“Dehqon” sözi mağrur jarangladi

Xilvat joylar, gözal maskanlardan boy tariximiz unsurlarini izlab, katta şaharga qaytgan safar qatnaşçilari bir narsadan hayron bölib, dong qotib qoldilar. Hatto iştirokçilardan biri: “Mana, möʼjiza izlab yuruvdilaring. Endi hayron qolaveringlar. Kim izoh beradi?” deb baralla şovqin soldi. Çindan aql bovar qilmaydigan voqea sodir bölgandi: zamonaviy puxta-pişiq avtomobilning orqa yukxonasi oçilmagan, ammo bir sumka… yöq edi.

Hamma joyni titkilab körişdi, hatto maşinaning örindiqlari tagigaça, ammo yuk yöq edi. Barçaning ensasi qotdi. Sumka egasini esa taşviş bosdi. “Yöqolgan piçoqning sopi oltin” deganlaridek, qöldan çiqib ketgan narsalarni öylamaslik mumkin emasdi. Hujjatlar, kalitlar, kiyimlar, ançagina pul va bank kartoçkalari uning köz oldidan ötardi.

Şu tarzda uç kun ötdi. Sumkaning yöqolgani aniq edi. Endi birinçi navbatda uyga kirib oliş (temir darvozaning kaliti ketgandi), keyin hujjatlarni tiklaş taşvişi boşni eza boşladi. Xullas, safar tatimadi. Nima bölganda ham şaharga qaytiş, işga kirişiş zarur edi. Ertaga ertalab yölga çiqişni möljallab, deraza oldida xomuş turgandi, Toşkentdan telefon bölib qoldi. “Xalq banki”ning masʼul xodimi Elyorjon özini taniştirib, gap boşladi: “Plastik kartalaringizni yöqotganmisiz?” Şu payt sumka egasining yuzi yorişib ketdi. Qisqa muloqotda hammasi aniq böldi.

Şoşib yölga tuşildi. Aytilgan manzilda çehrasi nurli, yoş yigit “qoçqoq sumka”ni qölida tutib kelardi. Hammasi maʼlum böldi: ular qişloqdan jönab, katta yölga çiqqaç, yukxona qopqoği oçilgan va yuzada turgan sumka tuşib qolgan. Qiziği, qopqoq yana oldingidek yopilgan, buni haydovçi ham bilmagan, içkaridagi közgu ham aks ettirmagan, orqadan signal ham bölmagan.

Özini Doniyor Aliqulov deb taniştirgan, Yakkaboğ tumanidagi Qöşçinor qişloğida yaşovçi yurtdoşimizning aytişiça, katta yölning örtasida yotgan qora sumkani körib, oldin xavfsiragan, baribir qiziqiş ustun kelib, uni olgan va maşinadan tuşib qolganiga işongan. Birdaniga yöqotgan mol egasining ahvolini tasavvur qilib, egasiga yetkazişga uringan.

— Ayniqsa, kalitlarni körib, şoşib qoldim, buyumlar orasidan biror manzil yoki telefon raqamini izlay boşladim, — dedi Doniyor. — Bir raqam bor ekan, ular bilmaymiz, deyişdi (holbuki, bu katta taşkilotning matbuot xizmati bölib, ular bilan videokamera böyiça ança tortişişgan, bu guruhni bilişardi). Şunda bank kartasidagi raqamga telefon qildim.

Şunça aziyat çekkan, xolis yordamga şoşilgan insonning himmatiga tan bermay iloj yöq edi. Holbuki, boşqa bir yomon odam bölganida, pulni olib, qolgan narsani irğitib yuborişi heç gap emasdi. Doniyorbekning insofu diyonatiga taʼzim qilib, undan kasbini söraganlarida:

— Dehqonman, — deb özgaça ğurur bilan javob beribdi. “Şunda bu sözdan atrof yorişgandek böldi”, deydi guvohlar. Uluğ kitoblarda “Eng halol rizq — dehqonning topgani” deb yozilgan. Bu bejiz emas ekan. Dehqonning halol peşona teri bilan yurt obod, u yaratgan neʼmatdan qança tirik jon bahramand. Uning halolligi, pokligi boşqalarga ham yuqsin. Şunday odamlar borligi uçun hayotda yaşaging keladi…

Munirjon RAHIMOV,

talaba.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan