Noparmon qanday rang?
yoki Oltinsoy tumani şevasiga oid dialektal sözlar
Özbek tili boşqa turkiy tillardan köp şevaliligi bilan farqlanadi. Ötgan tarixiy davr içida özbek şevalari töxtovsiz taraqqiy etdi. Professor V.V.Reşetov özbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidiriş lozimligini uqtiradi. Tariximizga oid adabiyotlar qadimda turkiy uruğ va qabilalar miqdori ança köp bölganligi töğrisida xabar beradi. Ular içida özbek tili va uning şevalari şakllanişida qarluq, çigil, uyğur, qipçoq, öğuz uruğlari, qanğli, qatağon uruğ va qabilalari birlaşmalarining tarixiy taraqqiyoti katta rol öynagan (S.Aşirboyev. Özbek dialektologiyasi. 2011, 13-bet).
Maʼlumki, Surxondaryo viloyati hududida yaşovçi aholi qipçoq lahjasi vakillariga kiradi. Oltinsoy — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981 yil 23 noyabrda Şörçi va Denov tumani qismlaridan tarkib topgan. Viloyatning Denov, Boysun, Şörçi, Qumqörğon tumanlari bilan çegaradoş. Maydoni 0,56 ming km². Aholisi 150,6 ming kişi. Tumanda 9 qişloq fuqarolar yiğini (Vaxşivor, Duğoba, Mirşodi, Oltinsoy, Oqarbuloq, Oqoltin, Xöjasoat, Çep, Qarluq) bor. Tuman markazi — Qarluq qişloği. Aholisi, asosan, özbeklar; tojik, rus, tatar va boşqa millat vakillari ham yaşaydi.
S.Rahimov, X.Doniyorov kabi olimlar qipçoq lahjasi, ayniqsa, Surxondaryo şevalari ustida samarali işlar olib borişgan.
Biz örganayotgan Oltinsoy tumani Surxondaryo özbek şevalari tarkibiga kiradigan alohida bir şevadir. Mazkur şevadagi dialektal sözlar eşitilişi va maʼnolari bilan kişining eʼtiborini öziga tortadi. Masalan:
(Belqärs) Belqars — belboğ. “Töyda hammaga belqars boğlandi”.
(Toppä) Töppa — şilpildoq. “Ayam bugun töppa qilibdi”.
(Xïjälätï) Xiyalati — xayolparast. “Hamma narsa esingdan çiqib ketyapti, xiyalatimasmisan?”
(Čerdäk) Çerdak — tom. “Çerdakka çiqib, narsalaringni olib tuş”.
(Āxmāj) Oxmoy — paxta yoği. “Oşni bugun oxmoyda qil, maylimi, qizim?”
(Keskänāš) Keskanoş — xamir kesilib suvga solib qaynatilib, qatiq yoki suzma solib pişiriladi, qaylasi ham böladi. Boşqa şevalarda ugra oş maʼnosida işlatiladi. Bizda iftorlikda keskanoş [kϵskänāš] doimiy pişiriladigan birinçi ovqat hisoblanadi.
(Dästïq) Dastiq — yostiq. “Buvim boşi dastiqqa tegar-tegmas qotib uxlab qoladi-da”. “Köz öngida 20 yildan beri bir dastiqqa boş qöygan eri Sohibjon yerda ğujanak bölib yotardi”.
(Āptāvä) optova — suv solinadigan idiş, oftoba. “Komil optovani olib tahorat olgani çiqib ketdi”.
(Häzärïspänd) Hazarispand — (hazor — ming, ispand — dardga davo) sözidan kelib çiqqan bölib, adabiy tildagi şakli — ispand, isiriq. Dorivor ösimlik, quritib tutatiladi. Şamollaş, burun bitişi va har xil mikroblarni öldiriş uçun foydalaniladi. “Onam bir hafta oldin bozordan ikki boğ hazarispand olib keldi”.
(Kïstä) Kista — çöntak. “Kistamga pul solgandim, hozir qarasam, yöq ekan”.
(Čukrï) Çukri — toğda ösadigan, şör taʼmli ösimlik. Bahorda ayni yetilgan, pişgan vaqti böladi. “Dadam erta bahordan toğdan çukri olib keldi”.
(Šäbïrï) Şabiri — ovozi, tovuşi. “Şabiringni çiqarmay, jim ötir”.
(Dāvušï) Dovuşi — ovozi, tovuşi, sasi. “Narigi xonadan singlingning dovuşi kelyapti, borib qara-çi”.
(Teräska) Teraska — dahliz. “Yangam teraskani yiğiştirib, gilamlarini qoqib qöygan ekan”.
(Šïpïrtki) Şipirtki — supurgi. “Şipirtkini çetga olib qöy, heç kim qoqilib ketmasin”.
(Koläbi) Kölabi — beşbarmoq. Ovqat turi. Xamirdan tayyorlanadi. Yana bir nomi — töppa. “Qizim, bugun keçki ovqatga kölabi qilgin, dadang yaxşi köradi”.
(Čečä) Çeça — yanga. Katta akaning xotiniga nisbatan qöllaniladi. Tönğiç öğildan boşqa aka-ukalarning xotinlariga yanga sözi bilan murojaat qilinadi. “Çeçamlarnikiga boramiz deb bir tovoq somsa qildik”.
(Hejlä) Heyla — ana (körsatiş olmoşi). “Şuni körmadingmi, heyla, turibdi-ku, yaxşilab qara”.
(Äläγdä bölmāq) Alağda bölmoq — xavotir olmoq. “Matlubaning tört közi eşikda, rosa alağda edi, turmuş örtoği Sobirjon keç qolayotgandi. Şu payt qaynonasi kelib: “Bolam, alağda bölmang, hozir kelib qoladi”, deb köngliga oz bölsa-da taskin berdi”.
