Ögay ona

Zokir baland böyli, kelişgan, mehnatkaş, sofdil yigit edi. Ota-onasining qistovi bilan Robiya ismli qizga uylandi. Baxtli hayot keçirib, bir quvonçiga yana ön quvonç qöşilib, şiringina farzandli bölişdi. Qizaloğiga Sarvinoz deb ism qöyişdi. Qizli bölişgaç, kelinning qiliği çiqa boşladi. Injiqlik qilib, turli bahona va vajlar bilan Zokirning jiğiga tega boşladi. Bir kuni Zokir işdan çarçab kelganida Robiya keçki taom ham tayyorlamagan, uylarni ham saranjomlamagan edi. Özi şundoğam çarçab, boşi oğrib turgan Zokirning jahli çiqdi. Ayoliga qattiq gapirib yubordi. Robiya ham gina qilib, arazlab uyiga ketib qoldi. Zokirning onasi köp öylab ötirmadi. Ajrimga ariza taşlab keldi. Haş-paş degunça vaqt ötib, sud bölib ötdi. Sudda ularni ajratişdi. Qizlari Sarvinoz örtada qoldi. Zokir qizi Sarvinozni çetga çaqirib: “Onang bilan qolasanmi, qizim, men bilanmi?” — deb söradi. Sarvinoz bu savolni kutmagan edi. Töğrisi, u hali kiçkina bölganligi sababli, bu gaplarni tuşuna olmas edi. Indamay möltirab, dadasiga qarab turaverdi. Onasi bilan buvisinikida turganligi sababli, otasini juda soğingan edi. “Onang yaxşi ayol emas. U senga yangi dada olib kelişi mumkin. Keyin yangi dada bilan qanday yaşaysan? Agar sendan kim bilan qolişni sörasalar, men bilan qolişingni aytgin. Ikkimiz har kuni boğni aylanamiz. Senga nima zarur bölsa, olib beraman”. Zokir qizaloği Sarvinozning özi bilan qolişini çin dildan istardi. Şunday ham böldi. Sudda Sarvinozdan söraşganida, otasini judayam soğingan qizaloq u bilan qolişini aytdi va yugurib borib, otasini quçoqlab oldi. Sud qarori asosida Sarvinoz otasi bilan qoldi. Dastavval Zokirning onasi kelib, taom tayyorlab, uy işlariga kömaklaşib turdi. Keyin esa onasiga ham har kungi ovoragarçiliklar malol kela boşladi. Keçqurun Zokirga yana uylaniş taklifini berdi. Zokir unamadi. Qizaloğining ögay ona qölida qolib ketişini xohlamadi. Onasi qattiq turib oldi. Biroz köz yoşi ham qildi. Zokir: “Bilganingizni qiling”, — deya qizini boqqa sayr qildiriş uçun olib çiqib ketdi. U haqiqatan ham qizini juda yaxşi körar edi. Sarvinozni yelkasiga opiçlab, boğni aylantirişni yaxşi körardi. Zokirning gapi onasiga yoqib tuşdi. Mahalladan qiz qidirişni boşladi. Qiz ham topila qoldi. Qisqa fursat içida töy ham bölib ötdi. Zay­nab birin-ketin Zokirga ikki farzandni hadya qildi. Sarvinoz ham olti yoşni qarşiladi. Zokir boş farzandi Sarvinozni özgaça yaxşi körardi. Bundan Zaynabning ğaşi kela boşladi. Keçki taom tayyor bölgaç, nimalarnidir bahona qilib, Sarvinozni köçaga çiqarib yuboriş odatini çiqardi. Sarvinoz topşirilgan yumuşlarni bajarib, qaytib kelguniça keçki taom yeb bölinar edi. Dadasi uyidan, rözğoridan köngli xotirjam bölganligi sababli bemalol işlarini tugatib, uyga keç qaytardi. Sarvinoz esa bu mahalda oç holda uxlab qolardi. Tunda yostiğini quçoqlab yotarkan, oçlik xuruj qilib, köziga uyqu kelmasdi. Közlaridan onasiga bölgan soğinçi, oçlik xuruji tufayli yoşlar quyilib kelaverardi. Ovozi eşitilib qolişidan qörqib, yuzini yostiğiga bosib olardi. Dadasiga aytay, desa, dadasi özi işdan keç qaytadi, buning ustiga, juda çarçab keladi. Nima qiladi kayfiyatini buzib?.. Bir kuni dadasi ertaroq işdan qaytdi. Sarvinozning sevinçi çeksiz. Dadasining tizzasiga ötirib olib, diydoriga töydi. Zokir qizini bağriga bosib, sezdiki, Sarvinozning soçlari uzoq vaqt yuvilmaganidan paxmoq bölib ketibdi. Zokir xotinini koyigan böldi. Şundan sönggina Zaynab Sarvinozning soçini yuvişga kirişdi. Uzun soçlarini yuviş çoğida ğaşi kelib, boşiga bir muşt tuşirdi. Sarvinozning köz yoşlari suv bilan qöşilib oqib tuşardi… Bir kuni keçki taomlaniş vaqtida yana eski odati böyiça Zaynab Sarvinozni köçaga, suv olib keliş uçun yubordi. Özlari taomlanib ötirişganida qöşnisi Kamol aka kelib qoldi. Kamol aka Zokirni