Har giyoh köksida nafas olar işq

Inobat RIZAYEVA

Muallif haqida:

Inobat RIZAYEVA — 1962 yili Marğilon şahrida tugilgan. 1979 yilda 16-örta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1984 yilda Farğona davlat pedagogika institutining özbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Şeʼrlari “Gulxan”, “Yoşlik”, “Şarq yulduzi”, “Saodat” jurnallarida, “Gözal bir dunyo”, “Yoşlar ovozi” kabi adabiy töplamlarda çop etilgan.

Hozirda Qöştepa tumanidagi 2-son ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars beradi. Oliy toifali öqituvçi. Xalq taʼlimi aʼloçisi.

VATAN MADHI

Vatan — tabarruk söz, qadrdon tuyğu,

Million yil aytsam-da, ketmas ohori.

Aytsam, çekinadi ming yillik qayğu,

Qahraton tugamay kelar bahori.

 

Vatan — eng totli söz, aytsam, yayrar til,

Har giyoh köksida nafas olar işq.

Yonib yaşamoqqa undar muttasil –

Tonglarni uyğotgan muqaddas qöşiq.

 

Vatan, noming aytsam, Somon yölidan

Nur soçmoqqa şoşib çopar yulduzlar.

Mitti yaproqlarning tutib qölidan

Tuproqni mahkamroq quçar ildizlar.

 

Vatan, noming aytdim, yengil tortdi tan,

Quyoş nurqalamda çizib berdi yöl.

Yaqindir saodat manzili, zotan,

Kelajakning özi çözayotir qöl.

 

Har tong osmoningni oftobli köray,

Oqşomingni yoruğ — mohtobli köray.

Köksimga uluğlik, ğurur baxş etgan

Nomingdan örgilay, Vatan, örgilay!

 

* * *

Bahor kunlarida bir juft qaldirğoç

Ayvonim şiftiga kelib uy qurdi.

Uluğ niyat bilan yoyib keng quloç,

Biri suv keltirsa, biri loy urdi.

 

Hademay uy bitdi — göyo koşona,

Ikki quş vijirlab çarx urdi şodon.

Qöş yurak mehridan berib nişona,

Uyada köz oçdi ikki polapon.

 

Ota suv taşidi, ona — don, uşoq,

Çuğurlaş darsin ham berdilar bot-bot.

Ikki murğak asta qanot yozgan çoğ

Parvozga çorladi ularni hayot.

 

Bir tuyğu ilitdi jon-u jismimni,

Bir hikmat şuurim yoritdi şu dam:

Bunda özbekona mehr rasmini

Ardoqlab yaşaydi hatto quşlar ham.

 

28 DEKABR

Bilaman, qutlaşga heç kim kelmaydi,

Döstlar yodida ham yöqman, ehtimol.

Ona, sizdan boşqa birov bilmaydi:

Könglim osmonida keçmoqda ne hol.

 

Umr degan karvon qönğiroqlarin

Zil zarbi urildi köksimda yana.

Bir dunyo öy, hayrat, titroqlar içra

Bugun yana bir yoş ulğaydim, ona.

 

Közlarimda olis kunlar surati,

Boşimda aylanar ming bitta savol:

Men şunça yaşabman, biroq kim böldim —

Kimga quvonç böldim, kimlarga — malol?

 

Izlarimda qança xatolar qoldi,

Nelar zohir böldi iç-u toşimda?

Ismim çorlab ne-ne sadolar qoldi…

Bir umr kimnidir kutdim.

Boşimga

 

Qança bahorlarning yomğirlari-yu,

Qança qahratonning qorlari yoğdi.

Uzilgan har bitta zaʼfaron yaproq

Bir qismat şaklida könglimga oğdi.

 

Keçagina tamom özgaça edi

Yaşaş haqidagi tasavvurlarim.

Bugun közlarimga oğir botmoqda

Manzil izlayotgan tazarrularim.

 

Bilaman, bu keça hamon siz bedor,

Öylaysiz ne qilsam ekan deb tortiq.

Axir bu dunyoda özi nima bor

Issiq diydordan-da, mehrdan ortiq?

 

Sizning borligingiz baxtdir yagona,

Şuning özi menga tortiq bus-butun.

Bu lahza men sizni qutlayman, ona,

Muqaddas dunyoga taşrifim uçun!

 

Könglim keçmişlarin göyo bilganday,

Eng yaxşi kunlardan berganday xabar,

Bir gözal umrni vaʼda qilganday

Ostonamda kulib turibdi Yanvar!

 

YANGI YIL TILAKLARI

Ona zamin vujudida sirli titroq,

Sirli yoqqa şoşar yurak, yugurar vaqt.

Ne çoğliq baxt bu oqşomda orzu qilmoq,

Şodliklardan goh kulmoq, goh yiğlamoq — baxt.

 

Yil-ku ötdi, kunlardan-da köngillar töq,

Fasllarning fayzi bilan yondi dilim.

Yöq, men hali orzulardan töyganim yöq,

Roz aytayin, kelayotgan xuşbaxt yilim:

 

Kel, ortingdan ming xil turfa ranglar bilan

Serfayz bahor, saxovatli yozlar kelsin.

Hur mehnatga çorlaguvçi tonglar bilan

Xirmonlarni orqalagan kuzlar kelsin.

 

Boşoqlarning barakasin bersin tökis,

Har xonaga halol rizq-rözlar kelsin.

Qay yurakda bölsaki işq-muqaddas his,

Mehr, baxtni olqişlab töy-sozlar kelsin.

 

Gözal taqdir yozilgandir peşonamga,

Qöşiğim bor: har bir yurak kuyga tölsin.

Uluğ niyat bilan kelding ostonamga,

Taşrifingdan jumla olam nurga tölsin.

 

Bu oqşomning köngli yoruğ, ğubori yöq

Tuyğularim soçilmişdir osmoniga,

Yangi yilning şavqi dilga taşlaydi çöğ,

Şukronam bor ötgan umrim har oniga.

 

Qadamlaring qutli bölsin, Yangi yilim,

Qadamlaring qutluğ bölsin, Yangi yilim,

Meni aziz qilgan yurtning bağri doim

Baxt-iqbolga töliq bölsin, Yangi yilim.

 

* * *

Şovullab tökildi yaproqlar,

Oğoçlar boşini egdi jim.

Kök bağrin titratdi çaqmoqlar,

Men unga qöşilib yiğladim.

 

Tun böyi derazam oynasin

Tomçilar çertdilar basma-bas —

(Yurakka öy botdi bir hazin)

O, nega sen emas, sen emas?

 

Kuzaki yomğirlar ostida

Könglingdan ne keçdi — bilmadim.

(Soğinçli dunyoning dastidan)

Men bölsam ökinib yiğladim…

 

* * *

Kunlar yuragingga taskin berdimi?

Fursatlar yarangga qöydimi malham?

Bir marta bölsa ham körging keldimi?

Soğinç qandayligin totdingmi sen ham?

 

Aldama, heç qaçon davo bölmas vaqt —

Bölişi mumkindir eng oğir jazo.

Yana qay naqldan ovunyapsan, ayt,

Yana qay sababni qilyapsan daʼvo?

 

Balki, mağrurligim, jurʼatsizligim

Senga ozor berdi takror va takror.

Men ham endi sendan körarim kördim:

Sukutlar — ozordir, sensizlik — ozor…

 

YURAK YÖLLARI

Maktub keldi olis vohadan:

“Ismingizni qizimga qöydim…”

Yoş edim-da u payt, dafʼatan

Mehrnimi, baxtnimi tuydim.

 

Yillar ötdi. Goh böldi unut,

Goh yurakda yaşadi uzoq

Öşa maktub, notaniş yigit

Va Inobat otli qizaloq.

 

Yoşlik degan durkun daraxtni

Yamlab ötgan vaqt şamollari

Qaçondir men his etgan baxtni

Surolmabdi köngildan nari.

 

Dilim jöşar zavqdan ziyoda

Horğin yodim yorişgan damlar:

Uzoqlarda — Qaşqadaryoda

Yaşar meni bilgan odamlar.

 

Omonmisiz, olisdagi döst,

Ketmadimi fursatlar beiz?

Köksingizda yummadimi köz

Menga taniş havaslaringiz?

 

Salomatmi ismim olgan qiz,

Yillar ötib oyday tölgandir?

Latofatda, husnda tengsiz

Eng baxtiyor ayol bölgandir?

 

Bolalari bordir bir etak —

Yumuşlari yotgandir toşib?

Uzun tunlar aytarmi ertak,

Öz ismining tarixin qöşib?

 

Goh qölida qalam va qoğoz,

Tuzib çiqar nazm yo nasr.

Balki, sözga oşnoligi rost,

Şu edi-ku orzungiz axir!

 

Umr ötib ketmoqda…

Baʼzan

Unga tomon borgim keladi —

Hali özim ham tanimagan

Inobatni körgim keladi…

 

Olisdamiz, olislardamiz,

Uçraştirmas, ehtimol, yillar.

Boğlab turar bizni, şubhasiz,

Yuraklarga oçilgan yöllar.

 

KEÇIKIŞ

Qizil çiroq yondi.

Çorraha tirband,

Bir, ikki… Sanayman hovuçlab jonni.

Bu gal ham yölçiroq, afsus, berdi pand,

Bu gal ham boy berdim bitta imkonni.

 

“Axir keçikyapman, borişim kerak!”

Hamrohim beparvo qarab qöyadi.

Haydovçi oynadan köz taşlab andak,

“Mengami?” deganday qovoq uyadi.

 

Ötib borayotir, ana, qarşimda

Biri yayov, yana ulov minganlar.

Baxtliday tuyular mening nazdimda

Yöllarida yaşil çiroq yonganlar.

 

Uzoq yölga öxşar, aslida, hayot,

Uning hikmatini bilsak agarda.

Balandlab uçsak-da ostimizda ot,

Töxtaşga majburmiz çorrahalarda.

 

…Qizil çiroq yondi.

Ayni lahzada

Kimdir mendan oldin manzilga yetdi.

Kimdir toqati toq, yuragi zada

Meni kuta-kuta qöl siltab ketdi.

 

DÖSTLARING BORMI, BOLAM?

Otlanasan saharda

Yölga — olis safarga.

Qişloqdami, şaharda

Döstlaring bormi, bolam?

 

Oldinda katta dovon,

Sabring sinar beomon.

Yölda yolğizlik yomon,

Döstlaring bormi, bolam?

Hayot bu — jang, beayov,

Qismat bunda qilar ov.

Qalqon bölguday birrov

Döstlaring bormi, bolam?

 

Döst uldurki, oçsang qalb,

Nurday kirsa yaraqlab.

Men ötdim uni izlab…

Döstlaring bormi, bolam?

 

Umr — lipillagan şam,

Puflab turar uni ğam.

Şamga öxşayman men ham…

Döstlaring bormi, bolam?

 

Kamoling qildim havas,

Özi qöllab tursa bas.

Köksimda bir ötli sas:

Xotirjam olay nafas —

Döstlaring bölsin, bolam,

Döstlaring bölsin, bolam!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan