Innovatsiyalarning asosiy drayveri
Yangi Özbekistonimizda taʼlim-tarbiya borasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida söz ketganda, avvalo, şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, pedagoglarimiz, ustozlarimizga alohida eʼtibor qaratilayotganining ifodasi sifatida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi Qonuni barça yurtdoşlarimizni çeksiz quvontirdi. Çunki har birimiz pedagogdan taʼlim-tarbiya olganmiz, ularning maşaqqatli mehnati, hayoti bilan yaqindan tanişmiz. Şu paytgaça pedagoglarimiz — öqituvçilarimizning mehnat faoliyati uçun meʼyoriy hujjatlar — dasturlar, rejalar mavjud bölgan, lekin maxsus Qonun işlab çiqilmagan edi. Mazkur Qonunda pedagogning kasbiy faoliyati amalga oşirilişini taʼminlaş, ularni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, attestatsiyadan ötişi va malaka toifasi olişi, uning mehnatiga haq tölanişi, rağbatlantirilişi, ijtimoiy himoyasi, huquqlari töla-tökis belgilab berilgan. Adolat mezonlari asosida qabul qilingan Qonunda pedagog etika qoidalariga amal qilişi va uning zimmasidagi majburiyatlar ham batafsil körsatib qöyilgan. Sababi bugun — globallaşuv davrida, dunyoda mehr-oqibat tanqis bölib borayotgan, özaro nizolar kölami kengayayotgan paytda pedagogning zimmasida juda masʼuliyatli vazifa — kelajagimiz vorislarini maʼnaviy yetuk, vatanparvar, komil insonlar qilib tarbiyalaş vazifasi turibdi. Bu vazifa esa pedagogika institutlari uçun bir neça barobar masʼuliyatliroqdir.
Çunki pedagogika institutida nafaqat yoşlar, balki ertaga maktablarga boradigan, yoş qalblarga mehr ulaşiş vazifasini zimmasiga oladigan bölğusi pedagoglar tarbiyalanadi. Şuning uçun ham Andijon davlat pedagogika institutida yoşlarning maʼnaviy kamolotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2023 yil davomida talabalarni 5 muhim taşabbus doirasidagi sport musobaqalari, intellektual tanlov va öyinlar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uçraşuvlarga jalb etiş böyiça oliy taʼlim maskanimiz miqyosida 900 dan ortiq tadbirlar ötkazildi. Talabalar örtasida madaniy işlar, konsert, kitobxonlik, kino, teatr, muzey va şu kabi tadbirlarni taşkil etiş böyiça öquv yili davomida 250 dan ortiq tanlovlar taşkil qilinib, uşbu tanlovlarda ğolib bölgan 567 nafar talabaga institut tomonidan fahriy yorliq, taşakkurnoma, esdalik sovğalari va pul mukofotlari berildi.
Talabalar örtasida suhbat, uçraşuv, ğoyaviy tarğibot, viktorina, treninglar doimiy ravişda taşkil etiladi. Bu uçraşuvlarda 5000 dan ortiq talabalarimiz iştirok etişadi. Talabalar örtasida ötkazilgan uçraşuvlarda institutning “Odob-axloq kodeksi” va “Içki tartib-qoidalari”, korrupsion holatlardan ogoh böliş, ekstremizm, aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat”, giyohvandlik hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş mavzulari keng yoritilib borilmoqda.
Yoşlarimiz qaynoq qalbga ega, ijodga oşno. Ularning teatr, sanʼat va musiqaga qiziqişlarini oşiriş, ijodkor yoşlarni qöllab-quvvalaş maqsadida “Maqom ansambli”, “Vokal va estrada ansambli”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Qöğirçoq teatri”, “Maqom karaoke studiyasi” taşkil etildi. Bundan taşqari, “Dutorçi qizlar” maqom ansambli, “Özbegim ansambli”, “Adabiyotşunoslik klubi”, “Tafakkur” quvnoqlar va zukkolar jamoasi faoliyat olib bormoqdaki, ularda talabalarimiz özlari qiziqqan adabiyot, sanʼat turlari sehridan bahramand bölişmoqda.
Şuni faxr bilan aytişimiz mumkinki, institutimizning sportsevar yoşlari xalqaro va respublika miqyosida ötkazilayotgan sport musobaqalarida juda muvaffaqiyatli iştirok etmoqda. Intitutimizning 5 nafar talabasi turli sport turlari böyiça jahon çempionatlarida faol iştirok etib, faxrli örinlarni qölga kiritdi.
Xususan, Tojikistonning Xöjand şahri mezbonligida 2003-2005 yillarda tuğilganlar örtasida ötkazilgan belboğli kuraş böyiça jahon çempionatida institut talabasi Ilyosbek Yoqubjonov faxrli 1-örinni egalladi.
Qozoğiston Respublikasi Turkiston şahrida ötkazilgan “2-Turkiy Universiada”sida sportning erkin kuraş turi böyiça talabamiz Husanboy Usmonov faxrli 2-örinni egalladi. Bangladeşda qizlar örtasida voleybol sport turi böyiça ötkazilgan Markaziy Osiyo çempionati musobaqasida Özbekiston terma jamoasi safida institutimizning Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Xumoroy Hasanova, Gulyora Abdurahmonova, Zaynabxon Olimovalar iştirok etişdi va faxrli 3-örinni qölga kiritdilar.
Institutimiz talabalari respublikamizda ötkazilgan “Beş taşabbus olimpiadasi”da faol iştirok etişdi va sportning “Street vork out” va şaxmat turlari böyiça 2 ta oltin medalni qölga kiritdilar.
Talabalarimizning bu yutuqlarida, albatta, professor-öqituvçilarimizning alohida örni, xizmati bor. Bugungi kunda institutda faoliyat körsatayotgan 15 ta kafedraning asosiy ştatida 255 nafar professor-öqituvçi faoliyat körsatadi. Ulardan 11 nafari fan doktori (DSc) va 53 nafari falsafa doktori (PhD) va dotsent ilmiy unvoniga ega. 2023 yilda institut professor-öqituvçilari tomonidan 20 ta dotsentlik va 2 ta professorlik ilmiy unvonlari hamda 13 ta (PhD) va 1 ta fan doktori (DSc) ilmiy işlar himoyasi bölib ötdi.
Institutda fakultet va kafedralar qoşidagi ilmiy tadqiqot markazlari faoliyatini yanada takomillaştiriş maqsadida “Pedagogik-ilmiy tadqiqotlar”, “Psixologik xizmat”, “Lingvistik tahrir xizmat markazi”, “Forsayt markazi”, “Ijtimoiy soha ilmiy-tadqiqot markazi” kabi ilmiy tadqiqot markazlari faoliyat yuritmoqda.
Globallaşgan dunyoda har qanday oliy taʼlim muassasasining öquv va ilmiy salohiyatini, raqobatbardoşligini oşirişda samarali xalqaro hamkorlik aloqalari yanada dolzarb hisoblanadi. Bundan taşqari, oliy taʼlimda xalqaro hamkorlik innovatsiyalarning asosiy drayveri deb etirof etiş mumkin. Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida institut professor-öqituvçilari Rossiya, Finlyandiya, Xitoy, Qirğiziston davlatlaridagi 10 dan ortiq xorijiy OTMlar bilan memorandum va hamkorlik şartnomalari imzolagan va samarali hamkorlik aloqalarini örnatdi. Xalqaro hamkorlik, asosan, institut professor-öqituvçilarini xorijiy OTMlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuboriş, xorijiy professor-öqituvçilarni öquv maşğulotlariga jalb qiliş, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar ötkaziş va ilmiy maqolalar çop etiş yönalişlarida yölga qöyilgan. Ayni şartnomalar doirasida institutda bir qator xalqaro ilmiy konferensiyalar ötkazildi. Uşbu konferensiyalarda Özbekiston oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan bir qatorda Rossiya, Finlyandiya, Qirğiziston davlatlari OTMlarining yetakçi olimlari, professor-öqituvçilari, soha mutaxassislari iştirok etdi.
Prezident qaroriga muvofiq 2023 yilning dekabr oyida institutning professor-öqituvçilaridan iborat ön kişilik delegatsiya Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor B.A.Sirojiddinov boşçiligida Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universitetida malaka oşirib qaytdilar. Institut delegatsiyasi dastlab Andijonda uç haftalik onlayn taʼlim va Qozon şahrida — Qozon federal universitetining psixologiya va taʼlim institutida bir haftalik kunduzgi dars formatida “Zamonaviy muammolar şaroitida tadqiqot va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantiriş” mavzusidagi maşğulotlarda iştirok etişdi.
Alohida eʼtirof etiş kerakki, Qozon universiteti 1804 yilda taşkil etilgan, 2010-yildan Qozon federal universiteti (KFU) deb nomlanadi. Universitet Rossiyadagi eng qadimgi oliy öquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Universitetda turli davrlarda 9 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari işlagan. Universitet Rossiyaning eng yirik şaharlaridan biri — Qozonda joylaşgan bölib, Yevropa va Osiyo, xristianlik va islom örtasidagi köprik hisoblanadi.
Pedagog mehnatining samarasi öquvçilarining yutuqlarida körinadi. Institutimiz talabalarining yutuqlari faxrlanişga arziydi. Jumladan, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi talabasi Muazzamoy Abduraimova 2022 yilda Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bölgan bölsa, 2023 yilda u Özbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor böldi. 7 nafar talabamiz Prezident stipendiyasi va boşqa nomdor stipendiyalarni olişga loyiq topildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yönalişi 3-bosqiç talabasi Oltinoy Adhamova, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga biologiya yönalişi 3-bosqiç talabasi Madinaxon Abduxalilova, Navoiy nomli davlat stipendiyasiga musiqa taʼlim yönalişi 3-bosqiç talabasi Dilhavas Rustamjonova va özbek tili va adabiyoti yönalişi 3-bosqiç talabasi Mubinabonu Örinboyeva, şuningdek, respublikamizda yangi joriy etilgan Bobur nomli davlat stipendiyasiga geografiya va iqtisodiy bilim asoslari taʼlim yönalişi 3-bosqiç talabasi Şahrizoda Xoliqberdiyeva, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga jismoniy madaniyat taʼlim yönalişi 3-bosqiç talabasi Ziynatulloh Mamatqodirov sazovor böldi.
Bugun yoşlar yanada kuçli iştiyoq, ulkan yutuqlar orzusida taʼlim olişmoqda. Çunki pedagogik kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasasi vakili sifatida yana şuni aytib ötişim mumkinki, “Pedagogning maqomi töğrisida”gi Qonun qabul qilinişi nafaqat maktablardagi öqituvçilarni, balki bölğusi öqituvçilarni — pedagogika yönalişidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarini ham juda quvontirdi. Qonunning 6-moddasida belgilangan pedagog öz kasbiy faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, öqitiş va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlaş va ulardan foydalaniş, mualliflik dastur va öqitiş uslubiyatlarini işlab çiqiş va joriy etiş, ijodiy faollik körsatiş, öquv, ilmiy va uslubiy yönalişlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalaniş, innovatsiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş, ijodiy taʼtil oliş, taʼlim oluvçilarning bilimini mustaqil baholaş kabi pedagogning huquqlari öqituvçilik kasbiga mehr qöygan yoşlarni yanada iştiyoq bilan, taşabbuskorlik, intiluvçanlik, taʼlim-tarbiya jarayoniga yangiliklarni joriy etiş bilan iş boşlaşlariga, maktablarga dadil qadamlar bilan kirib kelişlariga asos böladi. Endi ularni har qanday majburiy mehnatdan himoya qiluvçi Qonun bor!
Biz işonamizki, şaxsan Prezidentimizning taʼlim sohasiga qaratayotgan alohida eʼtibori, qöllab-quvvatlaşlari bilan, ilmga çanqoq, izlanuvçan, isteʼdodli talabalarimiz bilan Andijon davlat pedagogika institutining maʼnaviy-maʼrifiy, öquv, ilmiy yönalişlaridagi yutuqlari bundan-da samarali, yutuqlarga boy böladi.
Baxtiyor RASULOV,
Andijon davlat pedagogika instituti rektori,
tarix fanlari doktori, professor.
