Til — tirik organizm
u ham xuddi inson vujudidek parvarişga, diqqat-eʼtiborga muhtoj
21 oktyabr — özbek tili bayrami kuni
Yoqimli va mukammal nutq insonning heç narsaga qiyoslab bölmaydigan maʼnaviy boyligi, javohirlar töla sandiği hisoblanadi. Yaxşi söz, yaxşi xabardan könglimiz quvonadi, xursand bölamiz, dilimiz yayraydi. Şu boisdan ham xalqimizda til, talaffuz madaniyatiga eʼtibor beriş, har söz, har jumlani öylab gapiriş, fikrni qisqa sözlab ifodalaş, muomala odobiga hamişa rioya qiliş xususida köplab hikmatlar mavjud. Insonning nutqi şunday sirli xilqatki, unda sözlovçining qalbi, içki dunyosi, taʼlim-tarbiyasi, odob-axloqi öz aksini topadi.
“Ey öğil-qizlarim, tilga ehtiyot bölinglar! Kişi dilini oğritadigan, könglini qoldiradigan, izzat-nafsiga tegadigan, or-nomusi, şaʼnini oyoq osti qiladigan sözlardan nari bölinglar. Tildan yetgan ozor nayza ozoridan yomon”, deb uqtirişadi uluğ ustozlar.
Kaykovusning maşhur “Qobusnoma” asarida nutq va muomala odobiga alohida eʼtibor berilgan. Asarning yettinçi bobida quyidagilarni öqiymiz: “Ey farzand, toki qila olsang (yaʼni, qölingdan kelsa), söz eşitmakdin qoçmağilkim, kişi söz eşitmak bila suxangöylik hosil qilur… Yolğon va behuda söz aytmak devonalikning bir qismidur. Har kişiga söz aytar bölsang, qarağil, u sening sözingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni sözingga xaridor topsang, unga sözingni sotğil. Yöq ersa, ul sözni qöyib, şundoq söz degilkim, unga xuş kelsin va sening sözingga xaridor bölsin”.
Kaykovus odamlarni tört toifaga böladi: “Biri ulkim, bilur va bilğonini ham bilur. Ul olimdur, unga tobe bölmoq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas va bilmağonini bilur, ul qobildur, unga örgatmok kerak. Biri uldurkim, bilur, ammo bilğonin bilmas, ul uyqudadur, uni bedor qilmoq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas, bu qusuridan bexabar, u johildur, undan qoçmoq kerak”.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilik” asarida til odobi, yaʼni öqiş va bilim olişda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli sözlaş, tilga ortiqça erk bermaslik xususida quyidagilar bayon qilinadi: “Til aql va bilimning tarjimonidir. Bilki, kişini nuroniy qiluvçi vosita oçiq va mazmundor tilidir…. Til kişini izzatli qiladi, kişi tili bilan baxtli böladi. Til misoli arslondir, qara, u seni doim eşik oldida poylab yotadi. Ey, mağrur uy xöjasi, huşyor bölki, agar tilingga ortiqça erk bersang — öylamasdan sözlasang, bu arslon bir kun emas, bir kun boşingni yeydi…”
Abu Rayhon Beruniyning fikriça, til — sözlovçi istagini eşitguvçiga yetkazuvçi tarjimondir. Uluğ mutafakkir Alişer Navoiy tilni insonni hayvondan ajratuvçi “gavhari şarif”ga öxşatadi. Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning uşbu sözlari ham ayni haqiqat: “Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurgan oyinai hayoti uning tili va adabiyotidur. Milliy tilni yöqotmak millatning ruhini yöqotmakdur”.
Ona tilimiz, undagi noyob söz va iboralar, hikmatlar, maqol va matallar asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba asosida şakllangan, töplangan va sayqal topgan bölib, bu noyob xazina, biz, bizdan keyingi avlodlar uçun noyob meros hisoblanadi. Bu xazinadan bahramand bölgan buyuk ajdodlarimiz al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari mutafakkirlar dunyo tamadduni rivojiga munosib hissa qöşdilar, ayni çoğda, özlarining buyuk asarlari, ilm-maʼrifatlari bilan bu xazinani keng kölamda boyitib, maqomini baland kötardilar.
Xalqimizning asrlar davomida şakllangan turmuş tarzi, orzu-umidlari, zulm va istibdodga qarşi kuraşlari, şu bilan birga, ezgu insoniy fazilatlari, bağrikengligi, mard va tantiligi, haqsöz va mehnatsevarligi son-sanoqsiz maqol va matallarda, hikmatli rivoyatlarda öz ifodasini topgan. Şu boisdan ham, tilga eʼtibor, uni milliy boylik sifatida sevib-ardoqlaş, boyitiş, kelajak nasllarga şarafli tarovati, zavq-şavqi, xazina yangliğ maʼno salmoği bilan yetkaziş bizning ajdodlar ruhi oldidagi maʼnaviy burçimiz hisoblanadi. Bu burçni tuşunmay yoki beparvoligimiz oqibatida til xazinamizga yetkazilayotgan ozorlarni anglamasak, oğzaki va yozma nutqning öziga xos talablarini bir-biriga qoriştirib taşlasak, tuzatiş qiyin bölgan jiddiy xatoga yöl qöyamiz. Faqat bolaning emas, kattalarning ham “qotib” qolgan tilini önglaşning iloji yöq.
Til şunday bir boğki, undagi har bir nihol, har bir ğunçaning öz örni bor, bordi-yu, ulardan biri eʼtiborsiz qolsa, boğning körkiga putur yetadi, tarovati susayadi. Hikmatli sözlar, maqol va matallar, rivoyat va hikoyatlar orqali biz uzoq ötmişga xayolan nazar taşlaymiz, xalqimiz bosib ötgan maşaqqatli yöldan xabardor bölamiz. Şu maʼnoda, tilni bugungi kunni olis ötmiş bilan boğlovçi maʼnaviy köprikka qiyoslaş mumkin. Bu köprik bizni yangi ezgu amallarga daʼvat etadi. “Tilini asragan el boy böladi, uni yöqotgan el esa yölidan, özligidan adaşadi”, deganlaridek, til boyligimizni özligimizni yöqotmaslik uçun ham asraşimiz lozim.
Sobiq tuzum şaroitida tilimiz köp jihatdan tanazzulga yuz tutdi. Ona tiliga eʼtibor susaydi, neça asrlar davomida xalqimizga maʼnaviy hamroh, najot vositasi bölib kelgan özbek tili asossiz kamsitildi. 1989 yilning 19 oktyabr kuni bölib ötgan Oliy Kengaşning navbatdagi sessiyasida mamlakatimizda özbek tili davlat tili deb rasman eʼlon qilindi. Konstitutsiyamizda davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilab qöyildi, yaʼni özbek tili mustaqil davlatimizning bayroği, gerbi, madhiyasi kabi muqaddas timsollardan biriga aylandi.
Bu, şubhasiz, katta ğalaba edi. Ammo uzoq yillar davomida tilimizga yetkazilgan zararning örnini qoplaş oson bölgani yöq. Bu borada ötgan yillar içida eʼtiborga molik işlar qilindi, ona tilimizning qaddi-basti, nufuzi tiklandi, ilmiy-tadqiqot işlari, yozişmalar özbek tilida olib boriladigan böldi. Biroq, bu jarayon goh izçil, goh sust davom etayotgani, xususan, yangi alifboni mukammallaştiriş va amaliyotga joriy etiş yakuniga yetmayotganini ham qayd etiş zarur. Bugun Oliy öquv yurtlari talabalari, örta taʼlim maktablari öquvçilari yozgan bayon va inşolarda har ikki alifbo qoidalariga amal qilmaslik közga taşlanadi. Bu holatni rasmiy idoralar, korxona va taşkilotlardan kelayotgan xatlarda ham köriş mumkin. Bundan körinadiki, ajdodlardan avlodlarga ötib kelayotgan til boyligimizning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylaşimiz, uni boyitiş, nufuzini oşiriş ustida doimiy işlaşimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya, soğliqni saqlaş tizimlari kabi öta muhim sohalarda ona tilimizning qöllanişi doirasini kengaytiriş, etimologik va qiyosiy luğatlar naşr etişni davom ettiriş, zarur atama va iboralar, tuşunça va kategoriyalarni işlab çiqiş zarur.
Dunyoviy taraqqiyotning bugungi ilmiy-texnik darajasi har qanday mukammal tilni ham yangi söz, ibora va tuşunçalar bilan muttasil boyitib borişni taqozo etadi. Tilşunos olimlar tilni faqat ötmişga qarab emas, şu bilan birga (!) bugunga va kelajakka ham qarab boyitiş zarurligini uqtiradilar. Bu vazifani bajariş uçun amalga oşirilayotgan işlarning salmoği muttasil oşib borişi zarur. Negaki, tilimiz, tariximiz, madaniyat va sanʼatimiz, istiqlol yillarida erişayotgan yutuqlarimiz, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi bugungi örniga qiziqiş kun sayin kuçayib bormoqda, özbek kuraşi bilan boğliq iboralar jahonda mağrur yangrayotgani, köplab xorijiy oliy öquv yurtlari, ilmiy-madaniy muassasalarda özbek tili, adabiyoti va sanʼatini örganuvçi guruhlar paydo bölayotgani, biz bilan ijodiy, madaniy hamkorlik qilişga istak bildirayotganlarning safi ortayotgani fikrimizga dalil böla oladi. Atoqli adib Çingiz Aytmatov asarlari bois, dunyo mamlakatlarida qirğiz tilini, Öljas Sulaymonov ijodi bois qozoq tili va tarixini örganişga qiziqiş yuzaga keldi. Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” asari, Odil Yoqubov romanlari, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Şavkat Rahmon şeʼriyati ham şunday yuksak maqomga erişdi.
Bu — quvonarli hol, albatta. Ammo… uzoqda turib, tilimizni örganuvçilar imlo va grammatika qoidalariga qatʼiy rioya qilayotgan bir paytda biz öz yerimizda bu qoidalarni buzib, payhonlayotganimiz bağoyat açinarlidir.
Bunga aslo befarq qarab bölmaydi. Buni telekörsatuvlarda, radio eşittirişlarda, sayozdan-sayoz seriallarda, ayniqsa, qöşiqçilikda maʼlum hudud doirasida işlatiladigan şeva tobora köproq uçrayotganida, adabiy sözlar, iboralar qolib, şevada sözlaş zamonaviylik belgisi sifatida namoyon bölayotganida köriş mumkin.
Yana bir qusur köçalarimizda imlo qoidalariga rioya qilinmay yozilgan eʼlon, savdo-tijorat reklamalari, televideniyeda “qölbola” dori vositalariga doir tinimsiz berilayotgan, bir körsatuvda öndan ortiq marta takrorlanayotgan maza-matrasiz matnlarda közga taşlanadi. “Otopitelnыe sistemы” jumlasini özbek tiliga “Issiq qiliş” deb ögirgan nönoq tarjimon, toğ yonbağrida boşiga qanday yolğonlar tuşişidan bexabar bir giyoh telereklama orqali xos yigirmadan ortiq öta oğir dardlarga davo bölişini oğiz töldirib aytayotgan tabib, aftidan, Ğazzoliyning “Til ofatlari” kitobini öqimagan va bu allomaning quyidagi sözlaridan bexabar bölsa kerak: “Insonga eng itoatsiz aʼzo tildir. Çunki bu suyaksiz aʼzoning osongina harakatga kelişi, heç bir maşaqqatsiz yugurikligi kutilmagan oqibatlarga sabab böladi”.
Til — tirik organizm, u ham xuddi inson vujudidek parvarişga, diqqat-eʼtiborga muhtoj. Töğri parvarişlangan nihol erta mevaga kirgani kabi, tilga eʼtibor ham yangi avlod tarbiyasida, albatta, özining sermaʼno va salmoqli samarasini beradi.
Ahmadjon MELIBOYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist,
“Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri.
