Muammo, yeçim va istiqboldagi vazifalar
Jamiyatning yangi taraqqiyot bosqiçida oliy taʼlimga eʼtibor kuçaydi. Çunki oliy taʼlim — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari faoliyatining raqobatbardoşligini taʼminlovçi kadrlar, mutaxassislarni tayyorlaş va boşqaruv korpusining samarali faoliyati bilan boğliqdir. Mamlakatimiz taraqqiyotining raqamlaşuvi, global muammolar yeçimi bilan raqobatga kirişuvi — rivojlangan davlatlarning yetakçi universitetlarida tayyorlanayotgan, jahon andozalariga molik bakalavr va magistrlar bilan bellaşa oladigan kadrlarni tayyorlaş vazifasini ilgari surmoqda. Şuning uçun ham, oliy taʼlimdagi islohotlar — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimi takomillaşuvi, yaqin kelajakdagi taraqqiyot strategiyasi ehtiyojlariga mos ravişda olib borilişi lozim.
Avvalo, şuni taʼkidlaş lozimki, şu paytgaça oliy taʼlim haddan taşqari nazariyalaşgan va kafedralar faoliyatida amaliy yondaşuv yetişmasdi, natijada universitetda nazariy tayyorgarlikdan ötgan, ammo nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaşda qiyinçiliklarga uçrayotgan kadrlar tayyorlandi. Şuning uçun ham universitetni bitirgan bakalavr yoki magistr biror joyga işga kirgandan söng, yangi xodim sifatida egallagan vazifasiga mos kelmaslik holatlari yuz berdi va bunday vaziyat yoş mutaxassislarni iş bilan taʼminlaşda muayyan qiyinçiliklarga olib keldi. Bunday holat universitetlarni tamomlagan yoşlarning mutaxassislikka oid bilimlarini amaliyot bilan tizimli boğlaş zaruriyatini vujudga keltirdi. Heç kimga sir emaski, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda tor mutaxassislar yetişmasligi yuzaga keldi. Hozir ham bitiruvçining kasbiy könikmalari va real iqtisodiy sektorda mutaxassisning kasbiy tayyorgarligiga hamda iş beruvçilar tomonidan yoş kadrlar könikmalariga qöyilayotgan talablari örtasida tafovut mavjud.
Alalxusus, universitet taʼlimida talabaning fanlarni özlaştirişi, pirovard natijada uning bilim saviyasiga qöyilayotgan talabni kuçaytiriş — mutaxassislikka oid bilimlarni amaliyot bilan tizimli boğlaş orqali olib borilişiga eʼtibor qaratiş lozim. Raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaşga möljallangan bunday talabning kuçaytirilişiga oliy öquv yurtida taʼlim sifatini oşiriş orqali erişiş mumkin. Bunday sifatli taʼlim jarayoni universitetga taʼlim oliş uçun emas, balki faqat diplom oliş uçun kelgan yoşlarni ham çetlab ötmaydi. Çunki Toşkent amaliy fanlar universitetida talabalar bilan işlaşning elektron tizimi mavjud. Universitetda har bir talabaning muayyan fandan özlaştirişi, bilim saviyasi, yaʼni joriy, oraliq va yakuniy özlaştirişini monitoring qilib boriş tizimi raqamlaştirilgan. Talabaning ilm oliş faoliyatini universitet jamoatçiligi, kafedralar professor-öqituvçilari, dekanat xodimlari, tyutorlar va nihoyat, ota-onalar ham kuzatib boriş imkoniyatiga egadir. Universitetda talabaning mutaxassis sifatida şakllaniş jarayonini taʼminlovçi mexanizm yaratilgan. Toşkent amaliy fanlar universitetida, avvalambor, maʼruza maşğulotlariga nisbatan amaliy maşğulotlar miqdori köpligiga (40/60) eʼtibor qaratilgan, qolaversa, har bir talaba real ijtimoiy-iqtisodiy sektor, muassasa, taşkilotga biriktirilgan. Öqişning ikkinçi bosqiçidan boşlab haftaning bir (ikki) kuni talaba özi biriktirilgan taşkilotida faoliyat yuritib, kelajakda egallaydigan ixtisosligi bilan bevosita tanişadi, mehnat jamoasi oldida turgan kundalik vazifalarni yeçişda iştirok etadi. Universitetni tamomlagan bakalavr yoki magistr bajarişi lozim bölgan, uning vazifasiga kiradigan talablarni örgana boşlaydi. Universitet kafedralarining amaliyot bilan hamkorligini mustahkamlaş maqsadida, professor-öqituvçilarimiz bilan bir qatorda real ijtimoiy-iqtisodiy sektorda faoliyat yuritayotgan, köp yillik tajribaga ega mutaxassislar ham öquv maşğulotlarni olib boradi. Öquv jarayoni va amaliyot örtasidagi bunday hamkorlik bölajak mutaxassislarni raqamli iqtisodiyot talablariga mos kadr sifatida tayyorlaşda yordam beradi.
Qolaversa, mehnat bozori va oliy taʼlim muassasalari tomonidan tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyoj va talab — “işlab çiqariş va isteʼmol” örtasida nomutanosiblik bor. Bitiruvçilar öqişni tugatgandan söng iş topiş muammosiga duç kelişadi. Muassasa va taşkilotlardagi takomillaşuv jarayoni, baʼzi hollarda raqobatning kuçayişi, taşkilotlardagi muayyan sektorlarning qisqarişi jarayoni mutaxassislik böyiça iş topişni qiyinlaştiradi. Bunday holatda köplab oliy maʼlumotli yoşlar öz mutaxassisligiga mos bölmagan işga joylaşişga yoki qayta tayyorlaşdan ötişga majbur bölişadi.
Oliy taʼlim sohasini sezilarli darajada moliyalaştirmaslik, taʼlim sohasidagi xarajatlarni doimiy ravişda optimallaştiriş taʼlimning asosiy mohiyatining yanada pasayişiga olib keladi. Buning sababi zarur moliyaviy resurslarning yetişmasligi — oliy taʼlim tizimida işlayotgan yuqori malakali mutaxassislar yetişmasligiga olib keladi. Yuqori malakali professor-öqituvçilarning ijodiy salohiyatini qadrlaş nafaqat oliy taʼlim dasturlarining mazmunini oşiriş, kadrlar tayyorlaşda raqobat muhitini şakllantiriş, balki butun jamiyat rivojlanişi uçun ham ahamiyatlidir. Şuning uçun ham universitet kafedralarida har bir professor-öqituvçiga iqtidoriga qarab öquv yuklama beriş maqsadga muvofiq. Tahlillar şuni tasdiqlaydiki, kimdir ilmiy işni eplaydi, yana biri metodist, boşqa öqituvçi maʼnaviy tadbirlar ustasi. Şuningdek, universitetlarning moddiy-texnik jihozlanişiga, auditoriyalarning kompyuter texnikasining sönggi avlodi bilan taʼminlanişiga alohida eʼtibor qaratiş lozim, çunki har bir fandan ötkazilayotgan dars mazmuni talabalar şuuriga yetib borişi, tez rivojlanayotgan zamon talablariga javob berişi kerak.
Moliyalaştiriş faqat davlat tomonidan yoki faqat talabalar şartnomalari hisobidan bölmasligi lozim. Universitetda talabalar va professor-öqituvçilarni startap-loyihalar, olib borilayotgan ilmiy işlar yakuni böyiça xöjalik şartnomalarini bajarişga yönaltiriş va ular sifati ustida işlaş kerak.
Startaplar bitiruv malakaviy işi, malaka oşiriş dissertatsiyalari körinişlarida ham bölişi mumkin. Bu işlar korxonalar buyurtmasi bilan amalga oşirilişi kerak, oliy taʼlimdagi ilmiy işlarga korxonalarni qiziqtira bilişimiz alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uçun maqsadli treninglarni taşkil etiş yeçim kalitlaridan biridir. Talabaning ilmiy loyihasi yoki bitiruv malakaviy işi universitet bitiruvçilarini keyinçalik işga joylaştirişga ham xizmat qilişi mumkin. Universitetda öquv jarayonini takomillaştiriş, undagi eskirgan uskunalarni almaştiriş va yangilarini joriy etiş zarur. Jumladan, taʼlimga yangi pedagogik texnologiyalarni muntazam joriy qiliş lozim. Bu masala, albatta, malakali professor-öqituvçilar faoliyatiga boğliqdir va ular mehnati orqali taʼlim sifatini oşiriş eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. Binobarin, oliy taʼlimdagi öquv jarayonida bölajak mutaxassislarga möljallangan könikma va malakalar ustuvor bölişi kerak. Talabaning öz fikrlarini mustaqil ifodalaşi, maʼlumotlarni tahlil va sintez qiliş, sabab va oqibatlarni kuzatiş va mustaqil ravişda qaror qabul qiliş qobiliyatini şakllantiriş zarur. Şuningdek, taʼlim sifatini oşiriş bevosita taʼlim jarayonini sifatli taşkil etişga ham boğliqdir. Taʼlim sifatini oşiriş böyiça quyidagi omillarga eʼtibor berilişi, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşning muayyan yeçimiga olib kelişi mumkin.
Şuning uçun ham Toşkent amaliy fanlar universitetida oliy taʼlim tizimidagi muhim yangilik, Yevropa Kredit Transfer kredit-modul tizimida professor-öqituvçilar va talabalarning öquv yuklamasi hajmiga alohida eʼtibor berildi. Buning asosiy sababi ötkazilayotgan öquv darslari, maʼruzalar va seminarlarning sifat körsatkiçlarini oşirişga qaratilganligidir. Öquv jarayoni şunday taşkil etilişi lozimki, unda professor-öqituvçi dars sifatini oşirib borişdan manfaatdordir, yaʼni talabalarning dars natijalaridan qoniqiş hosil qilinişi taʼminlanişi joiz. Uşbu jarayon pirovard natijada talabalarning fanlardan özlaştirişini yaxşilaşga olib keladi, yaʼni bunday ijobiy natija talabalar mustaqil işining yuqori darajada bajarilişi natijasida erişiladi.
Yevropa Kredit Transfer tizimining yana bir xususiyati şundaki, talaba har bir öquv yili uçun töplab borişi kerak bölgan kreditlar miqdori oldindan aniq belgilab qöyilgan. Uşbu jarayon natijasida talaba har bir kreditni qölga kiritiş uçun belgilangan öqiş yuklamasi va mustaqil işni bajaradi. Universitet talabalarining har semestrdagi öquv yuklamasi esa örtaça 750-900 soatni taşkil etadi. Yuqoridagilarga asoslanib xulosa qiliş lozimki, talabaning öquv yilidagi va joriy semestrdagi öquv yuklamasi şu hajmda böladi. Şunday ekan, talabalarning bir öquv yili yoki bir semestr davomidagi öquv yuklamasi Yevropa Kredit Transfer tizimiga muvofiq faoliyat yuritadigan barça universitetlarda deyarli bir xil böladi. Bunday umumiylik öquv dasturlari uçun juda zarur bölgan barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Hozirda aksariyat mahalliy universitetlarda talabalar bir semestr davomida odatda 8-10 tagaça fanni öqişiga töğri kelmoqda. Taʼkidlaş lozimki, öquv semestri davomida talaba tomonidan 8-10 fanni 4 oy içida har tomonlama örganiş murakkabliklarni keltirib çiqaradi. Özbekistondagi oliy taʼlim standartlari töğrisidagi qoidalarda ham universitetlarda haftasiga 36 soatgaça auditoriya maşğulotlari belgilangan. Bunday şaklda taşkil qilingan öquv jarayoni 5 kunlik hajmidagi öquv haftasida har kuni 7 akademik soatdan öquv yuklamasini bajariş zarurligini anglatadi. Bunday şaroitda baʼzi talabalar öquv rejasida belgilangan, dars jadvalida belgilab qöyilgan fanlarni çuqur örganiş örniga, darslarga ajratilgan vaqtini darsdan darsga, auditoriyadan boşqa auditoriyaga borişga, keçikib qolmaslikka samarasiz sarflaydi. Dars davomida, uşbu fanning zarurligi, uning mutaxassis sifatida şakllanişidagi örnini çuqur anglay olmaydi. Şu munosabat bilan qayd etiş lozimki, hafta davomidagi asosiy vaqtni öquv auditoriyasida ötkazgan talaba darsdan taşqaridagi vaqtini mustaqil taʼlimga, bajarilişi lozim bölgan mustaqil işga ajratişi qiyin böladi.
Toşkent amaliy fanlar universiteti kengaşining 2022 yil 13 oktyabrdagi 1-sonli qarori bilan universitet öquv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy qilingan. Öquv işiga sarflanayotgan har 30 soatga bir kredit berilişi belgilangan. Şuningdek, qarorda akademik baholaş tartibi va mezonlari tasdiqlangan. Kunduzgi taʼlim uçun har semestrda uç xil nazorat turi kiritilgan, jumladan, joriy nazorat uçun 40 ball, oraliq va yakuniy nazoratning har biri uçun 30 ball beriladi. Universitet kengaşi qarorida qayd etilganki, fanlardan qarzdor talabalarga ikki martagaça bepul qayta topşirişga imkoniyat beriladi. Keyingi qarzdorlik tölov asosida qayta topşiriladi. Taʼkidlaş lozimki, joriy, oraliq va yakuniy nazorat oliş uçun savollar, topşiriqlar va test savollari öqiş boşlangan vaqtida talabalarga eʼlon qilinişi maqsadga muvofiq. Masalan, talaba fanning birinçi darsida yanvar oyida ötkaziladigan yakuniy nazoratning topşiriqlari, savollarini olişi şart. Şuningdek, uşbu fandan barça öquv materiallari, maʼruza matni, seminar savollari, testlar platformaga joylaştiriladi. Joriy, oraliq, yakuniy nazoratni qabul qiliş jarayonidagi topşiriqlar maʼruza, seminar, laboratoriya va mustaqil taʼlim uçun berilgan topşiriqlardan tuziladi. Öquv rejada soatlar 40/60 nisbatda berilgan. Öqituvçi fan böyiça 40 foiz materialni maʼruzada, seminarda va laboratoriyada beradi. Qolgan 60 foiz öquv materiali uçun talabalarga individual bajarişga möljallangan topşiriqlar fan öqituvçilari tomonidan berilişi lozim.
