Maqsad na edi jahona kelding?
Qadrdon, quyida bir ayolning dugonasiga telefonda SMS qilib yöllagan gaplarini yozyapman. Şunga öxşagan fikrlarni köp öqigansiz, eşitgansiz. Özingiz ham örni kelganda ayni mulohazalarni goh beixtiyor, goh dil-dildan aytgansiz. Iltimos, “Buning nimasi qiziq? Odatiy gap-sözlar-ku”, — demang. Aksariyatimiz uçun insonlararo munosabat-muloqotning qolipga tuşgan bir şakli bölgan bu izhorlarning har bir sözini bugun diqqat bilan, mağzi-maʼnosini yurakdan his etib öqiysiz, degan umiddaman. Qoğozga harflar vositasida faqat gap-sözlarnigina emas, ular aytilgan xotirjam ohang, tiniq va umidvor kayfiyatniyam köçirişning imkoni yöqligiga şu safar juda açindim.
“Dugonajon, yaxşimisiz? Qarang, siz bergan römolni örab oldim. Çiroyli eka-a-n. Rangiyam menga yaraşdi…
Yöq, unaqa xijolat bölmang. Öşa kuni ham kördingiz-ku. Içki xotirjamlik bor. Yozuvring. Könglimga ötirsa, eşitaman. Anundaqa oldi-qoçdi gaplar bölsa, eşitmayman. Işonç bor katta. Tuşkunlikka tuşib qolganim yöq. Allohimga şukr. U-bu mavularda maslahatlaringiz, menga asqotadigan takliflaringiz bölsa ham, bemalol yozavering…
Kunlarim juda jöşqin. Kiçkinam bor-ku. Uç yarim yoş. Juda ajoyib bola. U mening xafa bölişimga, tuşkun kayfiyatga tuşişimga umuman yöl qöymaydi. Boğçaga ketganda, naridan-beri işlarimni qilvolaman. Hozir man şuğullanyapman, özim mustaqil ravişda arabça matnlarni öqişni örganyapman, tajvid qoidalaridaman. Keyin öz fanim böyiça öquvçim bor, “Ustoz, örgating”, deb kelaveradi. Nima bölgandayam, öqituvçiman-da…
Endi… har bitta inson öz taqdiri bilan tuğiladi-ku. Allohim bandaning peşonasiga yozib qöyadi. Insoniyat bilişi kerak, duoda gap köpligiga işonişi kerak. Allohim Özi xohlasa, özgartirib qöysa, Özi “Bas!” desa, heç gapmas, Öziga oson. Lekin taqdirimda bor ekan şu kasallik, ilohim, xayrlisi bölsin…
Insonning boşiga kulfat tuşdi, deymiz-u, aslida, heç qaysisi kulfat emas ekan. Çunki insonga Allohim xayrlisini beradi doimo, har bitta işda hikmat bor, buni keyin anglarkanmiz. Bu kasallik menga qanday yaşaş kerakligini, salomatlikning ahamiyatini örgatdi. Maişiy taşvişlar… idiş-tovoq… Kiyim-keçak… yana qança arzimagan narsalarni deb erlarimizni qiynab qöyar ekanmiz. Moddiy ehtiyojlarga tobelik bizning kuç-quvvatimizni olib qöyar ekan. Hayotimiz mazmunini olib qöyarkan. Aslida, şu oddiy deb bilgan narsalarimiz: boşpanamiz, farzandlarimiz bor, birovga muhtojligimiz yöq, alhamdulillah. Eng oliy maqsadimiz farzandlarimizga halol yedirib, halol yaşaydigan insonlar qilib tarbiyalaş uçun şu imkoniyatlar yetarli ekan…
Hamma narsaga şukr qilişni örgandim. Kundalik hayotda oddiy narsa deb, ahamiyati haqida öylab ham körmagan narsalarimiz köp ekan. Ularning qadrini umuman bilmaymiz. Mensimagan narsalarimiz bor-da. Qarang, şifoxonada muolajada yotibman-da. Öttiz yoşlardagi kelinçakni olib kelişdi. U ham rak ekan-da. Boşidagi ösimta asorati tanasiga şu darajada tarqab ketgan ekanki, közi körmay, quloği eşitmay qolgan. Yurişgayam juda qiynalyapti. Ikki odam qöltiqlab olib kelişdi. Oyoğiga şapati urib, u bilan muloqot qilişyapti. Bitta uriş “Ha”, ikkitasi “Yöq” degani ekan. Bir yaşarlik farzandi bor ekan, buning ustiga, eriyam taşlab ketibdi. Men undan özimni ustun qöyganim yöq, lekin ahvolim, holatim birmunça yaxşi ekaniga şukr qildim. Bergan dardingga şukr, komil şifoyingni ber, Allohim.
Xulosa qildim, inşoolloh, soğayib ham ketaman, Xudo xohlasa, dard ötib ham ketadi. Şukr, şukr.
Meni çarçab qoladi, deb xijolat bölmang. Uyimizni bilasiz-ku, keling, gaplaşamiz…”
Öqiganingiz — bundan ikki yil muqaddam oşqozon saratoni kasalligiga uçrab, ikki marta jarrohlik va qator kimyoviy muolajalar olgan… yaqinda uçinçi marta jarrohlik muolajasini ötkazganidan bir neça kun ötib Allohga omonatini topşirgan qirq yaşar ona — munisaning kursdoş dugonasiga sal avvalroq yuborgan, bugun uning yaqinlariga yodgorlik, “katta dars” bölib qolgan gaplari. Qöşmadim, özgartirmadim.
Oğir darddan-da qalb osoyiştaligi, hikmatlar topa olgan bu çaqmoqdek hayot sohibasining fikrlari öy-xayollarimni ostin-ustun qilib taşladi.
“Şukr” faqat til eʼtirofimi?
Bir oz dam olsang, issiqqina çoy içsang, mijozing yoki holatingga töğri kelmaydigan taomlardan parhezda bölsang, toza havoda sayr etsang, yaxşilab yuvib-tarab dori surtsang, boringki, şifokor maslahati bilan muolajalar olsang tuzalib ketadigan, harki issiq jonni huşyor torttirib turadigan yengil yo oğir, ammo şifosi maʼlum betobliklarda ham oh-vohlar bilan körpa-töşak qilib astoydil yotib olib, atrofidagilarning hammasi girgitton bölişini, açinişini, boşqa işlarini taşlab ğamxörlik qilişini istaydigan özimiz kabilar yer tomon-u, sönggi yillarda eti suyagiga deyarli yopişib qolgan, bir kunda bir piyolagina suyuq ovqat tomoğidan ötganiga şukr qilib, oilasi, bolalariga mehrini quyoşdek soçgan, öquvçilariga til va adabiyot fanidan ilm berib, “oldi-qoçdi gaplarni eşitmay”, hayot hikmatlarini anglaşga uringan marhuma singlimizning qalbi, qadr-qimmati bir tomon — osmon böldi.
“Şukr” sözi tilimizdan tuşmaydi. “Salomatmiz, şukr”. “Yurtimiz tinç-osoyişta, şukr”. “Işlab turibmiz, tirikçiligimiz ötyapti, şukr”. “Alloh bergan öğil-qizlarimiz bor, şukr”, “Töylar qilyapmiz, şukr”. “Yangi uy-joyli, martabali, kelinli, kuyovli, nabirali, maşinali… böldik, şukr”. Mazmun-mohiyati hayot tarozisida juda salmoqli bölgan “şukr” sözini tilga oliş bilan maʼnaviy burçimizni bajargandekmiz göyo. Aslida, ulamolar fikriga köra, şukronalik til eʼtirofi bilan emas, balki röyobga çiqqan işlar, amallar mohiyati, nasib etgan neʼmatlarning çin maʼnoda qadriga yetiş, töğri tasarrufi bilan belgilanadi. Sodda misollarda izohlaydigan bölsak, toza içimlik suviga şukronamiz uni isrof qilmay xayrli maqsadlarga saflaş; har bir yangi kunga yetkazganiga şukronamiz daqiqayu soatlarni özimizga, oilamiz, jamiyatu ona Vatanga manfaatli işlar, saʼy-harakatlar bilan mazmunli etiş; yaşillik olamiga şukronamiz har bir yaproqning bevaqt xazon bölmasligiga ğamxörlik qiliş; biror sohada işlab rizqu nasiba topayotganimizga şukronamiz öz vazifamizni pişiq-puxta, firibu nayrangsiz, çiroyli ado etiş; dasturxonimizdagi nonu çoyga şukronamiz ulardan olgan kuç-quvvatimizni ilm olişga, ezgu ğoyalarni tarğib etişga, halol mehnat qilib turmuşni yanada tökin, jamiyatni farovon, yurtni obod qilişga sarflaş…
Bebaho, ğanimat, betakror hayotdan bahramandligimizning birinçi belgisi — tört muçamiz salomatligi. Borliqning Yaratguvçisi, Musavviri nima uçun bandalarini oq, qizil, sariq, qora tanli, ularning böyu basti, qiyofasi va undagi aʼzolarni xilma-xil qilib bino etgani hikmati, sababi yolğiz Öziga ayon.
