Rahbar qanday bölişi kerak?
“…Rahbarlik faqat maʼmuriy lavozim emas, balki katta masʼuliyat va sanʼat hamdir. Jamoani boşqaradigan rahbarda quyidagi muhim fazilatlar bölişi kerak: intellektual salohiyat, maʼnaviyat va dunyoqaraş, saviya va muloqot madaniyati, muammolarni hal eta oliş qobiliyati…”
Buyuk alloma Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar şahri” asarida rahbarlik ato etgan kişilarning qanday fazilatlarga ega bölişi lozimligi haqida hikmatli xulosalar aytiladi. Asarda oddiy söz bilan aytganda, rahbar kişi birinçi navbatda bilimli, maʼnaviyatli inson bölişi, adolat bilan iş tutişi lozimligi uqtiriladi. Ammo amal kursisiga ötirgan hamma kişida ham ana şunday fazilatlar mujassam deb öylaysizmi? Hatto uşbu asarnigina emas, umuman kitob, gazeta-jurnal öqimasligi bilan maqtanadigan katta-kiçik rahbarlarning borligi taassuflanarlidir.
Qani edi, har bir katta-kiçik amaldor Prezidentimizning kitobxonlikka, kitob mutolaasiga siyosat darajasida eʼtibor qilayotgani mağzini çaqqanida edi.
Quyidagi muşohadalar hayotiy misollar asosida qalamga olindi.
“Yuragini yorib, qöliga ber!”
Bundan öttiz yilça burun bir idorada özining “siyosati” bilan nom qozongan kişi boşliq bölgan ekan. Sökonğiçligi bilan nom qozongan bu odam jamoadagi ayollarni ham ayab ötirmagan, deyişadi. Xodimlar azbaroyi işni yöqotişdan qörqqanligidan “ğing” deyolmas, hatto iş kaltak yeyişgaça yetib borsa ham miq etmay turaverişarkan. Ittifoqo, uning şogirdlaridan birining martabasi oşibdi, mansab kursisiga ötiribdi. Şunda u şogirdiga öz tajribasidan “mahorat darsi” ötibdi.
— Rahbar deganining közi-yu qadamidan öt çaqnaşi kerak! — deya gap boşlabdi davra körgan ustoz. — Tişingning oqini bekitib olgin, uni hatto bolalaring ham körmasin. Atrofdagilarga doim qoşingni çimirib, közlaringni löq qilib qaraginki, ular senga aytmoqçi bölgan sözlarini-da unutişsin.
— Siz boşliq sifatida ilk iş kuningizni qanday boşlagansiz?
— Men xodimlarimni qölga olişni qoyilmaqom qilib uddalayman. Birinçi kundan yuraklarini yorib, qöllariga tutqazaman… — naşʼa qilib kulibdi möysafid.
— A? Yöğ-e? Qanaqasiga?
— Kotibaga “hammani yiğ”, deyman. U hammani majlisga yiğadi. Oldindan tayinlab qöyganimdek, bahaybat çoynakda çoy damlab keladi. Çoynakni stolimning omonat joyiga — çekkasiga qöyib ketadi. Ana undan keyin “aybdor” xodimlardan birini çorlayman. Uzoqroq turgan bölsa, yaqinroq kel, deyman. Baqir-çaqir qilib, zahrimni soçaman. U heç narsadan bexabar munğayib turaveradi. Şunda bor kuçim bilan stolning çoynak turgan qismiga muşt tuşiraman. Nima böladi?.. Ha, bale, çoynak tönkarilib, qaynoq çoy xodimning tizzasiga tökiladi. Beçora muşuk bolasidek ingillab nari qoçadi. Buni körgan boşqalari dağ-dağ titraydi. Mening ğazabimga yana kimdir nişon bölişdan hadiksirab turadi… Xullas, odamlarim meni körganda Xudoning ğazabiga yöliqqandek böladi. Örgan, şogird!
Hozir bundaylar yöq, deyişingiz mumkin, ammo şunday saviyadagi rahbarlar borligini inkor ham etolmaysiz.
Ikkita toifa bor…
Heç eʼtibor qilganmisiz, baʼzi mehnat jamoalarida yangi rahbar kelişi katta xavotir bilan qarşi olinadi. Şunday paytda öşa rahbarning feʼli-yu aʼmolidan yaxşigina xabardor kişilar öz ixtiyorlari bilan işdan böşab ketadilar. Çunki ular yaxşi biladiki, “nozik tabiatli” boşqaruvçi bilan uzoqqa borib bölmaydi. Önlab, yuzlab va minglab jamoalarda mehnat qilayotgan insonlarning va sohaning taqdiri, aslida, mana şu odamning qölida böladi: eplasa — jamoani gullatadi, eplolmasa — har ikkisini ham xonavayron qiladi.
Menimça, rahbar ikki toifaga mansub: birinçisi — örindiqqa ötirişi bilan (komanda tuziş maqsadida) bir boşdan hammani böşatişga kirişib ketadi; ikkinçisi — işga kelişi bilan jamoani kuçaytirişga harakat qiladi. Muammo yeçimini xodimni işdan böşatişda körgan boşliq begona ötga qöşib ekinni ham yoppasiga qiyratgan bolaga öxşaydi. Bir qaraşda iş körsatilgandek tasavvur qoldiradi. Afsuski, natija kuzda bilinadi.
Oyoğini çözib buyruq beradigan emas, yeng şimarib özi ham işga kirişadigan, bu orqali qöl ostidagilarini ruhlantiradigan kişi çinakam rahbardir. Biz bundaylarni lider deymiz. Ular muammoni kimlarningdir gapiga qarab hal qilmaydi. Xodimlariga adolatsizlikdan saqlanadi. Masala vujudga kelganida, köpning fikriga qarab xulosa qiladi. Soyasiga körpaça soladigan laganbardorlardan özini çetga tortadi.
Köpni körgan bir ustozning bu boradagi bir gapi esimga tuşadi: “Har qanday boşliq rahbar sifatida şakllangan bölişi şart, aks holda, u şaxs bölolmaydi”.
Arkadiy Raykinning ertak hajviyasi
Örmon ahliga Ayiq kerak edi, ammo bir stavka Quyon ştati böş ekan. Ayiq rozi böldi. U Ayiq qiladigan işni bajarib, Quyonga beriladigan maoşga işlay boşladi. Bu örmonda Ayiq ştatiga Quyon rasmiylaştirilganini bilgunga qadar u işini vijdonan bajardi. Ammo… Ayiq hayron. Bu qanaqasi? Muştdekkina joni bilan Ayiq oladigan maoşga Quyon egalik qilişi adolatsizlik-ku! Ayiq örmon rahbariyatiga şikoyat qilibdi. Rahbariyat komissiya tuzibdi. Komissiya quyondan sörabdi:
— Siz Ayiqmisiz?
— Albatta, Ayiqman! — dadil javob beribdi Quyon va Ayiq ekanligini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etibdi. Jahllangan Ayiq: “Axir u Quyon-ku, mana menman — Ayiq”, deb qiçqiribdi. Undan hujjatini körsatişini söraşibdi va bahsga nuqta qöyişibdi:
— Sizning Quyon ekanligingiz hujjatingizda aniq va ravşan yozib qöyilibdi. Tortişuvga hojat yöq!..
Xuddi ertakdagidek taşkilot rahbarligiga munosib bölmagan kişilar kelar ekan, ahvol önglaniş örniga, yomonlaşib boraveradi. Uning diplomi yoki nufuzli idoralarda işlaganini tasdiqlovçi rezyumesi emas, bilimi, tajribasi va maʼnaviyati ustuvor bölişi darkor. Işxonasini işratxonaga aylantirgan yoki korrupsiyaga aralaşib, obröyidan ayrilganlar maʼnaviyatdan mahrum kimsalar emasmi?
Kasaba uyuşma raislari taşkilot rahbaridan mustaqilmi?
Jamoa boşqaruvidagi şaxs hammamizga öxşagan inson. U ham sizu bizga öxşagan odamlar orasidan tanlanadi. Qattiqqöllik qilişi, işni talab qilib, sustkaşliklar uçun jazolaşi mumkindir, biroq köra-bila turib adolatsizlik qilişga haqqi yöq. Işlamaydigan xodimga ustuvorlik va imtiyozlar berib, zahmatkaş işçisiga zuğum qilişi mumkin emas. Tizim rivoji uçun kuyib-pişgan, kezi kelganda xatolar haqida gapirgan kadrni esa taʼqib qilişi heç bir qonun va meʼyorlarga muvofiq kelmaydi. Zero, jamiyatimiz va qonunlarimiz demokratik tamoyillarga asoslanadi, quldorlik yoxud feodal tuzumga emas.
Hamma joyda hamma öz işini qilyapti, deb öylaysizmi? Birovning aravasini boşqa birov tortmayotganiga işonçingiz komilmi? Çinakam kadr soyada qolmayaptimi?
Taşkilot va idoralardagi kasaba uyuşmalarining vazifasi faqatgina uç-tört xodimga sovğa-salom berişdan iborat, deb öylaguvçilar qattiq adaşadi. Ular şu jamoada mehnat qilayotgan işçi-xizmatçilarning haq-huquqlarini himoya qilişlari, ijtimoiy tenglikni taʼminlaşlari ham kerak. Afsuski, hamma jamoalarda ham ularning taʼsirini sezilarli deb bölmaydi. Rahbar kimnidir işdan böşatsa, buning sabablarini örganiş va xodimga adolatsizlik qilingan bölsa, uni himoya qiliş köpning xayoliga kelmaydi. Çunki heç kim boşliq bilan ziddiyatga borişni istamaydi.
Nima qiliş kerak? Korxonalardagi kasaba uyuşmalari raislarining daxlsizligini taʼminlaş, uning rahbarga muteligiga çek qöyiş mexanizmlarini işlab çiqiş kerak.
Men bu bilan kasaba uyuşmalari işlamayapti, demoqçi emasman. Muammo katta qozonda qaynaganidan keyin kasaba uyuşmasining yuqori turguvçi organlari aralaşuvi bilan ayrim masalalar hal etilayapti. Lekin muammo taşkilotning özida yeçilsa, yanayam yaxşi emasmi? Ovoragarçiliklar, asabbuzarliklar va ortiqça xarajatlarning oldi olinmaydimi?
Muammo — imkoniyat!
Qöliga haydovçilik guvohnomasini olganlarning hammasi ham ulovni mahorat bilan boşqara olmagani kabi rahbarlik kursisiga ötirganlarning barçasi ham uning yukini kötarişga qodir emas. Biz işdan ketgan kişilargagina “eplolmadi”, degan nisbatni berişga örganib qolganmiz. Aslida, ön yillab işlab, boşqaruvda nönoq bölganlarni hayotimiz davomida uçratganmiz. Insoniyat tarixida nufuzli kompaniyalarni, brendlarni va tizimlarni tanazzulga uçratganlar haqida misollar köp.
Rahbarlik faqat maʼmuriy lavozim emas, balki katta masʼuliyat va sanʼat hamdir. Jamoani boşqaradigan rahbarda quyidagi muhim fazilatlar bölişi kerak: intellektual salohiyat, maʼnaviyat va dunyoqaraş, saviya va muloqot madaniyati, muammolarni hal eta oliş qobiliyati…
U öz şaxsiy rivojlanişi yölida izlanadi, öqib-örganadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladi. Adolatli böladi. Yangilikka oçiq böladi: boşqalarni öz qolipiga solişga urinmaydi. Muammolar vujudga kelganida, örindiği orqasiga yaşirinmaydi. Rahbar xato qilmaydi, qabilidagi stereotiplarni şaxsiy şioriga aylantirmaydi. Eng asosiysi, haqiqiy lider xodimlari uçun jonini jabborga beradi. Ularning istiqboli uçun halovatidan keçadi.
Har bir muammo — rahbar qobiliyatini körsatib beradigan imkoniyat. Donolik va liderlik qobiliyatiga ega rahbargina bu imkoniyatdan unumli foydalanişni yaxşi biladi. Nönoq rahbar esa muammo bilan emas, uni aytgan odamlar bilan kuraşib özini obrösizlantiradi.
Hamzabek TURDIYEV,
jurnalist.