Talaba universitetning birinçi kursidayoq soha böyiça umumiy bilimga ega bölgandan keyin, ayrim yönaliş va fanlar böyiça çuqurroq bilim şakllanadi va kelajakda şu yönalişda işlaşga iştiyoq paydo böladi. Uşbu jarayonda akademik guruh tyutorining öz vazifasiga jiddiy yondaşuvi, talabalar orasida ötkaziladigan tarbiyaviy işni muntazam suratda bölajak mutaxassislik bilan boğlab ötkazişi katta rol öynaydi. Birinçi kursga kirganda universitet ostonasidan boşlab talabaning faoliyati uçun tyutorning suhbati, mustaqil işlaşga undovçi fikrlari muayyan jihatdan yangilik böladi. Tyutor talabaga u tanlagan ixtisoslikning mazmuni, mohiyati, iqtisodiy tizimlardagi örni haqida maʼlumot beradi. Bu maʼlumotlar birinçi kurs talabasi uçun kasbiy fanlarni özlaştirişning ahamiyati bölajak mutaxassis şakllanişidagi asosiy omil ekanligini anglaşga yordam beradi. Talabaning universitetdagi dastlabki kunlardanoq bölajak ixtisoslikning xususiyatlarini tuşunib olişiga ixtisoslik va mutaxassislik kafedrasi haqida kafedra vakili tomonidan maʼlumot berilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şuning uçun ham mutaxassislik kafedra mudirlari öqituvçilar orasida öquv yuklamasini taqsimlaş jarayonida birinçi kurs talabalari bilan işlaş vazifasini tajribali professor-öqituvçilarga topşirişi maqsadga muvofiq. Albatta, birinçi kurs talabalarini universitet bilan taniştiriş jarayonida universitet axborot-resurs markazining bölajak mutaxassis şakllanişidagi örniga eʼtibor beriladi. Şuningdek, talabaga fanlarni örganiş jarayonida zarur bölgan mustaqil iş rejasini bajariş va uşbu jarayonda axborot-resurs imkoniyatlarining örni tuşuntiriladi.
Tyutor va mutaxassislik kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan talabalarga kitoblardan, darslik va öquv qöllanmalaridan samarali foydalaniş metodikasi haqida axborot beriladi. Tyutor tomonidan axborot olişda muhim rol öynaydigan darsliklar, öquv qöllanmalar, maxsus adabiyotlar va monografiyalar haqida kengaytirilgan axborot beriş maqsadga muvofiq. Şu munosabat bilan qayd etiş lozimki, taraqqiyotning yangi bosqiçida yoşlarda kitobxonlik madaniyatini şakllantirişga muhim örin berilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda yoşlar orasida kitobxonlik madaniyatini oşirişga qaratilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilindi.
Taraqqiyotning yangi bosqiçi davrida barkamol, mustaqil fikrlaydigan, özining hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy eʼtiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib örin egallaş, jamiyatni isloh qiliş, yangilaş jarayonlarida hal qiluvçi kuç va tayanç bölişga qodir yoşlarni şakllantiriş, ularning axloqiy, maʼnaviy, ekologik, siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltiriş ham muhim ahamiyatga egadir.
Talaba-yoşlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda tarixiy xotira, milliy ğurur va özlikni anglaş, röy berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini şakllantiriş universitet taʼlimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bölsak, şuni taʼkidlaş kerakki, sezilarli yutuq bölişiga qaramay, zamonaviy oliy taʼlim tizimi hali ham yaxşilanişi uçun innovatsion fikrlar, ğoyalar singdirilgan, takomillaşgan islohotlarga muhtoj. Oliy taʼlim sifati va malakali mutaxassislar tayyorlaş hozirça talab darajasidan ança past. Buni yuqori darajaga olib çiqiş uçun universitetda qulay taʼlim muhiti yaratiş işlarini takomillaştirib boriş zarur. Eng muhimi, raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaş uçun öz sohasini yaxşi biladigan professor-öqituvçilar, menejerlarni kadrlar tayyorlaş jarayoniga jalb qiliş zarur. Taʼlim mahoratli professor-öqituvçilar vositasida, ilm esa iqtidorli olimlar orqali rivojlantiriladi.
Abdusalom UMAROV,
Toşkent amaliy fanlar
universiteti rektori,
texnika fanlari doktori,
professor.