…Keyingi paytlarda nikoh töylarida kuzatsak, aksariyat kelinlarning yuzi bir-biriga juda öxşab ketadi: qaboq uzra qatʼiy çiziq böylab tortilgan qoşlar qop-qora, yasama kipriklarni kötarib turgan mijjalarga rahmingiz keladi, yonoqlar quloq tomonga qarab qizartirilgan, dördoq lablar, yuzga singdirib qalin çaplangan nimalardir jonli terini sunʼiy matoga öxşatib qöygan. Açinasan, aytolmaysan: esizgina, şu paytgaça bir qarasang, yana qaraging keladigan qizlar bir kunda yoşi ança katta, rangu röyi nursiz, xorijiy biçimdagi köylak kiygan qöğirçoqqa öxşab qolgan.
Hozir azada ayrim ayollar qoşu közlaridagi böyoqlarning behad quyuqligidan uyalib ketasan.
Ilgari atrofingdagi odamlarning qandayligini gap-sözlarini eşitganing, feʼlu atvoridan xabardor bölganing, ozmi-köpmi hamkorlik qilganingdan keyin tuşungan bölsang, endi ayrimlarga bir marta közing tuşgandayoq baʼzi xulosalar dilingdan ötadigan bölib qoldi. Ha, asliga qaraganda ikki-uç marta kattaytirilib dördoq qilingan lablar, yuz çekkalariga terini tortiş bilan “hosil bölgan” yonoqlar, “ajinsiz” qaboğu peşanalar, eşiklardan birinçi bölib “kirib keladigan” kökraklar (andişali qadrdon, uzr)… Beixtiyor öylaysan: qalbining hoyu havaslari izmiga kirgan şu noşukr ayol bunday şaklu şamoyilga kirguniça öziga omonat bölgan tana aʼzolariga beşafqatlik bilan qança ozor berdiykin?
Alloh Qurʼoni Karimda marhamat qiladi: “Va Robbingiz sizga: “Qasamki, agar şukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim şiddatlidir”, — deb bildirganini eslang”.
Ijtimoiy tarmoqlarda hozir ğoyat urf bölgan mavzulardan biri: yuzi yanada çiroyli, qaddu qomati yanada xuşbiçim, ayrim aʼzolari yanada eʼtibortalab, bosib ötgan yillariyu yöllari jismida qoldirgan izlarni yöqotib, ança yoş köriniş istagida yuzini torttirgan, lablarini şişirgan, kökragi va ketini kattaytirgan, belini xipça etiş niyatida hattoki qovurğalarini jarrohlik yöli bilan oldirib taşlagan dunyoga maşhur kino yulduzlari, biznesmenlar, modellarning köpçiligi oxir-oqibatda şunday ayançli holga tuşganki! Ular uçun nafaqat el-ulusga köriniş, hattoki oynada öz qiyofasiga közi tuşişi ham azob bölib qolgan; ular umrining oxirigaça şu qismatga mahkum. Bu noşukrlikning qattiq, şiddatli azobi emasmikin?
Uluğlardan şingil saboq
Hazrat Alişer Navoiy Şayx Abulqosim Bişr Yosin haqida keltirgan maʼlumotda Şayx Abu Said Abulxayr aytgan quyidagi ruboiyni keltiradi:
Sening ehsonlaringning sanoğiga yetolmayman.
Tanamdagi har bir tuk tilga aylanganda ham,
Ming şukringdin birini ado qilolmayman.
Mohiyatu ahamiyatiga köra şukronalik, toki közimiz oçiq ekan, dilimizda, tilimizda, amalimizda har lahza zohir bölsa, qaniydi!
Gyotening quyidagi satrlari ham Şarq faylasuf donişmandlari nasihatlariga hamohang:
Nafas olmoq hamda çiqarmoq erur —
Ikki ehson, buni anglamoq zarur…
Allohga şukr de, nafas kirgan on,
Şukr de nafasing çiqargan zamon.
Şukronalik insonni gözal, uluğvor, saxovatpeşa etadi; saxovatpeşalikdan qalb yuksaladi, rohatlanadi, qiyinçiliklar ruhiy orom keltiradi.
Bahouddin Naqşband ustozi Amir Kulolga ötin kerakligini bilib, bu mehnat unga nasib etganidan şod-xurramlik bilan şukrona qilib, Kaʼbaning jamolini körayotgandek ötin terayotgan paytda, muğilyon tikanlari u kişiga ipakdek yumşoq köringan ekan.
Saxovatpeşalikni unutmadikmi?
Sözimiz avvalida eslangan marhumaning gaplarini öqiyotganimda, tinglayotganimda, (nimagadir) keyingi paytlarda jahonşumul musobaqalarda oltin medal olgan sportçilarimizga davlatimiz, hokimliklar tomonidan qöşimça mukofot tariqasida katta miqdorlarda pul, uy, maşinalar berilayotgani va şu holat bilan boğliq ravişda ijtimoiy tarmoqlarda qiziyotgan bahslar ham dilimdan ötdi.
Albatta, birovning çöntagidagi pulni sanaş madaniyatsizlik. “Beli oğrimaganning non yeyişini kör”, — deganlaridek, neça yillar mobaynida muntazam, oğir, izçil maşğulotlarga umri, soğliği, barça imkoniyatlarini tikkan, Vatan va xalq şarafini yuksaltirgan sportçilarning mehnati, irodasi, jasorati eng oliy mukofotlarga munosib. Zero, ular hayotning boşqa biror sohasida ham şunçalar matonat, fidoyilik, izlanuvçanlik, betinim faoliyat yuritsalar, katta molu davlatga erişmoqlari mumkin bölardi, ehtimol. Faqat… million-millionlab muxlislar köz öngida, nomdor raqiblar bilan bellaşuvlarda yurtining, xalqining şarafi uçun Alpomişga aylangan bahodir qalbli sportçilar mamlakatimizda qaşşoqlar, kambağallar ham kam emasligini; ijtimoiy tarmoqlarda özlari bilan boğliq davom etayotgan bahslar, tortişuvlar, hatto noroziliklarning boş sababi mana şu ijtimoiy dard ekanini bilmasliklari mumkin emas. Farzandiga bitta poyabzal sotib oliş, bemor bolasini mutaxassis şifokorga davolatiş, homilador kelinini yaxşiroq yedirib içiriş, keksa otasi yoki onasi közining ğanimat bölib boryotgan nurini asrab qoliş uçun tibbiy muolaja boşlaş, Alloh iqtidor bergan bolasi öqişga kirganidan quvonib, ammo uning kontrakt pulini qanday qilib tölaş, ijarayu bankdan olingan qarzni qaçon uzib, xotirjam yaşaşni orzu qilayotganlar… najot izlayotganlar ming-minglab topiladi. Şularni körmaslik ijtimoiy hayotdan juda uzoqlik, xalq taqdiriga befarqlik; körib körmaslikka, bilib bilmaslikka oliş esa… “xalqim”, “Vatanim” deb boşlangan otaşin nutqlarning samimiy emasligi belgisi bölmaydimi?
Nazdimizda, Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi kabi (röyxatni davom ettiriş mumkin) sport yulduzlarining million-million odamlarga suyukli, hurmatli, ibratli bölgan jihati faqat futbol (sport) maydonlaridagi mahoratigina emas. Topgan daromadlarining juda katta qismini oğir xastaliklarga duçor bölganlarni davolatişga; qaşşoqlarni moddiy qöllab-quvvatlaşga, qiyin ijtimoiy ahvoldagi bolalar va yoşlarning bilim olişiga astahidil sarflayotganlari, vayron bölgan dillaru taqdirlarni obod etib ularning minnatdorçiliklari, duolariga muşarraf bölayotganlari bu sportçilarning şonu şuhratini, molu davlatini yanada ziyoda qilayotgan bölsa, ajabmas.
Vatanni bir butun katta xonadon, xalqimizni şu xonadonda jam bölgan oila aʼzolari desag-u… şu muqaddas ota makon bemorxonalarida moddiy, maʼnaviy kömakka muhtoj bölib yotganlar, körpasini boşiga tortsa oyoği, oyoğiga tortsa boşi oçilib qolayotgan kambağal oilalar, bilim olişga bor vujudi bilan talpinib turgan farzandlarini öqitişga imkon izlayotganlar, boşpanasizlar, yolğizlar, nogironlarning köz öngida qöşa-qöşa qimmatbaho avtoulovlar, qöşa-qöşa hovliyu uylarni nomimizga xatlab olib, bir neça maktab, şifoxona quriş mumkin bölgan mablağni çöntagimizga solib olgança xotirjam yurişni qanday baholaş mumkin? Yemirilgan diyonatsiz tuzumning “Har kimning mehnatiga yaraşa…” degan şioridan qalbimizga parda tortmaylik. Bu yoruğ olamda kimlardir tökin-soçinlik, kimlar esa ehtiyojmandlikda sinalişini unutmaylik.
Azaldan millat iftixorlari, bahodirlari, boy-badavlatlarining fazilatlari ularning xalq oğirini yengil, muşkulini oson, dardlarini aritişida namoyon bölgan.
Bir neça oy muqaddam ijtimoiy tarmoqda körgandim: ön yoşlardagi bolani xalqaro Qurʼon tilovatiga bağişlangan bellaşuv ğolibi deb eʼlon qilişdi. Sahnada boşlovçi, ğolib ösmir va uning onasi turişardi. Şunday muloqot bölib ötdi:
— Hurmatli boşlovçi, mening sizdan iltimosim bor, — dedi bola. — mana şu mukofot pulini Falastindagi bemor, nogiron bolalarni davolatiş uçun ötkazib berişingizni sörayman.
— Sen şoşilma, — uning gapini böldi boşlovçi. — Bu juda katta mablağ. Ota-onang bilan maslahatlaş, özingga ham nimalardir sotib olarsan…
— Yöq, boşqa gap bölişi mumkinmas! — muloqotga nuqta qöydi bolajon. Yonida onasi közlariga yoş tölib, ilmiga amali munosib bölgan öğliga mehr bilan qarab turardi.
Hadisi şarifda öng qöling qilgan ehsondan çap qöling, çap qölingning ehsonidan öng qöling-da xabardor bölmasligi aytilgan. Balki, sevimli sportçi çempionlarimiz odamlarga ovoza qilmay, ezgu maqsadlarda biz öylagandan ham köproq xayrli işlar, saxovatpeşalikni amalga oşirgan, oşirayotgan bölsalar, ajabmas. Bundan baxramand bölganlar, xabardorlar bordir. Agar şunday bölsa, nur ustiga aʼlo nur. Ammo oçiğini aytsam, şunday ekanligiga işongim yöq. Çunki bizda bunday narsalar aslo, “reklama”siz bölmaydi-ku!
Aslida, yuqoridagi mulohazalar ayni paytdagi bahs-munozaralarga, sportçilarga boğlab aytilgan bölsa-da, mamlakatimizda oy sayin qatori kengayib borayotgan badavlat insonlarga, milliarderlarga har kuni: “Tanu joningizga sihat-salomatlik, martabangizga uluğlik, davlatingizga davlat, savobingizga savoblar qöşadigan şukrona — saxovatpeşalikni unutmadingizmi?” — deb takrorlab-takrorlab turging keladi.
Zero, har birimiz ertami, keçmi, “Maqsad na edi jahona kelding?” degan savolga yuzma-yuz kelamiz.
Öşanda tarozi pallasida imkoniyatlarimizning oz yoki köp bölganligi emas, balki har birimizga nasib etgan harki (ninadekmi yoki toğdekmi) imkoniyatlarni ezgu maqsadlar, xayrli işlarga sarflab eldan topgan roziliklarimiz, savoblarimiz birdek toş bosadi.
Muhtarama ULUĞOVA