keça uyda körganligi uçun, bugun ham uyda, deb taxmin qilib çiqqan edi. Kamol aka Sarvinozning yöqligini körib, taajjublandi. Taşqarida Sarvinozni izladi. Sarvinoz bir çelak suvni qorli yölakda oyoği sirpanib, amallab olib kelayotgan edi. Kamol akaning jahli çiqdi. Sarvinozning qölidan çelakni olib, uyga özi kötarib kirdi. Uyda hammalari ovqatlanib bölişgan, das­turxon yiğilgan edi. Kamol aka Sarvinozdan “Ovqatlanasanmi?” deb söradi. Sarvinoz esa sovuqdan muzlab qolgan qölçalarini kufkuflab isitar, közlaridan yoş oqardi. Tomoğiga yiği kelib turganligi uçun gapira olmadi. Kamol aka Zaynabni rosa koyidi. Zokirning Zaynabga uylanişiga sabab ham Sarvinoz ekanligini, Sarvinozni parvarişlaş uçun uylanganini eslatib qöydi. Zaynabning jahli çiqdi. Lekin sekingina uzr söradi. Içidan eriga aytib qöyişidan qörqdi. Ertasi kuni Kamol aka yana keldi. Kamol aka kirib kelişi bilan Sarvinoz ovqatlanib turgan joyida qayt qilib yubordi. Sababi, Zaynab “mana ovqatlantiriş”, deya bir lagan şavlani Sarvinozga majburlab yedirgandi. “Boşqa yemayman, töydim”, desa ham, ovqatlantiriş şunday böladi deb, özi qoşiq bilan bir lagan şavlaning hammasini yedirgandi. Sarvinozning tun böyi oşqozoni oğrib çiqdi. Kiçik jussasiga bu dard ortiqça edi. Keyin boşi ham biroz oğriydigan bölib qoldi. Soçini yuvganidagi muşt zarbasidanmikan yoki köz yoşlari ila uyqusiz tunlari tufaylimikan, Allohga ayon edi. Bir kuni Zaynab arqonni topa olmay qoldi. Arqon unga bolalarini çanada uçiriş uçun kerak edi. Zaynab Sarvinozga yopişa ketdi. “Sen bilasan arqonning qayerdaligini! Topasan, topmasang uyga qöymayman!” — dedi jazavasi tutib. Zaynab bilardiki, bugun eri Zokir uyga kelmaydi. Sababi, işda navbatçilikda qoladi. Sarvinoz keçgaça sovuqda köçalarni aylanib, arqon qidirdi. Arqonning tezroq topilişini, tezroq issiq uyga kirib, isinişini istadi. Oyoqlari muzlab qoldi. Qişda erta qoronği tuşadi. Hozir ham arqon topilmasdan keç kirib, atrofni zulmat qoplay boşladi. Sarvinoz qörqib, sekingina uyga kirdi. Oyoğidagi muzlab qolgan kalişini yeçib ulgurmasidan Zaynab baqirib, arqon topilmagunça uyga kirmasligini aytib, öşqirdi. Sarvinoz lab­lari titrab, ortga qaytdi. U köçaga çiqib, qörqqanidan va sovuq yeganidan qaltirab, u yoqdan bu yoqqa yura boşladi. Köçada itlarning hurişi kuçaya boşladi. Sarvinoz qörqib, yozda ovqatlanişga ötiradigan supa yoniga keldi. “Arqon qani ekan-a? — deya sovuqdan kökarib ketgan lablari bilan piçirladi. — Topila qolsa nima qilarkin-a?..” Sarvinoz sekin supa tagiga çökkalab kirdi. Unga şu yer biroz issiqroqdek tuyuldi. Sarvinoz supaning tagida isiniş uçun kirib, baribir uyga kirişiga ögay onasi yöl qöymasligini bilib, onasini eslab, xörligi kelib rosa yiğladi. Közlaridan oqqan yoşlari sovuqdan muzlab qolar edi. Sarvinoz supaning tagida çökkalab, uxlab qolganini ham bilmay qoldi. Yarim keçasi tölin oy çiqqan çoğda Sarvinoz uyğonib ketdi. Atrofni oy şuʼlasi yoritib turar edi. Sovqotib uyğonib ketgan qizaloq közlarini uqalab, atrofga alangladi. Supaning tagida uxlab qolganini bilib, qörqib ketdi. Darrov yodiga arqon izlayotgani tuşdi. Supaning tagida, şundoqqina yonida arqon yotardi. Yo Allohim, qudratingdan!

Ne sirki, kunduzi topa olmagan arqon yonginasida ekan. Sarvinoz arqonni olib, çopqillaganiça ögay onasining yoniga yugurdi.

* * *

…Mana, neça kundirki, Zaynab töşakka mixlanib qoldi. Balki, qarilik alomatidir. Oyoqlari zirqirab oğriydi. Boşining oğrişidan tunlari uxlay olmaydi. Çoli Zokir otaning qazo qilganiga ham ança yillar böldi. Zaynabning öğillari uylangaç, onasini kam yöqlaydigan bölişgan. Yonida esa har kuni issiq va tansiq taomlari bilan parvona böladigan Sarvinoz onasiga ovqat yediradi, oyoqlarini uqalab qöyadi.

Gulsunoy JAMOLOVA.

Angren şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan