“Kapalak effekti”
Bu atama Edvard Lorens tomonidan taklif etilgan. Sodda aytganda, “Kapalak effekti” — bu kichik harakatlar vaqt o'tib yirik oqibatlar keltirib chiqarishiga sabab bo'ladigan jarayondir.
Masalan, Amazon o'rmonlaridagi kapalaklarning qanot qoqishi Yevropada halokatli bo'ron ko'tarilishiga sabab bo'ladi.
Bu ko'pincha arzimas hodisaning ulkan to'polonlarga sabab bo'la olish ehtimoli haqida gapirilganda misol tariqasida aytiladi. Ushbu nazariya XIV asrda ingliz she'riyatida keltirilgan. Masalan, mix yetmagani sabab taqa qoqilmadi, taqa qoqilmagani uchun otdan mahrum bo'lindi, natijada chavandoz ham urushga kirolmadi, chavandoz yo'qligi sabab jangda boy berildi. Mag'lubiyat tufayli butun bir qirollik yakson bo'ldi. Buning barchasi o'sha taqaga yetmay qolgan mixga borib taqaladi. Albatta, har ish Allohdan. Olam bir-biriga nozik iplar bilan bog'langan shunday hodisotlardan iborat. Sizning bugun qilgan kichkina yaxshiligingiz vaqti kelib katta ezguliklarga yoki aksincha yovuzliklarga sabab bo'lishi mumkin.
IRODA tayyorladi.