Tadbirkorlik tafakkuri qayta uyğotildi

Maʼlumki, xalqimiz azal-azaldan özining yuksak işbilarmonlik salohiyati bilan olamni hayratga solgan. Ammo şunday davrlar böldiki, bu xislatlar deyarli yöqotildi. Uni Prezident Şavkat Mirziyoyev qayta uyğotdi. Natijada bugun tadbirkorlar Yangi Özbekiston iqtisodiy asosini yaratişning eng faol iştirokçilariga aylandi!

Xalq boyişi mumkin emasdi…

Yangi Özbekistonni barpo etişning ilk dasturiy hujjati bölgan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar Strategiyasi”da “xususiy mulk huquqi va kafolatlarini işonçli himoya qilişni taʼminlaş, tadbirkorlik rivoji yölidagi barça tösiq va çeklovlarni olib taşlaş, unga töliq erkinlik beriş, “Agar xalq boy bölsa, davlat ham boy va kuçli böladi”, degan tamoyilni amalga oşiriş” vazifasi ham qöyildi.

Tan oliş kerakki, Yurtboşimiz tomonidan mazkur ğoyani oldinga suriş ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda inqilobiy xarakterga ega böldi. Negaki, uzoq vaqtlar butunlay teskari bölgan siyosat mavjud edi. Yaʼni “davlat boy bölsin, lekin xalq boyişi mumkin emas”di.

Holbuki, xalqimiz qadim-qadimdan özining tadbirkorlik tafakkuri va salohiyati yuksakligi bilan dunyoga maşhur bölgan. “Buyuk ipak yöli”ning katta qismi yurtimiz hududidan ötgan, bu yöllarni bizning amiru sultonlarimiz nazorat qilişgan va boşqarişgan. Yevropa va Osiyo davlatlari örtasida qatnagan karvonlarning katta qismi özbek boylariga tegişli bölgan. Yurt egalari özbek savdogarlariga boşqa ölkalarga borib kelişlari uçun zarur şaroitlar yaratib berişgan, qöşni yurtlardan kelayotgan savdo ahliga imtiyozlar taqdim etişgan va öz himoyalariga olişgan.

Hatto yurtimizni çor Rossiyasi bosib olişi ham xalqimizning yuksak işbilarmonlik salohiyatini pasaytira olmagan. Aksinça, Mirkomilboy, Mirhosilboy, Sayidazimboy kabi qator boylar “zavodçi” va “paxtaçi” boylar degan nomlar bilan atalib, nainki öz yurtimiz, balki Rossiya imperiyasining ham maşhur boylari darajasiga çiqa olişgan.

Masalan, andijonlik Mirkomilboyning boyligi XX asr boşlarida 13-15 million rubl (söm) ni taşkil etgan. Bu öz vaqtida juda katta miqdor edi. Eʼtibor bering, öşa paytlarda Qöqon bozorida bitta qöy katta-kiçikligiga qarab 1,5-4 söm, bir pud buğdoy — 20-30 tiyin, örtaça sigir 2,5 tilla, novvos 4-6 tillaga teng bölgan. Demak, Mirkomilboyga tegişli mablağga öşa paytlarda 4 million boşdan köproq qöy sotib oliş mumkin bölgan. Bugun esa 4 million boş qöyning bittasini 100 dollardan olganimizda ham, Mirkomilboyning öşa paytdagi 13 million puli eng kamida 400 million AQŞ dollariga teng böladi.

1914 yilning 1 yanvar holatiga Turkiston ölkasida 706 ta sanoat korxonasi, jumladan, 197 ta paxta tozalaş, 46 ta sovun, 40 ta mineral suv, 20 ta ğişt, 20 ta yoğ, 9 ta vino, 9 ta un zavodi va 7 ta tamaki fabrikasi faoliyat körsatib, ularning köpçiligi özbek boylarining mulki edi.

Lekin hamma sohada bölgani kabi şörolar ota-bobolarimizning tadbirkorlik tafakkuri va salohiyatini ham yöq qiliş yölini tutdi, yirik boylarimizning barça moddiy boyligini tortib olib, özlarini jismonan mahv etdi. Boylarning kiçik bir qismi xorijga qoçib keta oldi, xolos. Örtahol dehqon va hunarmandlarning ham molu mulklarini olib qöyib, özlarini uzoq ölkalarga surgun qilişdi. Xullas, asrlar davomida tadbirkorlik darajasi yuksakligi bilan olamni hayratga solib kelgan xalqimizning bu xislatini şörolar yöq qiliş yölini tutişdi.

Töğri, mustaqillikning ilk davrida bu borada birmunça ijobiy işlar qilindi. Lekin xalqimizga tadbirkorlik salohiyatini töla namoyon etişga yöl berilmadi.

Yangi Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşning butunlay yangi mexanizmi yaratildi

Ana şuning uçun ham Yurtboşimizning “Agar xalq boy bölsa, davlat ham boy va qudratli böladi”, degan ğoyasining ahamiyatini dunyoqaraşimizda inqilob qila oladigan darajada yuqori, deb hisoblaş mumkin. Prezidentimiz bu şiorni olğa suriş bilangina çeklanib qolmasdan, xalqimizning tadbirkorlik tafakkurini qaytadan tiklaş va salohiyatini oşiriş borasida ulkan amaliy çora va tadbirlarni hayotga tatbiq etmoqda.

Buning uçun, eng avvalo, tadbirkorlikni keng rivojlantiriş va ular huquqini himoya qilişning butunlay yangi va zamonaviy talablarga javob beradigan mexanizmi yaratildi. Şu maqsadda yangi qonunlar va tartiblar işlab çiqildi, mavjudlariga tegişli özgartirişlar kiritildi. Tadbirkorlikni boşlaş uçun ruxsatnoma oliş tizimi soddalaştirildi, uning köp turlariga litsenziya oliş umuman bekor qilindi. Avvallari tadbirkorlikni boşlaş uçun önlab taşkilotlardan bir neça oy muddat sarflab yiğiladigan hujjatlarni bitta joydan — Davlat xizmatlari agentligidan “bitta darça” tamoyili asosida qisqa muddatda oliş imkoniyati yaratildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik va tösqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz töxtatib qöyganlik uçun mansabdor şaxslarning javobgarligi, şuningdek, tadbirkorlik subʼyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilişini taʼminlaş tizimi yaratildi. Tadbirkorlik subʼyektlarini rejadan taşqari tekşirişlarning barça turlari bekor qilindi.

Joylarda biznesning rivoji köp jihatdan vazirlik va hokimliklar salohiyati, rahbarlik darajasi va ularning tadbirkorlikka munosabatiga boğliq. Davlatimiz rahbari barça darajadagi yiğilişlarda vazirliklar va hokimliklar iş vaqtining kamida 50 foizi tadbirkorlar muammolarini örganiş va ularga yordam berişga sarflanişi lozimligi, ular faoliyatini baholaşda tadbirkorlikni rivojlantiriş holatiga alohida eʼtibor berilişini davlat siyosati darajasiga çiqarişi juda katta ahamiyat kasb etdi.

Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi tuzilişi ham soha rivojida katta ahamiyatga ega böldi. Kengaş davlat va tadbirkorlar örtasida köprik vazifasini bajarmoqda, ularni qiynayotgan muammolarni rahbariyatga yetkazmoqda va yeçimini birgalikda topmoqda.

Yaxşi tadbirkor böliş uçun zamonaviy bilimli böliş kerak

Zamon şiddatli suratlarda rivojlanayotgan, har kuni yangi va yangi texnika va texnologiyalar hayotimizga kirib kelayotgan şaroitda yetarli bilim olmasdan yaxşi tadbirkor böliş qiyin. Şu bois Davlatimiz rahbari yurtimizda taʼlimning barça böğinlari sifati va taʼlim bilan qamrab oliş darajasini keskin oşiriş yölini tutdi.

Maktabgaça tarbiya, örta va oliy taʼlim tizimlari, jumladan, ularni boşqariş organlari tubdan özgartirildi. Boğça qurayotgan tadbirkorlarga yer ajratiş va kredit berişda katta imtiyozlar taqdim etilmoqda. 2016-2024 yillarda davlat-xususiy şeriklik asosida va oilaviy minglab yangi maktabgaça taʼlim taşkilotlari barpo etildi. Sönggi yillarda bolalar boğçalari soni 8 baravar oşib, 38 mingtaga, qamrov esa 2016 yildagi 23,8 foizdan 76 foizga yetkazildi.

Mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy harakatga aylandi. Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, 2024 yilda 608 ta maktabda quriliş va taʼmirlaş işlari bajarildi. Yoşlarga ikkinçi xorijiy til va kasb örgatiş kengaytirildi. 530 ta maktabda inklyuziv taʼlim yölga qöyildi.

Oliy taʼlim tizimida çuqur islohotlar ötkazildi. Oliy taʼlim muassasalari soni 200 dan oşirildi. Dunyoning nufuzli universitetlari Özbekistonda öz oliy öquv yurtlarini taşkil etişdi va bu jarayon davom etmoqda.

OÖYUlariga qabul kvotalari keskin oşirilib, oliy taʼlim bilan taʼminlaş 2016 yilgi 9 foizdan 2024 yilda 43 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusi davrda bitiruvçilarning 50 foiziga oliy öquv yurtiga kiriş imkoniyati yaratiladi. Barça viloyatlarda “Prezident maktablari”, atoqli olim va şoirlarimiz nomlarida ijod maktablari taşkil etildi.

Fanga, ilmiy-tadqiqot tizimiga eʼtibor kuçaytirildi. Qator yangi ilmiy-tadqiqot institutlari oçildi, oldinroq tugatilganlari qayta tiklandi. Ularga ajratilayotgan moliyaviy resurslar miqdori keskin oşirildi. Olimlar munosib iş haqi ola boşlaşdi.

Bugungi tadbirkorlik faoliyatini innovatsiya va raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib bölmaydi. Şu bois mamlakatimizda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar şiddatli suratlar bilan rivojlanişi uçun puxta zamin yaratildi.

Puxta va zamonaviy bilimli insondangina yaxşi tadbirkor çiqişi mumkinligi uçun “boğça-maktab-universitet” tizimida şunça tub özgarişlar amalga oşirildi, ularda öquvçilarni kasbga erta yönaltiriş siyosati amalga oşirila boşlandi.

Tadbirkorlik tafakkurini uyğotiş uçun amalga oşirilgan çora-tadbirlar

Ilmi bölsa, zamonaviy texnologiyalarni bilsa, tadbirkorlik tafakkuri boyişi mumkin. Lekin odamlarimizning katta qismiga tadbirkorlik sohasida amaliy tajriba yetişmasdi. Prezidentimiz buning ham yölini topdi.

2016 yildan boşlab yurtimizning barça viloyat, şahar va qişloqlarida aholini tadbirkorlikka öqitiş keng quloç yoydi. Öz biznesini boşlaşni örgatadigan turli usullar va vositalar amaliyotga joriy etila boşlandi. Masalan, “Har bir oila — tadbirkor” şiori olğa surildi, biznesning turlari kengaytirildi. Oilaviy tadbirkorlikni yölga qöymoqçi bölganlarga keng imkoniyatlar yaratildi, imtiyozli kreditlar ajratildi, tikuv maşinalari, tovuq, qoramollar berildi. Ilgari bankdan kredit oliş öta muşkul iş edi, Yangi Özbekistonda esa kreditni bank xodimlari uyma-uy yurib tarqata boşlaşdi. Bu dasturlarni amaliyotga joriy etiş natijasida ming-minglab odamlar tadbirkorlarga aylanişdi.

Tadbirkorlikning xalqimiz uçun anʼanaviy bölgan va asrlar davomida sayqallangan kasanaçilik va hunarmandçilikni rağbatlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratildi. 2019 yildan Qöqon şahrida Xalqaro hunarmandçilik festivali taşkil etila boşlandi va bu anjuman har ikki yili ötkaziladigan anʼanaga aylantirildi. Unda jahonning 70 dan ortiq davlatidan yuzlab taniqli hunarmandlar iştirok etmoqda. Dastlabki festivaldan keyin yurtimizning hunarmandçilik rivojlangan şahar va tumanlarida “Hunarmandçilik markazlari” barpo etildi. Ularda öng minglab yangi iş örinlari yaratildi. Hunarmandlarimizning öz mahsulotlari bilan jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlari kengaydi.

Aholining keng qatlamlarida tadbirkorlik tafakkurini şakllantirgan va rivojlantirgan umumdavlat tadbirlaridan biri yurtimizda “Temir daftar” tizimining yaratilişi böldi. Tegişli idoralarning vakillari mahalllama-mahalla, xonadonma-xonadon yurişib, vaziyatni joyida örganib, kam taʼminlangan, işsiz, kambağal oilalar, ayollar, yoşlar röyxatini tuzişdi va ular uçun mos ravişda alohida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” yaratişdi.

Mana şu dasturlar yordamida kambağallik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 2024 yilda 9,4 foizga tuşirildi va bir paytning özida keçagi ehtiyojmand aholining sezilarli qismi tadbirkorlikni boşladi.

2022 yili mamlakatimizda ijtimoiy himoya böyiça milliy strategiya işlab çiqildi va unga binoan barça “daftarlar” ijtimoiy himoya yagona reyestriga birlaştirildi.

Aholiga yer ajratiş ham juda katta ahamiyat kasb etdi. Sönggi yillarda qişloq joylarda yaşaydigan aholining işsiz, kam taʼminlangan va kambağal qatlamlariga bepul yer ajratiş va undan samarali foydalanişlarini taşkil etiş amaliyoti joriy etilganligi tufayli ular içidan ham minglab tadbirkorlar ösib çiqdi.

Yurtboşimizning viloyatlarga taşriflari natijasida yuzlab, minglab xonadonlarga kiçik hajmli issiqxonalar qurib berilmoqda. Joylarda har biri bir sotixlik minglab issiqxonalar qurildi va aholiga tarqatildi.

Öz biznesini yölga qöymoqçi bölgan şaxslarga yer ajratiş tartibi soddalaştirildi, böş yotgan binolar nol qiymati bilan berildi, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari soni keskin köpaytirilib, u yerlarda hamma kommunikatsiya davlat hisobiga qurilib, katta imtiyozlar yaratildi.

Bu tadbirlar tufayli yuz minglab aholi tadbirkorlik bilan şuğullana boşladi.

2024 yilning 16 dekabr kuni bank xizmatlari orqali mahallalarda kambağallikni qisqartiriş böyiça ötkazilgan yiğilişda yana bir yangi tadbir boşlandi. Yaʼni mahallalar darajasida hokimlar banklar bilan hamkorlikda odamlar daromadini oşiriş böyiça birgalikda işlaş tizimi yaratiladi.

Bunda tuman banklari tadbirkorlar loyihalariga kömaklaşadi, ularning muammolarini joyida hal etadi, tuman hokimlari esa loyihani joy va infratuzilma bilan taʼminlaş majburiyatini oladi. Mahalla bankirlari mahallaning biznes imkoniyatlarini örganadi, odamlar bilan gaplaşib, ularning ğoyalarini loyihalarga aylantiradi. Aholini kredit oliş, qaytariş, biznes oçiş, mahsulotini sotişga örgatadi, loyihalarga hamrohlik qiladi.

2025 yilda 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan köproq aholini iş bilan taʼminlaş rejalaştirildi. Har bir mahalla böyiça maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Aholi bandligini taʼminlaşga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Loyiha işlab çiqiş, kredit ajratiş, aholi bandligini taʼminlaş böyiça tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik körsatkiçi qöyildi.

Mazkur tadbir ham ming-minglab yangi tadbirkorlar paydo bölişiga yordam berişi körinib turibdi.

Prezident tadbirkorlar bilan bevosita oçiq muloqotni yölga qöydi

2021 yil 20 avgustda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş tarixida yangi sahifa oçildi. Har yili şu kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotini ötkazişga qaror qilindi. Unda bevosita va onlayn şaklda öng mingdan ortiq tadbirkorlar iştirok eta boşlaşdi.

Mazkur muloqotlar oldidan mutasaddilar tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni yiğiş tartibi joriy etildi. Tadbirkorlardan 10-15 minglab murojaatlar tuşib, ularning aksariyati öşa zahoti hal qilina boşlandi. Kötarilayotgan muammolarning eng qiyinlarini esa maxsus qonun, farmon va qarorlar yordamida hal qiliş oddiy holga aylandi.

Şu yöl bilan yuzlab litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, önlab faoliyat turi xabardor qiliş tartibiga ötkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş tartiblari soddalaştirilib, muddatlari örtaça 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqça tekşirişlar, naqd pul, valyuta va xomaşyo böyiça köplab çeklovlarga barham berildi.

Bevosita oçiq muloqot paytida ham tadbirkorlar eng oğir muammolardan Prezidentni xabardor qilişmoqda va öşa zahoti ularning yeçimi topilmoqda yoki mutasaddilarga bu haqda tegişli topşiriqlar berilmoqda.

Mazkur yiğilişlarda Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş, ularni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça muhim taşabbuslarni olğa sura boşladi.

“Çempion” tadbirkorlar ösib çiqdi

Davlat rahbari tadbirkorlar bilan, aslida, yil davomida bir marta emas, balki yana bir neça bor uçraşmoqda. Ana şunday uçraşuvlardan biri 2024 yilning 20 dekabr kuni ötkazildi. Öşa kuni 5 mingdan ziyod işçisi bor, yillik daromadi 1 trillion sömdan oşgan, kamida 100 milliard söm soliq tölayotgan 142 nafar yetakçi tadbirkorlar bilan tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi taşkil etildi.

Eʼtibor bering, Yangi Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlar tufayli qisqa muddatda yurtimizda yuzlab öta boy biznesmenlar paydo böldi.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yanada katta marralar belgilanmoqda. Jumladan, kelgusi beş yilda iqtisodiyotda xususiy sektorning uluşini 85 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi. Buning uçun 5 mingdan ziyod köçmas mulk obʼyektini töla sotiş, 2 mingta korxonada esa davlat uluşini sotiş möljallanmoqda. Xususiy şeriklik loyihalarining umumiy hajmi 30 milliard dollarga yetkaziladi.

Bundan taşqari, 2024 yili tadbirkorlar 11,5 trillion sömlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boşlagan bölsa, 2025 yilda ularga yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer taklif etiladigan böldi. Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida bölgan yöllarni taʼmirlaş va saqlaşga xususiy sektorni jalb qiliş işlari kengaytiriladi. 2024 yil 260 kilometr yöllarni saqlaş işlari tadbirkorlarga berildi. Bu yil bu 3 ming kilometrga yetkaziladi.

2024 yili “taşabbusli byudjet” doirasida yöllarni taʼmirlaş işlarining 92 foizi xususiy pudratçilar tomonidan amalga oşirildi. 2025 yilda bu körsatkiç 100 foizga yetkaziladi. 2025 yilda Yurtboşimizning “Kambağallikdan farovonlik sari” nomli yana bir taşabbusi yanada kengaytiriladi va 1 million 200 ming aholi kambağallikdan çiqarilişi maqsad qilingan.

Bu çora-tadbirlar natijasida tadbirkorlar safiga yuz minglab yangi odamlarning kirib kelişiga, mavjud tadbirkorlarning faoliyati keskin kengayişiga va pirovard natijada tadbirkorlikning iqtisodiyotimizdagi ahamiyati yanada ortişiga puxta zamin yaratiladi.

Zero, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “tadbirkorlikni rivojlantiriş — biz uçun strategik vazifa. Şu bois tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş markazdan tortib eng quyi böğingaça — barça rahbarlarning kundalik işi bölişi şart”.

Muxtasar aytganda, Yangi Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi va bevosita rahbarligida tadbirkorlik tafakkuri qayta uyğotildi. Mamlakatimiz aholisining katta qismi öz tadbirkorligini boşladi. Davlat amalga oşirayotgan har tomonlama qöllab-quvvatlaş tufayli minglab işbilarmonlar paydo böldi. Jamiyatimizda Davlatimiz rahbarining “tadbirkor qança boy bölsa, xalqimiz şunça farovon yaşaydi, davlatimiz şunça qudratli böladi” ğoyasi töla amal qila boşladi.

Natijada Özbekistonda tadbirkorlik harakati orqaga qaytarib bölmaydigan katta oqimga, keng maʼnoda olsak, Yangi Özbekiston iqtisodiyotini barpo etiş yölidagi hal qiluvçi kuçga aylanib bormoqda.

Odil OLIMJONOV,

Özbekiston  Respublikasi Prezidenti  Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi boş ilmiy xodimi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan