Sokin daryo toşganda…
Köpinça gazetalarni közdan keçirganda “öz kasbining fidoyisi”, “şu kasb uçun umrini bağişlagan” degan sözlarga duç kelaman. Töğrisi, inson öz kasbini sevmasa, ardoqlamasa, “bu köçaga adaşib kirib qolganday” işlaydi. Köpinça umrini besamar ötkazayotganini öşa şörlik sezadi yo umuman bilmay bu dunyodan ötib ketadi. Haqiqatni anglab yetganida, keç böladi. Bu, aslida, aççiq bölsa-da, oçiq haqiqat.
Taniqli jurnalist, adib Husan Ermatovning yaqindagina bosmadan çiqqan “Sokin daryo mavjlari” kitobini öqib çiqqaç, ana şunday xayollarga ham bordim. Buning barçasiga inim Ermatov sababçi. Öz kasbini sevmoq şunçalar bölar-da, degan xulosaga ham keldim. Aslida, kitob orqali sokin daryoning bir neça joyda “toşgan”iga duç keldim. Ikkilansangiz, işonmasangiz, kitobni siz ham mutolaa qiling. Balki, qaraşlarimiz töğri kelib qolar.
Kasbga sadoqat, öz kasbi buguni va ertasini öylaganda, “sokinlik bilan xayrlaşib”, maʼnaviy burçni bajarmoq maqsadida katta ijodkorning “özanidan toşib çiqib ketgan”ini körarsiz. Bu kitobga ustoz Ahmadjon Meliboyevdan oşirib baho berib bölmaydi. Ahmadjon aka bor gapni aytib qöya qolgan. Şunday bölsa-da, nimanidir aytgim, yozgim keldi. Töplamni öqib çiqsangiz, juda köp savollarga duç kelasiz. Ayrimlariga javob ham berilgan. “Matbuotning umri tugadi”, “Gazeta kimga kerak?” deydiganlarga ham duç kelayapmiz. “Sokin daryo mavjlari”da şunday gaplarga javob bor.
“Javob şunday: matbuot kerak emas, deb bong urayotganlar haqiqatdan qörquvçilardir!”
Töplamda: “Xabaringiz bormi? Maʼrifatli jamiyatlarda gazetalarga obuna tezkor ravişda köpaymoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarda gazetalarga ommaviy qaytiş boşlandi.
Işonçim komilki, bu jamiyatning maʼrifatlilik darajasi bilan boğliq holat. Bunda davlatning ham katta hissasi bor. Demak, gazetalarga janoza öqişga tayyorgarlikni töxtatib turişga töğri keladi”, degan fikrlar köpçilikni öylantirişi, muşohadaga çorlaşi turgan gap.
Xullas, töplamdagi asosiy materiallar gazetaçilik, jurnalistikaning buguni va ertasi taşvişlarini öz öyi, taşvişi, dardi deb bilgan ijodkorning baʼzan sal yumşoqroq, ayrim hollarda keskin xulosalariga duç kelasiz. Beixtiyor öz kasbi qayğusi bilan yaşaydigan Husan Ermatovlar safi, hamjihatligi kuçayişi, kengayişi kerak, degan fikrga kelasiz.
Jipslaşgan safimiz keng, kuçli bölganda, muallif yozganidek: “Jurnalistikamizning ertasi qanday böladi? Bosma naşrlar yana qança yaşaydi? Bosma naşrlarni saqlab qoliş kerakmi? Ularning bu ahvolga kelişiga nimalar sabab böldi?.. Savollarki, javobi oğir, yeçimi murakkab, yeçimda bir qadar talablar borki, özimizga boğliq emas… Naçora!” degan satrlar yozilmasmidi… Tağin bilmadim.
Töplamda Ermatovning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi, siyosatşunos Qudratilla Rafiqov bilan qilgan zalvorli yuki bor suhbatidagi köplab satrlarni ostiga çizib öqiş kerak. Suhbatning “Tafakkur mustabidligi — jismoniy qullikdan ayançliroqdir”, degan sarlavhaning öziyoq öquvçini huşyor torttiradi, öylaşga majbur etadi.
Töplamdagi maşhur sanʼatkor Ortiq Otajonov xotirasiga bağişlangan “Halol hofiz edi” nomli esseni öqiş orqali sanʼatşunos Ermatovga ham duç kelganday böldim. Oçiği, Husanboyning çin sanʼatni yaxşi bilişidan yaqindagina xabardor bölgandim. Ortiq akani bilganlar esseni öqigaç, uni qaytadan kaşf qilişadi, tanişadi. Suvoralar haqidagi öziga xos qaraşlarga duç kelişadi. Bunday esseni yoziş uçun faqat qahramonni bilişning, yaxşi körişning özi yetmaydi. Katta sanʼatning sirli, sehrli kuçini örgangandan keyingina şunday yoziş mumkin.
Muallif hofizga “Siz ham Ortiq Otajonov maktabini oçişingiz kerak”, degan gapni aytadi. Öşanda katta sanʼatkor bir niyati borligini, yaʼni Özbekiston radiosining “Oltin fondi”da saqlanayotgan asarlarning xato-kamçiliklarini bartaraf etib, özbek sanʼatining musaffoligiga baholi qudrat hissa qöşiş, bu işga vijdon amri bilan kirişib, birinçi navbatda farzandlari va şogirdlari ijrolarini nuqsonlardan tozalamoqçi ekanligini bildiradi. Ming afsus, hofiz armonli orzusiga erişa olmadi. Bu yoruğ dunyoni tark etdi. Ermatov şu yerda “Sönggi paytlarda meni bir savol köp qiynaydi: maşhur hofizimizning öşa ezgu maqsadini kimdir amalga oşirarmikan?” degan savolni örtaga taşlaydi.
Mavridi kelgani uçun şu savolga javob bersam. Radiodagi “Oltin fond” noyob xazina. Şu xazina kuçini bilgan rahmatli Ubay Burhon nafaqaga çiqqaç, qarilik gaştini ham çetga surib, işga kirişdi. Ubay akadan söng keksalikni tan olmasdan Javlon aka heç qanday maoşsiz “Bismillo” deb işga kirişgandi. Ikkisiga ham (Alloh rahmat qilsin) katta işni oxiriga yetkaziş nasib etmadi. Hozirda özbek sanʼatining bilimdon fidoyilaridan biri Nuriddin Aminjonov ustozlar işini davom ettirayapti. Unga Ortiq Otajonov, Ubay Burhon, Javlon Toşxöjayevlar ruhi oldida yoruğ yuz bilan javob beriş nasib etsin. Akamiz dadil. Vaqti böş bölişi bilanoq, fondga qarab yöl oladi…
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalar haqida gap ketganda, köpçilikning ensasi qotişi bor gap. Qayerga borib yaxşi taom yegani, yo bölmasa, yaqiniga qimmatbaho maşina sovğa qilgani bilan maqtangan artistlarga közi tuşgan aqli joyida bölgan har qanday kişi “Nima böpti?”, “Kimga qiziği bor?”, “Otarçi bola, hammayam senga öxşab bir kunda 2-3 minglab dollar topmaydi”, deyişlari mumkin. Lekin tarmoqda yuksak masʼuliyat bilan yozilgan, bamaʼni çiqişlar borligi ham haqiqat. Kitobga sözboşi yozgan ustoz Ahmadjon Meliboyev “Töplamda yana bir eʼtiborli “yangilik” bor”, deb alohida taʼkidlaydi. Ermatovning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlariga öz munosabatini bildiradi. Endi töplamdagi “Mantiqiy masala…” nomli mulohazadan parça: “Şaharda qöşimça quriliş qilişning mana bu tomonlarini (katta quvurlarda yangidan suv tortilişi, gaz quvurini yangilaş, kanalizatsiya tarmoğini tortiş nazarda tutilgan) kimdir öylayaptimi? Heç körinmayapti-da! Poytaxtdagi avtotransport vositalari uçun turargohlarni aytaverib, yozaverib qöllar qavardi, foyda yöq. Örniga faqat yer sotiladi, savdo dökoni quramiz, bir-biridan sifatsiz köp qavatli uy quramiz, tezroq va tezroq boyişimiz, pul topişimiz kerak, bizga boşqa narsaning qiziği yöq! Mana bugunning bahosi!”
Bu satrlarni yoziş taşqaridan qaraganda oson tuyulişi mumkindir. Odamlar dardi, taşvişini çöçimasdan qoğozga tuşiriş, uni eʼlon qiliş ortidagi masʼuliyatni hamma ham tasavvur qilavermaydi. Kimlarningdir oyoğini bosib qöyiş mumkin. Undan keyingi taşvişli kunlar… Bu jamiyat ertasini öylagan haqiqiy jurnalistning, vijdoni uyğoq qalb egasining hayqiriği emasmi? Bunday satrlar ijtimoiy tarmoqdagi Husan Ermatovning haqiqatlaridan biri, xolos… Kitobda bunday haqiqatlarning bir neçasiga duç kelasiz. Aslida, haq gapni aytmoq, yozmoq haqiqiy jurnalistning burçi. Bu burçni özini jurnalistman, deganlarning qöpçiligi qanday bajarayapti? Ha, Ermatovning töplamida bunday savollar juda köp. Eng asosiysi, kerakli savollar…
Maqola söngida bir voqea. Özbek jurnalistikasida Ziyovuddin Ortiqxöjayev degan ijodkor nomi bor. Köplar unga Ziyo aka deb murojaat qilişardi. Akamizning maşinkaga aytib turgan “Qamoqdagi muhabbat” qissasi tufayli u davrlarda juda maşhur bölgan “Yoş leninçi” gazetasining har bir soni bir neça ming nusxaga ortganini öşa davrda gazeta boş muharriri örinbosari bölib işlagan Ahror Ahmedov köp davralarda gapirib yuradi. Ortiqxöjayev kuçli jurnalist edi. Ming afsus, sal dangasalikmi, ulfatsevarligimi, yo bölmasa, öziga ortiqça talabçanlik bilan yondaşmaganidanmi, akamiz kam yozdi.
Soppa-soğ yurgan Ziyo aka birdaniga kasallikka çalinib qoldi. Taşxis dahşatli: saraton! Döstlar töplanib körgani bordik. Aka öta dadil inson edi. Heç narsa bölmaganday kutib oldi. Körişdik, suhbatlaşdik. Ahmedov bir taxlam gazetani qöliga tutqazib: “Bekordan-bekorga ölaman, deb qörqitmay öqing”, deb hazillaşganday böldi. Gazetalarni qölga olgaç, varaqlagandan söng Ziyo aka birdaniga özgarib qoldi. Qarasak, yiğlayapti. Ovozdan ayrilganday, ikki közidan çiqqan yoşlar gazeta sahifalariga tomayapti. Kuzatib turib, bölarimiz böldi. Jimlikni ham özi buzdi: “Şunçalik eʼtiborlaringiz uçun katta rahmat. Lekin meni tuşungan arbob ukamga (u Ahmedovni şunday atardi) gazeta uçun ming bora rahmat…”
Bu butun hayotini jurnalistikaga, gazetçilikka bağişlagan insonning gazeta hidiga töymayotgani, umr poyonidagi sönggi sözlari ekanligini qaydan bilibmiz? Tez orada qadrdonimiz bilan xayrlaşdik. Uni bilganlar uçun Hasanboy qişloği huvillab qolgandi…
Töplamni öqib tugatgaç, Ziyo akamizni nega esladim, degan xayolga ham bordim. Öylab qarasam, öşa kuni rahmatli akamiz biz bilan birga, umrini baxşida etgan qadrdon gazetasi bilan közda yoş ila xayrlaşgan ekan.
Xullas, Husan Ermatovning bu töplami umrini gazetaga boğlagan, nafaqaga çiqqan bölsa-da, gazetasidan uzilmay umrguzaronlik qilayotgan jurnalistlar uçungina emas, boşqa sohalarda bölsa-da, hozirda kundalik iş faoliyatini ertalabdan gazeta öqiş bilan boşlaydiganlar, adadi kamayib ketgani uçun öz sevimli gazetasini vaqtida olmayotganlar va gazeta öqiş niyatidan qaytmaydiganlar uçun katta bir sovğa. Munosib uşbu sovğa muborak bölsin!
Anvar ABDUVALIYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan
jurnalist.