(Šāxä) Şoxa — xaskaş. Xas-xaşak, somonlarni traktorga ortişda yoki tuşirişda işlatiladi. “Somonlarni şoxa bilan ortib beraver”.
(Sätïl) Satil — 1. Çelak. 2. Boşqa şeva vakillari tomonidan non taxlab, solib qöyiladigan idiş maʼnosida qöllaniladi. “Dilrabo, hovliga satillab suv quy, havoyam rosa isib ketdi, odamning nafasi siqyapti”.
(Nāpärmän) Noparman — binafşa rang. “Menga sening noparman rangli köylaging rosa yoqadi, şuni kiysang yaxşi bölardi”.
(Qārāvut) Qorovut — töq, töqroq. Barça ranglarning töq şaklini ifodalaş uçun ranglarning nomi oldidan işlatiladi. Masalan: qorovut kök. qorovut yaşil şu kabi. “Jamila har doim qorovut yaşil kiyim kiyib yuradi, şu rang unga juda yaraşadiyam”.
(Yenä) Yena — ona. “Xolam yenam bilan tört yoşga farq qilsa ham, lekin yenamdan katta körinadi, balki, köp dardi bölganidan yuzlari kirtayib, ajin tuşgandir”.
(Zārdālï) Zardoli — 1. Örik. 2. Boşqa şevalarda ğöra maʼnosida ham qöllaniladi. 3. Dovça [dāvčä] şakli ham uçraydi. “Esiz, bu yil ham zardolilarni sovuq urib ketdi. Ikki yildan beri zardoli endi gullaganda qor yoğib, sovuq urib ketadi”.
(Qārālï) Qoroli — 1. Olxöri. 2. Girdoli sözi ham uşbu sözga sinonim sifatida işlatiladi. “Ey bolalar, kelinglar, mana bu qorolilarni terib taşlanglar, murabbo qilamiz!”
(Gïrdï) Girdi — çekkasi. Yon tomoni yoki yonida kabi maʼnolarda ham qöllaniladi. “Girdi-kapalak” sözi ham yonida maʼnosidan kelib çiqqan. “Ovqatni ham, nonni ham avval girdidan yeb boşlaydi, qizim”.
(Pïdïnä) Pidina — yalpiz. “Keça köp pidina terib kelgandim, muzlatkiçga soliş esimdan çiqibdi, sölib qolibdi”.
(Pïstāqï) Pistoqi — yaşil rang. “Opamning pistoqi bir römoli bor edi, menga juda yoqardi”.
(Čälāp) Çalop — ayron. Qatiqni suvga suyuq qilib köp tuz aralaştirib içiladigan suyuqlik. “Dadam har yili yozda çalop tayyorlab, muzlatkiçga solib qöyişimizni aytadi”.
Bu dialektal sözlarni, yaʼni bir qişloq şevasi leksikasidagi izoleksemalarni leksik-semantik jihatdan quyidagi maʼnoviy guruhlarga böliş mumkin:
- Narsalarni ifodalovçi dialektal sözlar: (belqärs) belqars — belboğ, (dästïq) dastiq — yostiq, (āptāvä) optova — suv solinadigan idiş, oftoba, (häzärïspänd) hazarispand — (hazor — ming, ispand — dardga davo) sözidan kelib çiqqan bölib, adabiy tildagi şakli — ispand, isiriq, (kïstä) kista — çöntak, (teräska) teraska — dahliz, (šïpïrtki) şipirtki — supurgi, (šāxä) şoxa — xaskaş, (sätïl) satil — çelak, (āxmāj) oxmoy — paxta yoği.
- Qarindoş-uruğ nomlarini ifodalovçi dialektal sözlar: (čečä) çeça — yanga. Katta akaning xotiniga nisbatan qöllaniladi, (yenä) yena — ona.
- Ovqat nomlarini ifodalovçi dialektal sözlar: (toppä) töppa — şilpildoq, (keskänāš) keskanoş — xamir kesilib suvga solib qaynatilib, qatiq yoki suzma solib pişiriladi, qaylasi ham böladi, (koläbi) kölabi — beşbarmoq, (čälāp) çalop — ayron.
- Ranglarni ifodalovçi dialektal sözlar: (nāpärmän) noparman — binafşa rang, (qārāvut) qorovut — töq, töqroq, (pïstāqï) pistoqi — yaşil rang.
- Harakatni bildiruvçi dialektal sözlar: (äläγdä bölmāq) alağda bölmoq — xavotir olmoq.
- Poliz ekinlarini ifodalovçi dialektal sözlar: (pïdïnä) pidina — yalpiz, (čukrï) çukri — rovoç.
- Mevalarni ifodalovçi dialektal sözlar: (zārdālï) zardoli — 1. Örik. 2. Boşqa şevalarda ğöra maʼnosida ham qöllaniladi. 3. Dovça (dāvčä) şakli ham uçraydi, (qārālï) qoroli — 1. Olxöri. 2. Girdoli sözi ham uşbu sözga sinonim sifatida işlatiladi.
- Joy nomlarini ifodalovçi dialektal sözlar: (teräska) teraska — dahliz, (gïrdï) girdi — çekkasi. Yon tomoni yoki yonida kabi maʼnolarda ham qöllaniladi, (čerdäk) çerdak — tom.
Maʼlumki, özbek adabiy tili şevalar hisobiga ham boyib boradi. Oltinsoy şevasiga oid yuqoridagi sözlar ham ona tilimiz luğatini yanada boyitişga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Guliraʼno NAZAROVA,
ÖzJDTU xalqaro jurnalistika
fakulteti 1-bosqiç talabasi.
