Özbekiston öqituvçi va murabbiylariga
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarini Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan çin qalbimdan muborakbod etib, barçangizga eng ezgu tilaklarimni bildirişdan baxtiyorman.
Xalqimiz özining azmu şijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi Özbekiston va Uçinçi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda uşbu uluğ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi örni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda.
El-yurtimiz azaldan eʼzozlab keladigan öqituvçi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yanada yuksaltiriş – biz amalga oşirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvçi yönalişiga aylangani ham şundan dalolat beradi.
Zero, donişmandlar aytganlaridek, mamlakat avvalo yerdan rizq-nasiba undiradigan dehqonlar, xalqni yovdan, turli yovuzliklardan himoya qiladigan askarlar, yoş avlodga taʼlim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning saʼy-harakati bilan obod va farovon böladi.
Hurmatli vatandoşlar!
Keyingi yillarda milliy taraqqiyot strategiyamiz asosida yurtimizda taʼlim va tarbiya tizimida ham tom maʼnoda tarixiy işlar amalga oşirilmoqda.
Qisqa fursatda sohaga oid köplab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy baza mustahkamlandi. Yangilangan Konstitutsiyamizda öqituvçining maqomi alohida belgilab qöyildi.
Respublikamizda har yili yangi-yangi taʼlim maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va öquv qöllanmalarining zamon talablariga mos yangi avlodi yaratilmoqda.
Ayniqsa, maktabgaça taʼlim tizimi dunyodagi ilğor tajribalar asosida mutlaqo yangiça rivojlaniş bosqiçiga qadam qöydi. Yurtimizdagi bolalar boğçalari soni 8 barobar oşib, salkam 38 mingtaga, jumladan, nodavlat taʼlim muassasalari 250 tadan 29 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76,4 foizga yetgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy harakatga aylandi. Bu haqda söz yuritganda, oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, şu yilning özida esa 608 ta maktabda quriliş va taʼmirlaş işlari bajarilganini taʼkidlaş lozim.
Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv taʼlim joriy etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 288 ming nafardan ortiq boşlanğiç sinf öquvçilarining bepul ovqatlanişi yölga qöyildi.
Xususiy sektor rivoji uçun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar natijasida nodavlat maktablar uluşi 5 foizga yetgani diqqatga sazovordir.
Biz inson qadrini uluğlaşga qaratilgan ulkan işlarimiz doirasida öqituvçi va murabbiylar mehnatini munosib baholaş va rağbatlantirişga alohida ahamiyat bermoqdamiz.
Bugungi kunda öqituvçilarning iş haqi 2016 yilga nisbatan örtaça 2,5 marta, professor-öqituvçilarning oylik maoşi esa 4,5 karra ösgani, oktyabr oyidan pedagog xodimlarning iş haqi yana 15 foizga oşirilişi şu boradagi saʼy-harakatlarimiz natijasidir.
Taʼlim sifatini yuksaltiriş maqsadida pedagoglarning malakasini oşiriş böyiça yagona va vertikal tizim yaratildi. Joriy yilda hozirga qadar 142 nafar öqituvçi ilğor xorijiy davlatlarda malaka oşirib qaytdi. Maktab direktori lavozimiga tayinlaş tizimi takomillaştirilib, ularga menejerlik sertifikatini beriş tartibi örnatildi.
Taʼlim-tarbiya sohasiga berilayotgan ulkan eʼtibor tufayli yoşlarimiz bilim, fan va texnika, madaniyat va sanʼat, sport sohalarida yuksak marralarni qölga kiritayotgani barçamizni mamnun etmoqda.
Öquvçilarimiz 2010-2016 yillarda xalqaro fan olimpiadalarida 73 ta medalni qölga kiritgan bölsa, sönggi yetti yilda 349 ta, 2024 yilning özida esa 122 ta medalga sazovor bölgani ham birinçi navbatda sizlarning maşaqqatli mehnatingiz samarasidir.
Bu borada xalqaro fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilarning ustozlarini rağbatlantiriş tizimi yölga qöyilgani va şu maqsadda Davlat byudjetidan 6 milliard söm mablağ yönaltirilgani muhim rağbatlantiruvçi omil bölib xizmat qilmoqda.
Özbekiston tarixida birinçi marta buyuk allomalarimizga bağişlangan xalqaro fan olimpiadalarini ötkazişni boşladik. Bu esa farzandlarimiz, butun xalqimiz qalbida ğurur va iftixor tuyğusi bilan birga, dunyoda Özbekistonning maʼrifiy nufuzini ham yuksaltirmoqda.
Maktabda ikkinçi xorijiy til va kasb-hunarlarni örgatiş borasida ham muhim qadamlar taşlandi. Joriy öquv yilida 354 ta maktabda 16 mingdan ziyod öquvçiga ikkita xorijiy tilni öqitiş, 289 ta maktabda 40 mingdan ortiq öquvçiga kasb-hunar örgatiş yölga qöyildi.
Oliy taʼlim sohasida ham katta islohotlar amalga oşirilmoqda. Qisqa muddatda yurtimizda 135 ta yangi oliygoh taşkil etilib, ularning umumiy soni 211 taga yetkazilgani, tizimda qamrov darajasi 4 barobardan ziyod oşib, 9 foizdan 38 foizga yetgani misolida buni yaqqol köriş mumkin.
Qadrli döstlar!
Köhna tarix, bugungi hayot tajribasi barça muammolarning yeçimi, savollarning javobi faqat va faqat taʼlimda, kamolot va baxt eşiklarining kaliti taʼlim va tarbiyada ekanidan dalolat beradi.
Barçamiz yaxşi tuşunamizki, öz oldimizga qöygan buyuk maqsadlarga yetişda – jonajon Özbekistonimizni erkin va farovon, har tomonlama obod mamlakatga aylantirişda soha rivojini yangi sifat bosqiçiga kötariş hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Sizlar bilan bölib ötgan sermazmun va samimiy muloqotimizda bu haqda yana bir bor fikr almaşib, kelajak rejalarimizni aniq belgilab oldik.
Işonçim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-öqituvçilarimiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol iştirok etib, “Yangi Özbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob ğoyamizni amalga oşirişga munosib hissa qöşasiz.
Heç şubhasiz, biz taʼlim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptiriş, soha xodimlari uçun munosib mehnat va turmuş şaroitlarini yaratiş masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat beramiz va öqituvçilikni jamiyatimizda eng obröli kasblar qatoriga olib çiqamiz.
Muhtaram ustozlar!
Mana şu şukuhli ayyomda siz, azizlarni yana bir bor çin dildan qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hamişa soğ-omon böling, qadrli va mehribon ustozlar!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
