Saodat ilmu hunardadir
deydi kasbidan baxt, umridan baraka topgan marğilonlik Abduvohid JÖRABOYEV
Yaxşiyamki, baxtimizga kitob öqimasa, gazeta varaqlamasa tura olmaydigan fazilatli kişilar bor. Garçi özi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi, texnika fanlari nomzodi bölsa-da, Said aka Siddiqov xotira quvvati kuçli, ziyoli insonlar toifasidan.
U davralarda öqigan asarlarini, körgan-keçirgan ibratli voqealarini erinmay sözlab, maʼnaviyat ulaşib çarçamaydigan samimiy nuroniydir.
Said aka “Hurriyat” gazetasining ham sodiq muxlislaridan biri. Gazetani öqib, fikr bildirib turadi. U oltmiş yillik qadrdon dösti Abduvohid Jöraboyevning mamlakatimiz aloqa va axborot texnologiyalari tizimi taraqqiyotidagi xizmatlari, uning insoniylik fazilatlari haqida yoziş taklifi bilan tahririyatga keldi.
Said aka Siddiqovning eʼtirofiça, kasbdoş dösti Abduvohid Jöraboyev Marğilon şahri, Farğona viloyati, respublika aloqa tarmoqlarida fidoyilik körsatib, baxt-saodat, qadr-qimmat topgan, iqboli kulgan insonlardan biri ekan.
Farğonaga ijodiy safarga borganimda, Abduvohid aka haqida yozmoq niyatida uning bolalikdan dösti Mahkam aka Qozoqov bilan uçraşdim.
– Abduvohid bilan Marğilondagi 7-sonli maktabda bir sinfda öqiganmiz, – deb söz boşladi Mahkam aka. – Matematika, fizika fanidan aʼloçilikda unga heç birimiz teng kela olmasdik. Dadasi Hoşimjon toğa rahmatli Marğilonda taniqli kosiblardan bölgan. Könçilik qilib teri oşlardi. Etik, kovuş, mahsi tikardi. “Döstlik otadan meros qoladi” degan yaxşi gap bor. Jöraboy toğa bilan dadam yaqin döst edi. Maktabdan kelib, otalarimiz yoniga borib kosibçilik qilardik. Mol, qöy, eçki, hatto ilon terilarini ham oşlaşni örganganmiz.
Mahkam akaning taʼbiriça, dösti ehsoni kuçli, saxovatli inson.
– Inson bölsa, Abduvohiddek umr körsa, u kişidek qarilik gaştini sursa, – dedi Mahkam aka. – Qarindoş-uruğlarga silai rahmli, qöni-qöşnilarga, döstu yorlarga oqibatli. Marğilon ahli uni juda hurmat qiladi. Kamtarga kamol, deydilar. U kişi kamtarligi bilan kamol topgan. Har oyda nuroniy oqsoqollar uçraşib turamiz. Abduvohid hoji Toşkentdan kelib, davramizga fayz kiritadi. Doimo bolalarga bilim beriş, kitob öqitiş kerakligi haqida gapiradi. Bilimli odamning rizqini Alloh barakali qiladi, deydi.
Abduvohid Jöraboyevning şogirdlaridan biri Murodil Mahmudov bilan Toşloq tumani hokimiyati binosida uçraşdik.
– Abduvohid aka otamdek uluğ bölib qolgan ustozim, – deya xotiralarini sözlay boşladi u. – Har kuni işga kelgaç, avval soğliğimizni, oilamizdagi ahvolni sörardi, keyin işga ötardi. Yoşlarga iş örgatişga uningdek talabçan va mehribon insonni uçratmadim. Avvalo, bizlarga bajarsa böladigan vazifalarni berardi. Topşiriqlarining ijrosini tekşirib körmasdan xotirjam bölolmasdi.
Şogirdining dil sözlarini tinglab, Abduvohid aka aloqaçilar baxti uçun yaralgan ekan, degan fikrga keldim. Marğilon şahar aloqa bölimi, Farğona viloyati aloqa boşqarmasi boşliği, Özbekiston Respublikasi aloqa vaziri vazifalarida işlaganida soha taraqqiyotiga qöşgan hissasi katta bölgan. Xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş borasidagi fazilati bilan hurmat qozongan.
Toşkentdagi aloqa instituti talabalari yotoqxonalariga kitob javonlari, stol-stullar, tumboçkalar olib borib berardi. Viloyatimizdan borib institutda öqiyotgan talabalar bilan tökin dasturxon atrofida uçraşuvlar ötkaziş, aʼloçilarga pul mukofotlari beriş ham Abduvohid Jöraboyev taşabbusi bölgan.
– Oddiy kolxozçi oilasida tuğilganman, – dedi Murodil aka. – Ustozning nazariga tuşib, malakali mutaxassis böldim. Farzandlarimni öqitişda, ularni uyli-joyli qilişda ham ustoz oilamizga beminnat muruvvat körsatgan.
Ustozi Fayoz Fayziyevga hurmat-ehtirom körsatişda ham Abduvohid akaga havas qilsak arzir ekan. Fayoz Fayziyevni kuçli mutaxassis sifatida keksa aloqaçilar yaxşi eslaydi. Ustozining ikki öğli ham olamdan ötgaç, qizlari esa uzoq yurtlarga turmuşga çiqib ketgaç, turmuş örtoği Tamara opa yolğiz qoladi. Tamara opaning issiq-sovuğidan, oziq-ovqatidan xabar olib turgan.
Abduvohid aka bilan suhbatlar davomida eşitganlarimdan şunday xulosaga keldimki, u biror sözni behuda işlatmaydigan, körgan-keçirgan ibratli voqealardan qisqa gapirib hayratingizni oşiradigan iqtidorli inson ekan.
Undan öz kasbiga qanday mehr qöygani haqida söradim.
– Asli etikdöz kosiblar avlodidanman, – dedi u. – Rahmatli Jöraboy dadam Marğilonda nomi çiqqan etikdöz bölgan. U kişi oqibatli, xuşmuomala, sertakalluf inson edi. Bolaligimdan doim yonlarida yurib, insoniylikni, kosiblik kasbini örgandim. Maktabni bitirgaç, institutga öqişga kirdim. Avvaliga öqişimga unçalik röyxuş bermadilar. Çunki kosiblik sirlarini örganib borayotgandim. Dadam ustozidan (mahalliy aholi ustozni usta deb aytadi) oq fotiha olib beriş uçun Abdurayim toğa (uni biz “xöjayin toğa” derdik) huzuriga boşlab bordi. Ustazoda şaharda hamma tanib, hurmat-ehtirom qiladigan, öz kasbining piri komili edi. Toşkent elektrotexnika institutiga öqişga kirganimni, duo oliş uçun kelganimni aytdim.
“Öqib ungin, iloho, ministr bölgin”, deb duo qildilar.
…Öqişni bitirib, elektr aloqa muhandisi diplomini olib, Marğilon şahar aloqa bölimida iş boşladim. U davrlarda xonadonga telefon örnatiş jiddiy muammo edi. 180 mingga yaqin aholi yaşaydigan Marğilon şahri telefon tarmoğida bor-yöği uç mingta siğim bor edi. Telefon raqami oliş uçun har kuni yuzlab mijozlar idoramizga kelib, janjal kötarişardi. Oylik maoşim kosibnikidan ikki-uç baravar kam bölsa, boşimni oğritib nima qilaman, tinçgina kosibçiligimni qilaveray, deb dadamga dardimni aytdim. Dadam rahmatli sabr-qanoatli bölib işimni davom ettirişimni qatʼiy tayinladi. Vazifamga yangidan şijoat bilan kirişib ketdim. Qisqa muddatda şahar telefon tarmoğini 12 ming siğimga yetkazib, aholi talabini qondirişga erişdik. Işçi-xizmatçilar kuçi bilan ikki qavatli aloqa binolarini qurdik.
– Mustaqillikning dastlabki yillari mamlakatimiz aloqa tizimiga optik tolali kabellar olib kirilişida sizning alohida xizmatingiz bölgani haqida hamkasblaringizdan iliq gaplar eşitgandik. Şu haqda gapirib bersangiz, – deb Abduvohid akaga yuzlandim.
– 1992 yili Janubiy Koreyaning “DEU” kompaniyasi bilan Farğona, Marğilon va Qöqon şaharlaridagi eskirgan telefon stansiyalarini yangi raqamli stansiyalarga almaştiriş böyiça bir neça bor muzokaralar olib borib, şartnoma imzoladik. Bir yildayoq özimizning mutaxassislarimiz tomonidan 50 ming siğimdagi stansiya jihozlarini raqamli jihozlarga almaştirib, 14 ta telefon stansiyasini bir-biriga optik tolali kabellar bilan boğlaşga erişdik. Respublikada birinçi marta amalga oşirilgan bu yangilikni röyobga çiqariş uçun katta hajmdagi iş bajarildi. Farğona va Marğilon şaharlari telefon tarmoqlari birlaştirildi…
Hayot ajoyib kinoga öxşaydi. Gohida yetti uxlab tuşingga kirmaydigan voqealar sodir böladi. Kuni kelib, respublika aloqa vaziri örinbosari bölib işlayotgandim. Birinçi Prezidentimiz huzuriga çaqirtirib qoldi. “Yigirmadan ortiq odam bilan gaplaşdim. Birortasi seni yomon demadi. Nima fariştamisan?” deb kutilmaganda sörab qoldilar. “Yaxşi deganlarga ming rahmat, ammo ayblarim ham bor”, dedim. “Quloğingga quyib ol, hammaga yaxşi körinaman desang, vazir bölolmaysan”, deya zimmamga yangi-yangi vazifalar qöydi. Vazir etib tayinlanişimni aytdi.
Öşanda davlat rahbari huzuridan çiqqaç, dadamning ustozi “ministr bölgin” deb bergan duo yodimga tuşdi. Allohga yaqin kişilarning duosi ijobat bölişini öz hayotimda kördim. Şunday martabaga yetkazgani uçun Allohga şukur aytib iş boşladim.
Abduvohid Jöraboyevning 1995 yildan 2009 yil 2 martgaça respublika aloqa vaziri örinbosari, vazir va boşqa turli lavozimlarda işlagan vaqtlardagi samarali faoliyati haqida öndan ortiq kişilar bilan suhbatlaşdim. Kitob ham yozsa yaraşadigan tabarruk insonning xayrli işlari haqida maʼlumotlar yiğdim.
Ellik uç yillik turmuşdagi quvonçli, qayğuli kunlarni birga tortgan ahli ayoli Azizaxon ona bilan qöşa qariyotgan Abduvohid akaning rizqi möl, baxti butun ekan. Albatta, elu yurtga xizmati singgan, barçasiga mehnati bilan erişgan, tajribasini heç kimdan ayamagan bunday insonlar haqida birgina maqolada hamma gapni aytişning imkoni yöq. Nasib etsa, bugun keksalik gaştini surayotgan zamondoşimiz haqida u kişining hayot sinovlaridagi matonati haqida yana batafsilroq nimadir qoralayman, degan fikrdaman.
Oppoq soç-soqoli fayz berib turgan, odamiylik fazilatlari bilan ziynatlangan möysafidga havas qilib qarayman.
Anglaganim şu böldiki, iymoni butun, eʼtiqodi mustahkam, yaxşilik qilib rohatlanadigan insonlarni Yaratgan Egam dösti siddiqlar, sadoqatli şogirdlar, vafodor ahli ayol, qobil farzandlar bilan siylar ekan. Ana şuning özi haqiqiy baxt degani bölsa kerak.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
