Vohaning nufuzli mayoği

(“Chag‘oniyon” gazetasi va Denov bosmaxonasi tarixidan)

Tarixni obʼyektiv tarzda örganiş, xolisona tahlil va talqin etişda öşa davr ommaviy axborot vositalari materiallari muhim manba hisoblanadi. Çunki ular öz davrining voqeligini bevosita yoritgan va uşbu jarayonlarda iştirok etgan yoki körgan va eşitgan mualliflar tomonidan bayon qilingan. Bu jihat esa ommaviy axborot vositalari tarixini va uning manbaviy ahamiyatini örganiş naqadar dolzarb ekanligini anglatadi.

Ötmişga nazar taşlaydigan bölsak, Surxondaryo viloyatida gazetaçilik öziga xos tarixiy yölni bosib ötgan. XX asrning 30-yillarida sovet hokimiyati Surxondaryo okrugida ham öz mafkurasini tarğib qiliş maqsadida mahalliy matbuotni yölga qöyişga alohida eʼtibor qaratadi. Tabiiyki, bu jarayon voha ijtimoiy hayotida tarixiy ahamiyatga ega muhim voqelik edi.

1932 yilning mart oyidan Jarqörğon tumanida “Çegara zarbdori”, aprel oyidan Pattakesar (1933 yil 8 yanvardan buyon Termiz) tumanida “Qizil çegara”, Denov tumanida “Qizil Denov”, Sariosiyo tumanida “Sariosiyo haqiqati”, may oyidan Boysun tumanida “Qizil mehnatçi”, Şerobod tumanida “Kolxoz ovozi” singari dastlabki gazetalar çop etila boşlandi.

Denovda 1932 yil 2 apreldan lotin alifbosida kiçik bir varaq hajmda naşr etila boşlangan “Qizil Denov” gazetasi muharrirligini avgust oyigaça tuman partiya qömitasining masʼul xodimlari bajarişgan. 1932 yil 12 avgustdan Halimjon Boqiyev gazeta muharriri etib tayinlanadi.

“Bir varaq, yaʼni ikki sahifalik gazetada faqat ikki kişi işlardik. Şaroit yöq, hatto oddiy yozuv maşinkasi bölmaganligidan materiallarni qölyozma tariqasida bosmaxonaga topşirardik. Gazeta çiqariş qiyin edi, yaqin va uzoq qişloqlarga borib, maqola tayyorlab kelardik”, deb hikoya qilgandi gazetada masʼul kotib, muharrir bölib işlagan Mamarajab Haydarov (Alloh rahmatiga olgan bölsin).

Denovda gazeta taşkil etilişi barobarida bosmaxona ham işga tuşgan. Tomiga qamiş töşalib, loysuvoq qilingan paxsali ikki xonadan iborat binoning bir xonasida gazeta tahririyati, ikkinçisida esa bosmaxona joylaşgan bölgan. “Bosmaxonada gazeta sahifalaridagi barça harflar bittalab qölda terilgan. Tayyor bölgan sahifalar böyi 6, eni 3 metr bölgan bosiş uskunasining katta ğildiragini qölda tört marotaba aylantiriş orqali çop etilgan. Qoğoz kesiş ham qölda bajarilib, buning uçun çarxga öxşagan qölbola moslamadan foydalanilgan. Elektr yöqligidan barça işlar çiroqlar yoruğida bajarilgan”, — deb yozgandi 1965-2012 yillarda “Çağoniyon” gazetasida turli vazifalarda işlagan isteʼdodli jurnalist Abduqahhor Hodiyev (Alloh rahmatiga olgan bölsin) 2002 yilda naşr etilgan “Saodatli karvon” nomli töplamda.

“Qizil Denov” gazetasi muharriri Halimjon Boqiyev 1937 yilgaça, Qaşqadaryodan tajribali matbaaçi Tursun Komilov kelgunga qadar bosmaxona direktori vazifasini ham bajarib kelgan. Viloyatda birinçi bölib taşkil etilgan uşbu bosmaxonada “Qizil Denov”dan taşqari Sariosiyo tumanining “Sariosiyo haqiqati”, Boysun tumanining “Qizil mehnatçi” gazetalari ham çop etilgan. Bosmaxonaning ham bor-yöği ikki nafar işçisi bölib, lotin alifbosidagi harflarni bittalab qölda terib bölişgaç, ulardan biri tayyor sahifani çop etiş uçun uskunaga qoğoz taşlab tursa, ikkinçisi bosiş uskunasining katta ğildiragini aylantirib turgan.

“Çağoniyon” gazetasida bölim muharriri bölib işlagan iqtidorli jurnalist Savriddin Istamov (Alloh rahmatiga olgan bölsin) Denov bosmaxonasining ilk işçilaridan biri, qirq yildan ziyod uşbu korxonada mehnat qilgan Missi Xoliqnazarov bilan 1982 yilda bölgan suhbatini eslab, “Saodatli karvon” nomli töplamda şunday yozgan edi:

— 1933 yil men bosmaxonada işlay boşlaganimda 16 yoşda edim, — deb hikoya qilgan edi Missi aka. — 3-4 yil işimiz rivoj topmadi. “Qizil Denov”dan taşqari Sariosiyo va Boysun tumanlari gazetalari ham şu yerda çop etilardi. Gazeta sahifalaridagi hamma harflar qöl bilan terilardi. “Aysberg” nomli qölbosma çop etiş dastgohini yurgiziş katta kuçni talab qilardi. Uning ğildiragini aylantiriş uçun navbatma-navbat işlardik. 1937 yili bosmaxona işini rivojlantiriş uçun Qarşi şahridan Tursun Komilov degan kişi keldi. U kişi direktor bölgan yillari işimiz ança rivoj topdi. Direktorning turmuş örtoği Xadiça Abdulina ham bilimdon poligrafçilardan biri edi. Yaxşi eslayman, 1965 yili bosmaxonaga “N-4” rusumli harf teradigan linotip maşinasi olinganda korxonamizda bayram bölib ketgandi…

“Qizil Denov” gazetasi 1934-1935 yillarda “Zarbçi kolxoz” va “Kolxoz uçquni”, 1935-1962 yillarda yana “Qizil Denov”, 1962-1991 yillarda “Ğalaba uçun” nomlari bilan naşr etilgan. 1992 yilning 1 yanvaridan “Çağoniyon” nomi bilan atalib kelinmoqda. Qariyb 93 yilni ortda qoldirgan gazeta ne-ne maşaqqatli va sinovli davrlarni, albatta, jonkuyar, fidoyi, maʼrifatli kişilar hamda muharrirlarni kördi.

Halimjon Boqiyevdan söng turli yillarda Qobiljon Xolmatov, Tursun Komilov, Sattor Yodgorov, Amina Nasibulina, Izzatullo Roziqov, Anvar Ostonaqulov, Mamarajab Haydarov, Ahadullo Pölatov, Qirğizboy Kamolov, Qurbon Norqulov gazetaga muharrir va ayni bir paytda bosmaxonaga rahbarlik qilişgan bölsa, 1978-1990 yillarda Abdinazar Xidirov, 1990-2013 yillarda Zoyir Mamajonov, 2013-2023 yillarda Sirojiddin Mamajonov boş muharrir bölişdi. 2023 yildan buyon Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Feruza Törayeva gazeta boş muharriri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Çağoniyon” 2001 yilgaça haftada 2 marta 4 sahifada 12 ming nusxagaça, 2001 yilda haftada 1 marta 8 sahifada 8 500 nusxa, 2002-2010 yillarda 16 va 24 sahifada 16 300 nusxagaça, 2011-2018 yillarda 12 sahifada 8 500 nusxada çop etilgan. Gazeta turli yillarda A-2, A-3, A-4 formatlarda tuman, viloyat, Qarşi bosmaxonalarida, Toşkentdagi “Şarq” naşriyot-matbaa korxonasida naşr etilgan.

Albatta, odamning umri uning yoşi bilan ölçanmagani singari ommaviy axborot vositalarining, çunonçi, gazetalarning salohiyati — quvvati uning adadi bilan belgilanmaydi. “Çağoniyon” gazetasi mazmun-mundarijasi boy, öqişli, xalq ruhiga yaqin va unga nafi tegadigan bölgani uçun ham eng ommabop gazetalar qatoridan joy oldi, tiraji yildan-yilga köpaydi, dovruği viloyatdan oşib, butun mamlakat böylab yoyildi. Bunda esa unga 1990-2013 yillarda boş muharrirlik qilgan, özbek jurnalistikasida öziga xos ijod maktabini yaratgan zabardast jurnalist va adib Zoyir Mamajonovning xizmatlari beqiyos.

Gazetada turli yillarda Toşqözi Mullayev, Haydar Zokirov, Ahmad Törayev, Şomil Şokirov, Tojiddin Razzoqov, Abduqahhor Hodiyev, Karomat Ahmedova, Şoymardon Rasulov, Savriddin Istamov, Şarifa Aliyeva, Şahodat Şaropova, Ismatulla Halimov, Iskandar Xalilov, Zarifjon Xidirov, Egam Döst, Normurod Temirov, Saodat Norqulova, Baxtiyor Ollomurodov, Şarofiddin Şamsiddinov, Abdumalik Haydarov, Eşmamat Törayev, Şodmonqul Salomov, Şuhrat Azizov va nomlari sanab ötilmagan yana köplab fidoyi jurnalist-ijodkorlar mehnat qilgan.

Mengziyo Safarov, Abbos Malik, Xurram Maqsadqulov, Toğay Murod, Nizomjon Parda, Meliqul Xanjar, Çorşanbi Dehnaviy, Gulandom Toğayeva, Oçil Aslonov, Xurram Rayimov, Xolbibi Ergaşeva, Nasrullo Xolmurodov kabi taniqli yozuvçi va şoirlar, Boysundan Sobir Yodikov, Termizdan Mahmud Abulfayz, Oltinsoydan Alimardon Böronov, “Xalq sözi”ning viloyatdagi muxbiri Olimjon Usanov, “Axborot” dasturidan Jöraqul Tursunov, “ÖzA”da faoliyat körsatgan Çori Töxtayev, Iskandar Xöjayev kabi qalami ötkir ijodkorlar gazeta bilan hamkorlik qilişgan. Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Toştemir Turdiyev hozirda ham “Çağoniyon”çilarning ardoqli ustozi.

1958 yilda Denov, Şörçi va Uzun tumanlari bosmaxonalari birlaşdi. “Bosmaxonalarni birlaştiriş uçun Şörçi va Uzun bosmaxonalarining harflarini Denovga men olib kelganman. Şundan söng bosmaxona bilan tahririyatga bitta rahbar tayinlandi. Muharrir Izatullo Roziqov rahbar böldilar. Öşanda qölda harf teriş sexiga heç kim topilmagani uçun men boşliq böldim. 1964 yildan linotip sexi işga tuşdi, linotip metalini eritiş bilan birga ombor mudirligini ham boşqardim. Keyinçalik tahririyat bilan bosmaxona yana ikkiga bölindi. Bosmaxonaga Şarof Temirov direktorlik qila boşladi. Izzatullo aka esa muharrir. Bosmaxona işçilaridan Missi Xoliqnazarov, Xadiça Abdulina, Fanziya Zabirova, Munavvara Yunusova, Galina Çernetskaya, Galiya Fozilahmedovalar bilan birgalikda işlaganmiz”, deb eslaydi Denov bosmaxonasida 1954-1958 yillarda direktor, undan keyin to 1968 yilgaça turli vazifalarda işlagan Nazifa Galiyeva “Çağoniyon” gazetasining 2002 yil 20 dekabr sonida.

1959 yilda bosmaxona va tahririyat uçun nisbatan qulaylikka ega bölgan yangi bino qurildi. Vaqt ötişi bilan oğir qöl mehnati biroz kamayib, uning örnini öşa zamonning yangi texnikalari egallay boşladi. 1965 yilda bosmaxonaga “N-4” rusumli harf teradigan linotip maşinasi örnatilib, gazetalarni bosmaga tayyorlaş jarayoniga sarflanadigan vaqt ança qisqargan bölsa-da, bu işga öta masʼuliyat bilan yondaşiş talab etilgan. Çunki maqolalar matnini teriş uçun maşinada avval qörğoşin eritilgan, suvdek suyulib qolgan qörğoşin kiçkina harflar qolipçalariga quyilib, matritsa yasalgan. Gazetaning bir qator yozuvi — bitta matritsa bölgan. Eng yomoni — şu bir qatorda birorta imloviy xato ötib ketsa yoki qolipga qöyilgan metall, yaʼni butun gazeta sahifasi tökilib ketsa, hamma iş boşqatdan qilinardi.

1976 yilda Respublika davlat matbuot qömitasi taşabbusi bilan bosmaxona va tahririyat uçun keng va muhtaşam, ança qulayliklarga ega bölgan yangi bino qurib berildi. Yoş va ğayratli mutaxassis Muhammadi Jörayev direktor etib tayinlandi. Yangi binoga linotip, çop etiş, qoğoz qirqiş kabi öşa davrning eng yangi texnikalari keltirib örnatildi.

1982-1983 yillarda viloyat matbuot boşqarmasi qöllab-quvvatlovi bilan bosmaxonaga Leningraddan 5 ta linotip, 3 ta ofset maşinasi va boşqa texnikalar olib kelib örnatilgaç, Qaşqadaryo va Surxondaryo bosmaxonalari içida birinçi bölib Denovda barça matbaa mahsulotlari ofset usulida çop etila boşlandi, iş sifati va unumdorligi keskin oşdi. 1992 yilda korxonada muhr va tamğa sexi işga tuşirildi. 1997 yilda kompyuter markazi taşkil etilib, gazetalar zamonaviy kompyuterlarda terildi. Termizdagi viloyat bosmaxonasida yuqori bosma usulda çop etilayotgan önga yaqin gazetalar Denovda ofset usulida çiqariladigan böldi.

2002 yildan bosmaxonalarni xususiylaştiriş jarayoni boşlandi, Denov bosmaxonasi ham masʼuliyati çeklangan jamiyatga aylantirildi. 2014 yilga kelib mavjud uskunalar maʼnaviy eskirgani, bosmaxonani texnik jihatdan yangilaş hayotiy zaruratga aylangani sababli unga Germaniya texnologiyasi asosida işlab çiqarilgan, qiymati 273 ming AQŞ dollari bölgan, 4 xil rangli, soatiga 16 ming bosma taboq gazetani çop etiş quvvatiga ega “Rotostar” matbaa uskunalari jamlamasi keltirib örnatildi. Şu tariqa viloyatdagi aksariyat gazetalar Denov tuman bosmaxonasida rangli va sifatli çop etiladigan böldi. Bu esa aksariyat gazeta muharrirlarining gazeta çop ettiriş uçun Toşkent, Samarqand va respublikaning boşqa viloyatlariga sarson bölib borişlariga barham berdi.

Şu tariqa Denov bosmaxonasi “Çağoniyon” gazetasi bilan baqamti uzoq tarixiy-tadrijiy yölni bosib ötdi. Unga eng uzoq — 44 yil rahbarlik qilgan fidoyi inson Muhammadi Jörayevning bosmaxona ravnaqi yölidagi xayrli işlari bugun özbek matbaasi solnomasini bezab turibdi. Hozirda “Denov bosmaxonasi” MÇJ faoliyatini ota kasbining davomçilari bölgan Faxriddin va Otabek Jörayevlar boşqarib kelişmoqda.

“Çağoniyon”dagilar esa hamon belni mahkam boğlab, xalq xizmatiga şay. Gazeta tuman ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotiga doir dolzarb voqeliklarni hozirjavoblik bilan turli adabiy şakllarda ommaga yetkazib kelmoqda.

Zahiriddin TÖRAYEV,

Surxondaryo viloyati Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan