Kitobdan xanjarning farqi

yoki mutolaa madaniyati haqida

Ançadan beri şeʼr maşq qilayotgan qiz qoralamalar bilan töldirgan bir neçta daftarlarini özi ustoz deb bilgan bir şoirga olib bordi. Ustoz ularni öqidi, tahrir qildi, saraladi, qarabsizki, naq yuztaça şeʼr tayyor. Kitob çiqaraman deb naşriyotma-naşriyot yugurgan qiz axiyri bittasida töxtadi. “Mablağ tölansa, bir haftada bosib beramiz”, deyişdi.

Belgilangan muddatdan avvalroq xuşxabar keldi, qiz dugonasi bilan ikkita katta sumkani kötarib naşriyotga jönadi. Naşriyot xodimi ixçamgina öroğliq karton qoğozning bir çetini oçdi. Qiz ajablanib: “Bori şumi?” dedi. Kitobça yupqagina edi, darrov varaqladi, topşirgan şeʼrlari barisi joy-joyida. Hafsalasi pir bölib dugonasiga qaradi, u yelka qisdi. Uylariga qaytarkan, yöl-yölakay faqat bir gapni takrorlardi:

— Qölga ilinadigan kitob bölmabdi-da, men qizlarimizga körsatib maqtanmoqçiydim…

* * *

Bir kuni kitob dökoniga kirdim.

Hamma yoq kitob, har xil yoşdagi, turli kasbdagi kişilar öziga keragini tanlab olaveradi. Odatdagidek, badiiy asarlar bölimiga ötdim.

Kitoblar liq töla javon yoniga borib, bittasini qölimga oldim. Nima haqda yozilgan ekan, deb qiziqdim. Aksariyati maişiy mavzular ekan, qaytib joyiga qöydim. Kitoblarni körayotgan ikkita qizning gaplari quloğimga çalindi:

— Qara, yuzidagi rasm çiroyli ekan, olaylik, ertangi tuğilgan kunda gulga qöşib beramiz.

— Kitob obkelibdi, deb ensasi qotmaydimi, işqilib?

— Yoniga yana biror narsa olarmiz. Içiga ruçka bilan yozmaymiz-da, şunda bu çiroyli kitobni u ham kimgadir sovğa qiladi…

*  *  *

Yöl-yölakay kelayapman-u, yaqinda Yaponiyadan qaytgan jiyanimning aytganlari yodimga tuşadi. Yaponlar köça transportida işga ketayotib ham, biror joydan qaytayotib ham faqat nimadir öqib ötirişarkan. Özaro gaplaşiş yöq, derazadan taşqariga qaraş yöq, faqat tizzalarida kitob.

“Ular vaqtni bekor ötkazişmas ekan”, dedi jiyanim.

Öylab qaralsa, vaqt — bizga inʼom etilgan eng noyob neʼmat, foydali yumuşga sarf etilmasa, behuda ketadi, aslo ortga qaytmaydi. Köpinça kuzataman, özlarini sanʼatda yulduz deb hisoblaydigan ayrim yoşlar telejurnalistning “Oxirgi marta qaysi kitoblarni öqidingiz?” degan savoliga “Kitob öqişga ulgurmayapman, vaqt tiğiz”, deb javob berişadi.

Yoşlar kitob öqişsin degan maqsadda bugungi kunda qançalab körik-tanlovlar ötkazilyapti, yuz minglab nushada kitoblar naşr etilmoqda, ammo natija kam…

Öşa kuni könglimdan keçganlarni qoğozga tuşirdim:

 

Sönggi rusumdagi yangi telefon

Sohibiga doim hamroh, ham aziz.

Uy törida kitob taxlangan javon,

Neça yillardirki öqilmas, esiz.

Dökondan did bilan tanlangan edi,

Sarlavha antiqa, muqova yorqin.

Öyladimki… ular ulkan javonni

Bezaş uçungina olinganmikin?..

Heç biri heç qaçon varaqlanmaydi,

Telefon-çi, tez-tez almaştirilar.

Javon töla kitob, qaramas heç kim,

Hatto çangi artib qöyilmas bir bor.

Aslida, har yangi asar — möʼjiza,

U qalblarga ilmu durlar soçadi.

Kim neni yöqotsa, neni izlasa,

Barisini kitobdan topadi!

Bir vaqtlar oddiy bir haydovçining köp kitob öqigani tufayli rahbar bölib ketgani haqidagi voqeani menga otam gapirib bergandi. Ança yillar muqaddam bir xöjalik raisi bölgan. Uning ajoyib odati bor ekan. Yöl-yölakay dökonlardan yangi çiqqan kitoblar xarid qilib maşina orqasiga qöyaverarkan. Raisni olib yuradigan şofyor xöjayini majlisga kirib ketgaç, özi singari şofyorlar bilan qarta öynab ötirganini nihoyat körib qolgan rais şofyoriga kitoblardan birini tutqazibdi va: “Qarta öynagunça şuni öqib ötir, dunyodan xabaring böladi”, debdi.

Öşandan söng şofyor mutolaaga qiziqib ketib, böş qoldi degunça qöliga kitob oladigan bölibdi. Dunyoga, hayotga qaraşlari özgaribdi. Rais keksaygaç, şofyorini öziga yordamçi qilib olibdi. Nafaqaga çiqqanidan söng şu yordamçi uning örniga rais qilib tayinlanibdi.

Kitob öqişning foydalari şu darajada köpki, buni faqat doimo mutolaa qilib turadigan kişilar his etadilar. Bitmas-tuganmas zavq olayotgan kitobxon mutolaa paytlarida turmuşning barça ikir-çikirlarini unutadi, yayraydi, kitobdagi sözlar kuç-qudrati va harorati köngliga köçadi, köngli ösadi, tozaradi, yanada yangi orzu-umidlar bilan töladi. Söz boyligi ortadi, fikrini aniq va lönda ifodalaşga odatlanadi.

Oilamizning dösti — Arnasoyning dalayu daştida yaşaydigan Abdukarim akamiz kitobga juda öç edi. Yangi kitoblar daragini eşitsa, qoğozga yozib olib, ataylab poytaxtga kelardi, bir sumka kitob bilan uyiga qaytardi. Unsunoy yangamizning aytişiça, jamiyatda neki yangilik bölsa yoki hukumat tomonidan çiqarilgan biror qaror yo farmon mazmunini yon-atrofdagilar Abdukarim akadan söraşarkan, bu kişi ularga sodda tilda tuşuntirib berarkan. Töy-maʼrakalarda ham qiziq voqealarni binoyidek sözlab, hammani oğziga qaratarkan.

Kitob öqişga qiziqişim otam tuğilgan kunimda “Özbek xalq ertaklari”ni sovğa qilganlaridan keyin boşlangan. Pedagog bölganlari uçunmi, özlari köp öqirdilar, men öqiyotgan kitoblarni qöllariga olib, mazmunini bilişga urinardilar. Bir marta Mopassanning “Döndiq qiz” hikoyalar töplamini kutubxonadan olib öqiyotganimda körib qoldilar. “Bu sening yoşingga mos emas”, dedilar. Otamning qistovi bilan kitobni qaytarib topşirganman. “Kitob ongni özgartirişga qodir”, deyişadi. Bolalikda men uçun taqiqlangan kitoblarni ança yillardan keyin öqigaç, otamdan iç-içdan minnatdor bölganman.

Yoşlik paytlarimda Gyotening “Yoş Verterning iztiroblari” asarini, keyinçalik “Kiçkina şahzoda”ni özim tuşunganimça öqigandim. Keyinçalik esa şu kitoblarni rosa izlaganman. Örxon Kamolning “Erk”, Sohib Jamolning “Guli siyoh”, Drayzerning “Jenni Gerxart”, özimizning taniqli yozuvçilarimizning maşhur asarlari… Xullas, sanayversam röyxati uzun, ularni ança yillar ilgari öqiganligim tufayli, soğinib, yana qaytadan öqigim kelganda topilmagan.

Yaxşi kitob rastalarda köp turmaydi. Darrov xaridori çiqib, qölma-qöl öqiladi. Hamma davrlarda ham şunday bölgan. Bobokalonlarimiz qişning uzun keçalarida sandal atrofida ötirib, köhna kitoblarni öqişgan. Butun oila jamuljam bölib eşitişgan, sovuq qotgan vujudlari kitoblarning sehru haroratidan ilib, köngillari yorişgan. Yoş-yalanglarga ibrat, kattalarning aqlu şuuriga madad bölgan bu kitoblar…

Bir rivoyat eşitgandim. Oqil podşo ötgan ekan. Fuqarolarining biri unga arz qilib, uyidan çiroyli ötkir xanjari va bobolaridan meros qolgan kitobi yöqolganini aytibdi. Şunda podşo hammaga eʼlon qilibdi:

— Xanjarni topganga ming tillo, kitobni topganga ikki yuz tillo mukofot bor.

Buni eşitganlar: “Nahotki podşomiz aqlli va ziyoli böla turib, kitobdan xanjarni ustun qöysa?” deya ajablanişibdi. Podşo bu savolga aniqlik kiritibdi:

— Xanjarni olgan odam uni yomonlik yölida işlatişi mumkin, uni tezroq qaytib olmoq lozim. Kitob kimning qöliga tuşmasin, faqat maʼrifat ulaşadi, bundan könglim töq.

Kişilar öz podşolarining aql-zakovatiga yana bir karra tahsin aytişibdi.

Dunyo ruhşunoslarining aniqlaşiça, köplab kitoblar inson ruhiyatidagi ayrim nosozliklarni davolab yuborarkan. Ularning aytişlariça, mumtoz asarlar kitobxonga ançagina foydali fikrlar beradi, uni baʼzi xatolardan xulosa çiqarişga örgatadi.

Sarguzaşt asarlar diqqatni töplaş va mantiqqa asoslaniş xislatlarini rivojlantiradi. Bunday asarlardagi çigal syujetlar öquvçini ğamginlikdan va oğir muammolardan çalğitadi. Ruhiy notinç bölgan paytlarda sarguzaşt voqealarni öqiş tavsiya etiladi.

Depressiya holatlarida köproq şeʼrlar öqiş kerak ekan. Insultdan keyingi tiklaniş davrida şifokorlar bemorlarga şeʼr öqişni qöşimça muolaja sifatida tavsiya etadilar.

Nevrologlar kitob öqiş miyani maşq qildirişning öziga xos usuli deb hisoblaşadi. Çunki yangi axborot qabul qilinganda miyaning qisqa va uzoq vaqtli xotira uçun javobgar sohalari orasida yangi aloqalar şakllanadi. Öqiş jarayonida his-hayajon qözğatuvçi tizim işga tuşadi. Yangi kitob öqigandan söng ruhiy faollik oşib, bu tuşkun holatdagi kişilar uçun soğayiş reabilitatsiyasi vazifasini bajaradi.

Manbalarga köra, qadimda kitoblar juda qimmatga baholanib, kişilar örtasida ularning qadr-qiymati baland bölgan. Baʼzan bitta kitobni qon-qarindoşlarning hammasi navbat bilan öqiganlar. Kitoblarni yöqotmaslik şart bölgan. Hatto ön sakkizinçi asrgaça köplab kutubxonalarda nodir kitoblar öğirlanmasligi uçun zanjirga boğlab qöyilarkan.

Kumuş-oltin taqinçoqlarimizni zarrin qutiçalar içida javonlarning eng yuqorisiga qöyib avaylaymiz. Kitoblarga ham xuddi şunday munosabatda bölişimiz kerakmikin… Negaki taqinçoqlar bilan yasanib quvonişimiz nari borsa bir haftagaça çözilar. Lekin öqigan kitoblarimiz zavqi-şodligi bizni uzoq yillar tark etmaydi. Şu zavqu şodlikni farzandlaru nabiralar köngliga ham köçiraylik.

“Bitta kitob öqiydigan bola önta kitob öqimaydigan bolaga rahbardir”, degan edilar davlat rahbari. Aslida bu gap mazmunida kitobxon yoş avlod şakllanib, safi kengayişiga umid va işora bor.

Ming afsuski, bugun juda köpçilik savodxonlik, maʼrifat belgisi sifatida gazeta-jurnallar, kitoblarni emas, qöllaridagi şapaloqdek telefonlarini tuşunadigan bölib qolişgan. “Gazeta nima uçun, mana şu telefonda hamma narsa bor-ku”, — deyişadi. Hatto ayrim katta-kiçik rahbarlarning ahvoli ham şu. Telefon heç qaçon kitobning, gazeta-jurnallarning örnini bosa olmaydi. Buni tuşunmagan odam oçiği… kitob ham, matbuot ham öqimaydi. Ming afsus!

Gulçehra JAMILOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan