Sardobadan suv içgan odam
Köhna sardobalarda kömilib qolgan dardim…
Abdulla ORIPOV
Xalqimizda “Har töqayning öz börisi böladi” degan naql bor. Darhaqiqat, muboraklik adib Jumaqul Qurbonov haqida söz ketganda, negadir darrov xayolimga şu maqol keldi. Rosti ham şunday-da… Qançalik mahoratli, hassos bölmasin, Qaşqadaryoning bepoyon daştlari, saksovulzorlari, kengliklari haqida boşqa birov u qadar işonçli va samimiy yoza olmaydi. Çunki u — sahro farzandi, uning kindik qoni şu zaminning qumlari, barxanlariga singib ketgan…
Jumaqul Qurbonov nomini ilk bor rahmatli Poyon Ravşanov bilan hammualliflikda yozilgan “Amir Temur tuğilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi” orqali tanigan edim. Asar avval “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining bir neçta sonlarida eʼlon qilindi, söngra kitob holida bosmadan çiqdi. U keng jamoatçilik orasida qiziqiş uyğotişi bilan birga, bir neçta mualliflar tomonidan eʼtirozlarga ham sabab bölgandi. Ammo şuni aytiş lozimki, mualliflar bu asari orqali Zanjirsaroy degan tarixiy manzil va Sohibqiron bobomizning sevikli zavjasi Saroymulkxonim tuğilgan makonni aniqlaşga erişgan edi. Yaqinda marhum ustozimiz Poyon Ravşanov qalamiga mansub “Qadrdon siymolar, yaxşilarga ehtirom” nomli kitob qölimga tuşib qoldi va uni varaqlayotib, quyidagi bitiklarga közim tuşdi:
“Jumaqul Qurbonov bilan köpdan qadrdonmiz, ajoyib, maqbul inson. Vaqtida badiiyat sohasida hamkorlik ham qilganmiz. “Zanjirsaroy” uçun men sabab tanbehlar ham eşitgan edi. “Munaqqid”larimiz tarixni, manbalarni bilmasa, ayb bizlardami?” Mayli, gap bu eʼtiroflarda emas. Jumaqul bağrikeng yozuvçi, sermahsul, uzoqni öylab badiiy rejalar tuzuvçi adib.
* * *
Kunlarning birida davradoşlari orasida Qamaşining “Kaykovus”i nomi bilan tanilgan keksa ijodkor Berdiqobil Xudoyqulov hammani hayratda qoldirib, poytaxtdagi naşriyotdan “Qalb javohiri” nomli kitob çiqardi-yu, oradan ön kun ham ötmay, asarining taqdimotini ötkazişga qaror qildi. Aytilgan kuni otaxonning uyiga hamrohlar bilan yetib bordik.
Hovli odamlar bilan gavjum ekan. Çekkaroqdagi joyga ötdik. Negadir mezbon Berdiqobil bobo va noşir Temirpölat Tillayev közimga bezovtaroq körindi. Şunda deng, Temirpölat qöl telefonida kim bilandir uzoq gaplaşib olgaç, mezbonga bir nimalar degandi, Berdiqobil bobo birdan: “Jumaqul kelmasa, şunça dov-daskaning kimga keragi bor?” — deya öşqirib yubordi.
Mezbonning bu sözini kimdir eşitdi, kimdir yöq. Taqdimot tugab, maşinada qaytar ekanmiz, eşitganimni ustoz Abdivoy Rahimga aytdim.
— Bilasanmi, Qarşida neft va gazning katta idorasi bor. Boşliği Jumaqul Qurbonov degan odam. Öşa kişi Xudoyqulovning kitobiga homiylik qilgan, ammo zarur iş sabab bugungi tadbirga kelolmabdi, — deya javob berdi u.
— Ha, bari tuşunarli, demak, otaxon bekorga bunçalik betoqat bölmagan ekan-da, — dedi şoir va adib Yöldoşbek Kenja biroz asabiylaşib. — Mayli, lekin kim nima desa-desin-u, baribir zör odam ekan öşa Jumaqul Qurbonov deganlari…
Nima, özimizda boylar, tadbirkorlar yöqmi? Bor, ançagina, lekin ularning köpçiligi maʼnaviyat, maʼrifatdan yiroq kimsalar. Işonç bilan ayta olamanki, ular umrida kitob tugul, gazeta-jurnal ham öqimagan, öqimaydi ham. Bir paytlar şundaylar haqida viloyat gazetasiga “Maʼrifatga begona qalb” degan tanqidiy maqola yozib, ozgina baloga ham qoluvdim…
Bu adib Jumaqul Qurbonov haqida ikkinçi bor eşitişim edi…
* * *
Bunga ham ança yillar böldi, çoği. Kunlarning birida hamrohlarim Yöldoşbek Kenja, Tursunboy Boymirovlar bilan Qarşiga, aniqroği, “Qaşqadaryo” gazetasiga “yuriş” qildik. Tahririyatda Nuriddin Egamov, Maqsud Hamroyevlarga olib borgan maqolalarni topşirgaç, rahmatli tahririyat ğaznaçisi Samandar Musayevning xonasidan yaxşigina qalam haqini olib, taşqariga çiqdik. Şunda kimdir bizni çaqirgandek böldi. Qarasak, mirişkorlik tinib-tinçimas ijodkor Abdunabi Abdiyev uç-tört qadam narida turibdi. Körişib, hol-ahvol söraşgaç, u qölidagi gazetani körsatib, dedi:
— Muboraklik Jumaqul Qurbonov degan yozuvçini eşitganmisizlar?
Baravariga boş irğadik.
— Öşa oğaynimiz yangi “El” degan gazeta çiqaribdi… Mana ilk nişona soni, — deya bittadan yangi bosmaxona böyoği anqib turgan gazetani uzatdi. — Endi kamina şu gazetaning tahririyati aʼzosi, anovi darveş ukalaringiz Bahodir Abdirazzoq esa masʼul kotib bölib iş boşladi.
Oradan köpam ötmay, mening ham ötgan asrning 60-yillarida dongdor jamoa xöjaligi raisi bölgan Lapas Muhammadiyev haqidagi “Yaxşilik boği” nomli hujjatli qissam gazetaning bir neçta sonlarida davomli bosildi. Gazeta esa qisqa fursatda öz yöli va öquvçilarini topdi.
Bu adib Jumaqul Qurbonov haqida uçinçi bor eşitişim edi…
* * *
Bir kuni qoratepalik şoir Abdimurod Qodirovning uyida bölgan gurungdan qaytayotgan edik.
— Abdimurod zör şoir-u, lekin bor-yöği bittagina öttiz ikki betlik kitobi çiqqani çatoq-da, — dedi Yöldoşbek Kenja hazil aralaş.
— Ey, “dard”imni yangilab yubordinglar, — dedi Abdivoy domla sekingina kulimsirab. — Eslaringda bölsa, bundan ança yillar burun bir saylov böluvdi. Bir kuni keçqurun uyimga ikkita notaniş odam keldi. Ikkovi ham katta amaldorlardan ekan. Ulardan biri şerigini körsatib, uning viloyat deputatligiga nomzod ekani, agar kamina masʼul kotib bölgan hududdan yaxşi ovoz olsa, bitta kitobimizni çiqarib berişni böyniga oldi. Saylov ham ötdi, boyagi amaldor deputat ham böldi. Kunlarning birida “vaʼda” bergan amaldorning idorasiga borib uçraşdim. “Bir haftadan keyin keling”, deb yana vaʼda berdi. Hafta ötib yana bordim. Yana öşa gap. Oxiri hafsalam pir böldi, uyga kelib, “Vaʼdaboz tulki” degan masal yozdim va “Muştum”ga jönatuvdim, darrov bosişibdi. Ana şunday qilib xumoridan çiquvdim…
— Bilasizlarmi, vodiy tarafda Haziniy degan şoir ötgan. Uning “Farğona tong otgunça” ğazali mahzun qöşiq bölgan. Vodiyliklar öşa şoirning ijod namunalarini töplab, çiroyli kitob qilib çiqarişibdi. Özimizning Abdulla Gulşaniyning ham öşa şoirdan kam joyi yöq. Qani edi, birorta mard çiqib, kitobini naşr ettirsa, savobning tagida qolardi…
— Bizning rahbarlarda yörgakda tekkan bir kasallik bor. Faqat yuqoridan aytişsa, qilişadi, bölmasa, yöq. Ana, şoira Momoxol Elmurodovaning Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzo bölganiga qirq yildan oşsa ham, biror kitobi kattaroq tirajda naşr etilmagan. Insof bilan aytsak, şoira opamizning şeʼriyati darajasi poytaxtda ijod qilayotgan ayrim maşhur adibalarning ijodidan kam emas.
Yaqinda Qarşiga borib, yoş yozuvçi Bahodir Abdirazzoqni uçratib qoldim. Oğzi quloğida, özi osmonda yuribdi. Qalingina “U” nomli hikoya va qissalar töplami naşr etilibdi. “Hokimimiz Jumaqul aka çiqarib berdi”, — dedi faxrlanib.
— Qani endi, ana şunday saxovatpeşa rahbarlar köproq bölsa, — dedi maşina rulini boşqarib kelayotgan ijodkor Sayfulla Al-Murod öyçan ohangda.
Bu Jumaqul Qurbonov haqidagi navbatdagi ezgu gap edi.
* * *
Hayotda şunday odamlar köpki, mabodo biror kattaroq mansab-lavozimga ötirib qolsa, eng yaqinlarini ham “tanimay” qoladi. Ayrim forma kiygan ğöddayganlar esa iyagi osmonda, odamni tanimaydi. Ammo vaqt ötib amalidan ketgaç, obrösi yöq, birovga yaxşilikni ravo bilmagan şörtumşuqlar dami çiqqan koptokdek pissayib, hammaga alang-jalang qiladigan, hatto egniga jelak kiyib maçitga qatnaydigan “peşvo”ga aylanadilar. Bunday yuzsizlarni ham körib yuribmiz.
Şunday. Bu dunyo — bir sinov. Undan oyoği yerdan uzilganlar vaqti kelib… qanday “yerga tuşgani”ni sezmay qolarkan. Ammo hayotda yaxşiyamki Jumaqul Qurbonovga öxşagan insonlar ham bor. U kabilar samimiyatni “ot ustida” ham, undan keyin ham unutişmaydi. Doimo birdek. Yaxşilik qilişni umr mazmuni deb biladi.
* * *
Ha, vaqt degani yugurik, umr esa ötkinçi. Qahramonimiz — adib Jumaqul Qurbonov bugun qutluğ yoş ostonasida. Hayot degani bu insonga katta lavozim va imkoniyatlar berdi. Qolaversa, kitobxon muxlislari havas bilan öqiydigan gözal hikoya va qissalar, romanlar yozdi. Asarlari adabiyotimizning atoqli şoir va adiblari Abdulla Oripov, Pirimqul Qodirov, Ötkir Hoşimov, Tohir Maliklar nazariga tuşib, ular eʼtirofiga sazovor böldi.
Darvoqe, yuqorida ijodkorni sahro farzandi, sardobadan suv içib ulğaygan odam deb taʼriflamoqçi edik.
Şunisi aniqki, Sardobadan suv içganlar, albatta, yaxşi odamlar böladi…
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi
aʼzosi.
