Bola bölmaganmizmi?

Ustozlarimdan birining: “Har kim öz yölini özi belgilaydi, özi tanlagan yöldan yuradi”, degan gapi  yodimdan çiqmaydi. Jurnalistika kasbini tanlagunimça köp öylaganman, ota-onam: “Öqituvçi bölganing maʼqul”, deyişganida, “Yöq, mendan öqituvçi çiqmasa kerak”, deb takliflarini rad  etganman. Endi bölsa…

Jurnalistikada öqişim davom etmoqda. Bu sohaning sirli dunyosi qiziquvçan talabalarni öziga jalb qiladi. Ustozlar yordamida qölimga qalam olib, maqolalar yoza boşladim. Kasb tanlaşda adaşmaganimga işonçim komil bölib bormoqda. Şu bilan birga, jurnalistika maʼlum maʼnoda pedagogika bilan  yaqinligini seza boşladim. Negaki, matbuot odamlarni voqea-hodisalardan xabardor qilişi bilan ularni tarbiyalar ham ekan.

Yozgi taʼtil payti vaqtimni bekor ötkazmay, xususiy maktablardan biriga vaqtinça bölsa ham işga kirdim. Bolalar bilan işlaşga juda tez kirişib ketaman, deb sira öylagan emasman. Kutilmagan hol desa ham böladi. Bu yerda işlar ekanman, har kuni özim uçun juda muhim bilimga ega böla boşladim. Bolalar dun­yosiga şu qadar qiziqib ketdimki, bu dunyoni bola közi bilan köra boşladim. Naqadar sof, beğubor dunyo. Kattalar uçun  ibrat böladigan  samimiyat olami.

Öylanib qolaman: hammamiz ham bola bölganmiz, şu beğuborlikni boşdan keçirganmiz. Ammo… nega endi katta bölgaç, bolalikdagi samimiyatdan uzoqlaşamiz, bir-birimizni tuşunmay, tanimay qolamiz, bir-birimizga işonçimiz susayadi? Boğçadagi paytlarimiz bir dona konfetni bölib yeganmiz, öyinçoqlarimizni bir-birimizdan qizğanmaganmiz, katta bölgaç, ustoz Abdulla Oripov yozganidek, nega endi şu yoruğ dunyoni ham bir-birimizdan qizğanamiz?..

Har iş kunim şu savollarga javob qidirişdan boşlanadi. Javob yöq. Nega  şundayligi jumboqligiça qoladi. Bolalarning köziga qarayman. Ular hali bu savollardan bexabar, bir-birlariga mehribon, ahil-inoq. Qani endi, bu gözal holat bir umr davom etsa…

Yulduz NURMONOVA,

ÖzMU talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan