“Kobra odam”

yoxud ilonlarning dösti

Özbekiston xalq tabobati akademiyasi aʼzosi, ilon ovlovçi Alişer Yormatov Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi toğli Jom qişloğida yaşaydi. Kasbi veterinar vraç bölgan bu insonning uyida hozirda 50 dan ortiq zaharli ilonlar bor.

Biz u kişi bilan bundan qariyb 10 yilça avval, ilonlari bilan Samarqandga kelib, şaharning markaziy istirohat boğida tomoşa taşkil qilganida tanişgan edik. Öşanda zaharli ilonlar va ularning ğaroyib çiqişlarini tomoşa qilib, bu odamning favqulodda qobiliyatiga qoyil qolgandik.

Ammo taniqli yozuvçilardan biri taʼkidlaganidek, aynan şunaqa ğayrioddiy insonlar dunyoni bezatadi.

Quyidagi faktga etibor bering. Birgina 2001 yilning 6 oyida qahramonimizni naq yetti marta zaharli ilonlar çaqqan! Ammo şunga qaramay, u közoynakli ilon — kobralarini yanada köproq sevib, ularga doimo ğamxörlik qiladi.

“Ilonlar — mening hayotimning maʼnosi…”

Yormatovdan: “Ilonlarni boqiş sizning sevimli maşğulotingizmi?” deb söraşganida, u heç ikkilanmasdan: “Ilonlar — hayotimning mazmuni”, deb javob bergan.

Uning uyida ayni paytda 50 dan ortiq zaharli ilon, şu jumladan, 30 ga yaqin kobra bor. Alişer aka ularni şunçaki boqibgina qolmay, tom maʼnoda ilonlar bilan yaşaydi, gaplaşadi, nafas oladi. Nisbatan uning kobralari erkindir. Qahramonimizning özi ularni tutadi, östiradi, öqitadi.

Alişer akaning ilon ovlaydigan asboblari juda oddiy: tayoq va sumkadan iborat. Hatto maxsus kiyimi ham yöq. Bu maşğulot, töğriroği, sevimli maşğuloti endi uning oilasiga ham kirib kelgan: qizi Dilafröz va kenja öğli Nurbek mustaqil ravişda kobra bilan şuğullanişadi.

Yormatovlar oilasi ilgari atrofi çöl bilan öralgan toğoldi qişloqlaridan birida yaşagan. Ular yaşagan sovxoz çorvaçilik xöjaligi bölib, u yerda qoraköl qöylari boqilgan. Yoş Alişer bolaligidan ilon tomoşa qiliş uçun daştga borardi. Kobralar va gurzilarning nafas olişi, ayniqsa, boşini kötarganda vişillaşini körib u çeksiz zavqlanardi.

Ota-onasi öğlini uyga kiritişmadi

Alişerning ota-onasi dastlab uydagi ilonlar qayerdan kelganini tuşuna olmadilar. Alişer çöntaklariga har xil mayda jonivorlarni solib, uyiga olib kelardi. Şunda ular haqiqatni bilib qolişdi va öğli çöntagidagi hamma narsani silkitib çiqarib taşlamagunça, uyga kiritmadilar.

Boşqa qarindoşlari ham ularning uyiga kelsa, qörqişardi. Şunda Alişerning otasi öğli uçun haqiqiy “bojxona tekşiruvi”ni taşkil qilardi. Ammo bola ertasiga 10 kilometrlik “kiçik aylanma” yöl bosib, yana daştga borar va ilonlar bilan yana çöntaklarini, sumkasini töldirardi.

Kattalar bolada qandaydir ğayrioddiy kasallik bor degan xulosaga kelişdi va uni şaharga şifokorlarga olib borişdi, ammo şifokorlar boladan heç narsa topa olişmadi. U juda yaxşi öqir, mutlaqo soğlom edi…

Alişer akaning aytişiça, ilonlar har doim u kişini öziga tortadigandek tuyuladi, u kişi qayerda paydo bölsa, bir neçta oyoqsiz jondor darhol u yerga sudralib borardi. Qahramonimiz, ayniqsa, kobralarni yaxşi köradi. Hatto ular bilan birga emaklaydi, boşini kötarib, yonoqlarini şişirganida ular bilan hatto şivirlab gaplaşadi.

U kişining sözlariga köra, ilondan inson mutlaqo qörqmasligi kerak.

— Siz juda diqqat bilan, qimirlamasdan ilonning közlariga qarang, – dedi Alişer aka. — Şunda u ham sizning közlaringizga qaraydi. Biz göyo sehrlangandek bir daqiqa bir-birimizga şunday qaraymiz, keyin men qölim bilan uning ensasiga juda sekin, bir neça marta muloyimlik bilan uraman. Kobra darhol boşini pastga tuşiradi, uning dahşatli körinişidan heç narsa qolmaydi. U endi itoatkor. Uni qölga bemalol oliş mumkin.

Orzusi Ginnesning Rekordlar kitobiga kiriş

Alişer Yormatovdan nima uçun aynan kobralarni tanlaganligi söralganda, u şunday javob beradi: “Kobralar eng gözal raqsga tuşadigan, maftunkor, aqlli, muloyim, jozibali va eng muhimi, marddir. Ular hatto traktor bosib ketişidan ham qörqmaydilar. Boşini mağrur kötarib ölimga ham tik boqişadi”.

Alişer aka bilan suhbatlaşganimda, ilonlarning barça turlaridan uning xabardorligi, bu haqdagi çuqur ilmiy va amaliy bilimi meni hayratda qoldirdi.

Alişer aka kobralari bilan öynasa, beixtiyor hind ilon öynatuvçilarini eslaysiz. Sirkdagi tomoşalardan farqli ölaroq, u heç qanday holatda ilonlarning tişlarini olib taşlamaydi va ularning zaharini şpritslar bilan zararsizlantirmaydi.

Yormatov farmatsevtika qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, dori vositalari işlab çiqariş uçun uy hayvonlaridan zahar oladi va şu zahar bilan bemorlarni davolaydi. Uning şaxsiy kutubxonasida Rossiya va dunyoning boşqa davlatlarida çop etilgan ilmiy va tibbiy kitoblar mavjud. Bemorlarni davolaşda u şifokorlar va mutaxassislar bilan maslahatlaşadi.

Suhbat davomida maʼlum bölişiça, Yormatovning ikkita orzusi bor: Ginnesning Rekordlar kitobiga kiriş va özining ilonlari bilan xalqaro sahnaga çiqiş.

Ilon ham yaxşi sözning gadosi…

Muammolar haqida sörasangiz, Alişer aka ilon zaharining şifobaxş xususiyatlari yuqori bölişiga qaramay, hozirgaça heç kim uning faoliyatiga homiylik qilişni öz zimmasiga olmagani va köpinça u tayyorlagan dorilarning mohiyati bemorlarga yaxşi yetib bormayotganini aytadi.

Bu ğayrioddiy odamning yordami bilan soğliğini yaxşilaganlar, minnatdorçilik bilan uni “Doktor Kobra”, baʼzilar esa “Kobra odam” deb çaqirişadi.

— Men kobralar bilan öynayman, ayniqsa, yonimda yaşaydiganlari bilan. Men ularni daştdan juda kiçik paytida olib kelganman, ular hatto ovozimni ham farqlaşadi, – deya davom etadi Alişer Yormatov. — Men ularga yaxşi sözlar aytaman. Ular tinglaydilar, mehrni yaxşi köradilar. Lekin ular bilan men yolğiz şuğullanaman. Agar xotinim men bilan kelsa, hayajon boşlanadi. Ilonning jahli çiqadi. U meni xotinimdan tom maʼnoda raşk qiladi.

Bir kuni hatto raşkçi ilonni tinçitmoqçi bölganimda, u qölimdan tişlab ham oldi. Kobralar yaxşi mavjudotlardir. Men har doim aytaman: ilonlarni öldirmang. Negadir ayrim odamlar ilonni körganlarida, darhol qöllariga toş yoki tayoq olib, uni öldirişga harakat qilişadi. Agar odam unga tegmasa, ilon heç qaçon odamga tegmaydi.

Bu jondor, avvalo, Allohning ijodi, dunyomizning bitta zarrasi. Bundan taşqari, ilonning inson salomatligi uçun foydasi juda katta. Ilonning tibbiyot timsoliga aylangani ham bejiz emas. Darvoqe, yana bir gap. Masalan, men kobra zaharini içaman. Albatta, juda kiçik dozada. Balki, şuning uçunmi, 71 yoşda bölişimga qaramay, hozirgaça heç qanday kasallik bilan oğrimaganman.

Qonimda ilon zahri borligi uçun u çaqqanida zahari mening tanamga unçalik salbiy taʼsir qilmaydi. Endi men öğlim va qizimga ham şu zahardan bera boşladim. Menimça, kobra zahri mening soğliğimni saqlab turibdi, şuning uçun u boşqa odamlarga ham yordam berişi mumkin.

U haqiqatan ham ğayrioddiy inson

— Alişer Yormatovni nafaqat Samarqand viloyatida, balki uning çegaralaridan taşqarida ham bilişadi. U ilonlarning, ayniqsa, kobralarning tabiati, xarakterini tuşunadi, yaxşi biladi, – dedi Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya kafedrasi assistenti, gerpetolog Temur Abduraupov. — U haqiqatan ham, ğayrioddiy inson.

Mutaxassislarning fikriça, respublikamizda, asosan, toğli va çöl hududlarida zaharli ilonlarning beş turi — Markaziy Osiyo kobrasi va gurzisi, Pallas şarqiy iloni, qum efasi mavjud. Ular tuxum qöyiş orqali köpayadi.

Ilonlar ona qornidanoq zaharli bölib tuğiladilar. Mintaqamiz ilonlari örtaça 15 yildan 25 yilgaça yaşaydi, baʼzan esa Markaziy Osiyo kobrasining uzunligi ikki metrgaça yetadi.

Ilonlarning zahari, albatta, şifodir. Kobra zahri tibbiyotda juda qadrlanadi. Şuningdek, u transplantologiyada, transplantatsiya qilingan donor aʼzolarni jonlantirişda qöllaniladi. Onkologiyada esa kobra zahrining baʼzi tarkibiy qismlari saraton hujayralarining tuzilişini buzişi mumkin.

Kobra zahri orqali yurak xuruji va insultning oldini oliş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Anʼanaga köra, ilon zahri artritni ham davolaş uçun işlatilgan.

Kobra zahri qon tomirlarini kengaytiriş, töqimalarda metabolik jarayonlarni tezlaştiriş va oğriqni kamaytirişdan taşqari, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaşga ham yordam beradi.

— Zaharli ilonlarni saqlaş oson iş emas, hamma ham buni qilişga jurʼat qilavermaydi, çunki baʼzida bu hayot uçun öta xavfli bölişi mumkin, – deya davom etadi A.Yormatov. — Bundan bir yil avval men, öğlim Nurbek va nabiram Şahzodni Örta Osiyodagi eng zaharli ilon — gurzi çaqib oldi. Şifokorlar bizning hayotimiz uçun juda uzoq vaqt kuraşdilar va bizni ölimdan qutqardilar, buning uçun biz ulardan hamişa minnatdormiz. Özim şifokor bölsam-da, kasalliklarni davolaşda zamonaviy tibbiyotning örni borligini heç qaçon inkor etmayman. Şunga qaramay, men ilonlarni juda yaxşi köraman. Ular — mening döstlarim. Men ularga qaraşdan çarçamayman. Öğil-qizim kömagida kobra zaharidan dori-darmonlar tayyorlab, bemorlarni davolayman. Hozir “Eko-zoo-tur” nomli oilaviy korxonamiz bor, unga katta öğlim Şerzod rahbarlik qilmoqda.

A. Yormatovdan qaçon va nima uçun kasal bölganini ham söradik. U bu savolga yarim hazil bilan javob berdi: “Mening kasal bölişga ham, qarişga ham vaqtim yöq”.

Qişloqdagi hayvonot boği

Samarqand-Qarşi avtomobil yöli böyida joylaşgan Nurobod tumani “Jom” fuqarolar yiğini hududida Alişer aka öz mablaği hisobidan taşkil etgan hayvonot boği joylaşgan. Unda böri, tulki, tuyaquş, tovus, quyon va 10 dan ortiq ilon hamda quş turlari mavjud. Ayni paytda bu joy mahalliy va xorijlik sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan maskanga aylangan.

Bundan taşqari, hududga yaqin-atrofdagi maktab öqituvçilari biologiya va zoologiya fanlaridan oçiq darslarni ham aynan şu yerda ötkazmoqda.

Hayvonot boğiga A.Yormatovning ikkinçi öğli Nurbek rahbarlik qiladi, xalq tabibining özi va uning tönğiç öğli Şerzod ilon zahridan tayyorlangan dori bilan bemorlarni davolaydi. Respublikamizning deyarli barça hududlarida haftaning maʼlum kunlarida bemorlar qabul qilinadi.

 

* * *

Eslatib ötamiz, yaqinda “Özbekkino” Milliy agentligi ijodiy jamoasi uşbu ğaroyib inson haqida “Ölim bilan öyin” deb nomlangan 2 qismli badiiy filmni suratga oldi, unda Alişer Yormatovning özi boş rolni ijro etdi. Kinoasarda, şuningdek, taniqli aktrisalar Töti Yusupova va Madina Muxtorovalar ham iştirok etişgan.

— Filmning bir epizodini suratga oliş jarayonida bitta ilon yöqolib qoldi, – deb eslaydi tabassum bilan Alişer aka. — Heç kim xonaga kirişga jurʼat eta olmadi. Hamma qörqib ketdi. Keyin men çiroqni öçirişni söradim. Söng qoronğida xonaga kirib, darhol çiroqni yoqdim. Şunday qilib, tezda yöqolgan kobra topildi.

El salomatligi yölida qilingan şarafli mehnat zoye ketmadi. Joriy yilning avgust oyida Tojikiston poytaxtida bölib ötgan IX Butunjahon Xalqaro tabobat anjumanida Alişer Yormatov “dunyoning eng yaxşi tabibi” deb topilib, tegişli sertifikatga ega böldi. Rossiya Federatsiyasining xalq tabobati uyuşmasi esa uni Gippokrat ordeniga tavsiya qildi.

Yaqinda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Farmoniga köra, respublika xalq tabiblari orasida birinçi bölib Alişer Yormatov “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Yormamat RUSTAMOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan