Millatni kitob asraydi
yoxud maʼnaviyatsizlik kasali xuruji haqida
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan bugun yurtimizning deyarli barça hududlarida tinimsiz tadbirlar ötkazilayapti. Yozuvçi – şoirlar, sanʼat ahli, yetuk olimlardan iborat “Maʼnaviyat karvoni” Vatanimizning olis qişloqlarida bölib omma, ayniqsa, yoşlarimiz orasida millat va kelajak butunligi borasida tinimsiz tarğibot olib bormoqda. Albatta, kimdir bunday mafkuraviy yurişlarning foydasi bormikan, degan öyga borişi ham tabiiy. Şunday iştiboh tuğilişi, yaxşilik va ezgulik taşviqoti samara berişiga şubha paydo bölişi ham bugun ommani jalb etişning eng samarali yölini izlab topişga eʼtibor qaratiş lozimligini körsatadi. Albatta, bu narsa osonmas. Hammamiz bilib turibmiz, nafaqat bizda, balki butun dunyoda odamiylik degan azaliy qadriyat sanalgan tuyğular toptala boşlagani, odamzot özligidan uzoqlaşib borayotgani, hayot ustuni — AXLOQ degan tuşunça oyoq osti bölayotgani sir emas. Bugun dunyoni axloq qutqarişiga şubha qilmagan, bundan özga çora yöqligiga işongan qalb közi oçiq qavm barça ezgu tuyğularning özagi kitob va adabiyot, degan xulosaga kelib böldi. Şuning uçun ham elimizda ötkazilayotgan barça maʼrifiy tadbirlarning ham mohiyatiga kitob va kitobxonlik, xalqni kitobga qaytariş maqsadi singdirilgan.
Oçiği, qölimizni, ongu şuurimizni telefon band etib, bizni öziga tobe etib olgan hozirgi kunda KITOB haqida gapiriş kulgili tuyuladiganday. Çunki, hammaning qölida telefon. Hamma telefonning içiga qaytmaydigan bölib kirib ketayapti: faqatgina bizning özbeklar emas, barça şaharlarda, barça ölkalarda turfa odamlarning ahvoli şu — telefonga termulib qolgan: köçada, xiyobonda, oşxonada, töyda, taʼziyada, avtobusda, metroda, kemada, samolyotda… Hamma joyda xöroz bir xilda qiçqirayapti.
Oldinlari kitobga termulişgan, kitob öqişgan, hayotini nurlantirişgan, bugun esa umrini telefonga yedirişayapti. Internet yaxşi albatta, uzoğimizni yaqin, fursatimizni çaqin qildi, lekin odamzot tayyor emas ekan bunga… Özimizni özimizdan uzoqlaştirdi, qalbimiz hissiyotlari muzlab bormoqdaki, bunga bandilik oqibatida, yaxşi – yomon qorişiq abgor dunyoning ahvoli tasavvurimizdan ezgulikka eş tuşunçalarni siqib çiqarmoqda.
Köçada ketayotgan keksa muallim yuragi huruj berib, yöl çetida yiqilib qolgan kezda maktabdan qaytayotgan “öquvçilar” qöl telefonga tasvirga olişib, sinfdoşlar “telegram tödasi”da tarqatib yuborişdi… Nahotki, huzurlanadigan, tomoşa qilib zavqlanadigan hol şu? Nahotki, rahmsiz, şafqatsiz, çayonsifat, ilonsifat gazandalarni tarbiya qilayotgan bölsak? Ikki xotin janjallaşayapti, bir-birini savalaşayapti, Xudo urgan barzangi bu manzarani zavqlanib telefonga olyapti va dunyoga köz-köz qilyapti. Oriyatga öt tuşdimi, erkakning ğururi yo nomusi yöqoldimi, bilmayman, bilmayman, nima bölayapti? Dahşatli tomoni, buni lavha qilgan ergumroh şu ayollarning şarmandaligidan odamlar zavqlanadi, deb öylaydi… Bunday bedodliklarni istagança topiş mumkin; böy yetgan oyimçalarning hamma joyini köz-köz etişi-yu, oğizni harom qiladigan şallaqiliklardan tortib, birovning körpa-töşagigaça taşqariga olib çiqiş, na erkakka, na ayolga yaraşiqli iş emas. Buni anglaş imkonidan ham mosuvo bölganga öxşaydilar. Aqlimizni internet yeb böldi, deyin desangiz, axir internetdan ezgulik yölida, ilm-maʼrifat yölida foydalaniş mumkin edi-ku, nega şu ahvolga tuşib qoldik, degan öy iç-etingizni kemiradi. Agar sizning aql va didingiz yuviqsizlik girdobi içida qolib ketmagan bölsa, albatta, şunday öylaysiz…
Kuni keça tişni davolaydigan klinikada böldim. Odam köp ekan, navbatga turdim. Galim kelişini kutayapman. Çarm örindiqda ötirgan köyi qöltelefondan köz uzmayotgan beş-olti yoşlar çamasidagi qizaloqni kuzatdim. Men bir soatdan köproq vaqt kutdim, qizaloq ham telefondan boş kötarmadi, onasi tişini körsatgani kirib ketganu, qizining qöliga şu matohni berib, ovunib ötirsin degan, albatta. Hayriyat, ona şörlik oğzini uşlab çiqib keldi. Qizaloqqa ketamiz maʼnosida qöl uzatdi, qayoqda, qizaloq röparasida onasi turganini payqamadi ham. Ona uni turtkilagaç, öziga keldi – yo kelmadi, örnidan turib atrofga alang-jalang bölib qaradi va hardamxayol ortidan ergaşdi. Işonasizmi, qizaloq qayerdaligini, bu yerda nega ötirganini ham unutib qöygan edi…
Özimni tutib turolmadim: “Men qizingizni bir – ikki bor gapga solmoqçi böldim, u eʼtibor qilmadi. Tişingizni davolatişdan oldin qizingizning közini, ruhiyatini ham davolating, u heç narsani, ayni dam Sizni ham körmayapti, qayerdaligini ham unutib qöygan, u bu dunyoda emas hozir…”, – dedim. Ayol menga esxonasi çiqib, olayib qaradi. Angoridan “Jinni bölganmi, bu odam?”, degan maʼnoni uqdim. Nimadir deb tönğilladi, lekin uning gapini bu yerda yozolmayman. Ayol faqat bir gapni töğri aytdi, sen avval özingni uyingdagilaringni tuzat… Tan olaylik, deyarli hammamizning uyimiizda şu ahvol, bolalarimiz, nevaralarimiz özimizga qöşilib telefonni yeb – yutişmoqda.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Yevropaning qaysidir bir şahrida tirband avtobusda kitob öqiyotgan bolakayning suvrati berildi. Qalb közi oçiq odamlar uçun, butun dunyoda Yaxşilik, Ezgulik, Odamiylik va Hayrat timsolida namoyon böldi u. Ha, biz şu ahvolga keldik; kitob öqiyotgan bolakayni körsak, hayratlanib qaraydigan böldik… Aslida bu ham fojiadir, şunday emasmi?
Baʼzida menga özingiz ham hikoya, u-bu narsalaringizni şu telefon orqali joylaysiz-ku, qöltelefon bölmasa, internet bölmasa, biz Sizning yozganlaringizni öqimasdik-ku, degan izzagap qilişmoqçi böladilar. Men asarlarimni kitob holida ham çiqarişim mumkin, faqat telefonga termulgan omma dunyoda adabiyot, yaxşilik va ezgulik degan narsalar ham borligini bilib tursin, heç bölmasa, kimdir öqiydi-ku, degan fikrda internetga ham joylayman. Aminmanki, bugun ijtimoiy tarmoqlarga kimdir öqisa öqimasa-da, qalb harorati sezilib turgan adabiy asarlar, şeʼr va maqolalar, tarjimalar joylayotgan ziyolilarimizda ham şunday fikr bor.
Nimadir qiliş kerak-ku, kitobsizlik kasaliga yöliqqan jamiyatda öziga şon-şuhrat topiş ilinjida emas, balki, şu odamlar adabiyot va abadiyatdan bahramand bölsin, ruhiy tiniqlikni yöqotib qöymasin, degan maqsadda minbar topgan adibu şoir, tarjimon va jurnalistlar, olimlarimizga taʼzim qilaman. Xudoga şukr, ozmi köpmi bular ommani nurga yuzlantirişga urinmoqdalar va bunga umid qilmoqdalar… Bu örinda barça adabiy-maʼnaviy saytlar, maʼrifiy tarmoqlarga taşakkur aytaman. Özim körib-bilib, öqib borayotgan zamondoş ziyolilarimizning xayrli işlari garçand jaholat böroniga qarşi qölda şamçiroq kötarib çiqqan darveşni eslatsa-da, uning nuri zulumotni yoritişiga işonaman.
Tarmoq dunyosida ziyoli, köngil nuri sönmagan zamondoşlarim — ijod dunyosini qismat deb bilgan köplab ustozlarim, qadrdonlarim, ukalarim va singilarimni kuzatib boraman. Ular adabiyot heç qaçon ölmaydi, yaşaydi, millatni maʼnaviyat asraydi degan aqidaga işonişadi. Men ham işonaman! Ular barça ezgulik eşiklari qulfiga kitoblar kalit bölişiga-da işonişadi. Men ham işonaman. Hamon kitob naşri yölida ter tökayotgan, biri ikki bölişi dargumon noşirlarimizga taʼzim qilaman.
Kitoblar heç qaçon, heç kimga yuk bölmaydi. Çunki, kitoblarda dunyoning yuki, dunyoning mohiyati bor. Ular bugun dunyoni qutqarib qolişi mumkin. “Dunyoni bolalarga beraylik, heç bölmasa bir kungina bolalarga beraylik…”, degan şior bilan ulğaygan katta avlod vakillari endilikda, bu tagdor tuşunçaning mohiyati özgarganini ham sezib turibmiz. Mayli, dunyoni bolalarga bermaylik, faqat qölimizdan keladigan iş, bolalarimizning qölidan qöltelefonni olib qöyaylik, şuning özi yetadi. Buning uçun özimiz qölimizga kitob olişimiz kerak, albatta…
Yana bir gap; taʼlim tizimining tepasida turganlar öylab körişar, ehtimol, bolalar naşrlarini tekin qiliş kerakdir, heç bölmaganda, har bir sinfga bittadan öquvçilarning gazeta-jurnali kirib borsa, muallim şu naşrlardagi şeʼr va hikoyalar, maqolalar yuzasidan ham uyga topşiriqlar bersa, balki bolalarimizda kitob öqiş könikmasi şakllanarmidi… Axir öşa naşrlarda millat mafkurasi, qadriyatlarimiz, davlat siyosati mohiyati bolalarbop tilda aks ettiriladi-ku? Har holda bola bu dunyoda şunday öqiydigan narsalar ham borligini, dunyo faqat telefondan iborat emasligini anglarmidi, deysan-da kişi. Yana bir orzu, Özbekistonda bir kunni KITOB KUNI deb belgilaş kerakmikan. Öşa kuni TV, Radio, barça saytlar ertalabdan kitob haqida gapirsa, ota-onalar, bobo-momolar öşa kuni uyiga farzandlar hamda nabiralar uçun kitob kötarib kelsa, mayli, bozortörva yo dökonxaltamizda sabzi-piyoz bilan birga bir donagina bolalar uçun kitob bölsa, heç kim uyga quruq qöl bilan kirmasa, farzandlar uçun kitob olib kelsa, muallimmi, döxtirmi, amaldormi, hokimmi yo vazirmi, xullas, Prezident aytgandan keyingina öqigan maktabiga kitob sovğa qilganlarning (esingizdami?!) bari-barining qölida heç bölmasa öşa kun bittagina kitob bölsa, televizor töxtovsiz gapirsa, radio gapirsa, saytlar bong ursa, xullas, kitob sovğa qiliş kunini muqaddas bir bayramday ötkazsak…
Kitoblar bizga dunyoni qutqarib qolişni örgatadi. Kimdan yo nimadan? Albatta, insondan, dunyoni insondan qutqarib qoliş, yaʼni insonlarga inson bölib yaşaşni örgatadi. Bizga boşqa nima kerak? Siz dunyoni qutqarişga urinmang, özingizni özingizdan, yaʼni Insonni Insondan qutqarişni örganing, şuning özi yetadi. Şundagina Siz dunyoni qutqarasiz! Nimadan deysizmi? Axloqsizlik, fahş, yovuzlik, oçközlik, hasad, xiyonat, sotqinlik, jamiki uruşlardan… Dunyo joyida turibdi, lekin bugun Inson öz joyi — insoniylikni topolmayapti.
Yer şari — umumiy uyimiz.
Kitoblar esa şu uyning çiroqlaridir!
Qöçqor NORQOBIL
