalari natijasi ölaroq, tibbiyot institutining akademik mobillik doirasida qabul qilinadigan va yuboriladigan professor-öqituvçilari va talabalari soni 2023 yilga nisbatan 25 foizga oşirilişi közda tutilmoqda. Bu borada olib borilayotgan çora-tadbirlar samarasida oliy taʼlim dargohida tahsil olayotgan xorijiy talabalar geografiyasi va qamrovini ötgan 2023 yilga nisbatan 50 foizga, sonini esa 20 foizga oşiriş maqsad qilingan.
Eng muhimi, olib borilgan tizimli işlar natijasida quyidagi yutuqlarga erişildi.
“Yangi Özbekiston — yangi dunyoqaraş” şiori ostida “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovida hamda “Munozara” intellektual turniri viloyat bosqiçida talabalarimiz 1-örinni egalladi.
Ayni paytda institutimizda 500 nafar ijtimoiy himoya va taʼminotga ehtiyojmand talabalar bor. Şundan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari 9 nafarni taşkil qiladi, barça yoşlar bilan işlaş, ularga moddiy va maʼnaviy kömaklaşiş böyiça institut tomonidan tizimli çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Institut kasaba uyuşmasi, qolaversa, bu yönalişdagi yoşlarga masʼul viloyat hokimligi, viloyatdagi 5 ta sektor, yoşlar işlari agentligi viloyat boşqarmasi hamda mahalla va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda har bir yoş bilan individual işlar olib borilmoqda. Jumladan, ötgan öquv yilida institut kasaba uyuşmasi tomonidan ehtiyojmand talabalarimizga umumiy hisobda jami 243 million sömlik moddiy yordam berildi. Bundan taşqari, talabalarni har tomonlama moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida ularga ijara şartnomasi asosida davlat byudjeti tomonidan yil davomida 1 milliard 336 million sömlik ijara tölovlari tölab berildi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan joylardagi muammoli yoşlar: işsiz, nogironligi bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlardan 38 nafari şaxsan kaminaga – rektorga biriktirilgan bölib, tuzilgan işçi guruh tomonidan ularning masala va muammolari muntazam örganib boriladi. Tegişli masʼul taşkilotlar bilan hamkorlikda bu muammolarning öz vaqtida yeçimini topişga kömaklaşiladi.
Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilğor tajribasi asosida yoşlarga sifatli taʼlim beriş, kasb-hunarga öqitiş va böş vaqtini töğri taşkil qiliş böyiça alohida çora-tadbir işlab çiqildi va bu borada raqamlaştirilgan yangi tartib, yaʼni baholaşning KPI tizimi yölga qöyildi.
Mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini örganiş, yoşlar orasida keng tarğib etiş, şuningdek, ularda milliy ğurur va iftixor tuyğusini mustahkamlaş maqsadida yurtimizdagi tarixiy obidalar, buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan boğliq muqaddas ziyoratgohlarga sayohat uyuştiriş maqsadida guruh murabbiylari tomonidan ekskursiya – sayohat tadbirlari ham taşkil etilib boriladi.
Jumladan, talaba-yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş yönalişida muzey, teatr va kinolarga boriş va “Özbekiston böylab sayohat qil” şiori ostida joriy yil davomida Çaşmai Ayyub maqbarasi, Uluğbek madrasasi, Ark, Çor-Minor, Labi Hovuz majmualari, Sitorai Mohi Xosa saroyi va Bahouddin Naqşband ziyoratgohi, Nodir devonbegi madrasasi, Minorai Kalon, şuningdek, Köhna va boqiy Buxoro yodgorligi, “Ark” viloyat ölkaşunoslik muzeyi, Fayzulla Xöjayev uy-muzeyiga 3000 ga yaqin talabaning sayohati uyuştirildi.
Bundan taşqari, institutimizda Davlatimiz rahbari ilgari surgan beş muhim taşabbusni keng joriy etiş maqsadida 18 ta tögarak taşkil etilgan. Birinçi taşabbus — yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişini oşiriş, isteʼdodini yuzaga çiqariş maqsadida Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti va talabalar turar-joyi musiqa anjomlari bilan jihozlanib, “Talaba-yoşlar musiqa va sanʼat tögaragi” taşkil etildi. Şuningdek, 8 ta “Talabalar teatr studiyasi”, 5 ta “Quvnoqlar va zukkolar” klubi hamda 3 ta “Havaskorlik ansambli” guruhi faoliyati yölga qöyildi.
“Talabalar teatr studiyasi” klublari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida 30 ta, mahallalarda 15 ta, maktablarda 30 ta va boşqa muassasalarda 10 ta — jami 85 ta spektakl namoyiş etildi. “Quvnoqlar va zukkolar” klublari tomonidan 48 marotaba musobaqa va çiqişlar taşkil etilib, şundan, 80 tasi guruhlar, 20 tasi fakultetlar, 10 tasi oliy taʼlim muassasalari örtasida ötkazilgan. Şuningdek, 14 ta maktabda va 7 ta mahallada hamda 6 ta turli tadbirlar doirasida çiqişlar amalga oşirildi. Şu bilan birga, oliy taʼlim muassasasida ötkazilgan turli mavzudagi tadbirlarda “Havaskorlik ansambli” guruhi tomonidan çiqişlar uyuştirildi.
Institutda “Tafakkur sinovlari”, “Avitsenna” teatr studiyasi, “Kitobxonlar”, “Orasta qizlar”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yoş havaskorlar” ijodiy tögaraklari taşkil etilgan, ularga jalb etilgan talabalar özlarining iqtidor va isteʼdodlarini institut hamda viloyat tadbirlarida namoyiş etib kelmoqda.
Taʼlim maskanimizning maʼnaviyat va maʼrifat xonasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim taşabbusning birinçi yönalişi yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşiriş, isteʼdodini yuzaga çiqariş maqsadida “Tibbiyot yulduzlari” nomli ansambl taşkil etilgan.
Bugungi kunda ansambl öz faoliyatini olib borişi uçun barça musiqa asboblari bilan taʼminlangan. Ansamblda har bir fakultetdan 10 nafardan isteʼdodli, qiziquvçi talabalar özlarining qiziqişi doirasida jalb etilgan bölib, institutda ötkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda doimo iştirok etadi.
Bir söz bilan aytganda, olib borilayotgan barça saʼy-harakatlardan asosiy maqsad — mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda xalqning, ayniqsa, yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, yuksak maʼnaviyatli mustaqil va erkin fikrlaydigan soğlom, bilimli avlodni voyaga yetkazişga qaratilgan ezgu vazifani izçil amalga oşirişdan iborat. Eng muhimi esa institutni tamomlab, qöliga diplom olgan yoşlar – salohiyatli kadrlar bölib yetişsin. Çunki tibbiyot sohasi odamlarning dardi, kasalligi bilan kuraşadigan, kerak bölsa, Alloh bergan dardni xalos etişda, umriga umr ato etişda bir vositaçi bölişlari kerak böladi.
Töğri, inson umri – Allohdan. Lekin xastalikka uçragan bemorga şifo baxş etiş uçun kuraşmoq, soğlom turmuş tarzini tarğibot qiliş yölida işda, şaxsiy hayotda ham namuna böliş talab etiladi. Buning uçun esa institutimiz professor-öqituvçilari, butun jamoasi bilan bir yoqadan boş çiqarib mehnat qiliş, yoşlarga munosib bilim, tajriba beriş masʼuliyati zimmamizdadir.
Şuhrat TEŞAYEV,
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro
davlat tibbiyot instituti rektori.
