“Muallim desalar meni, qaniydi…”

yoxud öqituvçilik kasbidan saodat topgan jiydakapalik Habibullo HAYDAROV haqida muxtasar hikoya

Töraqörğonda turli lavozimlarda işlagan Habibullo Hojimatov degan uzoq yillik qadrdonimiz bor. Yoşi yetmişdan oşgan bölsa-da, olimlar ilmini amaliyotga joriy qiladigan uruğçilik tajriba dargohiga rahbar.

U kişi bilan Töraqörğondan borib Namangan şahriga kiraverişda, yöl böyidagi idorasida uçraşişga kelişgan edik.

U yerda yoşlari elliklar çamasidagi, köz qaraşlaridan rahbarlik nafasi sezilib turgan kişi ham Habibullo akani kutayotgan ekan.

U salom-alikdan söng, Habibullo aka ertalab doktorga körinib, hademay kelib qolişini aytdi.

— Közimga issiq körinyapsiz, qayerdadir uçraşgan bölsak kerak-a, – dedim yangi tanişimga.

— Men ham sizni taniganday bölib turibman, Nosir Otaxonov haqida kitob yozgansiz-a? Ustozning dala şiyponida bir marta körişgandim, şekilli?

Qoyil! Ayrim kişilarda xotira – eslab qoliş qobiliyati juda kuçli böladi. Bu kişi “Çinor şoxidagi sinçalak” kitobim qahramoni, fozillarga xos hayot keçirib, özidan gözal xotiralar qoldirib ketgan olim Nosir Otaxonovning şogirdi Oybek Haydarov ekan. Kitobda ustozi bilan Şahrisabzdagi “Oqsaroy” maydonida tuşgan rasmi ham bor ekan.

Tasodifiy uçraşuv bölsa-da, suhbatimiz darrov qovuşib ketdi. Nosir Otaxonovni esladik. Oybekning özi ham uruğçilik sohasi ilm ahllaridan ekan. Taʼbiga maʼqulroq gaplar aytdim, şekilli, tezda döstlaşib qoldik. Döst tutiniş ham tiriklikning fazilati axir!

Oybekning aytişiça, otasi Habibullo Haydarov ham gazetaga, kitobga mehri juda baland kişi. Kitobimni öqiganida “şu kitobni yozgan kişi bilan bir uçraşsam, yaxşi bölardi” deb niyat qilibdi. Öziyam ön bir yilça avval çiqqan kitobçamning keksa muxlisi bilan körişib suhbatlaşiş ruhiyatimga qançalar quvvat berişini tasavvur qilib, zavqlanib ketdim.

Oybek Haydarovga yanagi safar Namanganga kelganimda, albatta, otasi bilan uçraşişga vaʼda berdim…

Xullas, ötgan hafta Namangan viloyati hokimining taklifiga köra 64-xalqaro gullar festivali oçilişi marosimida iştirok etdim. Bu haqda gazetamizda maqola ham berildi.

Uşbu safar kunlari Habibullo Haydarov bilan uçraşiş maqsadida Namangan şahridan Uyçining Jiydakapa qişloği tomon yölga çiqdik. Hamrohim Rözimuhammad inson ruhiyatini yaxşi tuşunadigan, dilkaş inson ekan. “Qumtepa” mahalla fuqarolar yiğinidagi Namangan köçasida istiqomat qiluvçi Haydarovlar xonadonidamiz.

— Xayriyat, domla uyga kelibdi, — dedi Rözimuhammad oçiq darvozadan körinib turgan, hovlining etak tomonidagi qora “Tracker”ga işora qilib. —Habibullo aka yetmiş beş yoşga kirayotgan bölsa-da, juda ğayratli. Tinim bilmaydi. Ertalab sizning borişingizni aytgani qönğiroq qilganimda, asalarilaridan xabar olgani dalasiga ketgan ekan.

* * *

— Bugun omadli kun ekan, yuzidan nur yoğilib turgan inson bilan körişiş nasib etdi, — deyman Habibullo akaga. Nazarimda, soç-soqoliga oq tuşgan bu nuroniy bilan avval ham körişgandekman. “Yaxşilikni oçiq çehralilardan kuting” degan muborak hadisi şarif yodimga tuşib, könglim yanada kengayib ketgandek böldi.

Namanganda yoşi kattaroq kişilar yalangboş yurişmaydi. Erkaklarning boşida döppi, ayollari römolda. Tibbiy tadqiqotlarga köra, boşida kiyimi borlardan köra, yalangboş yurganlar boş bilan boğliq bemorliklarga köproq duçor bölar ekan. Milliy döppimiz kişilarni salobatli va fayzli qilib körsatadi.

Ustoz-muallimga yaraşib turgan boş kiyimni körib, xayoldan ötdi bu gaplar. Eng muhimi, yoruğ yuz bilan suhbat qurmoq, suhbatlarda yaxşilik va odamiylik xislatlarining ustun bölişi — asosiy maʼni.

Suhbat avvalida:

— Qişloğingizda jiyda köpligi uçun nomi “Jiydakapa” deyilgan bölsa kerak-a? — deya qiziqdim.

— Bu nom tört yuz yillik tarixga ega, — dedi Habibullo aka. — Aytişlariça, bir paytlar daryo böylarida yovvoyi jiydalar köp bölgan ekan. Odamlar jiydadan qurilgan kapalarda yaşab, dehqonçilik qilişgan. Hozir ham biz tomonlarda jiyda daraxtlari köp.

— Öquvçilarimdan biri ançadan beri çoyga taklif qilib yuruvdi, xöp desangiz, sizning bahonangizda öşa yoqqa borsak, — dedi Habibullo aka.

Qöşni Norin tumanidagi Jöja qişloğida dala hovliga öxşaydigan möʼjazgina joyda polvonkelbat bir kişi bizni kutib oldi. U — Maşrabboy Komilov — “Qobiljon Muştariy” fermer xöjaligining rahbari.

— Namanganda Maşrab ismli kişilar köp böladi-a! — deb unga yuzlandim.

— Tuğilişimdan ikki kun avval onamning qornida yiğlabman, şuning uçun Maşrab deb ism qöyişgan ekan, — dedi mezbon.

— Maşrabboy öquvçiligidan adabiyotga, şeʼriyatga, sportga qiziqqan, — dedi Habibullo aka.

Baribir, sokin joyda ijodkorga mehri bor insonlar bilan davra qilişning gaşti bölakça. Şaharning çang va şovqin-suronidan bezigan dillarga Norin va Qoradaryo tomonlardan esayotgan şabada çeksiz orom beradi.

Habibullo aka Namangan davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya va sport fakultetini bitiriboq, tuğilib ösgan Jiydakapa qişloğidagi quriliş texnikumida iş boşlaydi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida şu öquv dargohida salkam qirq yil dars beradi. Öquvçilarda ösmirlik çoğlaridayoq sportga muhabbatni uyğotiş, ularning vujudiga soğlomlik, qaddiga qomat, bilagiga quvvat beradigan fandan dars beriş ham katta ahamiyatli iş ekan. Ayniqsa, yigitlarning haqiqiy erkak bölib şakllanişida sportning roli katta. Habibullo aka ham özining yoşlik ğayratini, kuç-quvvatini, bilim-zehnini sarf etib “Haydarov domla” degan nomga erişgan saodatli insonlardan biri.

Beixtiyor xayolim uzoqlarga ketdi. Öşa yillari muallimlik kasbiga sodiq qoliş hammaga ham nasib etmadi. Köp öqituvçilar kasb zahmatlariga, maoşlar kamligiga sabr-qanoat qilolmadi. Avvaliga erkak öqituvçilar, ortlaridan ayol muallimalar tirikçilik ilinjida özlarini bir bozordan ming bozorga urişdi. Guldek kasbini taşlaşga majbur bölişdi. Tarbiyat va maʼrifatning maşaqqatli köçalari ularga torlik qildi. Bozor deb atalmiş talatöp içida özligidan, baʼzan ğurur-oridan ayrilişga rozi bölişdi. Yopirilib kelgan Ğarb madaniyati töfonida öqituvçi kimligini, adab nimaligini anglamay ulğayayotgan bolalarning tarbiyasizligi, ota-onalarning “bolaparvar”ligi öqituvçilar asablarini qaqşatdi, ruhiyatlarini sindirdi. “Bor-e” deyişdi, qöl siltab, boşqa tirikçilikning boşini tutişdi. Rizq izlab neça yuzlab, minglab muallimlar russiya tomonlarga, çet ellarga ketib qolişdi.

Bugun öqituvçilar zamoni keldi. ­Şavkat Mirziyoyev öqituvçilik kasbining qadr-qimmatini, nufuzini, oylik maoşlarini keskin oşirdi. Qança vaqtlar köça supurişga ham, turli dala yumuşlari — paxta yiğim-terimi-yu, ğözani çopiq, yagana qiliş böladimi yoxud boşqa işmi, bariga öqituvçilar balogardon böldi. Ulardan maktab, dars, ilm söralmay qolgan edi. Tayyor mardikor vazifasini öqituvçilar bajarişga majbur bölişdi.

Xayriyat, davr özgardi. Bugun öqituvçi — çinakam ustoz. Kasbini mukammal egallagan ilğor muallimlar bugunga kelib ança yuqori oylik maoş oladigan bölişdi.

— Öylanib qoldingiz, çoyingizni yangilab beray, sovib qolgandir, — deb Rözimuhammad piyolaga qöl uzatdi…

* * *

Habibullo akadan ota-onasi haqida gapirib berişini söradim.

— Dadam rahmatli Haydarali Şaripovning asli kasbi hosilot bölgan. Paxtaçilik brigadasiga, jamoa xöjaligiga rahbarlik qilgan. Esimni taniganimda, çorvaçilik fermasiga mudir edi. Kam gapirar, köp işlar edi. Quşlar tinsa tinardi, otam tinmasdi. Harom luqma yemagin, harom boylik odamgarçilikdan çiqaradi, kibr otiga mindiradi, odamni odamiylikdan ayirib, tamom qiladi, derdilar. Hamişa uç narsadan uzoq yuriş kerak deb ögit bergan: “Naşa çekmagin, bangi bölasan, bangi degani bandi degani, buzuqilar yölidan yurmagin va aroq içmagin”, der edilar…

Dadamning gaplariga amal qilib kam bölmadim. Farzandu nabiralarimga ham ularning nasihatlarini aytaman. Ibratli hikoyalaridan gapirib beraman.

Xayriniso onam rahmatli juda zukko, mehribon ona bölganlar. Pokiza, saranjom-sarişta uy tutardi. Ön bir farzandni oq yuvib, oq taragan oqila ayol edi. Xalq oğzaki ijodini yaxşi körardi. “Alpomiş”, “Göröğli” dostonlarini yoddan bilardi. Keçalari doston tinglab, onamning qöynida uxlab qolardik. Yuzlab maqollarni bilardi. Sözlaganida maqol qöşib, taʼsirli qilib gapirardi.

* * *

— Jiyan toğasiga tortar ekan, — dedi Habibullo aka suhbatni davom ettirib. — Toğalarim çavandoz bölişgan. Öğillarim ham ot minib, uloq çopib katta bölişdi. Endi nabiralarim ot çoptirişmoqda.

— Uçraşuvimizdan avval öğlingiz Oybekdan siz haqingizda söraganimda, dadam sözining ustida turadigan, qatʼiyatli, farzand tarbiyasiga judayam eʼtiborli, maʼrifatli inson deya taʼrif berdi.

— Bu fazilatlar menga ota-onamizdan meros. Yana bir hayotda körganim bor. Institutni bitirib, oliy maʼlumot olgaç, Germaniyada harbiyda xizmat qilganman. Öşanda nemislardan köp narsalarni örganganman. Garnizonimiz Şarqiy Berlinning Şonvald (maʼnosi gözal örmon) qişloğida joylaşgandi. Hamma işni öz vaqtida qiladigan qatʼiyatli kişilarga “nemis bölib ket-ey!” degan taʼrif bejizga aytilmagan ekan.

Germaniyadagi bir yillik zobitlik harbiy xizmatim davrida öğil farzandim tuğilganligi xabari bordi. Xat yozib, ismini Uluğbek qöyişlarini bildirdim. Texnikumda Uluğbek va Oybek degan aka-ukalar bilan birga öqiganmiz. Ular bir-biri bilan juda inoq, tartibli va yaxşi öqişardi. Hamma ularga havas qilardi. Yoşligimda ikkita öğil körsam, ismlarini Uluğbek, Oybek qöyişni könglimga tugib qöygandim. Alloh ikkita öğil berdi, niyatim uşaldi. Öşalardek inoq bölib voyaga yetişdi. Ammo Uluğbegimizning umri qisqa ekan. Yigirma töqqiz yoşida — ayni kuçga tölib, gullagan çoğida olamdan ötib qoldi. Farzand doğini farzandidan ayrilganlar biladi. Uç norasida qölimizda qoldi. Otasi yöqligini bildirmaslik uçun boşqalardan kam qilmay öqitdik, uyli-joyli qildik, ularning baxtu kamolini körib yuribmiz. Alloh rahmat qilsin, kelinimiz — Uluğbekning turmuş örtoği ham tört yil avval olamdan ötdi.

Nabiralarimiz, ayniqsa, Jahongir köngli toza yigit bölib ulğaydi. Institutni bitirib, ilmiy tajriba dargohida işlamoqda.

Ota-onasining duolarini olgan, köngli oçiq, ziyoli insonlar bilan dardlaşsam, xuddi yaxşi kitob öqiganday maʼnaviy orom olaman. Habibullo hoji bilan bir gaplaşgan kişi, yana körişsam der ekan.

— Nuroniy-möysafid bölib hayot keçirişingizda ahli ayolingizning xizmati katta bölsa kerak?

— Dilorom opangiz bilan qirq beş yil birga yaşagan edik. Xudo rahmat qilsin, qöli yengil doya-hamşira bölgan. Tumanimizdagi yuzlab onalar öz çaqaloqlarini soğ-salomat qöliga olişida ayolimning xizmatlari singgan. Özi ham, sözi ham gözal ayol edi, — dedi Habibullo aka.

Habibullo akaning qöl telefoni tez-tez jiringlab qoldi. Uning aytişiça, internatda birga öqigan sinfdoşlari Çortoqda yiğilişibdi, şunga taklif qilişayotgan ekan.

— Kerakli maʼlumotlarni oldim-ku, yana biror savol tuğilsa, qönğiroq qilarman, döstlaringiz kutib qolişmasin, — deb Habibullo aka bilan xayrlaşdim.

Undan sodiq döstlari haqida söragandim, u çortoqlik qadrdoni Obidjon Toşboyevning telefon raqamini berdi.

Obidjon aka bilan boğlandim.

“Yaşang, yaxşi, ezgu işga qöl uribsiz. Döstim kitobni, adabiyotni yaxşi köradigan qalbi gözal, dono inson. Ötgan yili Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Namanganga kelganida, Habibullo Haydarov bilan ham uçraşgan edi. Rasmini kördingizmi? Agar öqigan bölsangiz, Parda Tursunning “Öqituvçi” romani bor. Hamyurt yozuvçimiz xuddi Habibullo Haydarov haqida yozganga öxşaydi”.

Bunday beğubor taʼrifdan xursand bölmasdan iloj yöq. Çindan ham Habibullo Haydarovga berilgan eng munosib baho…

U millatimizning fidoyi kişisi. Haqiqiy ziyoli, kamtarin va samimiy. Ustoz, muallim. Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov yozganidek:

Şoirga dedilar:

– Siz baxtli inson,

Xalqingiz ardoqlar,

hamma taniydi.

Şoir javob qildi:

– Menda bir armon:

Muallim desalar meni, qaniydi!

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan