Darveşona
Özbek xalqining avloddan-avlodga ötib kelayotgan şunday urf-odatlari borki, ular davr töfonlaridan omon çiqib, bugungi kunda ham kişilar örtasida insoniylik, mehr-oqibat köprigiga aylangan. Darveşona ana şunday marosimlarimizdan sanaladi. Qiziği, u milliy marosim sanalibgina qolmasdan, fevral oyining oxirgi kunlari — bahorning boşida qişloq va şahar mahallalarida aholidan töplangan pul yoki oziq-ovqat hisobiga ötkaziladigan ziyofat, ovqatning ham nomidir.
Bu ovqat azaldan daryo böylarida, katta yöl yoqalarida pişirib tarqatilgan. Uning şu tariqa pişirilişida ham bir hikmat bölsa, ajabmas. Keçagiday esimda, 6-7 yoş paytlarimda bir kuni bobomni savolga tutdim:
— Bobo, darbişona nima uçun daryo böyida pişiriladi? Hamma özining uyida pişirsa bölmaydimi? Nimaga falonçi bovaning uyiga darbişona berib ketişdi? U kasal yotibdi, ovqat yeyolmaydi-ku?!.
— E, bolam, hozir töqçilik zamoni, — deb javob bergandilar öşanda bobom, — Bizning yoşligimizda qornimiz töygan kun mana şu darveş oşi pişiriladigan kun bölardi. Qiş böyi asrab-avaylab yeb çiqqan buğdoyidan orttirib hamma öz imkoni darajasida olib çiqardi. Yiğilgan buğdoy bir joyga töplanib, namlanib, kelida tuyib, buğdoyning ustki qismidagi qipiqlardan tozalangaç, Qaşqadaryo daryosining böyiga olib çiqilar edi. Şu yerda pişirib tarqatilardi. Kuçdan qolgan qari-qartanglarning, kasal yotganlarning nasibasi esa uyiga jönatilardi. Darveşona ovqati uzoq vaqt (4-5 soat) qaynatib pişirilgani uçun öyin-kulgi, har xil tomoşalar, lapar-doston aytişuvlari bölardi. Biz bolalar bu kunni juda orziqib kutardik, bexabar qolib ketişdan xavotirlanib, bir-birimizni “falon kuni darveşona böladi”, deb ogohlantirib turardik.
Darveşona böladigan kuni onalarimiz uydan çiqarib bergan gilam, körpaça, idiş-tovoqlarni zavq-şavq bilan eşakda, baʼzan esa piyoda daryo böyiga taşir edik. Gilam, körpaçalar xuddi mehmon kutişga hozirlangandek töşalar, dasturxonlarga “soçala” soçilardi.
Ovqat pişgaç, birinçi navbatda darveşona marosimiga çiqolmagan bemorlar, qariyalarga soçalalar bilan ovqatdan nasibasi berib yuborilardi. Hamma uzun qilib yozilgan bir dasturxon atrofiga ötirişgaç, qozon boşidagilar ötirganlarga ovqatni suzib tarqatişardi.
Baʼzan darveşonamiz Qaşqadaryoning boşlaniş tomonidagi bizdan yuqori qişloq — manğitliklar va daryoning narigi tomonidagi töqboyliklar ham bir kunda darveşona qilayotgan kunga töğri kelib qolardi. Şunda erkagu ayollar qöşni qişloqdagilar bilan hol-ahvol söraşişar, biz bolalar tengqurlarimiz bilan tanişib, öynayotgan öyinlarimizni yanada kattalaştirar edik. Qöşni qişloqdagilar bilan “hamsoyatovoq” qilişardi, yaʼni bir-birlariga ovqatlaridan uzatişar edi.
Ovqatlanib bölişgaç, yoşi kattalar elning tinçligini, dasturxonlar tökinligini, odamlarda mehr-oqibat kötarilmasligini sörab duo qilişardi.
Marosim oxirida barça idişlar yoş kelinlar, böy qizlar tomonidan daryodan suv olib yuvilar, dasturxondagi mayda uşoqlar, bundan taşqari, ovqatdan ortib qolgani ham baliqlarning haqi, deb daryoga taşlanardi.
Qiziği, heç kim uyiga darveşonaning ovqatidan olib ketişni xayoliga keltirmasdi. Buyam bölsa, odamlarning nazari töq bölgani uçun bölsa kerak, deb öylayman-da.
Darveşona köpinça qişning oxiri, bahorning ilk kunlarida qişloqlarda va şahar mahallalarida ayni şu hududlar aholisidan yiğilgan pul yoki oziq-ovqat hisobiga ötkazilar edi…
Bobomning öşanda aytgan gaplarida jon bor. Qamaşi tumanida, ayniqsa, çekka hududdagi mahallalarda hozir ham darveşona degan ovqat pişiriladi. “Falon qişloqning darveşonasi şirin bölibdi, qişloq kattaligi uçun ikki qozon darveşona pişirib tarqatişibdi” kabi iboralarga eʼtibor qilsak, bunda ovqat nomi haqida gap ketayotganini tuşunamiz. Bundan çiqdi, “darveşona” sözi ham marosim, ham ovqat nomi ekan-da?
Menimça, darveşona har ikkala holatda ham avloddan avlodga ötib kelayotgan, odamlarni bir-biriga yaqinlaştiradigan milliy qadriyatdir. Qadriyatlar esa ötmişni bugun bilan boğlaydigan, kelajakka dadil qadam qöyişga undaydigan maʼnaviy zanjir sanaladi. Şunday ekan, oila aʼzolari, yaqin qarindoşlar, qişloqdoşlar örtasida insoniylik, mehr-oqibat köprigiga aylanib ketgan darveşona kabi marosimlar milliy özligimizni unutmaslikda öziga xos ahamiyatga ega.
Sabohat XUDOYQULOVA
